Turli tizimli tillarda hid bilish sezgisini ifodalovchi so‘zlarning kognitiv-pragmatik xususiyatlari



Download 14,89 Kb.
bet1/2
Sana18.07.2022
Hajmi14,89 Kb.
#820255
  1   2
Bog'liq
Mmmmmm


TURLI TIZIMLI TILLARDA HID BILISH SEZGISINI IFODALOVCHI SO‘ZLARNING KOGNITIV-PRAGMATIK XUSUSIYATLARI

Mamajonova Shahlo Tohirjon qizi


Farg‘ona davlat universiteti magistranti

Annotatsiya: Mazkur maqolada so‘zlarning kognitiv tilshunoslik va pragmatik jihatdan xususiyatlari,zamonaviy kognitiv tilshunoslikning vujudga kelishi va mohiyati yoritib berilgan.
Kalit so ‘zlar: pragmatika,hid bildiruvchi so'zlar, kognitiv tilshunoslik.
XX asr boshlarida nazariy tilshunoslikda tamoman yangi yo‘nalishlar, o‘zga ko‘rinishdagi nazariyalar paydo bo‘ldi va shakllana boshladi. Tilshunoslikda bunday holning yuzaga kelishiga sabab axborot texnologiyalarining rivoji bilan bog‘lanadi. Zero, insonning “sun’iy intelekt” tizimiga oid vositalar bilan muloqoti til tizimi va lisoniy faoliyat tadqiqiga butunlay yangicha yondashuvni talab qiladi.Hid bilish sezgilariga hidlarni his qilish kiradi. Ayni paytda tilga antroposentrik yondashuv tilshunoslik sohasining eng so‘ngi yutuqlarini o'zida mujassam etib, mustaqil paradigm sifatidagi maqomini tobora mustahkamlab bormoqda. Ko‘plab tadqiqotchilarning e‘tirof etishicha ,kognitiv tilshunoslik va lingvokulturologiya antroposentrik paradigmaning yetakchi yo'nalishlari hisoblanadi.
O‘tgan asrning so‘ngi choragida o‘zining ilk qadamlarini qo‘ygan kognitiv tilshunoslik XXI asr boshidayoq lingvistikaning peshqadam sohalaridan biriga aylanib ulgurdi. Zamonaviy kognitiv tilshunoslikning vujudga kelishi amerikalik olimlar J.Miller, J.Bruner, J.Lakoff, R.Langaker, R.Jakendoff va boshqalarning ilmiy ishlari bilan bog'lanadi. Kognitiv tilshunoslik tilni falsafadagi bilish nazariyasi bilan bog'lab, uning hosil bo‘lishidagi psixologik,biologik va eyrofiziologik jihatlarning ijtimoiy,madaniy va lisoniy hodisalar bilan uzviy aloqasini ilmiy tadqiq etuvchi soha hisoblanadi. "Kognitiv so'zi inglizcha “ cognize-bilmoq, anglamoq, tushumoq” demakdir. Kognitiv tilshunoslik “chegaradosh fan” bo'lib, kognitologiya, kognitiv psixologiya, psixolongvistika, lingvistika kabi sohalar to‘qnashuvida vujudga keldi.“ [1] 1975-yilda J.Lakoff va S.Tompsonning maqolasida “kognitiv grammatika"termini paydo bo‘ldida 80-yillarda yevropaning an'anaviy tilshunosligida kognitiv tilshunoslik qaror topdi.Kognitiv tilshunoslik yangi kognitiv fanlardan biri bo`lib, tadqiqot ob'ekti bilim va bilishning tabiati va mohiyati, voqelikni idrok etish natijalari va insonning ma'lum bir tizimga kiritilgan mazmunli ma'lumotlar shaklida to`plangan bilish faoliyatidir.Boshqa kognitiv fanlardan farqli o'laroq, kognitiv tilshunoslikning predmeti bilimning o'zi emas (bilish), balki til bilimlarni olish, ulardan foydalanish, saqlash, uzatish va ishlab chiqarishning umumiy mexanizmi sifatida. Hidlar nihoyatda ko‘p va xilma-xil bo‘ladi. Hidlarni klassifikatsiya qilish uchun um um iy bir mezon yo‘q. H idlar odatda hidli narsalarning nomi bilan ataladi, masalan, rayhon hidi, non hidi, olm a hidi va hokazo. Hidlar odatda, xush va noxush deb ikkiga b o ‘linadi, lekin bu taqsim ot hidlarning m ohiyatini ko‘rsatib berm aydi, balki o ‘sha hidlarga qanday qarashimizni ko'rsatadi.Hid bildiruvchi sifatlar o`zbek tilining lug`at boyligida ta’m-maza sifatlari kabi kam miqdorda. Bu tarkibga xushbo`y, muattar, sassiq, badbo`y, qo`lansa, ifor va hokazolar mansub. Shuningdek, bu belgi uchun predmet nomlaridan ham foydalaniladi, ya’ni hidni ifodalash uchun predmet nomiga “hid” so`zini qo`shib aytish orqali birikmali sifatlarhosil qilinadi: atir hidi, rayhon hidi, yog` hidi, kerosin hidi, baliq hidi, xazon hidi, yoqimli hidkabi. Masalan: Pastdagi bog`dan yumshoq, namxushxazon hidi ko`tarilib, uning xayollarini to`lin oy sehrlagan tog` vodiy daralariga olib ketardi.(A.Muxtor)Lobarxon oyoqlarida zo`rg`a tursa ham,nur ko`rganidanmi yo dimog`ini qitiqlayotgan yoqimli hiddanmi, har qalay tinmay jilmayar edi. (M. Ismoiliy)Bu kabilar so‘z birikmasi va qo`shma so`z oralig`idagi so`z hisoblanadi.
Hid bildiruvchi tub sifatlar: muattar, qo‘lansa, ifor va b.
Hid bildiruvchi yasama sifatlar: xushbo‘y, badbo‘y, sassiq va b.
Xushbo‘y sifati “yoqimli hidga ega, hidi yoqimli” ma’nolarini ifoda etib muattar, ifor kabi so`zlar bilan sinonimlikka kirishadi. Ona yerning xushbo`y tafti mast qiladi kishini. (E.Oxunova) Xushbo‘y sifatining sinonimi sifatida hidli so‘zi sinonimlir lug`atida keltiriladi. Biroq bu holatga qo`shilish qiyin. Chunki “hidli” semasi ostida har qanday hid, ya’ni xushbo`y hidham, qo`lansa hid ham tushunilaveradi. “Muattar” ko`proq badiiy uslubda qo`llanadi: Bir g‘uncha edingiz yel ham tegmagan,ifor taralardi sizdan muattar. (Q. Dehqon) Ba’zan jonli so`zlashuvda shirin hid, achchiq hid kabi qo`llanishlar ham uchrab turadi.Sassiq so`zi “hidi yomon, yoqimsiz, qo`lansa” ma’nosini anglatadi. Bu so‘z sassiq, badbo`y, qo`lansa kabilar bilan sinonimlikka kirishadi: Sassiqbalchiqda yotgan sassiq to‘ng‘iz avval o`zini qutqarsa-chi, birovning g`amini yeyish o`rniga!– dedi Zulfizar.(K.Yashin) Qurtxona havosi bo`g`iq, kishining nafasi qaytar, qandaydir badbo‘y hid kelar edi. (N.Safarov) Sassiq leksemasi shaxsning belgisini bildirib kelganda, odatda, so`zlovchining salbiy munosabatini ifoda etadi: Oh bolam, yoshligim qaytib kelsa, bu sassiq cholga o`lsam ham tegmasdim.(S.Ahmad) Sassiq so`zi kontekstda “yomon, yoqimsiz” sifatlariga xos xususiyatlar ma’nosini tashishi mumkin: Sassiq bo‘lsa ham burun o`zimizniki. (H.Sulton) Bu misolda sassiq leksemasi orqali gap-so`zi, xatti-harakatlari yoqimsiz, so`zlovchining jini suymaydigan belgi ma’nosi ifolalagan. Umuman, hid bildiruvchi sifatlar oz bo‘lsa-da, ifoda semasi kengligi bilan ahamiyatlidir. Ular tub va yasama holda uchraydi. Qo`llanish doirasi bilan farqlanadi.
"Kognitiv tilshunoslikning kelib chiqishi sifatida fon Gumboldt va Potebnya (XIX asr) tushunchalari va XX asrda rus tilshunoslari (Panfilov, Serebrennikov, Stepanov, Karaulov va boshqalar) tomonidan yaratilgan semantik nazariyalarni hisoblash mumkin."[2] Yangi tilshunoslik fanining til va tafakkur o‘rtasidagi munosabatni o‘rganishning oldingi bosqichidan bilimlarni o‘zlashtirish, foydalanish, saqlash, uzatish va ishlab chiqarish bilan bog‘liq bo‘lgan axborot-qidiruv metafora va tasvirlardan protsessual foydalanish bilan ajralib turadi. “Kognitiv tilshunoslik - bu bir qancha fanlarning yondashuvlari va g‘oyalarini birlashtirgan murakkab ilmiy fan: sun'iy intellekt nazariyasi (elektron kompyuterlar yordamida inson aqlini taqlid qilish nazariyasi), tilshunoslik, psixologiya, psixolingvistika va nevrologiya.” [3] Kognitiv psixologiya va tilshunoslik o'rtasidagi bog'liqlik tabiiydir: ruhiy jarayonlarga tashqi tomondan erishib bo'lmaydi, ularni inson ongi tubidan faqat ularni ifodalovchi tuzilmalar orqali chiqarish mumkin. Bular til ta'limi. Shuning uchun til kognitologlarning diqqat markazida: til - fikrlarni shakllantirish va ifodalashning asosiy vositasi. Binobarin, agar til kognitiv (chuqur) tuzilmalarni ifodalovchi sirt tuzilmalari manbai hisoblansa, ikkinchisini biz uchun mavjud bo'lgan lingvistik tuzilmalar orqali bilish maqsadga muvofiqdir.
Pragmatika tilshunoslikning nisbatan yangidan shakllangan, insonning nutq
faoliyatini o‘rganishga, bunday faoliyatning maqsadi, mazmuni, bunday maqsad va mazmunning og‘zaki va yozma matnda verbal va noverbal ifodalanish vositalarini, ularning nutq aktidagi o‘rnini, kommunikativ ta’sirini, so‘zlovchi va tinglovchi nutqidagi turlicha munosabatlarni lisoniy belgilarda ifodalanishini o‘rganuvchi fan tarmog‘idir.
Pragmatika til belgilarining nutqdagi harakatini o‘rganuvchi tilshunoslikning tadqiqot doirasidir. Lingvistik pragmatika aniq shaklga ega emas. Uning tarkibiga so‘zlovchi va tinglovchiga, ularning nutq jarayonidagi o‘zaro munosabatiga bog‘liq masalalar majmui kiradi. Gapiruvchi shaxsning tinglovchi diqqat-e’tiborini tortish, ularga kommunikativ ta’sir qilish, qiziqtirib qo‘yish, fikrini jalb qilish yoki aksincha, chalg‘itish, hayajonga
solish, to‘lqinlashtirish, ishontirish yoki aldashga urinishida so‘zning, so‘z birikmasining ekspressiv-emotsional-baholovchi konnotativ ma’nosini, ya’ni pragmatik ma’nosini tadqiq qilish ehtiyoji vujudga keldi.Til birliklarining uslubiy bo‘yoq kasb etish xususiyati turli tillarda uslubiy va pragmatik jihatlardan o‘zaro mos kelishi yoki mos kelmasligi mumkin. Tillarning bunday xususiyati leksik vositalarni tanlash to‘g‘risida qaror qabul qilish imkonini beradi. Tarjimaning bunday tahlili mazkur sohadagi tasavvur va qarashlarni boyitadi. Badiiy adabiyotlarda pragmatikaning birinchi vazifasi kitobxonga estetik ta’sir ko‘rsatishdir. Agar asliyatdagi pragmatik ta’sir tarjimada mavjud bo‘lmasa, u kitobxonda hech qanday reaksiya uyg‘ota olmasa, demak, asliyatning pragmatik xususiyati qayta yaratilmagan va bunday tarjima hech qanday qiymatga ega emas. Tilshunoslikda antroposentrik paradigmaning shakllanishi til egasi – so‘zlovchi shaxs omilini tadqiq etish bilan bog‘liqdir. Endi tilshunoslik “tilning o‘zida va o‘zi uchun” tamoyilini chetga surib, asosiy e’tiborni shaxs omiliga qaratdi.
XXI asr boshlaridan matnni lingvokulturologik, pragmatik, sotsiolingvistik, kognitiv va psixolingvistik tamoyillar asosida tadqiq etish an’anasi kuchaydi. “Jahon tilshunosligining kognitiv yo‘nalish insonni yanada chuqurroq o‘rganish hamda lisoniy faoliyatini keng yoritishga xizmat qiladigan tarmoq sifatida baholanayapti”.[4]
Jahon tilshunosligida til tizimini shaxs bilan bog‘liq tarzda o‘rganish asosan lingvistik semantika, kognitiv tilshunoslik, psixolingvistika, pragmatik tilshunoslik, lingvokulturologiyaga oid tadqiqotlarda namoyon bo‘ladi. Xususan, V. fon Gumbolt, L.Vaysberger, E.Sepir, B.L.Uorf, A.A.Potebnya, J.Lakoff, M.Jonson, Van Diyk T.A., U.Cheyf, N.Xomskiy, E.Rosh, Y.Stepanov, L.Shcherba, A.Liontev, N.Jinkin, E.S.Kubryakova, V.Demyankov, V.Maslova, N.Karaulov, F.Sedov kabi tilshunoslarning ishlarida til tizimi shaxs omili bilan bog‘liqlikda, birgalikda tadqiq etilgan. O‘zbek tilshunosligida bu boradagi tadqiqotlar hali yetarli darajada emas, lekin linvistik semantika, pragmatika, kognitiv tilshunoslik, matn tilshunosligiga oid tadqiqotlar o‘zida antroposentrik yo‘nalish an’analarini namoyon qilgan.

Download 14,89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish