Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti Pedagogika fakulteti, Pedagogika va menejment kafedrasi oʼqituvchisi Jamoldinova Sayyora Nodirbek qizi Namangan viloyati Mingbuloq tumanida tugʼilgan. Millati oʼzbek, maʼlumoti oliy, oilali 2 nafar farzandi bor. 2012 yil Namangan Davlat Universitetini “Pedagogika va psixologiya” yo’nalishi (bakalavr), 2020 yil shu universitetni “Pedagogika nazariyasi va tarixi ” mutaxassisligi (magistratura) bo’yicha tamomlagan. 2021 yildan Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti Pedagogika fakulteti “Pedagogika va menejment” kafedrasi o’qituvchisi hisoblanadi. Faoliyatim davomida Xalqaro jurnallarda - 3 , respublika OAK konferensiyalarda - 2 tadan ilmiy maqolalar chiqartirgan.
S.N.Jamoldinovaga ustoz-shogird tizimi boʼyicha biriktirilgan 1-kurs talabasi Muhammadova Zeboxon Zohid qizi “Bahor qizlari” 2022-o’quv yili ko’rik-tanlovining fakultet bosqichida 1-o’rinni va institut bosqichida ham faxrli 1-o’rinni olib diplom bilan taqdirlandi.
Hozirda 13.00.01- “Pedagogika nazariyasi. Pedagogik taʼlimotlar tarixi” ixtisosligida pedagogika fanlari boʼyicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun “Bo’lajak o’qituvchilarning konfliktologik madaniyatini rivojlantirish mehanizmlarini takomillashtirish” mavzusida dissertatsiya ishini tayyorlamoqda.
Jamoldinova Sayyora Nodirbek qizi tomonidan dars jarayonida qoʼllanilib kelinayotgan metod va texnologiyalar.