Uni tashkil etuvchi jarayonlarning birligi va mustaqilligi



Download 1,45 Mb.
Sana16.01.2022
Hajmi1,45 Mb.
#373755
Bog'liq
yaxlit pedagogik jarayor


Pedagoglik kasbining paydo bo’lishiga e’tibor qaratilsa, shu narsa ko’rinadiki, dastlab uning doirasida differentsiallashuv va integratsiyalashuv jarayoni chegaralangan bo’lsa, key-inchalik ochiqchasiga ta’lim va tarbiya qarama-qarshi  qo’yila boshladi: o’qi-tuvchi o’qitadi,  tarbiyachi esa tarbiyalaydi. Lekin XIX asrga kelib, taraqqiy-parvar pedagoglarning  ishlarida argumentlarni asoslashda  ob’ektiv nuq-tai nazardan ta’lim va tarbiyaga bir butun, yaxlit hodisa sifatida qarala boshladi.  I.F. Gerbartning fikricha, tarbiyasiz ta’limda vosita bor, lekin maqsad yo’q, ta’limsiz esa maqsad bor, vosita etishmaydi

Pedagogik jarayonning  yagonaligi g’oyasi K.D Ushinskiy  g’oyalarida chu-qur ifodalangan. U pedagogik jarayonni maktab faoliyatining  ma’muriy, o’quv va tarbiya  elementlarini bir butun tizim sifatida  tushundi. K. D. Ushinskiyning  taraqiyparvar  g’oyalari  uning izdoshlari: N.F. Bunakov, P.F. Lesgaft, K.B Yelniskiy,  V.P Baxterov va boshqalarning  ishlarida  o’z  aksini topgan. 

Pedagogik  jarayon muammosi  bilan P.F. Kapterev alohida shug’ullan-di. U pedagogik jarayonlarning ko’ptomonlama ham ichki, ham tashqi jihatlarini taxlil qiladi va quyidagi xulosalarga keldi: “Ta’lim, o’qi-tish, o’rgatish, tarbiya, pand-nasihat, o’git va boshqa bir qator  so’zlar turli xususiyat, jihatlar, vosita va vaziyatlarni ifodalaydi, lekin ularning hammasi yagona  pedagogik jarayondir”.

Yaxlitlik asosiga ta’lim, tarbiya va rivojlanish birligini ta’min-lash pedagogik jarayonning mohiyatini tashkil etadi.

Pedagogik jarayon – ko’plab jarayonlarning ichki aloqadorligi yig’indi-sidir. Unda o’qitish, ta’lim, tarbiya, shaxsning shakllanishi va rivojla-nishi jarayonlari birlashadi.

Pedagogik jarayonning umumiyligi va birligi uni tashkil etuvchi barcha jarayonlarni yagona maqsadga bo’ysundiradi. Pedagogik jarayonning murakkab ichki munosabatlari:

-       uni tashkil etuvchi jarayonlarning birligi va mustaqilligi;

-       undagi jarayonlarning yaxlitligi va teng huquqliligi;

-       umumiy mavjudlik va o’ziga xoslikni saqlashda namoyon bo’ladi.

Pedagogik jarayonga uning tarkibiy qismlarining o’zaro aloqadorlikda qonuniy joy egallashi birligini o’zida ifoda etuvchi yagona tizim sifatida qarash mumkin. Tuzilish(struktura) – bu tarkibiy qism(element)larning tizimdagi joylashuvidir. Tizimlarning tuzilishi tarkibiy qismlarni qabul qilish mezonlarida belgilangani bo’yicha, bundan tashqari ular orasidagi aloqadorlikda tashkil etiladi. Pedagogik jarayonning o’zi maqsad, vazifa, mazmun, metodlar, pedagog va tarbiyalanuvchilarning o’zaro harakati shakllari, shu bilan birga erishilgan natijalar bilan xarakterlanadi.

Pedagogik jarayonda ishtirok etadigan tizim tarkibiy qismlariga quyidagilar kiradi:

-       pedagoglar;

-       tarbiyalanuvchilar;

-       tarbiyaviy shart-sharoitlar.

Jarayonning aniq maqsadli tarkibiy qismi pedagogik faoliyatning barcha ko’p obrazli maqsad va vazifalarini: bosh maqsad – har tomonlama va barkamol shaxsni tarbiyalashdan – alohida sifatlarni shakllantirishning aniq vazifasigacha o’z ichiga qamrab oladi.

Mazmunli tarkibiy qism umumiy maqsad bilan birga, xuddi shunday aniq vazifani qo’yadigan ma’noni aks ettiradi.

Faoliyatli tarkibiy qism – jarayonni tashkil etish va boshqarishda busiz belgilangan natijalarga erishish mumkin bo’lmagan pedagoglar va tarbiyalanuvchilarning o’zaro harakati va ularning hamkorligi. Mazkur tarkibiy qism pedagogik adabiyotlarda yana tashkiliy yoki tashkiliy-boshqaruvli deb ham nomlanadi.

Jarayonning natijali tarkibiy qismi uni amalga oshishi samarador-ligini aks ettiradi, qo’yilgan maqsad bilan bog’liqlikda muvafaqqiyatli o’zgarishlarga olib kelish bilan xarakterlanadi.

Professor I.P.Rachenko ta’lim tizimidagi tarkibiy qism(kompo-nent)larni quyidagicha bo’lib ko’rsatadi:

-       tizim faoliyatini aniqlashtiruvchi maqsad va vazifalar;

-       ta’lim va tarbiya mazmuni maqsad va vazifalarining amalga oshishi-ni ta’minlovchi pedagogik kadrlar;

-       tizimning ilmiy asosda ishlashini tashkil etuvchi ilmiy kadrlar;

-       ta’lim oluvchilar(ta’lim oluvchilar);

-       moddiy-texnik ta’minot;

-       tizim va uning samaradorligi ko’rsatkichlarining moliyaviy ta’mi-noti;

-       shart-sharoit(psixofiziologik, sanitar-gigienik, estetik va ijti-moiy);

-       tashkil etish va boshqarish.

Amerikalik pedagog F. G. Kumbs quyidagilarni ta’lim tizimining asosiy tarkibiy qismlari deb hisoblaydi:

-        tizimning faoliyatini aniqlashtirib beruvchi maqsad va birinchi galdagi vazifalar;

-        ta’lim oluvchilar hamda tizimning asosiy vazifasi hisoblanmish o’qitish;

-        tizim faoliyatini muvofiqlashtirish, rahbarlik va baholashni amalga oshiruvchi boshqarish;

-        turli vazifalar bilan bog’liqlikda o’quv muddati hamda ta’lim oluvchilar guruhining tuzilishi va taqsimlanishi;

-        mazmun – eng asosiysi, ta’lim oluvchilar ma’lumotga ega bo’lishlari shart;

-        o’qituvchilar;

-        o’quv qo’llanmalar: kitoblar, doskalar, xaritalar, filьmlar, laboratoriyalar va boshqalar;

-        o’quv jarayoni uchun zarur bo’lgan bino;

-        texnologiya – ta’limda foydalaniladigan barcha metod va usullar;

-        bilimlarni baholash va nazorat qilish: qabul qilish, baholash, imtihonlar, tayyorgarlik sifati qoidalari;

-        bilimlarni oshirish va tizimni takomillashtirshi uchun tadqiqot ishlari;

-       ta’lim samaradorligi ko’rsatkichlari xarajatlari.

Yagona pedagogik jarayon qonuniyatlari singari tamoyillari masalasida ham turli qarashlar mavjud. Hatto ba’zi pedagoglar ularni qonuniyat sifa-tida e’tirof etishga moyildirlar. Biroq yuqorida ta’kidlab o’tilganidek, qonuniyatlar ob’ektiv, eng muhim, barqaror, o’zgarishda, shu bilan birga, aniq sharoitlardagi harakatni ifoda etadi. Pedagogik jarayon qonuniyat-laridan uni samarali tashkil qilishga nisbatan muayyan muhim talablar kelib chiqadiki, buni tamoyillar(printsiplar) deb ataymiz.

Yagona pedagogik jarayon tayyorgarlik, asosiy, xulosa kabi etaplardan tuzilgan.

Pedagogik jarayonning tayyorgarlik etapida jarayonning amalga oshi-rilishi uchun shart-sharoit yaratiladi. Bu etapta qo’yidagi masalalar hal eti-ladi: maqsadni belgilash, sharoitni diagnostikalash, natijalarni prog-nozlash, jarayonning rivojlanishini loyihalash va rejalashtirish.

Pedagogik jarayonni amalga oshirishning asosiy etapini alohida-alo-hida tizim sifatida qarash mumkin. U bir-biri bilan o’zaro bog’liq bo’lgan qo’yidagi elementlardan iborat: bo’lajak faoliyatning maqsadi va vazifa-larini qo’yish va ochib berish; pedagogik jarayonning beliglangan metodlari, vositalari va shakllaridan foydalanish; optimal sharoitni yaratish; o’quv-chilar faoliyatini rag’batlantirishning xar xil turlarini amalga oshiri; pedagogik jarayonni boshqa jarayonlar bilan bog’liqligini ta’minlash.

Pedgogik jarayonni amalga oshirish etapida tezkor boshqarish qarorla-rini qabul qilishga asos bo’ladigan teskari aloqa katta ahamiyatga ega. Teskari aloqa – jarayonni sifatli boshqarishning asosi.

Pedagogik jarayonning tsikli qo’lga kiritgan natijalarni tahlil qi-lish bilan yakunlanadi. U kelajakda xatola

Pedagogik jarayonda ishtirok etadigan tizim tarkibiy qismlariga quyidagilar kiradi:

-       pedagoglar;

-       tarbiyalanuvchilar;

-       tarbiyaviy shart-sharoitlar.

Jarayonning aniq maqsadli tarkibiy qismi pedagogik faoliyatning barcha ko’p obrazli maqsad va vazifalarini: bosh maqsad – har tomonlama va barkamol shaxsni tarbiyalashdan – alohida sifatlarni shakllantirishning aniq vazifasigacha o’z ichiga qamrab oladi.

Mazmunli tarkibiy qism umumiy maqsad bilan birga, xuddi shunday aniq vazifani qo’yadigan ma’noni aks ettiradi.



Faoliyatli tarkibiy qism – jarayonni tashkil etish va boshqarishda busiz belgilangan natijalarga erishish mumkin bo’lmagan pedagoglar va tarbiyalanuvchilarning o’zaro harakati va ularning hamkorligi. Mazkur tarkibiy qism pedagogik adabiyotlarda yana tashkiliy yoki tashkiliy-boshqaruvli deb ham nomlanadi.
Download 1,45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish