Amaliy ish
24- rasmdagi xaritadan metall konlarini toping va daftariga yozing.
IV.Yangi mavzuni mustahkamlash.
Tayanch so‘zlar: qora metall rudalari, magnitli temirtosh, qo‘ng‘ir temirtosh, qizil temirtosh, rangli metallar, oltin, kumush, mis, aluminiy, qo‘rg‘oshin, metallurgiya kombinati.
|
Savollar
1. Qora metall rudalari deb nimaga aytiladi?
2. Temir qanday olinadi?
3. Rangli metallarga qanday metallar kiradi?
4. Oltin, kumush, mis va aluminiydan nimalar yasalishi mumkin?
5. Mamlakatimiz hududida qanday metall konlari bor?
V.Darsda faol qatnashgan o`quvchilar rag`batlantiriladi. Oquvchilar bilimi baholanadi.
VI. Uyga vazifa berish. Savollarga jajob berishga tayyorlanib kelish.
11 – DARS Mavzu: Qurilishda foydalaniladigan qazilma boyliklar
Sana____________
Darsning ta'limiy maqsadi: o'quvchilarga granit, qum va gil kalsitlardan bo'r, ohaktosh va marmartosh haqida ma'lumotlar berish, ulardan nimalar tayyorlanishi haqida tasavvurlar hosil qilish. F.k.1 Foydali qazilmalar qayerdan qazib olinishini, yoqilg‘i sifatida foydalaniladigan qazilmalarni, temir va rangli metallar eritib olinishini, qurilishda foydalaniladigan qazilma boyliklarni ularning ishlatilishini hayotda kuzatadi va tushunadi.
Darsning tarbiyaviy maqsadi: granit, qum va gildan turli narsalar tayyorlashda hunarmandlarning amaliy san'atiga va mehnatiga hurmat uyg'otish. o'quvchilarga o'lkamiz hududi bo'r, ohaktosh va marmartosh kabi foydali qazilmalarga boyligi haqida ma'lumotlar berish orqali ularning Vatanga bo'lgan g'ururlarini oshirish. T.k.4 sinfdagi jihozlar, o‘quv qurollarini asrab-avaylash. T.k.5 do‘stlari, yaqinlari va atrofdagilarga mehribon bo‘lish.
Darsning rivojlantiruvchi maqsadi:o'quvchilarning granit, qum va gil, ulardan turli narsalar tayyorlanishi haqida dunyoqarashlarini shakllantirish. o'quvchilarning kalsit haqida ilmiy-tabiiy dunyoqarashlarini shakllantirish va kengaytirish. F.k.3 foydali qazilmalarni tejab, isrof qilmasdan foydalanish kerakligini tushunadi,
Darsning jihozlari: granit, qum va gil, bir bo'lak kesak, likopcha; qum va gildan tayyorlangan buyumlar tasvirlangan rasmlar, asosiy foydali qazilmalar tasvirlangan O'zbekiston xaritasi, darslik.
Darsda qo'llaniladigan metod: savol-javob, amaliy ishlar o'tkazish.
Darsning borishi:
I.Tashkiliy qism. O'quvchilar davomatini aniqlash, ularning darsga tayyorligini tekshirish, granit, bo'r, qum va gil namunalarini o'quvchilarga ko'rinadigan joyga qo'yish, qum va gildan tayyorlangan buyumlar tasvirlangan rasmlarni osish.
II.Uy vazifasini so'rash.
Avvalgi darsda o'tilgan «Yer osti boyliklari» mavzusi yakunida berilgan savol-larga o'quvchilar javob beradilar. Berilgan topshiriqlar tekshirib chiqiladi. O'quvchilar bilimi savollarga javob berishlari natijalariga qarab baholanadi.
III.Yangi mavzuning bayoni.
Yangi mavzuni bayon etishni boshlashdan avval o'quvchilarga quyidagi savollar bilan murojaat qilinadi:
1. Qum tuproqdan nimasi bilan farq qiladi?
2. Sopol idishlar nimadan yasalganligini bilasizmi?
Bu savollar asosida o'quvchilar yangi darsga qiziqtiriladi va yo'naltiriladi. O’quvchilarga granit haqida ma'lumotlar beriladi, granit bilan o'tkaziladigan amaliy ish bajariladi, o’quvchilarga granit namunasi, uning ichida kvars, dala shpati va slyuda mavjudligi ko'rsatiladi, o'quvchilarga granitning xususiyatlarini, granit qanday maqsadlarda ishlatilishi tushuntiriladi, xaritadan granit qazib chiqariladigan joylar ko'rsatiladi.Qum va gil haqida ma'lumotlar beriladi, ulardan qanday buyumlar tayyorlanishi tushuntirib beriladi. Qum va gil bilan o'tkaziladigan amaliy ishlar bajariladi. Qum suvga solinganda loyqa hosil qilmasligi, gil esa loyqa hosil qilishi, namlangan qum yopishqoq emasligi, suvga aralashtirilgan tuproq yopishqoq bo'lishi, undan (loydan) turli shakldagi buyumlar yasash mumkinligi tushuntiriladi. Qum sochiluvchan mayda zarralardan tuzilganligi, suvni o'tkazishi, gil yopishqoq bo'lishi, suvni yomon o'tkazishi haqida xulosa chiqariladi.
Marmartosh
Marmartosh eng qattiq va mustahkam qurilish materialidir. Marmartoshni yo‘nish va sayqallash orqali undan marmar tayyorlanib, turli haykallar, zinapoyalar, xilma-xil buyumlar yasaladi.
Mamlakatimizdagi eng muhtasham va chiroyli binolar bilan bezatilgan. Turli rangdagi marmarlar O’zbekiston tarixi muzeyini, Temuriylar tarixi davlat Turkiston saroyini, Yoshlar ijod saroyi ustunlarini, metro bekatlarini (35- rasm) bezab turibdi.
Toshkent va Samarqand viloyatlari hududidagi Granit ishlatilgan binolar.
oq va pushti marmartoshlar qazib olinadi.
Granit
Tog‘larda rang-barang donador toshlar uchraydi. Bular granitdir (36-rasm). Granit «donador» degan ma’noni anglatadi. Uning donador toshlari pushti, kulrang va yashil bo‘ladi. Granitning rangi shu donador rangli toshlardan qaysi biri ko‘pligiga bog’liq. Granit yaxshi silliqlanadi. Imoratlarning poydevorlari, ko‘prik ustunlari, zinapoyalar sirtini bezatishda granit ishlatiladi. Jumladan, Temuriylar tarixi davlat muzeyi va Yoshlar ijod saroyining zinapoya poydevorlari va eshik peshtoqlari granit bilan qoplangan Toshkent, Namangan va Samarqand viloyati hududidagi tog‘larda turli xil granitlar qazib olinadi.
1. Bir bo‘lak granitni ko‘rib chiqing. Uning rang-barang tarkibiga e’tiboringizni qarating.
2. 24-rasmdagi xaritadan marmartosh va granit qazib olinadigan joylarni ko‘rib chiqing.
O'quvchilarga bo'r, ohaktosh va marmar namunalari ko'rsatiladi. Ularga quyidagi savollar beriladi:
1. Doskaga nima bilan yozamiz?
2. Uyimiz devorlarini nima bilan oqlaymiz?
3. Marmardan qoplangan devorlarni qayerda ko'rgansiz?
Bu bilan o'quvchilarni yangi mavzuga qiziqtiriladi.
Kalsitning uch turi — bo'r, ohaktosh va marmartosh bir-biriga o'xshamasligi, ularning ishlatilishi, O'zbekistonda bu materiallarning konlari mavjudligi, qazib olinishi haqida ma'lumotlar bayon qilinadi.
O'quvchilar bilan sinf doskasiga yozish uchun ishlatiladigan bo'r, uning xususiyatlari, bo'rdan yana qanday maqsadlarda foydalanish mumkinligi haqida suhbatlashiladi. Bo'r bilan bog'liq bo'lgan amaliy ish o'tkaziladi. Ohaktosh bilan bog'liq bo'lgan amaliy ishlar ham o'tkaziladi. Ohaktoshning xususiyatlari, uning bo'rdan farqi, ishlatilishi haqida suhbatlashiladi. Marmartosh haqida ma'lumotlar beriladi, uning ajoyib xususiyatlari, ishlatilishi haqida suhbatlashiladi.
Ohaktosh Ohak ham tosh kabi qattiqdir. Shuning uchun u deyiladi.
Yirik ohaktoshlardan bino devori quriladi. Ohaktosh maydalanib, oq mayda shag‘alga aylantiriladi. Oq shag’alga turli ranglar qo‘shib, bino va xonalarning devori rang-barang qilib bezatiladi. Yoshlar ijod saroyining bezashda ohaktoshdan foydalanilgan.
Qum va gil Qadim zamonda qumli cho‘llar o‘rnida xarsangtoshlar bo’lgan. Quyosh nuri, yog‘inlar va shamol ta’sirida toshlar maydalanib qumga aylangan. Tog‘lardagi toshlar ham uzoq davrlar davomida yemirilib, ulardan qum hosil bo'lgan.
Qum shag‘al va sementga aralashtirilib, mustahkam beton quyiladi. Bino devorlariga ishlov berishda, yo‘llarga asfalt yotqizishda ham qum ishlatiladi. Oyna va shishalar qumdan tayyorlanadi. Shishadan turli buyumlar yasaladi (38- rasm).
Gil ham toshlarning nurashidan hosil bo’lgan. Gil zarralari qum zarrachalariga nisbatan bir necha yuz marta maydadir. Gilni chang zarrachalaridan iborat desa bo‘ladi.
Tuproqning asosiy qismini gil tashkil etadi. Tuproq yuqori haroratda qizdirilsa, undagi chirindilar yonib, gilning o‘zi qoladi. Gildan g‘isht tayyorlanib, pechlarda qizdiriladi. G‘isht binolarni qurishda muhim qurilish ashyosi hisoblanadi.
Gildan turli buyumlar yasashda foydilaniladi. Yuqori haroratda qizdirish yordamida sopol va chinni buyumlar tayyorlanadi
Gildan yasalgan buyumlar. Qumdan tayyorlangan buyumlar.
Amaliy ish
1. Likopchaga qum va suv solib, aralashtiring. Suv bilan ho’llangan qumdan dumaloq shakldagi biror narsani yasashga harakat qiling. Bunda qumning yopishqoqligi qanday?
2. Likopchaga gil va suv solib, ularni aralashtiring. Hosil bo’lgan loydan dumaloq shakldagi biror narsani yasashga harakat qiling. Bunda gilning yopishqoqligi qanday?
IV.Yangi mavzuning bayoni:
Tayanch so’zlar: marmartosh, granit, ohaktosh, qum, gil.
|
Savollar 1. Marmar qayerlarda ishlatiladi?
2. Granit qanday ranglarda bo’ladi?
3. Binolarning devorini bezashda qanday foydali qazilmadan foydalaniladi?
4. Qum qanday maqsadlarda ishlatiladi?
5. Gil qanday hosil bo’lgan? Undan qanday buyumlar yasaladi?
V.Darsda faol qatnashgan o`quvchilar rag`batlantiriladi. Oquvchilar bilimi baholanadi.
VI. Uyga vazifa berish. Savollarga jajob berishga tayyorlanib kelish.
12-dars Mavzu: Foydali qazilmalardan oqilona foydalanish
Sana_____________
Darsning ta'limiy maqsadi: Tabiat — insonning yashash muhiti, u odamga oziq-ovqat, kiyim-kechak, yoqilg'i va elektr quvvati, sanoat xomashyosi, qurilish materiallarini bermoqda. Tabiatni qo'riqlash, avaylab-asrash, uning boyliklarini reja bilan ishlatish zarurligi, buning uchun O`zbekiston Respublikasi hukumatining tabiiy boyliklarni himoya qilish sohasida olib borayotgan chora tadbirlari. Haqida tushuntirish F.k.3 foydali qazilmalarni tejab, isrof qilmasdan foydalanish kerakligini tushunadi,
Darsning tarbiyaviy maqsadi: o'z-o'zini anglash shart sharoitlarini, inson qadri va hurligini anglash, uning tabiatini, milliy va umurninsoniy madaniyatni, ona tilini saqlash, ma'naviy taraqqiyotni bozoriq tisodiyoti bilan uzviy rivojlanishini tushunib etish; . T.k.4 sinfdagi jihozlar, o‘quv qurollarini asrab-avaylash. T.k.5 do‘stlari, yaqinlari va atrofdagilarga mehribon bo‘lish
Darsning rivojlantiruvchi maqsadi: o'quvchida yosh xususiyatlari va salomatligi holatini hisobga olgan holda qiziqishlarni shakllantirish;F.k.1 Foydali qazilmalar qayerdan qazib olinishini, yoqilg‘i sifatida foydalaniladigan qazilmalarni, temir va rangli metallar eritib olinishini, qurilishda foydalaniladigan qazilma boyliklarni, ularning ishlatilishini hayotda kuzatadi va tushunadi.
Darsning jihozlari: Hukumatimiz tomonidan tabiatni muhofaza qilish borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqidagi qarorlardan namunalar.
Darsda qo'llaniladigan metod: suhbatlashish, yangi bilim berish .
Darsning borishi:
1. Tashkiliy qism. O'quvchilarning darsga tayyorligini va davomatini tekshirish, o`tgan mavzu yuzasidan o`rgangan bilimlarini mustahkamlash.
II. O`tgan darsda o`tilgan mavzularni takrorlash:
Savollar
1. Marmar qayerlarda ishlatiladi?
2. Granit qanday ranglarda bo’ladi?
3. Binolarning devorini bezashda qanday foydali qazilmadan foydalaniladi?
4. Qum qanday maqsadlarda ishlatiladi?
5. Gil qanday hosil bo’lgan? Undan qanday buyumlar yasaladi?
III. Yangi mavzuning bayoni.
Foydali qazilmalarni nima uchun tejash kerak?
Foydali qazilmalar keyingi 100 yil ichida nihoyatda ko’p miqdorda qazib olindi va ishlatilmoqda. Bunday sur'atda ishlatilsa, foydali qazilmalar birin-ketin tugab qolishi mumkin. Masalan, elektr toki olish uchun issiqlik elektrostansiyalarda katta miqdorda ko‘mir sarflanmoqda. Rudalardan metallarni ajratib olish va quyishda ham ulkan pechlarda ko‘p ko‘mir yoqilmoqda. Mashinalar yurishi va samolyotlar uchishi uchun olinadigan benzin, kerosin, moylar juda katta miqdorda sarflanmoqda. Mashinalar yildan yilga ko’payib bormoqda.
Xonadonlarda tabiiy gazdan foydalaniladi. Yer yuzi-aholi ko‘payib, odamlarning turmush darajasi ortgani sari tabiiy gazdan foydalanish ham ortib bormoqda.
Texnika taraqqiy etgan sari temir, mis, aluminiy kabi metallar ham ko‘p ishlatilmoqda. Zeb-ziynat va texnika uchun oltin, kumush kabi qimmatbaho metallardan foydalanish ortmoqda.
Boshqa turdagi foydali qazilmalarning sarflanishi yildan yilga ko‘paymoqda.
Foydali qazilmalar tabiat in’om etgan boylikdir. Ulardan faqat o‘zimizgina emas, balki keiajak avlodlar bahramand bo‘lishi lozim. Shuning uchun foydali qzilmalardan oqilona foydalanish kerak.
Foydali qazilmalarni tejash
Fan va texnika taraqqiy etgan sari foydali qazilmalardan oqilona foydalanish yo‘llarini ham topish zarur bo‘lmoqda. Ko‘mirni tejash uchun issiqlik elektrostansiyalari o‘rniga gidroelektrostansiyalar ko‘paytirilmoqda.
Gidroelektrostansiya — bu daryo to‘g‘on bilan to‘silib, turbina parraklarining aylanishidan elektr toki olinadigan inshoot.
Neftni tejash uchun, birinchi navbatda, benzin sarf kamaytirish kerak. Hozirda kam benzin sarflaydigan avtomobillar ko‘proq ishlab chiqarilmoqda.
Elektr toki, ya’ni akkumulator bilan yuradigan avtomobillar ixtiro qilingan. Kelajakda shunday avtomobillar ko‘payadi.
Tabiiy gaz zaxirasi tez tugab qolmasligi uchun undan tejab foydalanishimiz zarur. Buning uchun xonadonimizda gazni behuda yoqib qo‘ymasligimiz lozim.
Kelajakda tabiiy gaz o‘rniga elektr plitalardan foydalanishni ko‘paytirish maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Metallardan foydalanishni tejash uchun ishdan chiqqan mashina va boshqa qurilmalarning metall qismi yig‘ib olinadi. Ular metallurgiya kombinatlarida eritilib yangidan turli buyumlar, mashina qismlari, mexanizmlar yasaladi.
Shuning uchun yaroqsiz holga kelgan metall buyumlar, mashina qismlarini yig‘ib olishga aholi ham jalb qilingan. Siz ham bu ishda ota-onalaringizga yordam bering.
Keyingi vaqtlarda ko‘pgina buyumlar, mashinalari, turli mexanizmlarni tayyorlashda metal o`rniga plastmassalar ishlatilmoqda (40- rasm). Plastmassalar esa turli chiqindilardan ham olinmoqda.
Foydali qazilmalarni turli yo‘llar bilan tejashga harakat qilinsa-da, ular tugab qolishining oldini olish katta muammo bo‘lib qolmoqda.
IV. Yangi mavzuni mustahkamlash:
Aziz o'quvchilar! Siz ham Vatanimiz tabiatini asrashga harakat qiling. Daraxt va butalar shoxlarini sindirmang, gullab turgan o'simliklarni bekorga yulib olmang. O'rmon, bog' va dalalarda yashovchi hayvon larni bezovta qilmang. Ularning uyasini buzmang, qusli bolalarini inidan olib, o'zingizcha boqmang, qushlargn xalal bermang.
Tabiat qo'ynida dam olib bo'lganingizdan so'ng atrofni ko'zdan kechiring. O'zingizdan keyin bu joylarda chiqindilarni qoldirmang.
Ko'kalamzorlashtirish ishlarida faol qatnashing. Maktabingiz va uyingiz atrofiga daraxt ko'chatlarini eking va parvarish qiling.
Tayanch so’zlar: oqilona foydalanish,tejash,gidro-elektrostansiya,zaxira.
Savollar.
1.Foydali qazilmalar nima uchun oqilona foydalanish zarur?
2.Ko’mirni tejash uchun nima qilish kerak?
3.Neftni qay tarzda tejash mumkin?
4.Tabiiy gaz qay tarzda tejaladi?
5.Metallarni tejash uchun qanday chora-tadbirlar ko’rilmoqda?
V.Darsda faol qatnashgan o`quvchilar rag`batlantiriladi. Oquvchilar bilimi baholanadi.
VI. Uyga vazifa berish. Savollarga jajob berishga tayyorlanib kelish.
13 – dars Mavzu: TUPROQ
Sana_____
Darsning ta’limiy maqsadi: O’quvchilarga tuproqning tarkibi, hosil bo'lishi haqida ma'lumotlar berish orqali tuproq haqida tasavvurlar hosil qilish T.k.1 muloqotga kirishish uchun zarur bo‘ladigan og‘zaki nutqni o‘zlashtirish T.k.2
mavzuga doir ma’lumotlarni kompyuter va boshqa manbalardan izlab topib, ulardan samarali foydalana olish.
Darsning tarbiyaviy maqsadi: O’quvchilarga tuproqning ahamiyatini tushuntirish orqali uni muhofaza qilish zarurligini uqtirish. T.k.3 o‘zini tuta olish, to‘g‘riso‘z bo‘lish, o‘zining xatosini tushunish.
Darsning rivojlantiruvchi maqsadi: tuproqning ahamiyati, tarkibi va hosil bo'lishini tushuntirish orqali o'quvchilarda tuproq haqidagi bilimlarni rivojlantirish. F.k.3o‘zi yashaydigan joyda tuproqni muhofaza qilish, uni o‘g‘itlab, minerallar bilan boyitish tadbirlarida ishtirok eta oladi.
Darsning jihozlari: tuproq namunasi, stakanda suv, metall idish, elektr plita, oyna, spirt lampasi, tuproqni qizdirish uchun idish, tuproqdagi o'simlik ildizi, o'simlikning tuproqdan oziqlanishi tasvirlangan rasmlar, darslik.
Darsda qo'llaniladigan metod: suhbatlashish, amaliy ishlar o'tkazish.
Darsning borishi:
I. Tashkiliy qism. O'quvchilar davomatini aniqlash, ularning darsga tayyorligini tekshirish, stakanda suv, spirt lampasi, tuproqni qizdirish uchun idishni o'quvchilarga ko'rinadigan joyga qo'yish, tuproq namunasi, tuproqdagi o'simlik ildizi, o'simlikning tuproqdan oziqlanishi tasvirlangan rasmlarni osish.
II. Uy vazifasini so'rash. Avvalgi darsda o'tilgan «Neft va tabiiy gaz» mavzusi yakunida berilgan savollar asosida o'quvchilar bilan suhbatlashiladi. Suhbatlashish davomida quyidagi qo'shimcha savollardan ham foydalanish tavsiya etiladi:
III. Yangi mavzuning bayoni.
Yangi mavzuni bayon etishni boshlashdan avval o'quvchilar bilan quyidagi savollar bo'yicha suhbatlashiladi:
— O'simliklar qanday yerda yaxshi o'sadi?
Bu bilan o'quvchilarni yangi mavzuga qiziqtiriladi.Tuproqda namlik saqlanilishi, oziq moddalarga boyligi tushuntiriladi. Tuproq yemirilgan tog' jinslari zarralari — gildan hamda chirindilar — gumusdan iborat. Gumus organik qoldiqlar, xususan, o'simliklarning mukroorganizmlar faoliyati natijasida chirigan mahsulotidir. Tuproqda bundan tashqari hamma vaqt suv, havo va ko'plab tirik organizmlar ham bo'ladi. Mikroorganizmlar, ayniqsa, ko'p. Bir gramm tuproq tarkibida milliardlab mikroorganizmlar bo'ladi. Unda turli xil o'simlik ildizlari ham mavjud. Tuproq tarkibida gumus moddasi ko'p bo'lsa, bunday tuproqlar unumdor hisoblanadi. Gumus tarkibida o'simlik uchun kerakli bo'lgan oziq moddalar ko'p bo'ladi. Qora tuproqlar gumusga boy bo'ladi. Tuproqdagi suvlar ham o'simlik hayotida muhim o'rin tutadi. Tuproq suvi bo'shliqlarga joylashib, oziq moddalarni eritadi va birgalikda o'simlik tanasi bo'ylab ko'tariladi.
Tuproqda juda ko'p mineral moddalar bo'ladi. Ulardan eng ko'p uchraydigani slyudalar, moyli mineral moddalar, temirli birikmalar, ohaktoshli birikmalar, kvars va boshqa moddalardir. Tuproq tarkibida kalsiy, kaliy, fosfor kabi moddalar o'simlik uchun, ayniqsa, muhim ozuqalardir.Tuproqning tarkibida nimalar borligini o'quvchilarga ko'rsatish uchun amaliy ishlar bajariladi. Amaliy ishlardan chiqadigan xulosalar o'quvchilar bilan muhokama qilinadi.Tuproqning qanday hosil bo'lishi tushuntirib beriladi.
Tuproq tarkibi.
Maysalar bilan qoplangan yer kovlansa, maysalarning ildizi atrofidagi tuproqni ko‘rish mumkin (41- rasm) Tuproqning qalinligi 4 m gacha bo‘ladi.
Tuproqning asosini gil tashkil etadi. Ba’zi joylarda tuproqda gil qum bilan aralashgan holda bo‘ladi. Tuproqning eng muhim xususiyati uning tarkibida o‘simlik va hayvonlarning chirindilari, turli minerallar, mikroorganizmlar mavjudligidir.
Tuproqdagi minerallarni temir, ohaktosh, kalsiy, kaliy, fosfor kabi moddalarning kukuni tashkil etadi.
Tuproq tarkibidagi mikroorganizmlar turli bakteriya va zamburug‘lardan iborat. Bakteriyalar ko‘zga ko`rinmaydigan nihoyatda mayda jonzotlardir. Zamburug`lar o‘simliklar kabi o‘sadigan va ko‘payadigan organizmlardir. Ular nihoyatda mayda bo‘ladi.
Tuproqning yuqori qatlami tuzilishi.
Tuproq orasida chuvalchang, chumoli, kaltakesak, ilon, yumronqoziq, ko‘rsichqon kabilar ham hayot kechiradi.Tuproq tarkibida havo va suv ham bor. Mikroorganizm va boshqa jonivorlar shu havo va suv hisobiga yashaydi.
Tuproq qanday hosil bo‘lgan?
Juda qadim zamonlarda Yer yuzida tuproq ham, o’simliklar ham, jonzotlar ham bo‘lmagan. Yer yuzidagi quruqlik sirti xarsangtoshlardan iborat bo‘lgan. Quyosh nuri, yog‘in va shamollar ta’sirida uzoq ,davrlar davomida toshlar nurab qum va gilga aylana boragan.O‘simliklar dastlab suvda paydo bo‘lgan. Shamol suv o’tlarini quruqlikka uchirib kelgan. Gilga aralashgan suv o‘tlari chirib, dastlabki tuproqlarni hosil qilgan.Tuproqlardan o‘tlar o‘sib chiqqan. Shu tariqa quruqlikda o’simliklar paydo bo‘lgan. Quruqlikda o‘simliklar ko‘payishi bilan ularning chirindilari tuproqni boyita borgan.
Davrlar o‘tishi bilan Yer yuzida turli hayvonlar paydo gan. Ularning chiqindilari va qoldiqlari ham tuproq aralashib, undagi o‘g‘itlarni ko‘paytirgan.Tuproq tarkibidagi mikroorganizmlar o‘simlik chirin- va hay von qoldiqlari bilan oziqlanadi. Bakteriyalar ay qoldiqlarni uzluksiz ravishda mineral modda- aylantira borgan. Tuproq shu tariqa hosil bo‘lgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |