Tursunboy Adashboyev



Download 5,39 Mb.
bet1/4
Sana12.07.2022
Hajmi5,39 Mb.
#781058
  1   2   3   4
Bog'liq
HAYOTI VA IJODI




Tursunboy Adashboyev
(1939-2017)


HAYOTI VA IJODI


Tursunboy Adashboyev 1939 yilning 1 yanvarida Jalolobod viloyatining Olabuqa tumanidagi Safed Bulon qishlog‘ida tug‘ilgan. Toshkent Davlat universitetini hamda Moskvadagi Jahon adabiyoti institutini bitirgan. O‘zbek va qirg‘iz tillarida ijod qiladi.
«Kamolning olmasi» deb nomlangan birinchi kitobi 1967 yilda, talabalik chog‘idayoq nashr etilgan. Keyinchalik Toshkentda va Bishkekda «Biz sayohatchilar» (1969), «Ala Toluk bolomun» (1971), «Arslonbobo sharsharasi» (1973), «Surnay» (1975), «Nur daryo» (1977), «Guldasta» (1979), «Olatog‘ — lolatog‘» (1982), «Oqbura to‘lqinlari» (1985), «Sovg‘a» (1987), “Orzularim qo‘sh qanotim” (2003), “Osmondagi darvoza” kabi to‘plamlari bosilib chiqqan. U 1967 yildan buyon Yozuvchilar uyushmasining a’zosi.
Kichkintoylarga qisqa va lo‘nda yozish, qissadan hissa chiqarish Tursunboy Adashboyev ijodining muhim fazilatlaridan biridir. Shoirning bolalik xotiralari asosida yaratilgan o‘nlab mashqlari ham hayotiy voqealarning hosilasi ekanligi bilan ajralib turadi. Urush va urushdan keyingi davrlarda kichik ovulda ro‘y bergan hodisalar silsilasi Tursunboy Adashboyev she’rlarining o‘zagini tashkil etadi.
Tursunboy Adashboyevning hazil-mutoyiba bilan yo‘g‘rilgan qator asarlari rus, latish, qozoq, tojik tillarida chop etilgan. Eng sara she’rlari esa qirg‘iz va o‘zbek bolalar she’riyati antalogiyalaridan o‘rin olgan.
Tursunboy Adashboyev jahon hamda qardosh xalqlar bolalar she’riyati vakillarining asarlarini o‘zbek tiliga tarjima qilish borasida ham faol ish olib borgan. Uolter De Lamer, Yan Bjexva, Korney Chukovskiy, Samuil Marshak, Musa Jong‘oziyev, Qodir Mirzaliyev, Og‘ageldi Allanazarov, Leons Briyedis kabi shoirlarning she’rlarini yosh kitobxonlar Tursunboy Adashboyev tarjimasida sevib o‘qimoqdalar.
TONGDA

Tongda hushtak chalgandim
Chiqib shuvoq boshiga, 
Ma’qul bo‘pti ovulning 
Kattasiga, yoshiga. 
Bu qilig‘im Xo‘rozning 
Tekkan emish g‘ashiga... 
Meni ko‘rsa Dakanboy, 
Minib jahl otiga
Ko‘cha-ko‘yni to‘zg‘itib, 
Zo‘r berar qanotiga.
Shayton kirdi oraga, 
Sizga aytsam dangalin, 
Yerni uzib olguday 
Uning tirnoq-changali. 
Chigirtkani egarlab, 
Quva ketdim Xo‘rozni. 
Adabini beray deb, 
Shumtakani, darozni. 
Lekin otim yiqilib, 
Oyog‘im sinib ketdi. 
Chigirtkani jilovlab
Dakanboy minib ketdi. 
...Tomoshaning qizig‘i 
So‘qmoqli yo‘lda bo‘pti. 
Xo‘roz bilan Chigirtka 
Tulkiga o‘lja bo‘pti...



KAPADA


Sanjar bobosi bilan 
Qovun poylar kapada. 
Ko‘kda yulduz marjoni
G’ir-g‘ir esar shabada. 
Nabirasi bidillab, 
Cholni tutar so‘roqqa. 
Yarmi kemtik oy chiqdi 
O’xshab oltin o‘roqqa. – 
Bobo, qarang, tunov kuni 
Butungina oy edi. 
Birov uni sindirib 
Qo‘yganmi, deb koyidi...




Download 5,39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish