Turkiya Respublikasi Reja



Download 39,5 Kb.
Sana26.06.2017
Hajmi39,5 Kb.
#16574

Aim.uz

Turkiya Respublikasi

Reja:

1. Demokratik partiyaning hokimiyatga kelishi.

2. Tashqi siyosat.

3. O’zbekiston – Turkiya munosabatlari.

Ikkinchi jahon urushi tugaganidan so’ng Turkiyada chigal vaziyat yuzaga keldi. Xalq respublikachi partiya (XRP) bilan 1945 – yilda tashkil etilgan Demokratik partiya (DR) o’rtasida kurash kuchaydi. DR davlat monopolizmga qarshi chiqib, “Xususiy tashabbus’ni qo’lladi. 1946 – yilgi saylovlarda XRP terror yo’li bilan g’olib chiqdi va darhol repressiyani boshlab yubordi. Bu narsa mamlakatda keskinlikni avj oldirdi. Mamlakatni 1938 – yildan AQSHning gumashtasi I. Inenyu boshqarib keldi. 1950 – yilning may oyida Turkiya Buyuk millat (parlamenti) ga bo’lib o’tgan saylovda Demokratik partiya g’alaba qozondi. Partiya rahbari J. Boyar mamlakat Prezidenti, partiyaning yirik arbobi A. Menderes Bosh vazir lavozimini egalladi. Uning dasturi iqtisodiyotda davlat sektorini tugatish va erkin tadbirkorlikni qaror toptirishni ko’zda tutadi.DR o’z dasturini amalga oshirishga kirishdi. Sanoatda, hatto, xususiy sektorning davlat sektoridan ko’proq mahsulot ishlab chiqarishiga ham erishildi. Hukumat mamlakat iqtisodiyotiga chet el sarmoyasini joylashtirish uchun qulay imkoniyatlar yaratdi. 1950 – 1954 – yillar davomida Yevropa tiklanish va taraqqiyot bankidan 65 mln. dollar miqdorida yordam oldi.Biroq yangi hukumat qanchalik harakat qilmasin, iqtisodiy rivojlanishda jiddiy o’zgarish yuz bermadi. Bu chet el sarmoyasining milliy sarmoyani siqib chiqarishiga sabab bo’ldi. 1956 – yilda Turkiya g’allani chetdan sotib oldi. 1958 – yilda Turkiya o’zini bankrot deb e`lon qilib, qarzlarini to’lay olmasligini bildirdi. Boyar – Menderes hukumatidan ko’pchilik norozi bo’ldi. Mamlakatda korrupsiya, talon – taroj avj oldirilgan edi. 1960 – yil may oyida harbiy to’ntarishbo’ldi. Hokimiyat to’ntarish o’tkazgan yangi tashkilot – Milliy birlik qo’mitasi (MBQ) qo’liga o’tdi. Mamlakatning vaqtinchalik konstitutsiyasi qabul qilindi. Unga ko’ra, MBQ oily qonun chiqaruvchi organ deb e’lon qilindi. Unga J. Gurul raislik qildi va u vaqtinchalik hukumatni ham boshqardi. J. Boyar, A. Menders qamoqqa olindi. A. Menders 1961 – yilda qatl etildi.

1961 – 1965 – yillar Turkiyaning kelgusi taraqqiyot yo’li xususida keskin siyosiy kurashlar yillari bo’ldi. Bu davrda 4 marta hukumat almashdi. Va, nihoyat 1965 – yildagi parlament saylovida “Adolat partiyasi” g’alaba qozondi. Uning rahbari S. Demirel Bosh vazir lavozimini egalladi. Bu hukumat davrida harbiy xarajatlarning yanada o’sishi buydjet taqchilligini keskinko’paytirib yubordi. U 1970 – yilda 3,5 mlrd. lirani tashkil etdi. Davlat qarzi esa 72 mlrd. liraga yetdi.

Bunday sharoitda harbiylar yana siyosatga aralashdilar. Ular 1971 – yilning 12 – martida yana davlat to’ntarishi o’tkazdilar. Unga general K. Evren rahbarlik qildi. Mamlakatda favqulotda holat joriy etildi. Biroq bu to’ntarish mamlakatda siyosiy barqarorlikni ta`minlay olamadi. 1973 – yilda mamlakat prezidenti 16 turdan so’ng saylanganligi buning isbotidir. 1980 – yilda esa hatto president saylashga erishilmadi ham. Oqibatda yana davlat to’ntarishi o’tkazildi.

Qator yangi partiyalar (“Vatan” partiyasi, “To’g’ri yo’l” partiyasi) tuzildi. “Vatan” partiyasini T. O’zal, “To’g’ri yo’l” partiyasini esa S. Demirel boshqardi. 1983 – yilda o’tkazilgan parlament saylovida “Vatan” partiyasi g’alaba qozondi va T. O’zal Bosh vazir lavozimini egalladi. 1989 – yilda esa Turkiya Prezidenti lavozimiga saylandi.T. O’zal davrida mamlakatda chuqur iqtisodiy islohatlar o’tkazildi. Chunonchi, 1986 – yilda xususiylashtirish to’g’risida qonun qabul qilindi. 1988 – yildan davlat mulkini sotish boshlandi.

1991 – yilgi parlament saylovlarida “To’g’ri yo’l” partiyasi g’alaba qozondi. Uning rahbari S. Demirel hukumat tuzdi. 1993 – yilda T. O’zal vafot etgach, S. Demirel mamlakat prezidentligiga saylandi.

Turkiya O’rta Sharqda iqtisodiy rivojlangan davlatlardan biri. Ayni paytda, qudratli zamonoviy armiyaga ham ega.

Biroq Turkiya mamlakat hayotini G’arbiy Yevropacha model asosida to’la qayta qurishga muvvafaq bo’lmadi. Bunga, birinchidan, uning texnik – iqtisodiy jihatdan orqada qolganligi sabab bo’ldi. Mamlakat aholisining 50 foizi hamon qishloq xo’jaligida band.

Ikkinchidan, davlat iqtisodiyotni qattiq markazlashtirgan va uning ustidan to’la nazorat o’rnatgan. Tashqi savdoda import eksportdan usutun turadi. Bu esa, o’z navbatida, tashqi qarzning ko’payishiga olib kelmoqda. 1955 – yilda Turkiyaning tashqi qarzi 50 mlrd. dollarni tashkil etganligi asosan shu omil bilan izohlanadi. 2000 – yilda mamlakat prezidentligiga A. Sezer saylandi. Tayyip Erdog’an Bosh vazir lavozimini egalladi.

Turkiya tashqi siyosatda birinchi navbatda AQSH bilan munosabatlarni yaxshilashga intildi. Chunonchi, AQSH hukumati 1947 – yil 12 – iyulda Turkiyaga moliyaviy va harbiy yordam ko’rsatish to’g’risida qaror qabul qildi. Turkiya hukumati AQSH bilan “Marshall rejasi” asosida hamkorlik qilish to’g’risida bitim imzoladi. Bu ikkala bitim bo’yicha Turkiiya AQSHda 800 mln. dollar oldi va mablag’lar asosan harbiy ishga sarflandi. Buydjetning 60 foizi bu davrda harbiy maqsadlarga ketmoqda edi. AQSH ning Koreyada olib brogan urushida ishtirok etdi. 1951 – yil oxirida Turkiya NATO a`zoligiga qabul qilindi. 1954 – yilda SEATO harbiy – siyosiy ittifoq a`zosi bo’ldi.

Shu yildan boshlab Turkiya tashqi siyosatda Kipr masalasi alohida o’rin tuta boshladi. 1955 – yilda esa bag’dod paktini imzoladi. 1959 – yilda Turkiya hududida AQSH harbiy bazasi barpo etish to’g’risida ikki tomonlama shartnoma imzolandi. Shunindek Eron va Pokiston bilan shartnoma tuzib, SENTO ni tashkil etdi. (1958 – yilda Iroq bu blikdan chiqib ketgan edi). 60 – yillardan boshlab Turkiyaning AQSH bilan bir tomonlama ittifoqchilikka asoslangan tashqi siyosatda o’zgarish yuz bera boshladi.

Sovet davlati parchalanib ketgach, Turkiya O’rta Osiyo respublikalari bilan yaqin munosabat o’rnatdi. Yaponiya va AQSH firmalri Turkiyada sovutgich va televizor ishlab chiqaruvchi korxonalar qura boshladilar.

Turkiya O’zbekiston mustaqilligini birinchi bo’lib tan olgan mamlakatdir. 1991 – yil dekabrda O’zbekiston Prezidenti I. A. karimov Turkiyaga rasmiy tashrif bilan bordi. Mamlakat Prezidenti Turg’ut O’zal, Bosh vazir Sulaymon Demirel va ishbilarmonlar bilan uchrashib, O’zbekiston Respublikasi va Turkiya jumhuriyati o’rtasidagi aloqalarning asos va maqsadlari to’g’risida shartnoma imzoladi. Bu shartnomada asos va maqsadlari to’g’risida shartnoma imzolandi. Bu shartnomada mamlakatlarimiz o’rtasidagi ma`naviy, ruhiy yaqinlik ta`kidlandi. Iqtisodiy va savdo sohasida hamkorlik, madaniyat, fan va ta`lim, sog’liqni saqlash, sport, turizm va boshqa bitimlar imzolandi.

1992 – yil aprelida Turkiya bosh vaziri Sulaymon demerelning respublikamizga tashrifi katta rol o’ynadi. Turklarning “Internet”, “O’zturk”, “O’zyuksal”, “Dogu ilag”, “Yazeks”, “Bursel” va boshqa firmalari O’zbekistonda keng faoliyat ko’rsatdi..

Turkiyaning yordami bilan Qoraqalpog’istonda “Kateks”, “Elteks”, Buxoroda “Vardonze” (erkaklar ko’ylagi tikishga moslashgan) va boshqa ko’plab korxonalar qurildi. Ularning ichida Samarqandagi “Otayo’l” avtobus ishlab chiqaruvchi korxona alohida ahamiyatga ega.



Nazorat savollari:

1. 1960 yilda nega davlat to’ntarilishi bo’ldi?

2. Turkiyaning g’arblashtirish siyosati nega barham topdi?

3. Hozirda Turkiya O’zbekiston munosabatlari qanday?



Tayanch iboralar:

XRP – xalq respublikachi partiyasi.

DP – Demokratik partiya.

SENTO – 1955 yilda Turkiya, Eron va Pokiston o’rtasida

tuzilgan harbiy siyosiy ittifoq.

Kateks, Elteks, Vardonze.




Aim.uz


Download 39,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish