_________________ TUMANI
____-UMUMIY O’RTA TA’LIM
MAKTABINING BOSHLANG’ICH
SINF O’QITUVCHISI
________________________NING
TABIATSHUNOSLIK FANIDAN
3-“____” SINFI UCHUN
2019-2020 - O’QUV YILIDA YOZGAN
KUNDALIK ISH REJASI.
3- sinf Tabiatshunoslik
1-chorak- 9 soat
|
Mavzu soat uyga vazifa
|
1
|
Tabiatshunoslik nimani o`rganadi?
|
1
|
|
3-6-bet
|
TABIATDA SUV VA HAVO
|
2
|
Yer usti va osti suvlari
|
1
|
|
7-10-bet
|
3
|
Suvning xususiyatlari Hayot xavsizligi; 7-dars:Suvdagi xavfsizlik
|
1
|
|
11-14-bet
|
4
|
Suvni muhofaza qilish va tejash.
|
1
|
|
14-15-betlar
|
5
|
Tabiatda havo
Hayot xavsizligi 8-dars:Atrof muhitdagi xavfsizlik
|
1
|
|
15-18-betlar
|
6
|
Ob havoning belgilari
|
1
|
|
18-22-betlar
|
7
|
Yog’inlar
|
1
|
|
22-24-bet
|
FOYDALI QAZILMALAR
|
8
|
Foydali qazilmalar qayerdan olinadi. 1-NAZORAT ISHI
|
1
|
|
25-29-betlar
|
9
|
Yoqilg`I sifatida olinadigan foydali qazilmalar
|
1
|
|
29-33-bet
|
2- chorak 7- soat
|
10
|
Qora va rangli metallar
|
1
|
|
33-37-bet
|
11
|
Qurulishda foydalaniladigan foydali qazilmalar
|
1
|
|
37-41-bet
|
12
|
Foydali qazilmalardan oqilona foydalanish
|
1
|
|
41-44-bet
|
TUPROQ
|
13
|
Tuproq tarkibi
|
1
|
|
45-49-bet
|
14
|
Tuproqning unumdorligi va tarkibi
|
1
|
|
49-51-bet
|
15
|
2-nazorat ishi. Test.
|
1
|
|
|
|
16
|
Tabiiy o`simliklar
|
1
|
|
48-51-bet
|
3-chorak 10 soat
|
17
|
Madaniy o’simliklar
|
1
|
|
57-61-bet
|
18
|
Kartoshka, Sabzavot, Qulupnay.
|
1
|
|
61-64-bet
|
19
|
Begona o`tlat
|
1
|
|
65 - 67
|
20
|
Poliz ekinlari. Mevali daraxtlar.
|
1
|
|
67-69-bet
|
21
|
Mevali butalar.Tok
|
|
|
69 - 71
|
22
|
Manzarali o`simliklar
|
1
|
|
72-75-bet
|
23
|
Dorivor o`simliklar Salomatlik darslari.
15-dars: Salomatlikni mustahkamlash omillari
|
1
|
|
76-79-bet
|
24
|
Tut dataxti. Ipak qurti.
|
1
|
|
79 - 81
|
25
|
Hayvonot olami va uning xilma-xilligi 3-nazorat ishi
|
1
|
|
82 - 86
|
26
|
Hasharotlar.
|
1
|
|
86 - 90
|
HAYVONOT DUNYOSI.4-chorak
|
27
|
Qushlar va uy parrandalari
|
1
|
|
90 - 94-bet
|
28
|
Uy hayvonlari
|
1
|
|
86-89-bet
|
29
|
Suvda yashaydigan hayvonlar.
|
1
|
|
98-102-bet
|
30
|
Odam tanasi, terisi va skleti.
|
1
|
|
103-107-bet
|
31
|
Odam miyasi, hazm qilish a’zolari, o’pka. Salomatlik darslari.
16-dars: Ichkilikbozlik (alkogol) va salomatlik
|
1
|
|
107-111-bet
|
32
|
Tabiat va inson.
Salomatlik darslari. 17-dars: Sport va salomatlik
|
1
|
|
112-155-bet
|
33
|
Tabiatni muhofaza qilish
Iqtisod va soliq alifbosi Mulk 4-nazorat ishi Test
|
1
|
|
116-121-bet
|
34
|
Ekologik xavfsizlik. Konstitutsiya alifbosi. Dam olish huquqi
|
1
|
|
121-116-bet
|
KIRISH. TABIATSHUNOSLIK NIMANI 0‘RGANADI?
1-DARS
Sana___________
Darsning ta'limiy maqsadi: O’quvchilar tabiat haqidagi tushunchalarini boyitish ularga oy,yulduz, bulut harakati haqida tasavvur hosil qilish. T.k.1 muloqotga kirishish uchun zarur bo‘ladigan og‘zaki nutqni o‘zlashtirish,F.k.1
jonli va jonsiz tabiat, atrofimizdagi tabiatning tarkibiy qismlari va tabiat hodisalarini, suvning uch holatini va tabiatda aylanib yurishini kuzatadi va suvning tirik organizmlar va insonlar uchun ahamiyatini aytib bera oladi.
Darsning tarbiyaviy maqsadi: Tabiatni asrashga undash,o’simliklarning inson hayotiga ijobiy ta’sirini tushuntirib, yashil o’simlikni himoyalashni ahamiyati haqida tushuncha berish. T.k.3 atrofidagi tabiat manzaralarini estetik his etish
Darsning rivojlantiruvchi maqsadi: Jonli va jonsiz nima ekanligi haqida ularning tushunchalarini kengaytirish. F.k.3 o‘zi yashaydigan joyda tuproqni muhofaza qilish, uni o‘g‘itlab, minerallar bilan boyitish tadbirlarida ishtirok eta oladi.
Darsning jihozlari:
Darsda qo'llaniladigan metod: O’quvchilar bilan suhbatlashish tajribalar o’tkazish
Darsning borishi
I. Tashkiliy qism. O’quvchilar davomadini aniqlash, ularni darsga tayyorgarligini tekshirish. Vulqonnning otilishi osmonda bulut hosil bo’lishi tasvirlangan rasmlarni osish.
II. O`tgan mavzuni so`rab baholash.2- SINFDA Atrofimizdagi olam fanidan olgan bilimlarini mustahkamlash.
III. Yangi mavzuning bayoni.
1. 2- sinfda «Atrofimizdagi olam» darslarida nimalarni o'rgandingiz?
2. «Tabiat» deganda nimalarni tushunasiz? O'quvchilar bilan ushbu savollar bo'yicha suhbat o'tkaziladi. Suhbat natijalariga qarab, o'quvchilarning javobi to'ldirib boriladi.
Tunda osmonda Oy va yulduzlar ko‘rinadi. Kunduzi Quyosh Yer yuzini yoritadi va isitadi. Quyosh nuridan tog‘, yaylov, o‘rmon, cho‘llardagi o‘simliklar bahramand bo‘ladi. Tog‘, o‘rmon, cho‘llarda turli hayvonlar yashaydi. Osmonda har xil qushlar parvoz qiladi. Ba’zida osmonda bulutlar suzib yuradi. Ayrim kunlari yomg‘ir yog‘adi. Havo soviganda esa yomg‘ir qorga aylanadi. Qor va yomg‘ir suvlaridan daryolar hosil bo‘ladi. Ko‘pgina daryolar o‘z suvini ko‘l yoki dengizlarga quyadi. Daryo, ko‘l va dengizlar har xil suv o‘tlari va suv hayvon- lariga boy. Bularning barchasi tabiatdir.
Kishilar kundalik faoliyatida foydalanadigan gaz, toshko‘mir, metallar yer ostidan olinadi. Ular ham tabiatga mansubdir.
Shunday qilib, inson qo‘li bilan yaratilgan narsalardan tashqari, atrofimizdagi olam tabiatni tashkil etadi.
Tabiat jonsiz va jonli tabiat unsurlariga bo‘linadi. 1 Quyosh, yulduzlar, Oy, Yer, tosh, tabiiy gaz,
bulut, havo, suv kabilar jonsiz tabiat unsurlaridir (1- rasm).
Jonli tabiat unsurlariga Yer yuzidagi barcha tabiiy o‘simliklar va yovvoyi hayvonlar kiradi (2- rasm). Ular nafas oladi, oziqlanadi, o‘zidan ko‘payadi va rivojlanadi.
Tog‘ toshlari Qumlik Dengiz
Jonsiz tabiat namunalari. Jonli tabiat namunalari.
Tabiat hodisalari.
Yer ostidan vulqon otilishi, osmonda bulut hosil bo‘lishi, chaqmoq chaqishi, momaqaldiroq gumburlashi, shamol esishi, yomg‘ir yog‘ishi, Quyoshning nur sochishi, bulbulning sayrashi kabi jarayonlar tabiat hodisalaridir (3- rasm).
Mazkur tabiat unsurlari va hodisalarini «Tabiatshunoslik» va tabiatga oid boshqa fanlar o‘rganadi.
Odamlar tabiatga qadimdan ta’sir etib kelgan. Kishilar yovvoyi hayvon turlaridan bir qanchasini qo‘lga o‘rgatdi, ya’ni xonakilashtirdi va ko‘paytirdi. Buning natijasida uy hayvonlari vujudga keldi.
Inson aqlini ishlatishi va mehnat qilishi natijasida tabiiy o‘simliklardan turli madaniy o‘simliklar yetishtirildi. Odamlar suv omborlarini qurdi, kanallar qazib, suvsiz qaqrab yotgan yerlarni dala va bog‘larga aylantirdi. Shularni inobatga olib, «Tabiatshunoslik» darslarida odamlar tomonidan yaratilgan madaniy o‘simliklar, xonakilashtirilgan uy hayvonlari, qazilgan kanallar va suv omborlari ham o‘rganiladi.
Odam havodan nafas oladi va tabiat bergan noz- ne’matlardan oziqlanadi. Odam salomatligi abiat bilan bog‘liq. Shuning uchun «Tabiatshunoslik» darslarida odam va uning salomatligi ham o‘rganiladi.
Inson tomonidan yaylov, o‘rmon va cho‘llarning bir qismi dala va bog‘larga aylantirildi. Bu joylarda shahar va qishloqlar barpo etildi. Yer osti boyliklari hisoblangan tabiiy gaz, neft, ko‘mir, turli metallar ko‘p miqdorda qazib olindi. Natijada tog‘lardan boshlangan daryolarning toza va tiniq suvlari ifloslandi. Dala va bog‘larga oqib keladigan daryo suvlari kamaydi, ayrimlari manziliga bormay qurib qoldi. «Tabiatshunoslik» darslarida ushbu muammolarning oldini olish, ya’ni tabiatni muhofaza qilishga oid mavzular ham o‘rganiladi.
Tayanch so‘zlar: tabiat, jonsiz tabiat unsurlari, jonli tabiat unsurlari, tabiat hodisalari, «Tabiatshunoslik».
IV. Yangi mavzuni mustahkamlash.
Mavzuni mustahkamlash uchun o'quvchilarga quyidagi savollar beriladi:
1.Tabiat deganda nimani tushunasiz?2.Jonli tabiat unsurlarining jonsiz tabiat unsurlaridan qanday farqi bor? Jonsiz va jonli tabiat unsurlariga misollar kel- tiring.
3.Tabiat hodisasi deb nimaga aytiladi? Unga misollar keltiring.
4.«Tabiatshunoslik» darslarida nimalar o‘rganiladi?
5.Tabiat va inson orasidagi munosabat haqida nimalarni bilasiz?
Topshiriqlar Quyidagilardan gerbariy tayyorlang:
a) turli o‘tlarning barglaridan
b) turli madaniy o‘simliklar barglaridan.
1. Bugun darsda nimani o'rgandingiz?
2. Nimalarni bilib oldingiz?
(O'quvchilarning javoblari to'ldirib yakunlanadi).
V.Darsda faol qatnashgan o`quvchilar rag`batlantiriladi. Oquvchilar bilimi baholanadi.
VI. Uyga vazifa berish. O'quvchilarga darslikdagi mavzuni o'qib chiqish, mavzudan keyin berilgan savollarga javob topishni, topshiriqlarni bajarish uyga vazifa qilib beriladi.
2-DARS
MAVZu: YER USTI YA YER OSTI SUVLARI
Sana___________
Darsning ta'limiy maqsadi: o'quvchilarga daryo va ko’llar,muzning erishi va suvning qaynashi haqida bilim va ko'nikmalarini shakllantirish. T.k.1 jonli va jonsiz tabiat, tabiat hodisalariga oid tayanch so‘z va atamalarning ma’nosini aytib bera olish.T.k.6 tabiiy boyliklarni, suvni isrof qilmaslik va tejamkorlikning ma’nosini tushunish, unga amal qilish,F.k.3 havoni ifloslantirish inson sog‘ligi uchun zararli ekanligini anglaydi,
Darsning tarbiyaviy maqsadi: o'quvchilarni suvni toza saqlash, ifloslantirmaslik va undan tejab- tergab foydalanishga o'rgatish. T.k.3 o‘zini tuta olish, to‘g‘riso‘z bo‘lish, o‘zining xatosini tushunish.T.k.4 farzandlik va o‘quvchilik burchini bilish, unga rioya qilish,
Darsning rivojlantish maqsadi: :o'quvchilarning ijodiy fikrlash qobiliyatini o'stirish, ekologik dunyoqarashini va tafakkur doirasini kengaytirish.F.k.1 O‘z o‘lkasining tabiati va tarixiy yodgorliklari haqida aytib bera oladi.
Darsning jihozlari maktab globusi, okean, dengiz, muzlik, yer osti suvlari, daryo, ko'l tasvirlangan rasmlar, O'zbekiston Respublikasining tabiiy xaritasi, darslik.
Darsda qo'llaniladigan metod: Suhbatlashish tajribalar o’tkazish
DARSNING BORISHI
I. Tashkiliy qism. O'quvchilar davomatini tekshirish, ularning darsga tayyorligini aniqlash, maktab globusini o'quvchilarga ko'rinadigan joyga qo'yish, okean, dengiz, muzlik, yer osti suvlari, daryo, ko'l tasvirlangan rasmlarni osib qo'yish.
II. Uy vazifasini so`rash: : Avvalgi darsda o'tilgan « Tabiatshunoslik nimani o’rganadi» mavzu yakunida berilgan savollarga o'quvchilar javob beradilar. Javob bergan o'quvchilarga qo'shimcha savollar beriladi.
III. Yangi mavzuning bayoni.
Do'stlaringiz bilan baham: |