Turkistonda jadidchilik harakatini yuzaga kelishi. Reja: Milliy uyg’onish va yangi davr ma’rifatchiligi. Jadidchilikning vujudga kelishi



Download 119,18 Kb.
bet1/4
Sana06.07.2022
Hajmi119,18 Kb.
#749800
  1   2   3   4
Bog'liq
Ma'naviyatshunoslik 9-mavzu


9-Mavzu: Turkistonda jadidchilik harakatini yuzaga kelishi.
Reja:
1.Milliy uyg’onish va yangi davr ma’rifatchiligi. Jadidchilikning vujudga kelishi.
2.Jadidchilik harakatining asosiy mohiyati. Turkistonda jadidlar harakatining shakllanish bosqichi.
3.Turkiston jadidchilik harakatining yirik namoyondalarining ma’rifatparvarlik g’oyalari.
4.Jadidchilarning amaliy harakatlari va tarixiy taqdiri.
5.Mustaqillik va jadidchilik harakatiga munosabatni o’zgarishi.


XIX asr oxiri XX asr boshlarida Turkiston xalqlari hayotida o’ta achinarli bir holat yuzaga kelgan edi. Bu davrda turkiston xalqlari podsho rosisiyasi tomonidan boshqarilar va ular o’zlarining boshqaruv siyosatini joriy qilgan edilar. Ana shunday og’ir bir sharoitda millatning erk va ozodligi uchun jadid deb ataluvchi milliy xarakat rahnamolari milliy demokratik kuchlarning yetakchisi bo’lib siyosat maydoniga chiqdilar.Bu davrni jadid adabiyotisiz ayricha tasavvur qilib bo’lmaydi. SHunday murakkab bir vaziyatda Turkistonda bo’layotgan voqia hodisalar va ularning ro’slar tomonidan etiborga olinmay kelinayotgan millatning erk va ozodligini milliy qadriyatlarini matbuot til adabiyot va shu bilan birga bir qancha masalalarni jadidchilik harakati rahnamolari ta’limiy tarbiyaviy islohotlarni yoqlab chiqdilar .Jadidchilik harakatining kelib chiqishi dastlab XIX asrning 80-yillarida Qrimda tashkil topadi va u keyinchalik Turkistonda Qirim Tatariston Boshqirdiston Janubiy Kavkaz kabi yurtlarda va sharq mamlakatlaridan Eron va Turkiyada yuzaga kelgan ijtimoiy siyosiy harakatdir. ”Biz ajdodlardan avlodlarga o’tib kelayotgan bebaho boylikning vorislari sifatida ona tilimizni asrab –avaylashimiz uni boyitish nufuzini yanada oshirish ustida doimiy ishlashimiz zarur1” deb ta’kidlaydi prezidentimiz o’z asarlarida. Turkistonda milliy demokratik davlat qurish yo’lida kurashgan jadidlar harakatiga e’tibor qaratadigan bo’lsak unda boshqa sohalar bilan bir qatorda til matbuot masalasi ham yetakchi o’rinlarda turadi.Bu kabi masalalarni jadidchilik harakatining rahnamolaridan bo’lgan Mahmudxo’ja Behbudiy, Abdurauf Fitrat, Abdulla Avloniy, CHo’lpon, Muavvar Qori va boshqalarning dramatik asar maqola va risolalarida yaqqol ko’zga tashlanadi. Jadidchilik harakatiga e’tiborni qaratadigan bo’lsak unda matbuot va tilning o’z davrida achinarli holga tushib qolganligidan chuqur qayg’uradi va bu haqida Mahmudxo’ja Behbudiy “Ehtiyoji millat” maqolasida quidagi fikrini bayon etadi “Boshqa millatlarga qaralsa ko’rilurki, muntazam maktablari bor va avval maktabda yudiniy ilm ustida dunyoviy ilm va fanlar ham o’qilur. CHunki dunyoda turmoq uchun dunyoviy fan va ilm lozimdur, Zamona ilmi va fanidan bebahra millat boshqa millatlarga poymol bo’lur”2. Jadidlar o’zlarining milliy matbuotlarini yaratish uchun astoyidil kuraishdilar va 1906 yil 27 iyunda jadidlarning birinchi milliy gazetasi “Taraqqiy” gazetasi nomi ostida Ismoil Obidov muharrirligida bosilib chiqadi. Bu harakatning shakllanishida nafaqat Turkistondagi, balki butun dunyoda bo’layotgan voqea – hodisilar ijtimoiy – siyosiy oqimlarining rivojlanishi ularning dunyoqarashini milliy ozodlik g’oyalarini shakllanishiga kuchli ta’sir ko’rsatdi. SHu bilan birga ular millat dardi va uning orzu – umidlarini amalga oshirishga harakat qiladilar. Jadidlarning sa’y – harakati bilan har bir viloyat va tumanlarda matbuot uyushmalari tuziladi va ularga muharrirlar tayinlandi. Bu davrda Turkiston xalqlari milliy ma’naviy mustamlaka istibdoddan qiynalayotgan bo’lishiga qaramasdan fan, adabiyot va matbuot to’xtab qolmadi. Buni biz XX asr boshlarida adabiyotning bir qancha janrlarini rivojlanishida ham ko’rishimiz mumkin. Bunga misol tariqasida Behbudiyning dramaturgiyaga, Fitratning publitsistika va zamonaviy adabiyotshunoslikka, CHo’lponning yangi she’riyatga, Abdulla Qodiriyni esa o’zbek milliy romanchiligiga asos solib, ularni rivojlantirganida ham yaqqol aks etgan. Bu davrda milltning saodati va farog’ati yo’lida uning milliy davlat bo’lib, shakllanmog’ida zamona ilmi va adabiyotidan xabardor bo’lmog’i lozim. “Tabiiyki har bir millat taraqqiy topmog’i uchun jahon ilm – fani yangiliklaridan, umuminsoniy g’oyalardan foydalanmog’i shart. Bu fikr g’oyalar millatning qalbi va ongidan o’tmog’i, “milliylashmog’i” kerak. SHundagina u millat yo’lida xizmat qila oladi”3 Ozodlik, tenglik, adolat shiori ostida o’z milliy g’oyalarini yaratgan jadidlarning zamon talablariga javob bera olmay qolgan ilm – fanni isloh qilish orqali mamlakatni erk va ozodlikka chiqarish tarafdori edilar. Turkiston Muxtoriyatini bolsheviklar tomonidan qonga botirilishi jadidchilik harakati kuchlarini, orzu – umidlarini so’ndira olamydi va aksincha uni qaytadan kuchayishiga zamin hozirladi. Buni biz ular tomonidan yaratilgan turli xil adabiyotlarining rivojlanishida ko’rishimiz mumkin. Abdurauf Fitrat asrlar davomida o’z mavqeiga ega bo’lib kelgan turkiy tilning qarovsiz bir holga kelib qolganligini Mir Alisher Navoiy zamonidan keyin bunga e’tibor berilmaganligini, hattoki, uni ba’zi bir davrlarda chaqmoqdek yalt etib yonib, yana qaytadan o’zining losoniy botqog’iga tushib qolishi va buning natijasida butun bir millatning toptalishi bilan birga uning tili ham o’z lisoniy qolipidan chiqib borayotganini alohida ta’kidlab o’tadi. “Dunyoning eng boy tili bo’lgan turkchamiz yolg’iz arabcha qumruqlar (zabt etilish, iskanjaga olinish ) bilan emas, forsi(y)cha tepkilari bilan dahiy ezilmishdir. Ko’zlarimizni to’rt ochib qarayliq dunyoning eng buyuk hakimi bo’lg’on Ibn Sino turkdir, ikkinchi Arastu atalg’on Farobiy turkdir...4 ”, deb o’z fikrini asosli misollar, dalillar orqali keltirib o’tadi va shu bilan birga unga e’tiborsizlik qilishi ham achinarli holga olib kelishini ba’zi bir so’zlarni esa o’rinsiz hollarda qo’llanilayotganligiga misollar keltiradi.
Jadidchilik aslida ma’rifatparvarlik harakatining ko‘rinishidir. Ma’rifatning lug‘aviy ma’nosi bilish, tanish, bilim demakdir. Boshqacha aytganda ma’rifat bilmoq, kishilarning ong-bilimini, madaniyatini oshirishga qaratilgan ta’lim-tarbiya jarayonidir. Ma’rifat so‘zining ko‘pchilikdagi ma’nosi maorifdir. Ma’rifat atama sifatida - tabiat, jamiyat va inson mohiyati haqidagi turli-tuman bilimlar, ma’lumotlar majmuasini bildiradi. Ma’rifatli degani - bilimli, muayyan sohada ma’lumoti bor, demakdir. Ma’rifatni hayotga singdirish maorif tizimi orqali amalga oshiriladi. Demak ma’rifat - bilim va madaniyatning qo‘shma mazmuni bo‘lib, maorif esa ana shu mazmunni yoyish kuroli, vositasidir. Ma’rifat asosan umumiy va o‘rta maxsus bilim beruvchi maktab va o‘quv yurtlarida tarqatiladi. Ma’rifat tushunchasi maorif tushunchasidan keng bo‘lib, bilim va madaniyatni yoyish va yuksaltirishning hamma turlari, shakllari va sohalarini o‘z ichiga oladi. Jamiyatda ma’rifat, ya’ni bilim ma’rifatparvarlar orqali yoyiladi. Ma’rifatparvar - ma’rifat uchun kurashuvchi; ilm, bilim chirog‘ini yoquvchi; ma’rifat xomiysi va tarafdori demakdir.
Insoniyatning bir jamiyatdam ikkinchi jamiyatga bir tarixiy davrdan ikkinchi bir tarixiy davrga o‘tishi ma’rifatparvarlikdan boshlanadi. Zamonaning eng etuk ongli, oq-qorani tanigan, fidoyi, elim, yurtim deb yashovchi, uzoqni ko‘zlovchi ma’naviyatli kishilari ma’rifatparvarlik bilan shug‘ullanadilar. Ma’rifat ma’naviy qaramlik qo‘rquv va hadikni bartaraf etadi, insonga beqiyos ilohiy qudrat mislsiz salohiyat baxsh etadi. Shuning uchun ozodlik uchun kurashchilari mamlakat, millat ozodligini xalqning ma’rifiy uyg‘oqligida deb biladilar va ma’rifat uchun kurashadilar.
Turkiston ma’rifatchilik maktabi boy o‘tmish va ulkan merosga ega. Maxmudho‘ja Behbudiy, Munavvar qori Abdurashidxon o‘g‘li, Abdulqodir Shakuriy, Ashurali Zoxiriy, Saidrasul Saidaziziy, Ishoqxon Ibrat va Ahmad Donishlar XIX asr oxirlarida faoliyat boshlab, mamlakatni, xalqni milliy zulm va qoloqlikdan halos etishning yagona yo‘li ma’rifatda deb bildilar. Bu fidoyi zotlar mustabid tuzum va jaholatga. ma’naviy qullik na zulm-zo‘ravonlikka qarshi bor kuchlari bilan kurash olib bordilar. Bu ma’rifatparvar bobolarimiz dunyo kezib, dunyo xalqlarining ilmu urfoni, madaniyati bilan tanishib, mustamlaka o‘lkani, uning kishanlarini ilm bilangina ozodlik sari boshlamoq, parchalamoq mumkin ekanini chuqur his etdilar. Shu sababli ham eng avvalo yurtimizda maktab-maorif ishlarini rivojlantirishda ham amaliy, ham nazariy jihatdan azmu shijoat namunasini ko‘rsatdilar.
Jadidchilik - yangilanish, yangi usul ma’nosini anglatadi. U yangi zamonaviy maktab, matbaa, milliy taraqqiyot usullari, yo‘llari tarafdorlarining umumiy nomi.Jadidchilikning asosiy g’oya va maqsadlari: Turkistonni o‘rta asrchilik feodal qoloqlik xurofotlardan ozod qilish, «Usuli qadim»ni inkor etgan holda o‘lkani, xalqni, millatni zamonaviy taraqqiyot yo‘liga olib chiqish, milliy davlat bunyod etish, konstitutsion, parlament va prezident idora usulidagi ozod va farovon jamiyat qurish, turkiy tillarga davlat tili maqomini berish, milliy qo‘shin tuzish va boshqalardan iborat.Turkistonda jadidchilik milliy-ozodlik kurashi jarayonida yuzaga kelgan, o‘zbek xalqi tarixida yangi saxifani ocha boshlagan ijtimoiy harakat bo‘lganligi bilan ajralib turadi. Ularning dunyoqarashida vatanparvarlik millatparvarlik ma’rifatparvarlik taraqqiyparvarlik kabi g‘oyalar etakchilik qilgan. O‘lkani mustamlaka zulmidan ozod qilishni jadidlar hamma narsadan ustun qo‘ydilar. Jadid ziyolilari erk, istiqlolga erishish uchun milliy ongni o‘stirish zarurligini payqadilar. Shu orqali milliy uyg‘onish yasamoqchi bo‘ldilar. Buni esa ta’lim va tarbiyada - ma’rifatda deb bildilar. Mana shuning uchun ham jadidlar yangicha ta’lim va tarbiya tizimini qaror toptirish yo‘lida hormay-tolmay ishladilar.
2. Turkistonda jadidchilik g‘oyalari XIX asrning 90-yillaridan yoyila boshladi. Bu harakat XX asrning 30-yillari oxirlarigacha o‘lka ijtimoiy-siyosiy hayotida muxim rol o‘ynadi.
Jadidlar harakati uch bosqichda davom etgan
Mahmudxo’ja Behbudiy. Mahmudxo’ja Behbudiyning hayoti va ijodiy faoliyati haqida o’tgan asrimizning 20-yillarida mahalliy matbuotda uning zamondoshlari tomonidan Behbudiyning bir qator maqola va xotiralari e’lon qilingan. 1926 yil sharqshunos Laziz Azizzoda “Agar O’zbekistonda Navoiy va Ulug’bekdan boshqa uchinchi bir ilm va madaniyat arbobiga haykal qo’yiladigan bo’lsa, shubhasiz, bu Behbudiyning haykali bo’lg’usidir”1- deb ta’kidlagan edi. Keyingi yilllarda, xususan, vatanimiz o’z mustaqilligini qo’lga kiritganidan so’ng jadidlar faoliyatini o’rganishga e’tibor qiziqish kuchaydi va Behbudiy ham qayta kashf etila boshlandi. Biz Behbudiyni Turkistonda tez fursat ichida shakllanib rivojlanib kelayotgan Turkiston jadidchilik harakatining rahnamosi, yalovbardori, mustaqil jumhuriyat tashkil etish tarafdori, uning nazariyotchisi va amaliyotchisi shu bilan birga birinchi o’zbek dramaturgi, noshir, teatrchi, jurnalist va tarjimon sifatida qadrlaymiz.
Mahmudxo’ja Behbudiy tariximizning g’oyatda bir “qora” kunlarida yashadi. SHunga qaramay u bidatga qarshi kurashib dinni to’g’ri tushunish va targ’ib etishga xalqni zamona ilm-fanidan boxabar bo’lishga da’vat etgan. O’lkamizni bosib olgan chor hukumati xalqimizni tutqunlikda turg’un va tutqun saqlashga, uni o’ziga tobe sifatida bo’ysundirib turishga urinar edi. Mana shunday qiyin bir holatda millatni butunlay mahv bo’lishi xalqni uning urf-odatlarini, qadriyatlarini, madaniyatini uning o’tmishini saqlab qolish va uni avlodlarini erk va ozodlik hurriyat mustaqillik ruhida tarbiyalash, uni ma’rifat va taraqqiyot, kelajak sari boshlash jadidlar nomi bilan tariximizda o’chmas iz qoldirgan Behbudiy boshliq fidoiylar zimmasiga tushdi. Va ular xalqning erk va ozodligi uchun kurashdilar, umrlarini shunga baxshida etganlar.
Xalqimiz ko’p yillar davomida chorizm istilosi davrida yashadi va uzoq yillar davomida kutgan o’zining istiqboliga erishdi, uning o’z istiqlolchiligining kurtagi dastlab jadidlar taraqqiyotida rivojlangan edi. Buni yurakdan his etgan, teran tafakkur bilan mushohada etgan Turkiston jadidlarining sarkori Mahmudxo’ja Behbudiy, “ma’rifat uchun birgina maktab kifoya qilmasdi. Zamon va dunyo voqealari bilan tanishib bormoq millat va vatanning axvolidan kundalik hayotidan ogoh bo’lmoq kerak edi. Binobarin millat uchun shunday oyna kerak ediki unda u o’z qabohatini ham malohatini ham ko’ra olsin2, deb ta’kidlaganida u benihoya haq edi. Mana shunga ehtiyoj va zarurat Behbudiyni teatr drammachiligi sari boshladi va “Padarkush” asari shu tariqa maydonga keldi. Biroq bu asarning dunyo yuzini ko’rishi oson kechmadi. Bundan chor hukumati o’zining mustamlakachilik g’oyalarini fosh etilishidan, o’zining haq-huquqlarini oshkora etilishidan va Turkiston xalqining ma’rifat yo’liga kirib o’z haq-huquqlarini anglashidan manfatdor emas edi. 1911 yilda yozilgan “Padarkush” dramasi 1913 yildagina bosilib chiqadi. Mutaxasislar va behbudiyshunos olimlar, ushbu asarni janr va mazmuniga ko’ra yangi o’zbek adabiyotini boshlab bergan asar sifatida baholaydilar. Behbudiy “milliy fojea” deb atagan uch parda va to’rt manzarali bu drama hajman qisqa ixcham mazmunan sodda va jo’n bo’lib asarning mazmuni nihoyatda boy. Unda jaholat ilmsizlik, nodonlik yoxud o’qimagan ilmsiz bolaning buzuq, nopok yo’llarga kirib o’z otasini o’ldirganligi haqida so’z yuritiladi. Agarda millat shu holga tushsa-chi? Uning tarixi va kelajagi qanday bo’ladi, kelajakda uni qanday yutuq va muvafaqqiyatsizliklar kutmoqda. Behbudiy bular haqida chuqur o’ylaydi, qayg’uga botadi. 1899-1900 yillarda Behbudiy arab mamlakatlarida haj safarida bo’ldi. Albatta bu sayru-sayohat emas xizmat safari edi va tatar ziyolilari bilan madaniy v ma’rifiy aloqani yo’lga qo’ydi.
Behbudiy qaysi shaharga bormasin uning tarixini, u yerda yetishib chiqqan tarixiy siymolar, u yerdagi buyuk zotlarni va uni dini, e’tiqodi, urf-odatlari hamda ilmi ma’rifati haqida ma’lumotlar to’playdi. U yerning tili, maorifini Turkiston maorifi bilan solishtirib yutuq va kamchiliklarimizni ko’pgina dalillar bilan isbot qilib beradi. Behbudiy fikricha, jamiyat tanazzulining boisi millat farzandlarining davr talab qilgan darajadagi kamolatga intilmasligidadir.Bu to’g’risida, Behbudiy, “boshqa millatning yosh bolalari maktabda, lekin bizniki hammollikda va gadoylikda. Boshqa millat ulamosiga tobe ekan, bizni ulamo bil’aks avomg’a tobedur? Buning oxiri xarobdur. Yigirma, o’ttiz sana so’ngra yana yomonroq bo’lur. Musulmonlik ilm va odob ila qoim millat axloq, fazl va hunar ila boqiy qolur3, deb qayg’uga botadi, tashvishga tushadi. Mahmudxo’ja Behbudiyni qaysi bir asarini yoki maqolasini tahlil etmaylik unda millatni ma’rifatga undaydi. YOshlarni ilmu-ma’rifatga o’z ona tilisi bilan bir qatorda chet tillardan birini mukammal o’rganishga dav’at etadi. Jumladan, Behbudiy “Ikki emas, to’rt til lozim” maqolasida quyidagi so’zlarni aytadi. “Bizg’a lozimki, o’z naf’imiz uchun ruscha bilayluk, hukumat maktablarinda o’quylik…. Vatanimizg’a va o’z dinimizg’a xidmat (xizmat) etaylik. Musulmon bo’lib turib taraqqiy qilayluk. Bu zamon tijorat ishi, sanot va mamlakat ishlari, xatto dini islom va millatg’a xizmat ilmsiz bo’lmaydur4 CHorizm istilosi davrida Behbudiy tomonidan yozilgan bu so’zlar bugungi istiqlolimiz kunlariga erishishimizda muhim xizmat qildi va xizmat qilmoqda desak hech-hech yanglishmagan bo’lamiz. Kelgusida ham uning nomi yanada ulug’lanadi, avlodlar ardog’ida mangu yashaydi. Xulosa qilib aytishimiz mumkinki, Mahmudxo’ja Behbudiy XX asr o’zbek xalqi tarixining quyoshi sifatida maydonga keldi va tariximizda o’chmas iz qoldirgan buyuk siymolarimiz qatoridan munosib o’rin egalladi.

Download 119,18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish