Tursunboy adashbpoyev tarjimon shoir



Download 34,92 Kb.
Sana20.11.2019
Hajmi34,92 Kb.
#26580
Bog'liq
sh

TURSUNBOY ADASHBPOYEV TARJIMON SHOIR

Bobo-buvilari hamda baxshilardan o’zbek xalq og’zaki ijodi namunalarini yozib olib, tahririyatga jo’natish va shu bilan xalq og’zaki ijodining xalqimiz orasidagi nodir namunalarini saqlab qolishdek xayrli ishga hissa qo’shish tashabbusi bilan chiqilgan edi.
Yosh oq’uvchi Tursunboy Adashboyev qalbida bu tashabbus, ehtimolki, endi-endi nish urib kelayotgan badiiyatga oshnolik tuyg’ularini uyg’otib yuboradi. U peshqorg’onlik Olim baxshi Soyibboyevdan “Yozi bilan Zebo” dostonini yozib olib, Toshkentga yuboradi va ko’p o’tmay fol’klorshunos olimlar H.Zaripov va Muzayyana Alaviyadan yangi ishlanishlarga undovchi minnatdorchilik maktubi ham oladi. Baxshilardan, bobo-buvilardan eshitilgan ertagu-rivoyatlar, dostonu qo’shiqlar, tez aytishu topishmoqlar T.Adashboyev qalbiga, o’zi aytganidek, “cho’g’ slogan bo’lsa, ajab emas”. Shu sababli ham u o’rta maktabni tugatgach, Toshkent davlat universiteti (hozirgi O’zbekiston Milliy universiteti)ning jurnalistika fakultetiga hujjat topshiradi. Universitetda o’qish jarayonida she’riyat sirlarini yanada puxta egallagan yosh shoirning dastlabki asarlari birin-ketin matbuotda e’lon qilina boradi hamda talabalik chog’idayoq, 1964 yilda, “Kamolning olmasi” deb nomlangan hammualliflikdagi birinchi kitobi nashr etiladi. T.Adashboyev Toshkent davlat universitetini tugatganidan keyin o’z bilimini yanda oshirish, qalamini charxlash maqsadida Moskvadagi Jahon adabiyot institutining ikki yillik kursida ham tahsil olgan. U o’qishni tugatgandan keyin uzoq yillar mobaynida O’sh viloyat gazetasida adabiy xodim bo’lib ishladi. Shoirning 1987 yildan keyingi taqqdiri Toshkent bilan bog’liq. U “Yulduzcha” (hozirgi “Cho’lpon”) nashriyotida salkam yigirma besh yil bosh muharrir o’rinbosari vazifasida ishladi. Bu davr mobaynida shoirning “Kamolning olmasi”, “Biz sayohatchilarmiz”, “Ola-tog’lik bo’laman”, “Arslonbob sharsharasi”, “Surnay”, “Nur daryo”, “Guldasta”, “Olatog’-lolatog’”, “Jo’nataman quyoshni”, “Oqbura” to’lqinlari , “Sovg’a”, “Arslonbob afsonasi”, “Uch bo’taloq va sirli qovoq”, “Topishmoqli alifbe”, “Oltin yolli tulpor qissasi”, “Orzularim – qo’sh qanotim” singari kitoblarni nashr qilindi.
T.Adashboyevning sermahsul va mohir tarjimon sifatidagi faoliyati ham o’ziga xosdir. U, Avvalo, jahon bolalar she’riyatining juda ko’plab yetakchi banoyondalarining she’riy asarlarining o’zbek tiliga tarjima qilib, ularni o’zbek bolalar adabiyotining ham mulkiga aylantirgan, o’zbek adabiyoti xazinasiga olib kirgan. Shoir jahon boalalr she’riyati namoyondalarining ‘z ijodiga barakali ta’sirini alohida ta’kidlab, ularni “Men suv ichgan chashmalar” deb ta’kidlaydi.
“Men suv ichkan chashmalar” turkumidagi tarjimalar ijodkor iste’dodi va mahoratining serqirraligi dalolatidir. K.CHukovskiyning “Eshitmadim demanglar”, “Toshbaqa”, “Kular tipratikanlar”, “Jenni”, V.Berestovning “Ko’lmakdagi suratlar”, “O’qishni bilsang o’qing”, B.Zaxoderning “Samovar”, “Bo’ri maqtasa…”, “Itbaliq”, gruzin shoiri Nodar Dumbadze “Ketino”, “Igna”, tatar shoiri N.Yusupovning “Kechirassiz”, tatar shoiri Rustam Ming’alimning “Gilos”, “Shamol esgach”, Yahud shoiri Ovsey Druzning “Kutilmagan hodisa”, “Tarozilar”, lak shoiri N.Yusupovning “Kechirasiz”, litva shoiri Yu. Markinyavichyusning “Jang tugadi”, “Mening kitobcham”, V.Dan’koning “Qorbobo bo’lsam agar”, “Hasrat”, tojik shoiri Saydali ma’murning “Yaxshi odamlar”, “Nima shirin?”, qirg’iz shoiri K.Junushevning “Qayiq”, “Qaydan bilsin?”, “Necha so’mlik bolasan?”, “Toshbaqaning shiori”, “Boshi bormi?”, qozoq shoiri Q.Murzaliyevning “Xolmirzaning oti”, “Tikan terdi”, “turkman shoiri O.Annadurdiyevning “Tovus”, “Ninachi”, “Savol-javob”, polyak shoiri Yan Bjexvaning “Tuxum va tovuq”, “Tuz haqida ertak”, uyg’ur shoiri Uchqunning “Muhammadning savollari”, arman shoiri G.Gabrielyanning “Misol”, “To’g’ri javob”, “Vachikning panjasi”, belorus shoirasi N.Tulupovaning “Dars”, “Nikitaning yoshlari”, arab shoiri Bayon as Safadiyning “Rimaning savollari”, “Shamol ham yig’laydimi?”, ingliz shoiri Uolter De La Merning “Pat saqlanar yostiqda”, “Berkinmachoq”She’rlari, “Otboqar” nomli nemis xalq ertagi, makedoniya xalq she’riyatidan “Teskari hisob” she’rlari tarjimalari shular jumlasidandir.
T.Adashboyev ijodiy faoliyatidagi yana ikki qirrani alohida ta’kidlash joiz. Birinchidan, u nafaqat o’z ijodiga balki qalamkash birodarlarining ijodiga ham doimo sinchkovlik, talabchanlik bilan qaraydi. Ayniqsa, sun’iy qofiyabozlik ketidan quvish, she’rdagi mazmun uzviyligining ozgina bo’lsa-da, buzilishini u she’riyatga mumkin emas deb hisoblaydi. Shu sababli ham, u “betga aytganning zahri yo’q” qabilida ish tutib, ba’zi ijodkorlar she’rlarida uchrab turadigan yuqoridagi singari kamchiliklarni samimiy, jonkuyarlik bilan ko’rsatib beradi. Shoir ijodida kattagina o’rin tutadigan parodiyalar, she’riyatga ana shunday jonkuyarlik, talabchanlik mashulidir. Bundan tashqari, u o’zbek bolalar adabiyotining jonkuyarlaridan biri sifatida adbiy jarayonni doimo sinchkkovlik bilan kuzatib boradi hamda unga o’z vaqtida munosabatini ham bildirib turadi. Jumladan, u XX asr va hozirgi o’zbek bolalar adabiyoti taraqqiyoti muammolariga bag’ishlangan davra suhbatlari hamda bolalar adabiyotimiz yetakchi namoyondalari ijodiga bag’ishlangan bir qator olmiy-ommabop maqola taqrizlar muallifi hamdir. Binobarin, T.Adashboyev ijodiy faoliyatining bu qadar serqirraligini hisobga olib, biz uning bolalar shoiri sifaidagi ijodiy mahoratining ba’zi qirralarini o’rganish bilan cheklanamiz.

Avvalo, shuni qayd etish kerakki, T. Adashboyev o’z davri farzandi. Shu sababli ham uning asarlari ko’p jihatdan o’z davri imkoniyatlari bitilganligi shubhasizdir. U ham barcha safdoshlari singari ko’pda sho’ro tuzumining porloq kelajagi haqidagi quchmoq va’dalariga ishondi, “Do’stlik belgisi” (1977) singari she’rlarida

Har sohada tengsiz rivoj,
To’kinchilik, mol semiz.
Topilmagan bu do’stlikning,
Na o’xshshi, qiyosi
Unga quvvat, kuch bergusi
Buyuk Lenin ziyosi

singari balandparvor misralar ham bitdi, 1977 yilda bitilgan “BAMga, akamga xat” (“Olatog’-lolatog’”, she’rida Baykal – Amur magistralini qurayotgan akasi bilan faxrlanuvchi bola nomidan faxrihayalar ham yozdi, “Yuduzcha” she’rida “keksa yoshga mehribon”, maktabdan so’ng paxta dalasiga oshiqadigan mehnatsevar oktyabryatlarni sharflovchi misralar bitdi.


Lekin, bulardan qat’I nazar, bunday she’rlar T. Adashboyev ijodida barmoq bilan sanarli, hatto shunga o’xhsash she’rlaridan ham shoir samimiyatini yo’qotmaydi, ortiqcha maqtov, sharaflasdhlarga berilib ketmaydi. Chunonchi “Yulduzcha” she’rida birgina “oktyabryat” so’zi bo’lmasa, uni bugungi kun bolalariga nisbatan bag’ishlov sifatida ham qabul qilish mumkin; yoki, “Do’stlik belgisi” she’ridagi “Ulug’ Lenin ziyosi” misrasidan voz kechilsa bo’ldi, she’r o’zbek-qirg’iz do’stligini sharaflashga bag’ishlangan samimiy madhiyaga aylanadi.

Ma’lumki, 60-70 yillar o’zbek bolalar she’riyatida tarbiyaviylik ruhidagi an’anaviy she’rlar katta o’rin tutadi. T. Adashboyev ijodining dastlabki bosqichda, uning ilk she’rlarida orasida ham bunday she’rlar ancha-muncha uchraydi.. Jumladan, “Ozoda” she’rida ismi ham Ozoda, o’zi ham ozoda qizcha o’rnak bo’larli ijobiy qahramon sifatida qalamga olinadi:

Qo’shnim qizi Ozoda, Ukasini o’ynatar,
O’qiydi ikkinchida. Chehrasi doim ochiq
U sinfda a’lochi, Kim qo’l yuvsa, suv quyar
Abjir, yoqimli juda Qo’lida oppoq sochiq
O’qishdan kelgan mahal Shuning uchun barchaga,
Oyisiga qarashar U rosa yoqib qolgan.
Hovlini supurishi Ozoda bo’lgani-chun
Unga biram yarashar. Ozoda deb nom olgan.

Bu she’rda, bir qarashda, hamma narsa joyida qofiyalar asosan to’q va to’liq, vazn o’ynoqi, ijbiy qahramon barcha jihatdan o’rnak bo’larli- a’lochi, abjir, yoqimtoy, o’qishdan kelgach oyisiga qarashadi, ukasini o’ynatadi,kim qo’l yuvsa suv quyib, bir qo’lida oppoq sochiq tutib turadi, shuning uchun u barchaga yoqib qolgan, ozoda qiz bo’lgani uchun Ozoda deb nom olgan. Biroq hama narsa joyidaday tuyuladigan shu she’r, aslida, an’anaviy bayonchilik, qofiyabozlik mahsuli bo’lga o’rtamiyona she’r, unda shira yo’q. Buni shoirning o’zi ham sezgan bo’lsa kerak, bu she’rini keyingi birorta to’plamiga ham kiritmagan.


Asosiysi shoir ijodining dastlabki namunalaridan bugungi kungacha, avvalo, o’zi tug’ilib o’sgan ona – Vatan, uning serhosil dalalari, tog’-u adirlari, to’lib-toshib oqadigan, dala dashtlarini zilol suvlari bilan qondiradigan daryoyu soylari, yilning to’rt fasli ham o’zicha go’zal tabiati, dala-dashtu tog’ toshlaridagi turfa hovvoyi-yu xonaki hayvonlari, xususan, shu vatan dilbandlari-farzandlarini o’z asarlarining asosiy qahramonlari qilib oladi, ularning har biri bilan bog’liq turfa hangomalarni goh jiddiy ohangda, goh hajvga yog’irib tasvirlaydi, eng oddiy narsalardan ham go’zallik qidirib topadi va shu go’zallikka yosh kitobxonlarini ham sherik qiladi, ushbu go’zallikdan bahra olib, qalban go’zal bo’lsiga, ma’naviy kamolotga chorlaydi.

T.Adashboyev ushbu ulug’vor maqsadlarga xizmat qiladigan barkamol asarlarga boy adabiyotimiz an’analarini bugungi adabiyotimizda muvaffaqiyat bilan davom ettirayotgan o’ziga xos ijodkor ekanligi shpiorning deyarli barcha asarlarida yorqin namoyon bo’ladi. Jumladan, shoir “Saylanma”sining “Ona Vatan” nomli birinchi fasli Vatan vasfiga bag’ishlangan she’rlarni qamrab oladi. U fasl avvalidagi bag’ishlovida

Ona Vatan,
Durdona Vatan!
Kindik qonim to’kilgan go’sha
Menga Ka’ba,
Yagona Vatan!
Bobolardan merossan – qadim,
Bag’ishlovni Senga atadim

der ekan, bu gaplar shunchaki ta’rif-tavsif emas, balki shu yurt farzandining yurak qa’ridan jo’shib chiqqan dil sadolar.


Shoirning Ona-vatan – kindik qoni to’kilgan tuproq sha’niga bag’ishlangan ushbu madhiyasi shaklan qanchalar soda, muxtasar bo’lsa, mazmunan shu qadar purhikmat, sermazmun. Chunki, Vatanning Ka’baga o’xshatilishi shunchaki ta’rif emas, balki uning yakkayu yagonaligi, “bobolardan meros” qolgan – ko’z qorachig’iday azizu mukarramligini ta’kidlovchi qalb to’ridan otilib chiqqan jo’shqin sadodir.
Ushbu turkumdagi “Qiyosiy yo’q”, “Tuproq”, “Zar uqali”, “Qarog’im O’sh”, “Osmoni keng” she’rlarining barchasi Istiqlol davri mahsuli bo’lib, ularda Ona –vatan go’zalliklarini madh etish, yosh kitobxonni uni ko’z qorachig’iday avaylab-asrashga, qadriga yetishga chorlash ruhi birday ustuvorlik qiladi. Shoir

Sen tug’ilgan, O’sh, Buxoro,


Qutlug’ xona. Samarqandim.
Aziz diyor, Qiyosi yo’q,
Pok ostona. Bu yagona
so’lim olka, Senu menga,
Kesh, Farg’ona Vatan – Ona.
Qadim Urganch Shunday go’zal
Shu durdona Ulug’ yurtkim,
Ko’rkam Toshkent, Tuprog’ini
Asal-qandim. Ko’zga surtgin

der ekn, bu satrlarda qiyosi yo’q tuproqning “qutlug’ xona”, “aziz diyor”, “pok ostona” sifatlashlari yosh kitobxon qalbida Ona-vatan muqaddasligi tushunchasini shakllantirish va mustahkamlashga xizmat qiladi, Vatan tuprog’ini ko’zga surtish (tavof qilish) shunchaki gap emas, o’zini ushbu tuproq farzandi deb hisoblaydigan har bir kishining dastlabki insoniy burchi ekanligini ta’kidlaydi, qadim Urganch, Buxoro, Samarqand, O’sh, Kesh, Toshkent singari olamga mashhur, jahon tarixi va madaniyatining beshigi bo’lgan shaharlar bilan faxrlanish his-tuyg’uylarini uyg’otadi.


Bu o’rinda Shu narsani alohida qayd etish kerakki, Vatanimiz tarixi va tarixiy joylari tasviriga bag’ishlangan she’rlar T.Adashboyev ijodining dastlabki pallalaridan alohida o’rin tutadi. Jumladan, “O’sh” she’rida shoir O’sh shahrini ta’riflar ekan, shaharda yashab o’tgan, kindik qoni to’kilgan, poyqadami tekkan ulug’ zotlarni, tog’-toshlarni, daryo-adirlarini, tarixiy joylarini deyarli birma-bir tilga oladi:
Huvaydoning nazari tushgan,
Seni Vatan aylagan bonu.
Ayri tushib Andijonidan,
Shoir Mahjur kuyladi yonib.

Garchi ushbu she’rlar T.Adashboyev ijodida alohida o’rin tutib, badiiyat nuqtai nazaridan hozirgi o’zbek bolalar she’riyatining ijodiy takomilini belgilashga ham xizmat qila olsa-da, biz ularga qayta to’xtalib o’tishni, bir marta aytilgan fikrlarni takrorlashni joiz topmadik. Faqat shuni qayd etmoqchimizki, T.Adashboyev ijodida yil fasllari tasviriga bag’ishlangan bunday she’rlar juda ko’pchilikni tashkil qilib, ularning har biridan o’ziga xos fazilat topish mumkin. Masalan, “To’rt fasl” she’rida shoir har bir faslning o’ziga xos go’zalligi tasviriga bittadan to’rtlik ajrtagan. Biroq shu birgina to’rtlikda har bir faslning o’ziga xosligi yosh kitobxon ko’z o’ngida yorqin namoyon bo’la oladi:

Bahor qutlar olamni, Burkab oldi ob-havo
Mushak otar zambarak Birdan qovoq-qoshini.
Bargak taqqan sochiga, Janub sari turnalar
Boshida gulchbarak. Jo’nab qoldi shoshilib.
Shamol quvar bulutning Hademayin qor tushib,
Uvada-yu, laxtagin. Kirza etik g’archillar.
Mehnatkash yer g’ayratdan Tinim bermas chanaga
Yechib tashlar yaktagin. Endi Shokir Barchinlar.

“Qizg’aldoqlar qutlashar” she’rida bahorning yanada yangi qirralarini namoyon bo’ladi:

Tong oqarib, yulduzlar Irg’ishlaydi sho’x qulun,
Asta o’chib boradi. Peshonasi qo’ng’ir-oq,
Yaylov oils, cho’ponlar, Lo’kkillaydi bo’taloq,
Toqqa ko’chib boradi. Bo’ynida jez qo’ng’iroq

Yaylov bag’rin yashnatdi,


Oq o’tovli ovular.
Tunlar salqin bu yerda,
Quvray o’tin lovullar.

T.Adashboyev tom ma’nodagi tabiat shaydosi. U tabiat manzaralarini mohir musavvir singari erinmay chizadi, biz har kuni ko’rib yurgan oddiy narsalarga sehrli qalami bilan jon baxsh etadi. Shoirning tabiat tasviriga bag’ishlangan asarlari orasida ayniqsa, bahor manzaralari alohida o’rin tutadi. Shoir tabiatning tasviriga bag’ishlangan asarlari orasida ayniqsa, bahor manzaralari alohida o’rin tutadi. Shoir tabiatning erka qizi – Bahor tasviriga rangin bo’yoqlarini baxsh etadi. Uning “Temirchi bilan dehqon”, “Jala yog’di”, “Bahor kelgach, “Qishning to’ni so’kilar”, “Olmos qalam”, “Soyabon” singari o’nlab she’rlarida, yuqorida tilga olingan she’rlar qatori, bahorning turfa tasvirlari yaratiladi. “Bahor kelgach” she’ri shu jihatdan diqqatga sazovor:

Qish qorini sufurdi, Chaqmoq ko’kda yong’oq chaqdi,
Quyosh nurin ufurdi, Qizg’aldoqlar selda oqdi,
Yalpiz hidi gupurdi Quyosh yana kulib boqdi
Bahor kelgach. Bahor kelgach.

Ushbu she’rga jon bag’ishlab turgan dastlabki jihat shakily mukammallikda aks etadi. Ikki to’rtlikdan tashkil topgan she’rning har ikki to’rtligi ham o’zaro, ham alohida qofiyalangan, ya’ni ichki qofiyaga ega bo’lib, T.Adashboyevning qofiya qo’llash mahoratini ko’rsatadi. She’rning badiiy mukammalligini ta’minlovchi ikkinchi jihat esa g’oyat tabiiy jonlantirishlar (qish qorini supurishi, quyosh nurini ufurishi, chaqmoqning ko’kda yong’oq chaqishi, quyoshning kulib boqishi)da aks etib, kitobxon ko’z o’ngida yaxlit paydo qiladi.


“Jala yog’di” she’rida T.Adashboyevning tabiat manzaralari tasvirida so’z qo’llash mahoratining yana bir qirrasi aks etadi:

Kunning rangi-quti o’chib, Tentaksoyga tuman indi,


Bo’z bu tog’dan bulut ko’chib, Bir soatga yetmay tindi,
To’rg’ay uchub, kaklik cho’chib, Zar kamalak toqqa mindi,
Do’l aralash jala yog’di. Ming afsuski, chala yog’di

Oldingi sahifa | Sahifa 2 из 2

Teglar: shoiri bilan bolalar TAdashboyev bag’ishlangan o’zbek she’rida singari alohida shoir she’rlar dastlabki uning Shoir Vatan Adashboyev o’rin ushbu tasviriga oladi


G‘AFUR G‘ULOM ijodida folkor an’analar


O‘zbek adabiyotining mashhur namoyandalaridan biri G‘afur G‘ulom 1903 yil 10 mayda Toshkent shahrining Qo‘rg‘ontegi mahallasida tavallud topdi. To‘qqiz yoshida otasidan, o‘n besh yoshida onasidan yetim qolgan G‘afur avval eski maktabda, so‘ngra rus-tuzem maktabida ta’lim oldi. U Oktyabr to‘ntarishidan keyingi yillarda muallimlar tayyorlov kursini bitirib, yangi usuldagi maktablarda o‘qituvchilik qildi. 1923 yildan bolalar uyida mudir va tarbiyachi, so‘ng «Kambag‘al dehqon», «Qizil O‘zbekiston», «Sharq haqiqati» gazetalari muharririyatlarida ishladi. Gazeta uning uchun dorilfunun rolini o‘tadi, xalq hayotini o‘rganish, unga faol aralashish yo‘lida muhim vosita bo‘ldi.

Uning mamlakatni himoya qilish haqidagi tantanavor she’rlari, o‘tmish sarqitlarini qoralovchi hajviyalari va xalqning kundalik ijodiy mehnatini olqishlovchi asarlaridan jamlangan «Dinamo» va «Tirik qo‘shiqlar» nomli dastlabki she’riy to‘plamlari 1931—1932 yillarda chop etildi.

Shoir 1930—1935 yillarda «Ko‘kan» dostonini, «To‘y», «Ikki vasiqa» balladalarini yaratdi. Biroq, shoirning bir qator she’rlari, xususan, biz ko‘p yillar jamoalashtirish mavzuidagi yirik asar deb maqtab kelgan «Ko‘kan» dostoni hozirgi davr talablari darajasida emasligi sezilib qoldi. Jumladan, unda boshdan-oyoq maqtalgan jamoalashtirish siyosati ma’lum ijobiy natijalari qatorida cheksiz zulm-fojealarga ham sabab bo‘lganligi bor bo‘yicha realistik ifodalanmagan. Uning partiya, Vatan, Lenin, Oktyabr haqidagi she’rlarida ham zamonasozlik mayllari sezilib turadi. Shu tufayli shoir ijodi bugungi kunda tanqidiy yondoshishni taqozo etadi.

To‘g‘ri, adib barhayot davridayoq shaxsga sig‘inish ta’sirida yaratilgan ayrim asarlarini qayta ko‘rib chiqqan. Ayrim misralarni yangidan yozib, she’rga tabiiylik va hayotiylik bag‘ishlagan. Xuddi shu hol uning «Kuzatish», «Sen yetim emassan» she’rlariga ham xos bo‘lib, ular ham adib tomonidan qayta ishlangan.

30-yillarda G‘afur G‘ulom hikoya, ocherk, feletonlar qatori «Netay», «Yodgor», «Tirilgan murda» kabi qissalarini ham yaratdi.

Urush yillarida shoir o‘z ijodining butun haroratini fashist bosqinchilariga qarshi kurashayotgan xalqqa qaratdi, uning muqarrar g‘alabasiga ishonch ruhi bilan sug‘orilgan she’rlar yaratdi. U «Sen yetim emassan», «Kuzatish», «Vaqt», «Sog‘inish» kabi she’rlar, publitsistik ocherk va maqolalar yozib, xalqni jang va mehnat g‘alabasiga otlantirdi.

G‘afur G‘ulom urushdan keyingi yillarda ham adabiyot janrlarining ko‘pgina turlarida samarali qalam tebratib, yuksak badiiy asarlar yaratdi, publitsistika va adabiyotshunoslikka oid qator ajoyib maqolalarini e’lon qildi. Uning ijodi xalq hayotining shu davrdagi o‘ziga xos yilnomasi o‘laroq namoyon bo‘ldi. Agar G‘afur G‘ulom bu davrda she’riy asarlari bilan faylasuf shoir darajasiga ko‘tarilgan bo‘lsa, «Shum bola» qissasi, «Mening o‘g‘rigina bolam» singari hikoyalari bilan xalq turmushi va ruhini yaxshi biluvchi mohir nosir ekanligini namoyish etdi.

G‘afur G‘ulom o‘zbek tarjima maktabining maydonga kelishiga ham ulkan hissa qo‘shgan. U «Otello», «Qirol Lir» singari jahon va rus adabiyoti durdonalarini o‘zbek tiliga katta mahorat bilan o‘girgan.

G‘afur G‘ulom O‘zbekiston Fanlar akademiyasining haqiqiy a’zosi (1943) edi. Unga 60 yillik yubileyi munosabati bilan O‘zbekiston xalq shoiri faxriy unvoni berilgan (1963).

Shoirning ko‘pgina asarlari Osiyo va Yevropa xalqlari tillariga tarjima qilingan.

O‘zbek she’riyatining otashin jarchisi, ulkan so‘z san’atkori G‘afur G‘ulom 1966 yil 10 iyulda Toshkentda vafot etgan. Vafotidan so‘ng «Buyuk xizmatlari uchun» ordeni bilan mukofotlangan (2000).



































PO‘LAT MO‘MIN qo’shiqchi shoir


Po‘lat Mo‘min (taxallusi; asl ism-sharifi Mo‘minov Po‘lat) (1922.24.12— Toshkent — 2004.2.3) — bolalar shoiri. O‘zbekiston xalq yozuvchisi (1992). O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi (1983).

Dastlab pedagogika bilim yurtini (1939), so‘ng Nizomiy nomidagi Toshkent pedagogika institutini tugatib (1944), o‘qituvchilik bilan shug‘ullangan (1944—47). «Lenin uchquni» gazetasida adabiy xodim (1948—50), O‘zbekiston davlat nashriyotida bo‘lim mudiri (1951—52), respublika Yozuvchilar uyushmasida adabiy maslahatchi (1954—60), Madaniyat vazirligi krshidagi San’at ishlari boshkarmasida dramaturgiya bo‘yicha bosh muharrir (1962—64) bo‘lib ishlagan.

Ilk she’rlar to‘plami — «Sayrang, qushlar (1949). Shundan keyin uning «Tong kuylari» (1949), «Oltin boshoqlar» (1951), «Tish cho‘tkasi ertagi» (1955), «Hunardan unar» (1958), «To‘g‘ri o‘sgan gul bo‘lur» (1960), «Aql qaerda bo‘lar» (1962), «Oltin nay» (1967), «Yaxshilarga o‘xshasam» (1968), «Rahmatga rahmat!» (1969), «Eson va Omon» (1973), «Ertaqdan ertakka» (1989), «Ertaklar yaxshilikka yetaklar» (1984), «Yurak zavqu dardlarim, aytar baytu fardlarim» (1993), «Bug‘doy bobo» (1995), «Bolajon, bolajonim» (2003) va boshqa bolalarga bag‘ishlangan she’r va ertaklardan iborat to‘plamlari, «Kuldi xiyol» (1964), «Gul va piyoz» (1971), «Qo‘shiq aytib» (1985) singari qo‘shiqlardan tashkil topgan kitoblari nashr etilgan.

Po‘lat Mo‘min mumtoz o‘zbek adabiyoti an’analarini davom ettirib, g‘azal, tuyuq, fard janrlarida ham ko‘plab asarlar yaratgan. Uning 500 dan ziyod qo‘shiqlari g‘azal janrida yozilgan.

Po‘lat Mo‘minning bolalar hayotidan olingan «Qovoqvoy bilan Chanoqvoy», «Suqatoy va Konfetvoy» (1970), «Bahodirning botirligi» (1972), «Ona bolam deydi, bola onam deydi» (1975), «Oq fil yo‘qoldi» (1983), «Tuyakush-boyaqish» (1987) pesalari respublika teatrlarida sahnalashtirilgan.

A. S Pushkin, V. V. Mayakovskiy, S. Marshak, S. Mixalkov, A. Barto va boshqa rus yozuvchilarining bolalarga bag‘ishlangan asarlarini o‘zbek tiliga tarjima qilgan. «El-yurt hurmati» ordeni bilan mukofotlangan (1998).
















Sariq devni miinib sarguzasht roman


Xudoyberdi To‘xtaboyev (1932.17.12, O‘zbekiston tumani Katta Tagob qishlog‘i) — O‘zbekiston xalq yozuvchisi (1991). O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi (1982). Qo‘qon pedagogika bilim yurtini (1949), O‘rta Osiyo universitetini tugatgan (1955).

O‘rta maktabda o‘qituvchi va direktor (1955—58), «Toshkent haqiqati» gazetasida adabiy xodim, bo‘lim mudiri (1958—62), «Sovet O‘zbekistoni» (1962—70) gazetasi, «Guliston» jurnalida (1970—72), «Yosh gvardiya» nashriyotida (1972) bo‘lim mudiri va bosh muharrir o‘rinbosari (1974—76), «Gulxan», «Yosh kuch» jurnallarida bosh muharrir (1977—80), «Oltin meros» xalqaro xayriya jamg‘armasi boshqaruvi raisi (1980—1998) bo‘lib ishlagan.

Dastlab jurnalist sifatida tanilgan, feletonlar yozgan. Badiiy ijod bilan 20-asrning50-yillarida shug‘ullana boshlagan. Ilk hikoyalar to‘plami — «Shoshqaloq» (1961). «Feletondan keyin» (1962), «Sir ochildi» (1963), «Sehrli qalpoqcha» (1964) singari qissalari, «Muhabbat qo‘shig‘i» (1967), «Jonginam, shartingni ayt» (1969), «Konizar yulduzlari» (1978), «Omonboy bilan Davronboy sarguzashti» (1974) va boshqa asarlar muallifi.

«Sariq devni minib» romani (1968) yozuvchiga katta shuhrat keltirgan. Shundan keyin «Sariq devning o‘limi» (1973), «Besh bolali yigitcha» (1976), «Qasoskorning oltin boshi» (1981), «Yillar va yo‘llar» (1983), «Shirin qovunlar mamlakati» (1986), «Mungli ko‘zlar» (1988), «Jannati odamlar» (1996) romanlari nashr etildi.

XudoyberdiTo‘xtaboyev asarlari yumorga boyligi, bolalar hayoti, ularning o‘ziga xos tabiati, xususiyatlari, ruhiy kechinmalari nihoyatda jonli, qiziqarli va bolalarbop yo‘sinda mahorat bn tasvirlanishi jihatidan ajralib turadi.

XudoyberdiTo‘xtaboyev o‘zbek bolalar adabiyotini jahon miqyosiga olib chiqqan ijodkorlardan biridir. Asarlari tojik, qirg‘iz, turkman, ozarboyjon, arman, rus, ukrain, belorus, moldovan, eston, latish, litva, fin, bolgar, venger, nemis, chex, italyan tillariga tarjima bo‘lgan.

Sobiq Ittifoq Yozuvchilar uyushmasining yillik mukofoti (1971), O‘zbekiston Yoshlar ittifoqining mukofoti (1972), Hamza nomidagi O‘zbekiston Davlat mukofoti laureati (1989).




Download 34,92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish