Umumta’lim maktablarida matematika fanini o’qitishda foydalanadigan pedagogik texnologiyalarni turkumlashtirish muammosi
G’aniyeva Mahliyo Ulug’bek qizi Jizzax DPI magistranti
Annotatsiya
Mazkur maqola orqali pedagogik tizim imkoniyatlarini kengroq o’rganish, undan samarali foydalanish hamda aniq fanlarni, xususan, matematikani izchil o’qitishda foydalanadigan pedagogik texnologiyalarni turkumlashtirish muammosini ochib berish ko’zda tutilgan.
Kalit so’zlar:
Zamonaviy pedagogik texnologiyalar, ta’lim, pedagogik ta’lim, pedagogik texnologiylarni turkumlashtirish, maktab matematika darslarida pedagogik texnologiyani turkumlashtirishning afvzalliklari
Аннотация
Эта статья направлена на изучение потенциала педогогический системы ее эффективного использования и раскрытие проблемы категоризации педогогический технологий, используемых в последовательном преподавании конкретных наук, в частности математики.
Ключевые слова
Современные педогогичискиe технологии, образование, технологичиский образование, классификация педогогичиских технологий, преимущества классификации педогогичиских технологий на школьных уроках математики.
Annotation
This article provides a broader study of the potential of the pedagogical system, its effective use and the problem of categorization of pedagogical technologies that arise in the consistent teaching of specific sciences in particular mathematics.
Key words
Modern pedagogical technologies, education, pedagogical education, classification of pedagogical technologies, advantages of categorization of pedagogical technologies in school mathematics lessons.
Qator yillar davomida pedagogik texnologiya nazariyasi va amaliyoti bir-biriga bog‘liq bo‘lmagan holda o‘rganib kelindi va u turli faoliyat doirasida edi. Bugungi kunda mutaxassislarning ilmiy salohiyatini birlashtirishga mamlakatimizda ham imkoniyatlar mavjud. Nazariya va amaliyot birligining ta‘minlanishi zamonaviy pedagogik texnologiyaning mohiyatini aniqlashga yo‘l ochadi.
Pedagogik texnologiyalarni quyidagicha turkumlashtirish mumkin: qo‘llanish darajasiga ko‘ra, falsafiy asosiga ko‘ra, yetakchi omiliga ko‘ra, ilmiy konsepsiyasiga ko‘ra, anglash faoliyatini tashkil etish va boshqarish turiga ko‘ra va boshqalar.
Pedagogik texnologiya, o‘z tamoyillariga, binoan, tegishli tabiiy qobiliyatga va zaruriy o‘qituvchilik ish tajribasiga ega bo‘lgan yetuk pedagoglar tomonidan loyihalanadi. Pedagogik texnologiyaning tamoyillari, qayta takrorlanadigan o‘rgatuvchi sikl sifatida ro‘yobga chiqariladigan o‘quv jarayonini yaratishga imkon beradilar.
Qayta takrorlanadigan o‘qitish shakli sifatida qo‘llaniladigan pedagogik texnologiyaning umumiy tarkibi (tuzilmasi) 1-rasmda tasvir etilgan. Pedagogik texnologiya quyidagi asosiy elementlardan iborat:
O‘ta aniqlashtirilgan o‘quv maqsadlarini ishlab chiqish. Ularni o‘lchash va baholash mezonlarini o‘rnatish;
O‘quv maqsadlariga erishishga yo‘naltirilgan, o‘quv jarayonini ishlab chiqish va aniq tasvirlash;
Butun o‘quv jarayonini, o‘qitish natijalariga kafolatli erishishga qaratish;
Pedagogik texnologiyalarni yaratish amaliyoti shuni ko‘rsatadiki, o‘ta aniqlashtirilgan o‘quv maqsadlarini ishlab chiqish uchun, amerikalik pedagog-olim B.Blum taksonomiyasidan foydalanish maqsadga muvofiq bo‘ladi. O‘lchov mezonlarini o‘rnatish va ularni baholash ishlab chiqilgan diagnostik testlar yordamida bajariladi.[3]
Bunda, har bir o‘quv materialining minimal o‘zlashtirilish darajasini belgilash muhit ahamiyatga ega. Butun o‘quv jarayoni, unga qaratilgan taqdirdagina, o‘quv maqsadlariga erishish mumkin bo‘ladi.
O‘quv jarayonini o‘quv maqsadlariga erishishga yo‘naltirish, o‘quv rejasini ishlab chiqishdan boshlanadi. Birinchi navbatda o‘quv rejadagi har bir fanning, mutaxassis tayyorlashdagi o‘rni va va ahamiyatini aniq o‘rnatish zarur. Bu esa, Davlat ta’lim standartlari va mutaxassis faoliyatining chuqur tahlili asosida bajariladi. O‘quv fanining mutaxassis tayyorlashdagi roliga ko‘ra, mashg‘ulotlar turlari – ma’ruzaviy, amaliy (seminar), laboratoriya, mustaqil ishlar orasidagi munosabatlar o‘rnatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |