Unutish oson emas



Download 50,31 Kb.
Sana12.03.2022
Hajmi50,31 Kb.
#492315
Bog'liq
2 5388604361997815796




"Unutish oson emas"


Oradan shuncha yılo'tdi naqd 3 yıl. Dilnoza o'tmishni eslagisi kelardi. Lekin eslashga urunishi bilan boshida og'riq turardi. Onasi esa o'tmishni eslatgisi kelmasdi. Davron opasi Dilnozani ahvolidan juda qo'rqardi. Ularni orasi 1 yosh edi u ichki ishlar akademiyasini bitirib otasini oldiga ishga kirgandi. Ularni oilasi harbiylar oilasi edi. Otasi harbiy bo'linma boshlig'i ,onasi esa harbiy bo'linma shifokori ammo qizini holatidan keyin ishlamay qo'ygandi. Dilnoza esa Yuridik universitet talabasi edi. O'sha mudxish voqea 1 1 sinf ekanida sodir bo'lgandi. Nima bo'lgani uni esida yo'q. Faqatgina 1 oylik komadan keyin xotirasini yo'qotgach xushiga kelganini bilardi. Oldida dugonalari Madina, Jayrona va do'sti Jamshidni elas elas eslardi. O'shanda ukasi Davron unga hammasini aytishga urundi lekin shifokorlar " Eslashga urunib xotirasini butkul yuqotishi mumkin, o'zi asta-asta eslaydi"- degach indamadi. Dilnoza o'sha kunni eslagisi kelardi nega bunaqa bo'lganini bilgisi kelardi lekin afsus boshidagi og'riq va Jamshidning "Men bilan gaplasharding, biz sevishib yurardik " degan gapidan keyin indamasdi. Lekin o'zi ham Jamshidning gapiga ishongisi kelmasdi negaki oldin sevishgan bo'lsak nega buni yuragim sezmayapdi? der edi. Ukasi hammasini aytgisi kelardi lekin bunga jur'at topolmasdi. Madina va Jayron esa Jamshidning gapini tasdiqlashdan iloji yo'q chunki dugonasini hayoti xavfda qolishi mumkin. Shu tarzda 3 yilni o'tqazdi. Har kuni tunda alg'ov-dalg'ov tushlar ko'rardi turgach esa Davrondan hammasini aytishini so'rardi. Davron esa "Vaqti kelgach hammasini bilasiz"- der edi.
Va nihoyat shu ishni qilishga Davron kuch topdi va uni maktabiga olib bordi. Ular yakshanba kuni borishdi maktabda hech kim yo'q ekanida. Davron sinflarga kirishga ruhsat ham olgandi. Maktab hovlisiga kirishi bilan Dilnoza nimagadur boshqacha bo'la boshladi. Maktab stadioniga olib keldi havo sovuq qor ham yog'ayotgan edi. Davron aynan shu kuni kelishga qaror qilgandi. Dilnoza qor bilan o'ralgan stadionga ko'p tikıldı.Elas-elas ikki kishini shu stadionda qor o'ynayotgani esga tushdi. Dilnoza buni yaxshi eslol olmadılekin o'shalardan biri o'zi ekanini esladi. Ammo oldidagi kim? Aniq Jamshid emas.
-Opa. Nimadir esingizga tushdimi?
_Ha elas-elas. Lekin yaxshi eslolmayapman.
-Havotir olmang hammasini eslaysiz(Ey, Ollohim o'zinga shukr faqat o'sha insonni ham eslasa bas deb ichida pichirlar edi)
Keyin asta yurib sinfga yo'l olishdi. Zinalardan chiqa boshlagach, nimalarnidir esladi. Zinadan o'zi tushib borayotganini va kimdir orqasidan "Dilnoz" deb chaqirardi. Lekin o'sha insonni yuzini eslolmasdi.
-Opa. Nega to'xtab qoldiz?
_Bu Jamshid emas.
-Kimni aytyapsiz?
_Jamshid bilan oldin gaplashmaganmiz sevishib. Kimnidir eslayman lekin yuzini eslolmadim. Davron opasini sinfga olib kirdi. Sinfni esladi, o'sha o'sha turgan edi. Devorda shu sinfda o'qib bitirgan a'lochilarni rasmi turardi. U yerda Madina, Jayrona, Jamshidni , o'zini va bir bolani ismi va rasmi turardi lekin o'sha bolani rasmi olib tashlangan, ismi Alisher.
Alisher. Dilnoza shu zahodi yerga o'tirdi,nimanidir eslardi.
-Opa men sizni biroz yolg'iz qoldiraman. (Davron shunday degancha sinfdan chiqib ketdi)Ey,Ollohim opam Alisher akani eslasinlar iltimos deb yolvorardi.
Ichkarida Dilnoza hech narsaga tushunmagancha turardi. Lekin shu on esladi Alisher ismini esladi. Qor o'ynayotgan vaqtida Alisher deb baqirganlari, zinadan tushguncha Dilnoz deb chaqirgan insonga Alisher deb murojaat qilganini esladi ammo boshida qattiq og'riq turdi. Shunchalik qattiq edi og'riqqa qaramay eslashga urinardi lekin shu payt xushini yo'qotdi. Ukasi Davron kelib uni mashinaga olib bordi mashinaga o'tqazib biroz kutdi. Dilnoza tush ko'rardi. Tushida ikki kishi ko'chada muzqaymoq yeb ketayotgani ulardan biri o'zi ekani oldidagini esa eslolmasdi, yuzini ham kim ekanini ham eslolmadi. Qo'rqib uyg'ondi. Oldida Davron tinchlantirib unga "Opa shoshilmang hammasini eslaysiz halı"- deb yupatardi.
Uyga olib keldi uyda Jamshid ularni kutar edi.
_Jamshid Alisher kim?


-Dilnoza sen ...
Davron ishga ketishini aytdi va opasiga kelib hammasini tushuntiraman dedi.
Jamshid bilan Dilnoza suhbatlashishardi.
_Sizdan so'rayapman?
-Dilnoz u...
_Meni aldadingizaa?
-Yo'q u sinfdoshimiz edi.
_O'sha kunga uni aloqasi bormi? Menga qanday aloqasi bor uni?
-U o'lgan. U o'lgan uni eslama shunchaki sinfdoshimiz edi u.
_Hmm(Dilnoza Jamshidning aldaganini sezardi ammo boshqa narsa so'ramadi.Indamaygina xonasiga chiqib ketdi)
U yerda eshikni qulflab olib o'tirdi. Alisher, shu ismni takrorlardi. Kim u? Menga qanday aloqasi bor? Eslolmayotganim u ekanmi?
Shu payt eshik taqilladi Dilnozani hayollari chalkashib ketdi. Onasi kechgi ovqatga chaqirgani kelibdi. Ovqatlangani chiqdi. Onasidan hammasini so'radi u ham Jamshidni gapini takrorlar edi xolos. Dilnozaning oxiri sabri to'ldi.
_Oyi men hammasini bilmoqchiman. Kim u? Nega aytmayapsizlar ? Alisherga Nima bo'lgan? -Qizim tinchlan. Jamshid aytdiku. U ...
__Oyi nega aytmayapsiz?
Davron ishdan kelib hammasini eshik oldida eshitgandi.
-O'g'lim axir...
_Davron nimani aytmayapdilar tushunmayapman?
__Oyi nimaga erishasizlar aldab? Opam hozir battar qiynalmayapdilarmi?
-Lekin o'g'lim...
_Davron hammasini bilishni istayman.
__Hammasini eshitasizmi?
-O'g'lim unaqa qilma.
_Ha ayt hammasini bilmoqchiman axir...
__Yaxshi mashinaga chiqib turing hozir chiqaman. Sizni bir joyga olib boraman.
_Hop.
Dilnoz hammasini bugun bilishga axd qilgandi. Mashinaga chiqib o'tirdi.
Davron esa xonasidan bir qutini olib chiqdi.
-O'g'lim unaqa qilma. Axir ahvoli yomonlashadi.
__Endi hammasi jonimga tegdi, hammasi Jamshidni deb bo'ldi. Endi opamga hammasini aytaman va tushuntiraman.
Davron shunday deya mashinaga qarab yo'l oldi. Dilnozani maktabni orqasidagi bog'ga olib bordi. U joylar Alisherlarniki edi u yerga 3 yıldan buyon hech kim kirmagan hammasi o'sha mudxish voqea kuni qanday bo'lsa shunday turgan edi. Dilnoza bu joyni uncha eslolmadi. Davron opasini bog'ga olib kirdi. Dilnoza u yerga kirib ikki kishini janjalini esladi. O'g'il bolalar edi. O'zi ham o'sha yerda edi. Bittasi Jamshid ammo unisini eslolmadi.
_Bu yerga nega keldik Davron?
__Hammasini bilgani keldik. Mana buni oching.
_Nima bu?
__ Oching bilasiz.
Dilnoza qutini ochdi ichida Alisher bilan tushgan rasmlari, ikkalasini baxtli onlaridan esdaliklar Bor edi. Davron gapira boshladi.
__Mana bu Alisher sizni telbalarcha sevgan inson. Sizni shunchalik sevardiki hatto sizni uyg'onib xotirangizni yuqotganizdan keyin eslolmay qiynalmasin deb Amerikaga ketdi. Jamshid esa uni yaqin do'sti, to'g'ri u ham sizni sevadi ammo Alisherchalik emas. Jamshid sizlarni ko'ra olmasdi. Dilnoza rasmlarga qarab boshiga og'riq tura boshladi ammo eslar edi. Qorda ikkisini maroq bilan o'ynaganini, bir partada o'tirib bir biriga hatto bir og'iz gap gapira olishmaganini darsdan keyin Alisher uni muzqaymoqqa olib borib keyin uyiga olib borishini eslardi va qattiq baqirib yig'lardi. _Nega ,negaa avvalroq eslamadim bularni. Shuncha payt Jamshidni gaplariga aldandimmi? __Opa o'zingizni qiynamang. Bularni bilmas edingiz axir. Bilishingizni ham iloji yo'q edi. Axir Jamshid bilan oyim bor edi.
_Lekin nega shuncha vaqt qiziqmadii men bilan???


__Bu Nima deganingiz har hafta xabar qilardim ahvolizni telefon qilganida. Bu hafta ham xabar qilishim kerak ertaga telefon qiladilar.
_Uyga boraylik Davron hammasini o'ylab olmoqchiman.
Ularga uyga borishdi erta tong edi. Dilnoza bu safar yomon tush ko'rmadi, chunki kechagi haqiqat hammasini eslagani unga hotirjamlik baxsh etgandi. Davron erta tong dan shoshib chiqib ketdi. Dilnoza uyda bir o'zi edi. Oyisi qoʻshninikiga chiqib ketgan u oshxonaga chiqib nonushta qilayotgan edi. Shu payt Davronning telefoni jiringladi. Dilnoza Davronni xonasiga kirib telefonni ko'tarmoqchi edi. "Alisher akam" deb yozilgan yozuvni ko'rdi. Nima qilishni bilmay qoldi. Ancha jiringladi oxiri ko'tardi.
_Alo Davron ukam, qandaysan?
-...
Dilnoza Alisherni ovozini eshitib yig'lab yubordi.
_Alo Davron...
-Alo assalomu alaykum.
_Aaa...alo Dilnoz?
-Ha menman ukam tashqariga chiqib ketgandi. Telefoni qolib ketibdi kelgach o'zi telefon qiladi. Siz kimsiz?
Alo..
Alisher birdan telefonni o'chirdi. Dilnoz yig'idan o'zini to'xtata olmadı.Davron barini eshitgandi. U telefoni qolganini bilib tezda ortga qaytgandi. Davron Nima qilishni bilardi.Telefonini oldiyu chiqib ketdi.
_Alo Azi.
-Alo assalomu alaykum Davron aka.
_Va alaykum assalom yaxshimisan?
-Ha rahmat. O'zizchi?
_Rahmat yaxshi. Azijon...
-Hov labbay.
_Akanga kelin topdim.
-Yug'ee qanaqa ekan kelinoyim?
_Opamga o'xshagan.
-Iyaa bo'ldi ish pishdi ertaga sovchi bo'lib boramiz.
-Rahmat Azijonim.
Aziza Alisherni singlisi edi. Davron bilan bir birini yoqtirardi. Davronni rejasini Aziza birdan angladi Davron opasini kelin qilib Amerikaga jo'natmoqchi edi.
Ertaga sovchilar kelishi haqida oyisiga aytib qo'ygandi.
Erta tong. Dilnoza ertalabdan turib Hamma yerni chinnidek qilib tozaladi. Davron hayron edi. Yoki opam sovchi kelishini bilar ekanmilar derdi.
Bu yerda esa Alisherni ota-onasi o'g'li bilan gaplashishardi
_Gap tamom o'g'lim uylanasan.
-Axir dada.(Endi Nima qilaman? Dilnoz halıhammasini eslamagan xotirasi endi qayta boshladi.) Dada biznesimchi?
_Biznesing turadi hech qayerga qochmaydi. To'yga kelib to'yni o'tqazib kelinni o'zing bilan olib ketaverasan. Kelinni oying tanlagan iboli,hayoli, chiroyligina oydek qiz.
-Oy emish menga desa Quyosh bo'lsin dada. Men Nima deyapman? Uylanayotgan men-ku axir. ___Akajon ishonavering men kafil kelinni ko'riboq sevib qolasiz.
-Azii o'zi seni gaping kam edi. Bilganlaringizni qiling men uylanmayman unga.
Shu gapdan keyin Alisher telefonini o'chirdi. Jahli chiqqanidan menejiri Tim dan alamini oldi. Alisherni oilasi esa sovchilikka ketishdi. Dilnoz esa hayron edi sovchi bo'lib kelishganidan.Oradan ikki hafta o'tdi. Hamma ish pishgan faqatgina Dilnoza Amerikaga ketishi kerak edi. Alisher esa ota -onasi kelinni yuboramiz deganidan g'azabda edi. U kelin aslida Dilnoz ekanini qayerdan ham bilardi.
Davron opasini aeroportga kuzatish uchun chiqqandi. Qadrdon oilalar quda bo'layotganidan juda xursand edilar. Opasi aeroportga kirgunicha kutdi keyin ishiga kech qolayotgani uchun ishiga ketdi. Ular kun bo'yi Dilnozdan xabar kutishdi. Tong otdi Alisherdan xabar keldi keliningiz kelmadiku deganidan keyin xavotirga tushishdi. Alisherga Davron telefon qildi majlisga kirgan ekan. Majlisga ham xuddi ko'ngli sezgandek hayolini bir yerga jamlolmasdi va ko'ngli g'ash edi.


Majlisni ertaroq tugatib xonasiga qaytdi. Telefoniga Davron ancha telefon qilgan edi. Xavotirlanib unga telefon qildi.
_Alo Davron. Salom yaxshimisan?
-Alo assalomu alaykum Alisher aka.
_Davron nima bo'ldi ovozing boshqacha?
-Alisher aka, opam...
_Dilnoz, Dilnozaga Nima qildi?
-Opam kecha tongda Amerikaga ketayotgandi oldizga. Xabar kelmadi bugun, aeraportdan surishtirsam ...
_Ha gapir.
-Samalyotga chiqmagan. U yuqolib qoldi.
Alisher telefonni o'chirdi. Jin ursin hammasini deya ish stolini chappa qildi. Timga aytib chipta oldirdi. Va shu kuni Toshkentga qaytdi. Uyiga bormay shu zahoti Dilnozlarnikiga bordi. U yerda Jamshid, Jayrona ham bor edi. Kirib kelib hech kimga qaramay Jamshidni yoqasidan oldi. _Senga tashlab ketgandim. Ishongandim senga. Qaray olmadingmi Jamshid?
-Alisher buni qanday bo'lganini ham bilmay qoldik Madina ham yuqolgan.
_Madina. Dilnoz va Madinami?
-Ha ikkisi ham yuqolgan.
_Bu Nima deganlaring? Ikki qizga ham qaray olmadingmi? Nimalar bo'layapdi ?
Boshini changallagancha Alisher nimalarnidir o'ylardi. Davronni telefoniga qo'ng'iroq bo'ldi. Dilnozni raqamidan. Davron telefonni ko'tarib ovozini balandlatdi.
_Aloo Opa.(Alisher shu zahoti telefonni oldi)Alo Dilnoz
-Alo Alisher aka.(Dilnoz yig'i aralash gapirardi)Iltimos meni qutqaring qo'rqib ketyapman.
_Yig'lama Dilnozam qayerdasan? Nima bo'ldi?
Shu payt telefonda begona kishi gapira ketdi.
__Qanday achinarli ahvol.
Davron bu ovozni tanidi.
-Yaramas Ilhom. Qayerdasan it?
Alisher va Jamshid Davronga tikilgancha bu kim ekanini bilmasdan turishardi.
__Qizishma yigit. Opangni juda yaxshi ko'rar ekansanaa?
-Hayvon niyating nima akangni qasdini olishmi?
Alisher va Jamshid tushundi bu Davron va uning otasi ushlagan jinoiy to'da boshlig'ini ukasi edi. Davron telefonga xaqoratomus gaplar bilan gapirar edi. Shu payt Ilhomni ovoziga qo'shilib, poyezd ovozi ham eshitildi. Buni Ilhom uncha anglamasdi. Jayrona esa telefonini soatiga qaradi va yigitlarga Temir yo'l vokzali ortidagi tashlandiq bino deya shivirladi. Alisher u yerni juda yaxshi bilardi Jamshid bilan shoshilgancha chiqib ketishdi. Jayrona esa Davronga suhbatni cho'zishini tushuntirib imo- ishora qildi. Jayron esa dadasiga telefon qildi bularning dadalari harbiy hizmatni birga o'tashgan edi lekin hammasi bir joydan ishlamas edi. Jayronni dadasi mahfiy xizmat boshlig'i edi. Hammaga dadam harbiy der edi xolos ko'p gapirmasdi. Alisherni dadasi esa nafaqaga chiqqan harbiy edi. Uni akasi ham harbiy sifatida vafot etgandi burchini o'tayotgan vaqt, shu sabab Alisherni amakisini sohasini tanlashga majbur qilishgan ya'ni biznes sohasini. Jayrona dadasiga hammasini tushuntirdi dadasi ham Ilhomni ortidan tushishgan edi. Bu ish ularga qo'l keldi.
Bu yerda Alisher va Jamshid tashlandiq bino yoniga kelgandi. Ammo qizlarni qayerda ekanini bilishmasdi. Shu payt qiz bolaning ovozi eshitildi. Jamshid buni Madina ekanini tezda angladi va ovoz kelgan tomonga qarab yo'l olishdi. Ha to'g'ri topishgan edi. Bu yerda Madina bir ahvolda edi, yuzlarıva ko'zlari ko'kargan faqat yig'lardi. Ularga 4 ta barzangi ko'z-quloq edi. Alisher biroz kuzatdi va telefonidan Davronga xabar jo'natdi topdik deya. Davron esa dadasi bilan o'sha yerga shoshilardi. Ikki yigit shu zahoti chiqib barzangilar bilan urusha ketishdi. Dilnoz bir ahvolda edi. Uni juda qiynashgan edi. Yuzlarıqontalash, gapira ham olmasdi. Alisher esa buni ko'rib bor alamini barzangilardan olardi. Qolganlari ham kela boshlagach Jamshid Alisherga qizlarni olib ketishini aytdi. Alisher Madina va Dilnozni qo'lini yechib bu yerdan olib ketayotgan edi. Ilhom chiqib qo'lidagi temir bo'lagi bilan Alisherning boshiga urmoqchi edi. Ammo Dilnoz buni ko'rib Alisherni to'sib qoldi natijada Dilnozni boshi juda qattiq shikast yedi Va qon oqa boshladi. Shu payt har doimgidek Yordam kuchlari ya'ni Jayronni dadasini bo'limi kechib kelishdi. Davron ham yetib kelgandi Madina o'zi yura olgani uchun Alisherga tezroq Dilnozni shifoxonaga olib bor

mendan xavotir olmanglar degach Alisher Dilnozni ko'tarib mashinaga olib bordi va tezlikda


shifoxonaga yetkazdi. Shifonaxaga olib kelishi bilan doktorlar Dilnozani ko'rib darxol
operatsiya xonasiga olib kirdi Alisher bir ikkita anketa to'ldirardi. Hammasi tugab Ilhomni yordamchilari bilan qo'lga olishgach qolganlar ham shifoxonaga yugurishdi. Alisher juda qiyin ahvolda edi. Yana uni deb Dilnoz og'ir ahvolda qoldi. Dilnoz operatsiya vaqti ancha qon yo'qotdi. Alisher bilan qon guruhi mos bo'lgani uchun Alisher qon berishga qaror qildi. Dilnozani operatsiyasi ancha vaqt davom etdi. Alisherni ko'z oldidan Dilnoza bilan baxtli xotiralari o'tib borardi. Shu payt operatsiya xonasidan Shifokorlar chiqib operatsiya qiyin kechgani ammo bemorni ahvoli hozircha yaxshi ekanini aytishdi. Davron bilan Alisherni shifokor xonasiga chaqirdi. _Alisherjon bilasizlar Dilnoza avval ham bunaqa operatsiya bo'lgan. Bu safar hammasi yaxshi bo'lishiga kafolat berolmayman, negaki Dilnoza ko'zini ochgach butunlay xotirasini yuqotgan bo'lishi mumkin. Balki bunaqa bo'lmas yana bilmadim.
-Demak xotirasini yuqotmasligi ham mumkin shunaqami?
_Ha shunaqa yana bilmadim men bunday holatda bir gap aytolmayman. Axir shuncha zarba qattiq ta'sir qilishi mumkin. Lekin yashaydi bu aniq negaki operatsiya vaqti ham yashash uchun kurashdi. Faqatgina Alisherjon ko'zini ochganida siz yonida bo'lishingiz kerak
-Albatta. Yonida bo'laman endi
_Ha shunaqa qiling. Negaki oxirgi Bor sizni ko'rgan ko'zini ochgach yana sizni ko'rsa bu biz uchun yana bir plus. Unda men bora qolay bemorni ahvolidan xabar olaman.
Shifokor Dilnozni tekshirgach oldiga Alisher kirishiga ruhsat berdi. Davron esa uyidagilarni shifoxonadan olib ketgandi. Jamshid esa Madinani oldida edi. U ham buncha ishlardan keyin xushini yuqotgach o'ziga kelmagandi. Alisher Dilnozni oldiga kirdi.
_Dilnozim, turaqol endi men keldim seni o'zim bilan olib ketgani qaytdim.
Dilnozni ko'zidan yosh oqa boshladi. U tush ko'rayotgan edi. Bu tush 3 yıloldingi mudxish kun edi. Dilnoz bilan Jamshid maktab ortidagi bog'da suhbat qilishardi.1 1 sinfni bitirish kuni edi. Jamshid unga sevishini aytar u esa indamay eshitardi.Dilnoza bu yerda Alisher bilan uchrashishi kerak edi chunki Alisher bu yerda unga sevgi izhor qilmoqchi edi. Bu gapni Alisher bog'ni eshigini oldida eshitib qolgandi. Dilnoz Jamshidga yaxshi bola ekanini ammo Alisherni sevishini sekinlik bilan tushintirib, aytayotgan edi Alisher Jamshidning gaplarini eshitdiyu ularni oldiga bordi. Dilnoz Alisherni ko'rib gapirishdan to'xtaganlarini eslar edi. Keyin esa Alisher indamay uyiga ketayotganida Dilnoz ortidan yugurib kelayotganini eslardi. Alisherni esa ko'zidan yosh oqar edi. Sevgisi hali izhor boʻlmasdan rad etildi. Yuragi tilka pora boʻlgandi. Yurgan yo'lda Dilnozaga gapirar edi.
_Nega bunaqa qilding?
-Alisher aka to'xtang siz tushunmadiz.
_Jamshid bilan gaplarizni eshitdim axir deb baqirib yo'lida to'xtagani .
Dilnoz uni oldiga yugurib Alisher aka deb baqirgani keyin Alisher yo'lda ekanini va mashina unga qarab kelayotganini eslar edi. Keyin Yo'q deb baqirib o'ziga keldi.
_Dilnozam. Bo'ldi tinchlan. Hammasi yaxshi
-Men qayerdaman? (Dilnoza Alisherga tikilgancha) SiZ kimsiz ?
_D..ilnoz axir...
_Sen meni eslolmayapsanmi?
- . . .
_Doktor. (Alisher doktorni chaqirar edi)
-Alisher aka voy bo'ldi.
_Dilnoz
-Bir hazil qilgim keldi..
_Jinnimisan? Yuragimni yoray deding
-Voy boo gapirmadimeee
_Yana xotirang yuqoldimi deb qo'rqib ketdim
-Voy . Alisher aka sizni UNUTISH OSON EMAS.
Alisher Dilnozni qattiq bag'riga bosdi axir 3 yılundan uzoqda edi. Juda ham sog'ingandi. Qarashlarini, gaplarini,kulishlarini, hazillarini. Davron keldi Alisher uyiga qaytdi qaytgisi yo'q edi lekin baribir ota-onasini hali ko'rmagan va bu ishlardan keyin o'ziga ham qaray olmagandi. Davron oyisini opasini oldiga qo'ydi o'zi ishga ketdi. Alisher esa ota-onasi va singlisi Aziza bilan ko'rishib


xonasiga chiqdi. Xonasi ketganida qanday bo'lsa shunday edi. Aziza yig'ishtirib qo'yardi ammo hech narsasiga tegishmas edi. Xonasida devorlariga Dilnoz bilan tushgan rasmlari osilgan turardi hammasiga nazar tashlab Alisherni ko'ngli biroz ko'tarilib, yuziga kulgu yugurdi. Keyin Dilnozaga video qo'ng'iroq qildi. Ikkisi maroq bilan gaplashishar edi. Aziza buni Davronga aytdi. Davron esa kulib endi navbat bizga deb Azizani jig'iga tegardi. Alisher ishini shu yerda kompyuteridan hal qilib turardi. Oradan kunlar o'tdi hamma to'y harakatida edi. Jamshid ham Madinani qo'lini so'ragan edi. Madina bundan juda xursand edi chunki Madina Jamshidni yoshligidan yaxshi ko'rardi. Dilnoz va Madinalarni to'yi bir kunga rejalashtirildi. Hamma xursand hamma shod edi. To'y kuni ham keldi. Ikki kelin bir biridan go'zal kelinchaklar bo'ldi. To'y juda ajoyib bo'ldi, hamma o'ynab-quvnadi. Jayron esa to'yni ertasi kuni Koreaga bo'lajak turmish o'rtog'ini oldiga ketdi. U ham unashtirilgan 1 oydan keyin to'yi edi. Kunlar ketidan kunlar o'ta boshladi. Alisher bu yerdagi ishlarini tugatib Dilnoza bilan Amerikaga jo'nab ketishdi. Albatta Davronni fotixa to'yidan keyin . Ha xuddi shunday, ularni to'yi kuni Davron davraga chiqib Azizani qo'lini so'ragandi. Alisher va Dilnoza buni yaxshilab rejalashtirgandi Azizani bundan xabari yo'q juda xursand va hayajonda edi. Ertasi kuni esa sovchilar kelib, fotixani belgilashdi. Ketinma ketin baxtli kunlar boshlanardi. Alisher Dilnozaga Amerikani ko'rsatib aylantirdi va kech tushgach mehmonxonaga qaytishdi. Alisher kalıtnıolib qaytgunicha Dilnoza kutish zalida o'rindiqda uxlab qolgandi. Alisher esa Dilnozni ko'tarib xonasiga olib chiqdi va o'rinlariga yotqizdi
Erta tong Alisher va Dilnoz hech uyg'ongisi kelmasdi. Lekin Alisherni ishlari bo'yicha majlislari bor edi. Alisher turib yuz qo'lini yuvib kiyina boshladi. Dilnoz esa haligacha uxlar edi. Alisher ishga ketayotib Dilnozni peshonasidan o'pib qo'ydi, Dilnoz buni sezdi negaki u uxlamayotgan edi. Alisher chiqib ketgach Dilnoz vannaxonaga yugurdi va u yerdagi testga yana bir bor qaradi. Ha u ikkita chiziqni ko'rsatardi. Dilnoz ona bo'laman deb baqirib yubordi. Tezda kıyınıb pastga tushdi va xalqaro qo'ng'iroqlar bo'limidan Toshkentga Madinaga telefon qildi.
_Alooo dugonajon.
-Voy Dilnoz asalım. Yaxshimisan? Pochcham yaxshilarmi?
_Ha rahmat yaxshimiz. O'zinglarchi?
-Ha rahmat sen so'ragandim beri yaxshimiz. Ha erta tongdan esga olibsan?
_Madii. Men... yaqinda... Ona bo'laman.
-Voy shirinim rostanmi? Juda xursandman sen uchun qachon bilding?
_Kecha.
-Buncha zo'r Alisher biladimi?
_Yo'q u kishiga surpiriz qilaman. Mayli Alisher akani majlisi tugadi menimcha kelib qolmasinlar hammaga salom degin hammani o'pib qo'y.
-Hop Dilnoz ehtiyot bo'linglar. Alisherga salom degin.
_Hop-hop
Dilnoz juda xursand edi. Buni Alisherga tezroq aytishga urunardi. Alisher esa bugungi majlisni tugatib ertaga boshqa shtatga ketishimni Dilnozaga qanday aytaman deb o'ylardi. Alisher kechgi ovqat vaqtida Dilnozaga hammasini aytdi. Alisher hammasini aytgach Dilnoz men ham boraman deb qoldi. Alisher noiloj Dilnozni ham o'zi bilan olib ketishga majbur bo'ldi. Ertaga ketishga tayyorlana boshlashdi, Dilnoz ertaga kechga hammasini aytaman deb qaror qildi. Alisher Dilnozni olib jo'nab ketdi Tim va bir ikki yordamchilar ham ular bilan ketishdi. Dilnozni mehmonxonaga joylashtirdi Timni uni oldiga qo'yib, o'zi yordamchilari bilan hamkorlar uchrashuviga ketdi. Soat 1 8:22 Alisher halıham kelgani yo'q, Dilnoz havotirlana boshladi, negadir uni ko'ngli g'ash edi. Tim uni biroz chalg'itish uchun televizorni qo'shdi. Yangiliklardan ko'prik oldida katta avto halokat bo'lganini gapirishardi. Dilnoz juda qo'rqa boshladi Alisherga telefon qilardi ammo o'chirilgan edi. Nima qilishni bilmay qoldi. Shu payt eshik taqilladi. Dilnoz Alisher deb tezda eshik tomon yugurdi. Afsuski u Alisher emas, FBR xizmati edi. Ular Alisherni mashinasi avto halokatga uchraganini va kuchli halokat bo'lgani uchun portlash sodir bo'lganini aytishardi. Dilnozni qulog'iga ularni gapi kirmasdi miyasida bir o'y bor edi xolos. "Alisher aka tirik" shu gapni qayta-qayta aytardi. FBR xizmati bilan Timni o'zi gaplashdi va Davronga ham telefon qilib yetib kelishini aytgandi. Davron ertasi kuniyoq yetib keldi. U ham Alisher tirik deya ta'kidlardi. Dilnoz hech narsani anglamas faqat Alisherni o'ylardi. Hech narsa yemas va bir zum bo'lsa ham ko'zini yumib dam olmas edi. Davronni ko'rgach yig'lagancha xushidan ketdi. Uni kasalxonaga olib borishdi. Davron kasalxonada tog'a bo'lishini bilgandi. "Ey Ollohim, endi nima bo'ladi? Halıtug'ulmagan norasiyda go'dakni otasiz qoldirmassan?" Davron shunday deya ko'zidagi yoshni zo'rg'a tiyardı.Dilnoz o'ziga kelgach xabar


bor yo'qligini so'rardi. Afsuski hech qanday xabar yo'q edi.
Oradan ancha vaqt o'tdi naqd 3 yılDilnoza bilan o'g'li Ulug'bek qabristonga ketishayotgan edi. Dilnoz ketayotganida telefoniga qarab qo'yardi. Ular qabristonga yetib kelishdi. Ulug'bek mashinadan tushgan zahoti bobosi va buvisi tomon chopar edi. Dilnoz esa ortidan gapirgancha qolardi. Ular yo'lida yurar ekan Dilnoz ortiga kimnidir kutayotgandek qarar edi. Bobosi va buvisi nabirasiga dadasini gapirayotgan vaqt Dilnozni yuziga tabassum yugurdi, Ulug'bek qabriston eshigi tomon yugura boshladi. U yerdan Dilnoz kutayotgan inson ya'ni Alisher kelardi. Ulug'bek dadajon deya yugurar edi Alisher o'g'lini ko'tarib ota-onasi tomon kelardi. Dilnoz Alisherga tikilgancha
_Kech qoldingiz.
-Samalyotda bir ikkita muammo chiqqandi.
_Ha mayli muhimi keldingiz.
Dilnoza shunday deya Alisherni mahkam bag'riga bosdi ular Alisherni akasi Temurni qabrini ziyorat qilgani kelishgan edi. Ziyoratdan so'ng Alisher va Dilnozlar o'g'li Ulug'bekni olib, aylangani ketishdi. O'g'li saylgoxga yoki bolalar maydonchasiga olib borishini so'rar edi. Alisher esa bir restoranga olib bordi. U yerda bolalar uchun maydonchasi ham bor edi. Alisher va Dilnoz o'tirib o'sha kun ya'ni 4 yıloldingi kunni eslashdi. Dilnoz shifoxonada ekanida Alisher yoniga kelgandi boshida hech kim tushunmagandi. O'sha kuni mashinani Alisher emas uni hamkori boshqargan uni haydovchisi ketgani va hamkorini zarur ishi chiqqani uchun Alisherni mashinasi olib turgan ekan. Alisher bu voqaeni aytib telefon qilmoqchi bo'lganida telefoni mashinada qolganini aytardi. Dilnoz esa Alisherni bag'riga bosgancha yig'lardi. Alisher shuncha voqea ichida ota bo'lishini bilgani kayfiyatini juda ko'targan edi. Keyin esa Dilnozni Davron bilan O'zbekistonda jo'natib ishlarini bitirib mehmonxonaga Timni boshliq qilib o'zi ham qaytgandi. Ularni 9 oylik baxtli kunlari ona yurtida o'tdi. Bu 9 oy ichida Davron va Azizani to'yi ham bo'lgandi. Jayronani ham to'yi o'tib , Madina bilan ikki dugona farzand kutayotgan edi. Shunday qilib Dilnoza o'z yurtida farzandini dunyoga keltirdi. Alisher esa 1 yılo'tgach Amerikaga ishlarini hal qilish uchun qaytdi. Bu orada Jayron egizak qizchalarni dunyoga keltirdi bir-biridan asal qizaloqlar edi. Madina esa Jamshid bilan mittigina farishtadek qizachali bo'lishgan edi. Dilnoz bu yerda juda baxtli edi. Alisher va Dilnoz esa bularni eslab kulgancha "Bularni Unutish oson emas " deb ta'kidlashardi. Aziza va Davron ham shu orada o'g'il farzandli bo'lishgandi. Alisherlar esa yana bir bora ota-ona bo'lishardi. Tamom...
Muallif: SHAHNOZA
Download 50,31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish