Uchinchi ma’ruza



Download 305,89 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/6
Sana12.06.2022
Hajmi305,89 Kb.
#657953
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
3-maruza matni.pdf



1
UCHINCHI MA’RUZA
TERMODINAMIKANING IKKINCHI QONUNI
Reja:
1. Termodinamikaning ikkinchi qonuni;
2. Qaytar va qaytmas jarayonlar ;
3. Muvozanatli va muvozanatsiz jarayonlar;
4. Issiqlik mashinalarining sikllari;
5. Karno sikli.


TERMODINAMIKANING IKKINCHI QONUNI
Yuldashev X.X.
2
3.1. Termodinamikaning ikkinchi qonuni.
Termodinamikaning birinchi qonuni energiyaning saqlanish va aylanish jarayonini
miqdoriy tomondan tavsiflaydi. Termodinamikaning ikkinchi qonuni bu jarayonlarning
sifat tomonini tavsiflaydi. Termodinamikaning birinchi qonuni bironta jarayonning
energetik balansini tuzish uchun zarur bo‘lgan barcha ma’lumotlarni beradi, lekin u,
bironta jarayonning sodir bo‘lishi yoki bo‘lmasligi haqida hech qanday ma’lumot
bermaydi.
Termodinamikaning ikkinchi qonuni ham, birinchi qonun kabi tajriba asosida
ta’riflanganligini ta’kidlab o‘tish lozim.
Termodinamikaning ikkinchi qonunini umumiy ko‘rinishda quyidagicha ta’riflash
mumkin: o‘z-o‘zidan sodir bo‘ladigan har qanday jarayon qaytmas jarayondir. Ikkinchi
qonunning barcha boshqa ta’riflari bu umumiy ta’rifning xususiy hollaridan iborat.
Har-xil olimlar termodinamikaning ikkinchi qonuniga turlicha ta’rif berganlar.
Shu ta’riflar haqida qisqacha ma’lumot beraylik.
1.
Sadi Karno
(1824 yilda) quyidagi ta’rifni berdi: “Termodinamik tizim ish bajara
olishi uchun kamida turli temperaturali ikki manba zarur. Issiqlik dvigatellari
F.I.K.

>1 bo‘la olmaydi”.
2.
R. Klauzius
(1850 yilda) quyidagi ta’rifni taklif etdi: “Issiqlik ancha sovuq
jismdan ancha issiq jismga o‘z-o‘zidan o‘ta olmaydi”.
3.
V. Tomson (Lord Kelvin)
1851 yilda quyidagi ta’rifni taklif etdi: “Jonsiz
material agent yordamida moddaning qandaydir massasidan uni atrofdagi
predmetlardan eng sovuining temperaturasidan past temperaturagacha sovitish
yo‘li bilan mexanikaviy ish olib bo‘lmaydi”.
4.
M. Plank
quyidagi ta’rifni taklif etdi: “Barcha ishi bironta yukni ko‘tarish va
issiqlik manbaini sovitishdan iborat bo‘lgan davriy ishlaydigan mashina qurib
bo‘lmaydi”.
5.
V.F. Osvolpd
quyidagi ta’rifni taklif etdi: “Ikkinchi tur abadiy dvigatelni
(faqatgina bitta issiqlik manbai hisobiga ishlaydigan) qurib bo‘lmaydi”.
Shuni aytib o‘tish lozimki, ikkinchi tur abadiy dvigatelining mavjud bo‘lishi
termodinamikaning birinchi qonuniga qarshi bo‘lmaydi.


TERMODINAMIKANING IKKINCHI QONUNI
Yuldashev X.X.
3
Haqiqatan ham bu dvigatelda ish hech narsadan emas, balki issiqlik manbaining
ichki energiyasi hisobiga bajarilgan bo‘lar edi.
Issiqlik jarayonlarining o‘ziga xos muhim xususiyatini ta’kidlab o‘tish zarur.
Mexanik ishni, elektrik ishni, magnit kuchlarining ishini va hokazolarini qoldiqsiz,
batamom to‘la issiqlikka aylantirish mumkin.
Issiqlikka kelsak, davriy takrorlanadigan jarayonda uning bir qismigina mexanik
va boshqa turlardagi ishga aylanishi mumkin: uning boshqa qismi muqarrar ravishda
sovuq manbaga berilishi kerak.

Download 305,89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish