Turizm va iqtisodiyot fakulteti



Download 0.53 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/3
Sana16.01.2020
Hajmi0.53 Mb.
  1   2   3

 

1

 



 

 

 



 

 

O`ZBЕKISTОN RЕSPUBLIKASI ОLIY VA O`RTA MAХSUS



 

TA’LIM VAZIRLIGI 

AL-ХОRAZMIY NОMIDAGI   URGANCH DAVLAT UNIVYERSITЕTI 

TURIZM VA IQTISODIYOT FAKULTETI 

 

 

 

 

 

Iqtisod guruhi tolibi  

MATSAPAEV AZAMATNING 

Makroiqtisodiy tahlil fanidan yozgan  

 

 

 



 

 

 



MAVZU:

 BUYUK BRITANIYANING

  

IJTIMOIY-IQTISODIY TAХLILI

 



 

 

 



                                          

Urganch-2016 



 

2

 



MAVZU: BUYUK BRITANIYANING 

IJTIMOIY-IQTISODIY TAХLILI

 

Rеja: 

 

 



I.Kirish. 

II.Asosiyt qism: 

1. Buyuk Britaniyaning umumiy iqtisodiy holati va asosiy 

makroiqtisodiy ko’rsatkichlari tahlili. 

2. Buyuk Britaniyaning demografik ko’rsatkichlari tahlili. 

3. Mamlakatning jahon bozoridagi o’rni va tashqi savdo 

ko’rsatkichlari tahlili. 



 

III.Xulosa. 

ADABIYOTLAR RO'YHATI 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

3

Kirish. 



 

Rasmiy  nomi  –  Buyuk  Britaniya  va  Shimoliy Irlandiya  birlashgan  qirolligi.  Poytaxti  – 

London.Hududi  –  244820  km

2

  (Shotland  orollari  bilan  birga).Aholisi  –  60.943.912 



kishi. Davlat tili – ingliz. Dini – protestantlik (90%). 

 Pul birligi – funt-sterling.  

Evropaning  Shimoli  g’arbida,  Britan  orollarida  joylashgan  davlat.  Buyuk 

Britaniya orolida Angliya, Shotlandiya va Uels joylashgan. Shimoliy Irlandiya Irlandiya 

orolining shimoliy  qismida  joylashgan.  Shimolda  Irlandiya  bilan  chegaradosh,  g’arbda 

Atlantika  okeani,  sharqda  Shimoliy  dengiz,  janubi  sharqda  Buyuk  Britaniyani 

Evropadan  ajratib  turadigan  La-Mansh  bo’g’ozi  tutashgan.  Angliya  hududida  Pennin 

tog’lari  joylashgan.  Mintaqaning  chekka  janubida  Dortmur  tepaliklari  bor.  Asosiy 

daryolari: Temza, Severn, Tayn, Mers. Shimoliy Irlandiyaning  katta qismini tekisliklar 

egallagan  bo’lib,  markazida  Britaniyadagi  eng  yirik  ko’l  –  Lox-Ney.  Shmoliy 

Irlandiyaning  eng  baland  nuqtasi  Muri  tog’laridagi  Sliv-Donord  (852  m)  cho’qqisidir. 

Shimoliy  Irlandiyaning  eng  yirik  daryolari:  Foyl,  Yuqori  Bon  va  Quyi  Bon. 

Shotlandiyani  uch  qismga  bo’lish  mumkin:  shimolda  –  Xeylands,  markazda  –  Sentral 

Loupends  va  janubda  –  Sazen  Aplends.  Shotlansiyaning  asosiy  daryolari:  Kloyd,  Tey, 

Fors,  Tvid,  Di  va  Spey.  Ko’p  sonli  ko’llar  orasida  Lox-Ness,  Lox-Tea,  va  Lox- 

Ketrinlar  alohida  ajralib  turadi.  Uels  ham  Shotlandiya  kabi  tog’li  hudud,  biroq  tog’lar 

by  yerda  unchalik  baland  emas.  Asosiy  tog’  tizmasi  Uels  markazidagi  Kembri 

tog’laridir. Uelsning yirik daryolari: Di, Usk, Teyfi. Eng yirik ko’li – Bala. 

Iqlimi – yumshoq va nam. Foydali qazilmalaridan Shimoliy dengizdan qazib olinadigan 

neft  va  gaz  konlariga,  shuningdek,  ko’mir  va  ohaktosh  konlariga  egalik  qiladi.  Buyuk 

Britaniyaning  77  %  yerlari  dehqonchilik  uchun  yaroqlidir.  Angliyaning  o’simlik 

dunyosi ancha kambag’al, o’rmonlar faqat 4 % hududini egallagan. Hayvonot sunyosida 

kiyik,  tulki,  quyon  va  bo’rilar  ko’plab  uchraydi.  Qushlardan  kaklik,  kabutar,  qarg’a  va 

boshqalar ko’p tarqalgan. Ko’llar va daryolarida turli baliqlar ko’p. 

 

 


 

4

Davlat tuzilishi, siyosiy partiyalari. 



Davlat tuzilishi – parlamentar monarxiya. Monarx qonun laoyihalarini tasdiqlaydi, titul 

va unvonlar beradi, biroq amalda faqat ramziy hokimiyatga ega. Oliy qonun chiqaruvchi 

organi – Jamoa palatasi (630 deputat)  va Lordlar palatasi (1000 ta zodagonlar  va diniy 

perlar)dan  iborat  parlament.  Oily  ijroiya  organi  –  premier-ministr  boshchiligidagi 

Ministrlar  Kabineti.  Buyuk  Brutaniya  ma’muriy  jihatdan  4  ta  ma’muriy-siyosiy  qism 

(tarihiy provinsiyalar)dan: Angliya, Uels, Shotlandiya, Shimoliy Irlandiyalardan tashkil 

topgan.  Men  va  Normand  orollari  ustidan  alohida  nazorat  o’rnatilgan.  Buyuk 

Britaniyaga  qaram  hududlar:  Angilya,  Bermud  orollari,  Hind  okeanidagi  Britan 

hududlari,  Britan  Virgin  orollari,  Kayman  orollari,  Folklend  orollari,  Gibratar,  Jersi, 

Genrsi, Mel oroli, Monserrat, Pitkerka orollari, Muqaddas Yelena oroli, Janubiy Jorjiya 

va  Janubiy  Sandvich  orollari,  Terks  va  Kaykos  orollari.  Qaram  hududlar  hozirgacha 

Buyuk  Britaniyaning  dengizorti  mulklari  deb  nomlanib,  to’liq  mustaqil  davlat 

hisoblanmaydi. Shunga qaramasdan ular o’z-o’zini idora qilish huquqiga ega bo’lib, o’z 

qonunchilik  organlariga  egadirlar.  Asosiy  siyosiy  partiyalari:  Konservatorlar  partiyasi, 

Leyboristlar partiyasi, Liberal demokratlar partiyasi, Shotland milliy partiyasi. 

 

Buyuk Britaniya iqtisodi rivojlangan davlat bo’lib, jahondagi sakkizta rivojlangan 



davlatlar qatoriga kiradi. Mamlakat sanoatida qazib olish sohalari alohida ahamiyat kasb 

etadi.  O’z  hududidagi  shaxtalarning  yopilishi  va  ko’mir  qazib    olishning    qisqarishi 

bilan  bir  vaqtda  Shimoliy  dengizdan  neft  va  gaz  qazib  olish  ko’paytirilmoqda. 

Sanoatning  boshqa  tarmoqlaridan  –  transport  mashinasozligi,  aerokosmik  sanoati 

(AQSH  va  Fransiyadan  keyin  uchinchi  o’rinda)da  oddiy  va  harbiy  samolyotlar, 

vertolyotlar  va  aviadvigatellar  ishlab  chiqariladi,  oziq  –  ovqat  sanoati,  umumiy 

mashinasozlik,  elektronika  va  elektrotexnika,  kimyo  sanoati,  metall  ishlab  chiqarish, 

sellyuloza-qog’oz  sanoat  sohalari  yuksak  taraqqiy  etgan.  Zamonaviy  sanoatning 

taraqqiyoti  yuksak  texnologiyalarning  taraqqiy  etganligi  bilan  belgilaydi.  Buyuk 

Britaniya  ilmiy-texnikaviy  potensial  darajasi  bo’yicha  Yevropada  eng  yuqori  o’rinni 

egallaydi. Mamlakat olimlari olgan nobel mulofatlari soni bo’yicha AQSHdan keyin 2-

o’rinni egallaydi. Buyuk Britaniya mehnat zahiralarining 12 % i moliya sektorida band. 

London  jahon  moliya  markazi  –  sayyoramizning  moliya  poytaxti  hisoglanadi. 


 

5

Shuningdek,  Manchester,  Kardiff,  Liverpul,  Edinburg  shaharlari  ham  yirik  moliyaviy 



markazlardir.  Ahamiyati  bo’yicha  2-o’rinda  turadigan  soha  –  turizm.  Bu  sohada 

mehnatga  layoqatli  aholining  7  %  i  band  bo’lib,  yiliga  $  8  mlrd  dan  oshiq  daromad 

keltiradi.  London  dunyoning  yirik  turistik  markazi  hisoblanadi.  Buyuk  Britaniyaning 

qishloq  ho’jaligi  oziq  –  ovqat  mahsulotlari  bilan  o’z  ehtiyojlarining  faqat  yarminigina 

qoplaydi.  Asosiy  qishloq  xo’jaligining  ekinlari:  bug’doy,  tariq,  qandlavlagi,  arpa. 

Mamlakat  chorvachilik  sohasiga  asr  boshlarida  tarqalgan  epidemiya  sezilarli  darajada 

zarar etkazdi. Eksporti: sanoat mahsulotlari, yoqilg’i, kimyo sanoati mahsulotlari, oziq – 

ovqat.  Importi:  sanoat  mahsulotlari,  oziq  –  ovqat.  Buyuk  Britaniya  ilgo’r  mamlakatlar 

qatori  rivojlangan  transport  infrastrukturasiga  ega.  Yevro  tunnellarning  ochilishi 

mamlakatning  materik  bilan  aloqasini  yanada  yaxshilaydi.  Asosiy  portlari:  Aberdin, 

Belfast,  Bristol,  Kardiff,  Duvr,  Glazgo,  Liverpul,  London,  Manchester,  Plimut, 

Sautgempton.  

Buyuk  Britaniya  dunyo  ekonomiyasida  muhim  rol  o’ynaydi.  U  dunyoning  eng 

rivojlangan  beshliklar  safiga  kiradi.  Butun  dunyo  yalpi  ichki  mahsulotining  3.1%  ini 

Buyuk  Britaniya  ishlab  chiqaradi.  Tovar  va  hizmatlarni  eksport  qilish  bo’yicha  Buyuk 

Britaniyaning  hissasi  4.5%  ni,  import  bo’yicha  5.1%  ni  tashkil  qiladi.  Mamlakatning 

ekonomikasiga  mamlakatning  100  yillik  rivojlanishidagi  hususiyatlari,  uning  ichki 

resurslaridan  kelib  chiqqan  holda  va  XX  asrda  tashkil  topgan  iqtisodiy,  sotsial  va 

siyosiy  institutlar  mamlakat  ekonomikasini  rivojlanishida  o’z  aksini  topgan.  Hozirgi 

kunda  Buyuk  Britaniya  yuksak  rivojlangan,  kuchli  iqtisodiy  tomondan  mustaqil 

davlatdir.  Lekin  hozirgi  kunda  sanoat  ishlab  chiqarishidagi,  xalqaro  savdo-sotiq  va 

valyuta sferasidagi, chetga kapital chiqarish, shuningdek, Londonning moliyaviy, tovar  

va birja markazi sifatidagi roli saqlanib qolganligiga e’tibor qaratish lozim. 


 

6

 



 

 

 

 

 

7

1. Buyuk Britaniyaning umumiy iqtisodiy holati va asosiy 



makroiqtisodiy ko’rsatkichlari tahlili. 

Buyuk  Britaniya  suv  resurslariga  judayam  boy,  yog’ingarchiligi  ko’pligi  sababli 

daryolari  to’lib  toshadi.  Daryolardan  eng  yirigi  Severn  (391  km)  va  Temza  (331  km). 

Bu  daryolar  basseynlari  bir-biridan  ajralgan.  Temza  daryosining  basseynlarida 

mamlakatning  1/5  aholisi  yashaydi.  Mamlakatning  quyidagi  daryolari  tinchroq  oqadi. 

Ular  Pekin  tog’laridan  boshlanib  er  osti  basseynlariga  oqib  tushadi.  Shotlandiya  va 

Uelsning  tog’li  rayonlarida  daryolarning  boshlanishi  balanddan  boshlanadi.  Shuning 

uchun daryo oqimi juda tez, ba’zida qirg’oqlardan ham toshib ketadi. Shimoliy-g’arbiy 

Shotlandiya va Uelsning qisqa va tez oqar daryolari elektr energiyasi ishlab chiqarishda 

ishlatiladi.  Bu  erda  60  dan  ortiq  gidroelektr  stansiyalar  qurilgan.  Buyuk  Britaniyaning 

eng  yirik  daryolari  –  Temza,  Severna,  Hambera,  Mersi,  Klayda  va  Forta  –  bular  keng 

chuqurlashtirilgan  to’grilangan  buxtalar.  Ularda  sanoat  va  dengiz  portlari  joylashgan. 

Suv toshqin vaqtida estuariyaga oqib kiradi. Shining uchun aholi ichimlik suvini yuqori 

daryolardan, er osti rezervuarlari va tog’ ko’llaridan oladi. 

Buyuk  Britaniyaning  eng  yirik  ko’llaridan    Lox  –  Ney  (400  kv  km  )  Shimoliy 

Irlandiyada,  Shotlandiyada  Lon  –  Lomond  va  Lox  –  Nes  ko’llaridir.  Tog’li 

Shotlandiyaning  behisob  ko’llari  turistlarning  diqqatini  tortadi.  Ko’llardan  transport 

yo’li  sifatida  ham  foydalaniladi.  Lox  –  Nes  va  Lox  –  Loxi  ko’llari  Sharqiy  va  garbiy 

Shotlandiya orasidagi suv yo’lini tashkil qiladi. Manchester ichimlik suvni uzunligi 100 

km dan oshiq bo’lgan ikki akverduxdan oladi. Buytuk Britaniyaning tekisliklarida yirik 

ko’llar yo’q, lekin u erlarda judayam ko’p suv omborlari mavjud. 

Quyi  Angliya  aholisi  uchun  er  osti  rezervuarlari  yuqori  sifatli  ichimlik  suvi 

manbai  bo’lib  kelgan.  Er  maydoni  30  ming  kv  km  bo’lgan  eng  katta  yer  osti  basseyni 

janubi-sharqiy  Angliyada  joylashgan.  Hozirgi  vaqtda  Angliya  va  Uelsda  ishlatiladigan 

suvning 2/5 qismini yer osti rezervarlari beradi.  

Buyuk  Britaniyaning  rivojlanishi  va  gullab  yashnashi  uchun  undagi  mineral  resurslar 

ko’mir  va  temir  zahiralari  ham  muhim  ahamiyatga  ega.  Bundan  tashqari  qazib 

olinadigan  qo’rg’oshin  va  rux,  ohak,  qum,  loy,  gips  ham  bor.  Buyuk  Britaniya  neft, 

tabiiy gaz va ko’mir zahiralariga ega. Oldin muhim ahamiyatga ega bo’lgan ko’mir o’z 


 

8

ahamiyatini  yo’qotmoqda.  Ko’mir  qazib  chiqarish  1913  yilda  300  mln  tonna  bo’lgan 



bo’lsa, hozirgi kunda bu ko’rsatkich uch baravariga qisqardi. Elektro stansiyalar hozirgi 

kunda ham ko’mirning ko’p miqdorini ishlatmoqdalar. Shimoliy dengizda topilgan neft 

koni neft sanoatini rivojlantirib yubordi. 

1975 yildan neft qazib olish yildan-yilga ko’paymoqda. Kuniga o’rta hisobda 2.6 

mln  barrel  neft  olinib  Buyuk  Britaniya  neft  qazib  olish  bo’yicha  jahonda  6  o’rinni 

egallaydi. Buyuk Britaniyaning neft zahiralari 770 mln tonnani tashkil qiladi. 

1967  yil  tabiiy  gaz  olinib  shaharlarda  ko’mir  ishlatish  sekin-asta  gazga 

almashindi. Butun mamlakat bo’ylab gaz quvirlari o’tkazildi. 

Tabiiy  gaz  zahiralari  22.7  trln  kub  futni  tashkil  qiladi,  elektr  energiya  ishlab 

chiqarishida  uning  hissasi 40 % ni  tashkil  qiladi. Buyuk  Britaniyaning qulay  geografik 

o’rni xalqaro iqtisodiy aloqalar o’rnatishga imkoniyat yaratadi.  

Buyuk Britaniyaning siyosiy-huquqiy tizimi.   

Birlashgan qirollik nomiga qaramasdan Buyuk Britaniya federatsiya emas, balki unitary 

davlat, parlament monarxiyasidir. Asosiy qonunlar majmuasi sifatida mamlakat yagona 

konstitutsiyaga  ega  emas.  Uning  qirolligi  asrlar  osha  kelayotgan  an’ana  va  oily  sud 

organlarining  qarorlariga  tayanadi.  Hokimiyat  (1952  yil  Elezbetta  II  qirolicha  edi) 

qirolicha  qo’lida  edi,  lekin  amalda  uni  yuqori  qonun  chiqaruvchi  organ    parlament 

boshqarar  edi.  Parlament  2  palatadan  iborat:  qirolicha  va  lordlar.  Jamoa  palatasi  – 

umummilliy  vakillar  yig’ilishi  5  yilda  kamida  1marta  saylanadi.  Lordlar  palatasiga 

shahzodalar, oliy diniy tabaqadagi zadagonlar, monarx tomonidan umrbod lord tabaqasi 

berilgan  shaxslar  kiradi.  Jamoa  palatasi  tomonidan  qabul  qilingan  har  qanday  qonun 

loyihasi  (moliyaviydan  tashqari)  lordlar  palatasi  tomonidan  1  yilgacha  to’xtatilishi 

mumkin.Moliyaviy  qonun  loyihalari  jamoa  palatasi  ko’rib  chiqqandan  keyin,  qirolicha 

tasdiqlagandan  keyingina  qonunga  aylanadi.  Qonunlarni  bajarish  bosh  vazir 

boshchiligida amalga oshiriladi. Bosh  vazirni qirolicha qaysi partiya jamoa palatasidan 

ko’p  o’rin  olsa,  shu  partiyaning  vakilini saylaydi.  Amalda  butun  hokimiyat  bosh  vazir 

qo’li ostidadir. Unga hukmron partiyaning ko’zga ko’ringan vakillari kiradi. 

Mamlakatning  ichki  va  tashqi  siyosatini  belgilashda  yetakchi  siyosiy 

partiyalardan konservativ va leyboristlar partiyaslari muhim rol o’ynaydi. 



 

9

Konservativ 



partiya 

monopolistik 

burjuaziyaning 

yer 


mulkdorlarining 

va 


zadagonlarining  manfaatlarini  himoya  qiladi.  Leyboristlar  partiyasi  ishchilardan  va 

sotsial-demokratlardan  tashkil  topadi.  Joylardagi  muammolarni  yechishda  o’z-o’zini 

boshqarish  organlari  muhim  rol  o’ynadi.  So’ngi  yillarda  bu  tizim  birmuncha  o’zgardi. 

Shimoliy  Irlandiyada  26  ta  hududiy  boshqarma  tashkil  topdi.  Shuningdek,  Angliya  va 

Uelsda  ham  o’zini-o’zi  boshqarishning  kompleks  tashkil  qilish  birmuncha 

soddalashtirildi. 



Buyuk Britaniyaning xalqaro pul-moliya operatsiyalari 

Buyuk  Britaniya  dunyo  bo’yicha  moliyaviy  etakchilikni  qo’ldan  boy  bermagan  holda, 

80  yillarda  moliyaviy  institutlarni  tuzilishi  va  boshqarishda  ko’pgina  o’zgarishlar  ro’y 

berdi.  Bu  o’z  navbatida  banklar  sistemasiga,  sugurta  sistemasiga,  qurilishga,  fond 

birjalariga,  shuningdek,  iste’mol  tovarlari  ishlab  chiqarish  bozorlariga  ta’sir  qildi. 

Agarda  oldin  uy-joy  qurilishi  uchun  qurilish  tashkilotlari  kredit  bergan  bo’lsa,  endi 

kreditni  banklar  va  sug’urta  kompaniyalari  bera  boshladi.  Bunga  bog’liq  holda  ikkita 

o’zgarish  sodir  bo’ldi.  Qurilish  tashkilotlari  o’zlarining  hususiy  naqd  rul  zahiralari, 

ko’chmas  mulklari  bilan  banklarga  birlashdilar.  Qurilish  tashkilotlari  yer  va  kapital 

qo’yish  ishlarida  ham qatnashdilar.  Bu o’zgarishlarni “Londonning katta sakrashi” deb 

atashgan.London  xalqaro  moliyaviy  operatsiyalar  markazi  sifatida  rivojlana  boshladi. 

Kapitalning  kirishi,  valyuta  ayriboshlash,  qimmatbaho  qog’ozlar  bilan  savdo-sotiq 

qilish ancha rivojlandi. Londonga chet el banklarining kirib kelishi ko’paydi. 

Raqobatning  oshishi  va  texnika  rivojlanishi  ayriboshlash  va  savdo-sotiqni  tezlashtirdi. 

Natijada bir qancha moliyaviy kompaniyalar tashkil topdi. 80 yillarning ohiriga kelib bu 

kompaniyalarning  faoliyatini  nazorat  qiluvchi  qonunlar  paydo  bo’ldi.  Barcha  kommer 

banklar  Angliya  bankinig  nazorati  ostidadir.  Banklar  Angliya  va  Uelsda  banknotalar 

ishlab  chiqarish  huquqiga  egadir.  Angliya  banki  aholi  bilan  ishlaydigan  investitsiya, 

ipoteka  va  boshqa  chet  el  banklariga  litsenziya  bera  oladi.  Banklar  jismoniy  shaxslar 

bilan,  ipoteka  banklari,  sug’urta  banklari,  qimmatbaho  qog’ozlar  bilan  ishlaydigan 

banklarga  ajralib  ketdi.  Angliya  banki  foiz  stavkalarini  ham  nazorat  qiladi.  U  chet  el 

valyuta  bozorlariga  ham  faol  aralashadi,  shuningdek,  funtning  mustahkamligini 

ta’minlaydi.  Funt  sterling  dunyoning  asosiy  valyutalaridan  biridir.  London  dunyodagi 


 

10

savdo-sotiq  markazlaridan  biridir.  Aholining  ko’p  jamg’armalari  iqtisodiyotning 



rivojlanishiga  moliyaviy  tashkilotlar  orqali  yig’iladi.  Moliyaviy  tashkilotlar  pulni 

ko’chmas  mulk  garovga  qo’yilgandagina  beradilar.  Bundan  tashqari  shuday 

kompaniyalar  borki,  ular  jihozlarni,  kapitalning  qisqa  va  uzoq  muddatli  lizing 

bozorlarni,  shuningdek,  fond  bozorlarini,  innovatsion  texnologiya  bozorlarini 

mablag’lar  bilan  ta’minlaydilar.  Buyuk  Britaniyada  bir  necha  moliyaviy  bozorlar 

mavjud. Qimmatbaho qog’ozlar bozori xalqaro fond birjasidan tashkil topgan.  

Valyuta  bozoridagi  savdo-sotiq  depozit  sertifikati,  qisqa    muddatli  depozitlarni 

o’z ichiga oladi. Boshqa bozorlar evro bilan,vayuta ayriboshlash bilan shug’ullanadilar. 

Ko’zga ko’rinmas savdo-sotiqning hissasi (moliyaviy hizmat ko’rsatish uchun to’lovlar 

va  gonarar,  jamg’armalar  protsenti,  foyda  va  dividentlar)  mamlakatning  butun    tashqi 

foydasining 1/3 dan to yarmigacha oshib boradi. 

Regionga investitsiya jalb qilinishining shakllanishi.  

XX  asrning  ikkinchi  yarmida  Buyuk  Britaniya  ozining  asosiy  raqiblaridan  ortda 

qola  boshladi.  50  yillarning  boshida  Germaniya  YaIM  ko’rsatkichlari  bo’yicha  Buyuk 

Britaniyani  siqib  chiqardi.  10  yildan  so’ng  Yaponiya,  Fransiya  ortda  qoldirdi.  90 

yillarda Italiya Buyuk Britaniya ko’rsatkichlariga tenglashdi. 

O’tgan  asr  oxiriga  kelib  Amerika  Qo’shma  Shtatlari,  Yaponiya,  Fransiya,    Germaniya 

sanoat ishlab chiqarishi bo’yicha ham Buyuk Britaniyadan ilgarilab ketdilar. YaIM ning 

Evropadagi  o’shishi  3.4  %  ni  tashkil  qiladi,  bu  ko’rsatkich  Buyuk  Britaniyada  0.4  %  

dan ko’p demakdir.2000  yilga kelib  intensiv o’shish kamaydi. Mamlakatning budjetini 

olib  qarasak,  davlat  harajatlarining  iqtisodiyotidagi  davlat  sektorini  yoki  davlatning 

zayo’mga  bo’lgan  ehtiyojini  lamaytirishdan  iborat.  1997  yil  iyulda  budjet  defitsitining 

qisqartirilish to’g’risida besh yillik reja e’lon qilindi. 

2006  yilda  mamlakatning  moliyaviy  ministri  Gordon  Braun  parlamentga  1997 

yildan beri  Buyuk  Britaniya  iqtisodiy o’shishi 2006  yilda 2 % dan 2.5 % gacha, YaIM 

o’shishi esa yana 0.75 % ga o’shishini aytdi. Yangi  Buyuk  Britaniya budjetida  maktab 

ta’limi va tibbiiy muassasalarga sarf harajat ko’payishi nazarda tutilgan. Gordon Braun  

sigaret, pivo, vino, soliqlarini va yengil avtomobillarning  yo’l uchun to’lovni oshirishni 

taklif  qilgan.  1992  yil  Buyuk  Britaniyada  to’lov  balanslarining  salbiy  tomonlari 



 

11

kuzatildi.  Buning  sababi  milliy  bozorlarga  chet  el  sarmoyalarining  kirib  kelishidir.  Bu 



to’qimachilik, poyabzal va qog’oz ishlab chiqarsh sanoatida kuzatildi.  

Milliy  valyuta  qursining  pasayishini  kutib  chetdan  tovar  olib  keluvchilar 

to’lovlarni  tezlashtirishni, chetga tovar eksport qiluvchilar  iloji boricha ajratilgan pulni 

kechiktirib olishga harakat qiladilar. 

Anglya  banki  pul  kredit  siyosati  qo’mita  a’zosi  Stiven  Nikel  2005  yilning  Buyuk 

Britaniya  to’lov  balanslari  shu  yil  defitsitning  o’shishiga  qaramasdan  ma’qullangan. 

Shuningdek,  o’tgan  2004  yil  ko’pgina  chet  el  raqobatchi  kompaniyalari  Buyuk 

Britaniya  komponiyalarini  sindirib  yubordilar.  O’z  ma’ruzasida  Nikel  2005  yil  joriy 

hisob  to’lov  balanslari  defitsiti  31.9  mlrd  funt  sterlingni  yoki  YaIMning  2.5  %  ini 

tashkil qildi va oxirgi 20 yildagi ko’rsatkichdan 0.5 % ga ko’tarilgan.  

Buyuk 

Britaniya 



Evropadan 

ajralib 


turganligiga 

qaramasdan 

xalqaro 

munosabatlarning  rivojlanishi  uchun  barcha  sharoyitlar  mavjud.  Mamlakatda  muhim 

resurslarni  o’zlashtirilishi  bank  tizimining  rivojlanishi  horijiy  ishchi  kuchlarining  jalb 

qilinishi  uchun barcha shart sharoyitlar  yaratilgan. Keyingi  10 yildagi  Buyuk  Britaniya 

iqtisodiyotining  barqaror  o’shishi  –  mamlakatni  investitsiya  jalb  qilish  imkoniyatlarini 

ko’paytirmoqda.  Buyuk  Britaniya  xalqaro  ahvoliga  nisbatan  milliy  ekonomika  sal 

kuchsizroq.  Xuddi  boshqa  mamlakatlardagidek  u  inflatsiya,  aholining  qarishi  kabi 

muammolarga duch keladi. Shuning uchun hukumat bank tizimiga yangi standartlar, pul  

kredit va budjet siyosatida reformalar o’tkazish tarafdori. 

Buyuk Britaniya ichki savdo – sotiq muammolari. 

Tovarlar  harakati  milliy  korxonalarning  boshqa  davlat  hududidagi  joylashishiga  ham 

bog’liq.  XX  asr  oxiriga  kelib  neft  narxlarining  keskin  oshib  ketishi  va  uning  eksport 

qilishdagi  hissasi  1999  yil  86  %  ga  oshib  ketdi.  Vaholangki,  bu  1980  yilda  70  %  ni 

tashkil qilar edi. Shu yili mashina va transport vositalarini eksport qilish 48 % ni tashkil 

etgan.  Oxirgi  5  yillikda  Buyuk  Britaniyada  aerakosmik,  kinyo,  elektr  sanoati  eksporti 

hissasi  ko’paydi,  to’qimachilik  sanoati  hissasi  esa  birmuncha  kamaydi.  Xalqaro  savdo 

markazining  ma’lumotlariga  qaraganda  2004  yilda  Buyuk  Britaniya  jahon  bozoriga 

aviatsiya  jihozlarini  etkazib  beruvchi  eng  yirik  tovar  etkazib  beruvchi  bo’lgan.  (dunyo 

eksportida  uning  hissasi – 27  %), turboreaktiv dvigatellar  (27  %), kemasozlik jihozlari 



 

12

(26  %),  san’at  asarlari  (37  %),  spirtli  ichimliklar  (36  %),  kitoblar  (17  %),  brilliantlar 



(14%)  eksport  qilingan.Shu  bilan  birga  mamlakatga  aviatsion  dvigatellar  (13  %), 

samolyotlar  (12  %),  avtomobillar  (8  %),television  kameralar  (7  %),  informatsiyani 

qayta ishlash qurilmalari (7 %) import qilingan. Bundan tashqari Buyuk Britaniya vino 

(21 % umumiy import hisobidan), olmos (12 %), zargarlik buyumlari (11 %) va san’at 

asarlari  import  qiladi.Elektron  hisoblash  texnikasining  90  %  i  chetga  chiqariladi. 

Sanoatning  70  %  mahsuloti  eksportga  ketadi.  Yuqori  eksport  mahsulotlariga 

traktorsozlik  mahsulotlari,  to’qimachilik  va  tog’  shaxta  mahsulotlari  kiradi.  Buyuk 

Britaniya  qurol  eksport  qilish  bo’yicha  1  o’rinni  egallaydi.  Tashqi  savdo  eksport 

tizimidagi  o’zgarishlar  uning  geografik  yo’nalishida  ham  o’zgarishlarga  olib  keladi. 

G’arbiy Evropa eksportidagi hissasi 63 %, 2005 yil 48 %, 1999 yil 

EC

  hissasi 59 % ni 



tashkil qilgan. Bu regiondagi import hajmi 54 % ga etdi. Buyuk Britaniya tovar eksport 

hajmi bo’yicha 5- o’rinni, oxirgi 5 yillikda import bo’yicha 3-o’rinni egallaydi. Xalqaro 

ishlab  chiqarish  jarayonida  Buyuk  Britaniya  hissasi  Trans  milliy  korparatsiyalat  (2000 

yil 5000 ta TMK dan 146 tasi) mamlakatning jahon savdosidagi investitsiyasi hissasidan 

2.5  marta  ko’p.  XX  ast  davomida  investitsiya  tizimi  ham  o’zgargan.  Qayta  ishlash 

sanoatidagi  hissasi  2/3  ga  etgan.  15  ta  etakchi  TMKlardan  4  tasi  Buyuk  Britaniyaga 

qarashli.Buyuk  Britaniya  ko’rsatkichlariga  qaraganda  u  Amerika  Qo’shma  Shtatlari 

bilan raqobat qilishga qodir. 



Download 0.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
O’zbekiston respublikasi
maxsus ta’lim
zbekiston respublikasi
o’rta maxsus
davlat pedagogika
axborot texnologiyalari
nomidagi toshkent
pedagogika instituti
texnologiyalari universiteti
navoiy nomidagi
guruh talabasi
samarqand davlat
toshkent axborot
nomidagi samarqand
haqida tushuncha
toshkent davlat
ta’limi vazirligi
xorazmiy nomidagi
Darsning maqsadi
vazirligi toshkent
Alisher navoiy
Toshkent davlat
tashkil etish
rivojlantirish vazirligi
Ўзбекистон республикаси
matematika fakulteti
pedagogika universiteti
sinflar uchun
Nizomiy nomidagi
таълим вазирлиги
maxsus ta'lim
tibbiyot akademiyasi
bilan ishlash
o’rta ta’lim
ta'lim vazirligi
махсус таълим
fanlar fakulteti
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
umumiy o’rta
Referat mavzu
fanining predmeti
haqida umumiy
Navoiy davlat
universiteti fizika
fizika matematika
Buxoro davlat
malakasini oshirish
Samarqand davlat
tabiiy fanlar