O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
URGANCH DAVLAT UNIVERSITETI IQTISODIYOT FAKULTET
IQTISODIYOT KAFEDRASI
«Iqtisodiyot nazariyasi» fanidan
KURS ISHI
MAVZU: PULNING VUJUDGA KELISHI VA UNING VAZIFALARI
Bajardi: 221- BXA guruhi talabasi Bobojonov Javohir
Kurs ishi himoya qilingan sana “____” __________2023y.
Baho “_____” ___________
Ilmiy rahbar: __________ ____________________ (imzo) (ismi sharifi)
Komissiya a’zolari: __________ ____________________ (imzo) (ismi sharifi)
__________ ____________________
(imzo) (ismi sharifi)
Urganch – 2023 yil
MAVZU: PULNING VUJUDGA KELISHI VA UNING VAZIFALARI
MUNDARIJA:
KIRISH…………………………………………………………………………….3
I BOB. PULNING KELIB CHIQISHI, MOHIYATI VA UNING VAZIFALARI……………………………………………………………………..5
1.1. Pul muomalasi va uning amal qilish qonuniyatlari……………………………..5
1.2. Pul bozori. Pulga bo‘lgan talab va pul taklifi………………………………….12
II BOB. КREDITNING MOHIYATI, VAZIFALARI VA MANBALARI…...19
2.1. Markaziy bankning pul kredit siyosati………………………………………..19
2.2. Pul multiplikatori……………………………………………………………..27
XULOSA………………………………………………………………………....31
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YHATI………………………….33
KIRISH
Mavzuning dolzarbligi: Mustaqillik yillarda O’zbekiston oldingidan tubdan farq qiluvchi yangi iqtisodiy munosabatlarga asoslangan iqtisodiy rivojlanishning navbatdagi bosqichlariga o’tib bormoqda. Bozor iqtisodi asosida tovar-pul munosabatlari yotadi. Tovar-pul munosabatlari – tovar ishlab chiqarish, tovarlarning ayirboshlash va pul muomalasiga xos munosabatlarni ifoda qiladi. Bozor iqtisodi erkin tovar-pul munosabatlarga asoslangan iqtisodiy monopoliyani inkor qiluvchi, ijtimoiy taraqqiyotga, aholini ijtimoiy muhofaza qilish yo’nalishiga ega bo’lgan va boshqarilib boriladigan iqtisoddir. O’zbekiston Respublikasi iqtisodiyotida bozor munosabatlarini qaror toptirish dolzarb tadbirlardan bo’lgan pul, kredit va banklar tizimida ham chuqur o’zgarishlarni amalga oshirishni taqozo qiladi. Bozor munosabatlariga o’tish iqtisodiy kategoriya sifatida pulning, kreditning, foiz, soliq va boshqa kategoriyalarning mohiyati va ahamiyatiga boshqacha yondashish zarurligini taqozo qiladi.
Yoar bir iqtisodiy kategoriya amal qiluvchi mamlakat rivojlanishining asosiy dastaglaridan biri pul bo’lib, bozor iqtisodiga o’tish va unda ish yuritishda uning roli va ahamiyati yana oshib boradi. Darhaqiqat, pul - «bozor tili» deb bekorga aytishmagan. Yoar bir iqtisodiy axborot, tovarlar va xizmatlar bahosi, to’lovlar, daromadlar va xarajatlar, moliyaviy talablar va majburiyatlar, iqtisodiy aloqalar makro va mikro darajalarda faqat pulda ifoda qilinadi. Bozor iqtisodiga o’tish sharoitida pulni ahamiyatining oshishi shundaki, jamiyatimizda mavjud huquqiy va jismoniy shaxslar faoliyati va ularning natijasi - daromadi pul bilan bog’liq. Shuning uchun ham pul barcha iqtisodiy rivojlanish pog’onalarida odamlarni o’ziga jalb qilib kelgan. Avstraliyalik iqtisodchi olim K. Mengerning fikricha Aristotel va Platondan boshlab XX asrning boshigacha pul to’g’risida jahonda besh-olti mingdan ortiq maxsus ishlar chop qilingan. Agar biz hozirgi kunda pul to’g’risida yozilgan va chop qilingan adabiyotlar soni bir necha marta oshib ketgan desak mubolag’a bo’lmasa kerak. Tadqiqotlar shunchalik ko’p bo’lishiga qaramasdan pul va uning xususiyatlari, har bir tizimda ishlatilishi, roli, iqtisodga ta’siri, nega alohida olingan individumlar qo’lida pulning ko’payishi ularning boyligining ko’payishiga olib keladi-yu, jamiyat miqyosida muomaladagi pul massasining ko’payishi jamiyat boyligi ortib borishiga salbiy ta’sir ko’rsatadi degan savollarga hali to’liq javob berilgan emas. Pul va uning vazifalari to’g’risida mavjud xorijiy mamlakatlar iqtisodchilarning qo’llanmalarini olib qaraydigan bo’lsak, pulning kelib chiqishi to’g’risida ikki xil g’oya mavjudligini ko’rishimiz mumkin. Bular ratsionalistik va evolyutsion g’oyalardir.
Do'stlaringiz bilan baham: |