6-mavzu. Mustaqillik yillarida Oʼzbekistonning maʼnaviy va madaniy taraqqiyoti



Download 5,09 Mb.
bet1/7
Sana28.02.2022
Hajmi5,09 Mb.
#473851
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
9. Madaniy va ma`rifiy jarayonlar

6-mavzu. Mustaqillik yillarida Oʼzbekistonning maʼnaviy va madaniy taraqqiyoti.

Reja:

1. Mustaqillik yillarida maʼnaviy va maʼrifiy hayot. Milliy istiqlol gʼoyasi va mafkuraviy masalalar. Milliy urf-odatlar, qadriyatlar va anʼanalarning tiklanishi.

2. Mustaqilik yillarida buyuk ajdodlar va tarixiy shaxslarga boʼlgan eʼtibor. Oʼzbekistonda millatlararo va dinlararo munosabatlardagi barqarorlikni taʼminlash borasidagi davlat siyosati. Diniy bag‘rikenglik - ijtimoiy barqarorlik omili.

3. Tarixiy shaharlar (Buxoro, Samarqand, Margʼilon, Qarshi, Toshkent, Xiva, Shahrisabz) yubileylarining jahon miqyosida keng nishonlanishi. Toshkent shahrining Islom madaniyati poytaxti deb eʼlon qilinishi va uning ahamiyati.

4. Madaniyat va sanʼat sohasining rivojlanishi. Xalqaro koʼrik-tanlovlarning oʼtkazilishi. Milliy sport turlarining rivojlantirilishi. Beshta tashabbus va uning maʼnaviy madaniyatni taʼminlashdagi oʼrni.

Mustaqillik tufayli tarixiy haqiqatlar tiklandi, milliy bayramlar va urf-odatlar asl holiga qaytdi, aziz avliyolarning qarovsizlikdan nurab, deyarli yo‘q bo‘lib ketish arafasiga kelib qolgan maqbaralari, masjid va madrasalar tubdan ta’mirlandi, milliy madaniyat tarixini o‘rganish, u haqшda xolisona fikr bildirish borasida, osori-atiqalarni asrash, milliy qadriyatlarni tiklash, qadimiy va o‘zlikni to‘liq anglash uchun qadimiy boy tarixni to‘laqonli yoritish imkoniyati tug‘ildi.

  • Mustaqillik tufayli tarixiy haqiqatlar tiklandi, milliy bayramlar va urf-odatlar asl holiga qaytdi, aziz avliyolarning qarovsizlikdan nurab, deyarli yo‘q bo‘lib ketish arafasiga kelib qolgan maqbaralari, masjid va madrasalar tubdan ta’mirlandi, milliy madaniyat tarixini o‘rganish, u haqшda xolisona fikr bildirish borasida, osori-atiqalarni asrash, milliy qadriyatlarni tiklash, qadimiy va o‘zlikni to‘liq anglash uchun qadimiy boy tarixni to‘laqonli yoritish imkoniyati tug‘ildi.
  • Jahon madaniyatiga o‘zining munosib hissasini qo‘shgan ajdodlar tavalludlarini nishonlash izchil an’anaga aylandi. Prezident tashabbusi bilan buyuk allomalar tavallud sanalari nishonlandi. Jumladan, 1991-yili Alisher Navoiy, 1993-yili Ahmad Yassaviy, Zahiriddin Muhammad Bobur, Bahouddin Naqshband, 1994-yili Mirzo Ulug‘bek, 1995-yili Feruz, Najmiddin Kubro, 1996-yili Amir Temur, 1998-yili Imom al-Buxoriy, Ahmad al-Farg‘oniy, 1999-yili Jaloliddin Manguberdi, 2000-yili Burhonuddin al-Marg‘inoniy, Kamoliddin Behzod, Imom Abu Mansur al-Moturudiy kabi mutafakkirlarga bag‘ishlangan tantanalar o‘tkazildi.

1991-yili Alisher Navoiy tavalludining 550-yilligi keng nishonlandi. Alisher Navoiy nomida Davlat mukofoti ta’sis etildi. Adabiyot institutiga Alisher Navoiy nomi berildi. Navoiy haykali Toshkentning Komsomol ko‘li deb nomlangan istirohat bog‘iga o‘rnatildi va bu bog‘ Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy bog‘i deb ataladigan bo‘ldi.
1994-yilni hukumat qarori bilan mamlakatimizda Ulug‘bek yili, deb e’lon qilinishi, uning 600-yilligini O‘zbekistonda va jahon miqyosida, xususan, YuNESKO qarorgohi Parijda keng nishonlanishi ham buyuk allomalar qoldirgan meros umuminsoniy qadriyatga aylanganligining nishonasidir.
1996-yil Amir Temur tavalludining 660 yilligi ham keng miqyosda nishonlandi. Mamlakat Prezidenti “1996-yilni Amir Temur yili” deb atash to‘g‘risida farmon qabul qildi. “Temur tuzuklari” bir necha tilda chop etildi. O‘sha davr tarixiy-madaniy yodgorliklari tiklanib, yozma adabiyotlar ilmiy muomalaga kiritildi. Juda qisqa fursatda Toshkentda bobokalonimizning dunyoviy sha’ni va shavkatiga mos keladigan Temuriylar tarixi davlat muzeyi qurildi.
Amir Temur (1336-1405)
Alisher Navoiy (1441-1501)
Ahmad Yassaviy (1105-1166/67)
Z. M. Bobur (1483-1530)
Mirzo Ulug`bek (1394-1449)

Download 5,09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish