Toshkent tibbiyot akademiyasi



Download 68 Kb.
Sana27.01.2017
Hajmi68 Kb.
#1212
Toshkent tibbiyot akademiyasi.

I - Ijtimoiy-gumanitar fanlar kafedrasi.

Iqtisodiyot nazariyasi fani

Mavzu: 5- Sotsial- iqtisodiy tizimlar

Mavzu: Ijtimoiy- iqtsodiy tizimlar.

  1. Ijtimoiy- iqtsodiy tizim belgilari

  2. Ijtimoiy- iqtsodiy tizim turlari

  3. Ijtimoiy- iqtsodiy tizimlarning rivojlanishi va o‘rin almashinuvi



Adabiyotlar:

  1. O‘lmasov Axmad “Iqtisodiyot nazariyasi” Darslik T.2006-yil IV-bob

  2. Jo‘raev T. T. “Iqtisodiyot nazariyasi” (ma'ruzalar matni) I kism T. 2004-yil Moliya ins. VI bob

  3. Sh. Shodmonov, N. A. Alimov, T. T. Jo‘raev “Iktisodiyot nazariyasi” T.Moliya nashri 2002-yil III bob.

  4. Iqtisodiyot nazariyasi (Noiqtisodiy oliy o‘kuv yurtlari uchun)
    Umarov K. raxbarligida T. Universitet 2002-yil IV-bob


I. Ijtimoiy - iqtisodiy tizim belgilari.

Kishilarning iqtisodiy faoliyati jamiyatda kechadi, bu jamiyatda o‘ziga xos ichki tuzilishi, ya'ni anatomiyasi borki, uning tarkibida ijtimoiy-iqtisodiy tizim aloxida o‘rin tutadi. Ijtimoiy-iqtisodiy tizim - bu iqtisodiyot taraqqiyotining umumiy shart-sharoitidir.

Tizimlar baxolanganda turli nazariy oqimlar uning bosh mezoniga xar xil qarashadi. Bulardan biri bosh mezon sifatida

a) ijtimoiy-sinfiy farklarni olsa,

b) boshqasi tenologiya darajasini yoki tirikchilik ne'matlarini yaratish usullarini, yana boshkasi

v) boshqarishning turlicha bo‘lishini asos qilib oladi. Ammo ko‘pchilik nazariyalarda tizim belgilarga kompleks (yaxlitlikda) qarash zarurligi, ammo bu belgilar turlicha bo‘lish qayd etiladi.

Tizimlar baxolanganda moddiy, ijtimoiy-iqtisodiy va g‘oyaviy sharoit birgalikda qaralishi kerak. Bunda nimani va qanday usullar |bilan ishlab chiqarilishi aniq bo‘ladi.

Moddiy shart-sharoit belgilari bu yaratilgan maxsulot va xizmatlarning kanday bulishi, ya'ni ularning natural maxsulot yoki tovar maxsulot bo‘lishi, ularning tarkibiy tuzilashining kandayligi moddiy shakldagi yoki nomoddiy xizmat shaklida bo‘lishidan iboratdir.

Ammo moddiy shart-sharoit tavsiflanganda resurslarning kandayligi xam nazarda tutiladi. (tabiatdagi ne'matlar to‘g‘ridan-to‘g‘ri yerdan olib iste'mol etilishi yoki tabiatga tayanib maxsulotlarni ishlab chiqarish mumkin).

Ishlab chiqarishda qo‘l mexnatiga asoslangan, oddiy mashinalarni qo‘llashga, mukammal mashinalar turkumini qo‘llashga asoslangan texnalogiya... moddiy shart-sharoitlar tavsiflab, tizimlarni farqlantiradi.

Tizimlar belgilarini aniqlashda ishlab chiqarish shaxsiy insoniy omilining sifatli tavsiflari xam axamiyatlidir. Tizimlar qanday ish kuchining qo‘llanishi bilan xam ajralib turadi. Bir yerda:

a) umuman xat-savodsiz xech bir malaka talab qilmaydigan kishilarning ish kuchi ishlatilsa, boshqa yerda

b) dastlabki xat-savodni egallagan qandaydir kasbiy maxorat va tajribaga ega bo‘lgan ish kuchi qo‘llanadi, yani boshqa bir yerda

v) ilim darajasi g‘oyat yuqori, zamonaviy fan-texnika yutuqlarini qo‘llashga qodir, o‘z kasbini tez o‘zgartira oladigan va xarakatchan xodim mexnati ishlatiladi.

Xamma tizimlarda mexnat taqsimoti yuz berib, mexnat, birinchidan ixtisoslashadi; ikkinchidan, mexnat turlicha bir-biri bilan bog‘lanib, bir-birini to‘ldiradi. Natijada maxsulot jamiyatdagi o‘zaro bog‘langan mexnat turlarining natijasi bo‘ladi.

Xamma tizimlarda mexnat turlari o‘rin almashadi, kishilar bir mexnatdan boshqa mexnatga o‘tadilar, o‘z kasblarini o‘zgartiradilar. Turli tizimlarda, ularni tashkil (qiluvchi) etuvchi unsurlarning o‘zaro bog‘lanishi xar xil bo‘ladi. Shunday bog‘lanishlar orasida omillarni birlashish usuli asosiy o‘rin tutadi, shu jixatdan tizimlar farqlanadi.

Tizimlar tafsilotida ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarning mazmuni muxim mezon rolini o‘taydi. Buni eng avvalo mulkchilik belgilab beradi. Mulkchilik munosabatlari jamiyatdagi boyliklarni o‘zlashtirish xususidagi iqtisodiy munosabatlardir. Mulkchilik, birinchidan, inson bilan boylik bo‘lmish

buyum yoki boshqa narsa o‘rtasidagi munosabat, ikkinchidan, boylik xususida kishilar o‘rtasida yuzaga keladigan munosabatdir.

Kishilar buyumlarni o‘ziniki qilib olgandagina o‘zlashtirishlari mumkin, chunki jamiyatda o‘zganikini o‘zlashtirib bo‘lmaydi. Mulk soxibi mustaqil o‘z mulkiga tayanib ish yuritadi, u qaram emas. Mulksiz, o‘zga mulkini ijaraga olib faoliyat yurgizishi mumkin, yoki mulkdorga yollanib, yoki nochorlikdan unga qaram xolda ishlashi, birovning qo‘liga qarab qolishi mumkin.

Iqtisodiy tizim baxolanganda mulk kimniki bo‘lishining o‘zi kifoya qilmaydi, buning uchun mulkning qanday usulda iqtisodiy jixatdan amalga oshirilishi, ya'ni mulkdan qanday yo‘llar bilan daromad topilishini xam xisobga olish zarur.

Turli tizimlar ularda qaysi mulk shaklining ustuvorligi bilan xam ajralib turadi. Tarixan jamoat mulki, xususiy mulk va davlat mulki mavjud bo‘lgan, lekin bu mulklarning ichki tuzilishi farqlangan, ular xal xil usulda iqtisodiy jixatdan amalga oshgan.

Turli tizimlarda quyidagi mulk shakllari amal qiladi:

1. xususiy mulk- bu yrim soxiblarga tegishli bo‘lib, uning ikki ko‘rinishi bor (induvilual, korporativ xususiy mulk).

2. jamoat mulki- bu jamoaga birlashgan kishilarning umumiy mulki.

3. davlat mulki- bu davlatga qarashli resurslar va yaratilgan maxsulotlarning, umuman boylikning davlat tomonidan o‘zlashtirilishini bildiradi.

Aytilgan mulk shakllari xamma tizimlarga xos bo‘ladi, lekin ular turli qorishmalardamavjud. Bu yerda mulk shakllarining nisbati ulardan qaysi birining ustuvorligi bilan tavsiflanadi. Tizimni tavsiflovchi iqtisodiy munosabatlar mulkchilik bilan cheklanmaydi, balki xo‘jalik aloqalarining xarakteri, mexnat stimullarining qandayligi bilan xam ajralib turadi.

Tizimlar iqtisodiyotni boshqarish usullari bilan xam tavsiflanadi. Bir yerda boshqarishning iqtisodiy zo‘rlash mexanizmi bo‘lsa, boshqa yerda guruxiy manfatga intilish yoki individual manfatlarni yuzaga chiqarish, ya'ni iqtisodiy rag‘batlantirish mexanizmi amal qiladi, Yana boshqa yerda mexnatga siyosiy-g‘oyaviy undash,moddiy emas, balki ma'naviy- ruxiy stimullarga urg‘u beriladi.

Tizim deganda uning tarkibida noiqtisodiy munosabatlarni, xususan, mafkuraviy munosabatlarni xam qurish kerakki;ular siyosiy, xuquiy, axloqiy, diniy va boshka shakllarga ega bo‘ladi. Ammo ularning xar birida iqtisodiyot muxri bor.

Turli tizimning o‘z iqtisodiyotga mos ravishda o‘z dunyoqarashi mavjud bo‘ladi. G‘oyasiz odam bo‘lmaydi, u ma'lum g‘oyaga rioya qilib ish tutadi. Demak, mafkurasiz tizim bo‘lmaydi.

Bir tizimda mustabitlik va zo‘rlik g‘oyasi bo‘lsa, boshqasida erkinlik va demokratiya g‘oyasi, yana boshqasida davlatga tobelik va itoatkorlik g‘oyasi ustuvor bo‘ladi. (mashxur ingliz iqtisodchisi M.Keyns aytganidek, dunyoni iqtisodchilar va siyosatchilar boshqarib turadi).

G‘oya etiqodning o‘zi bilan cheklanmay, ma'lum xatti-xarakatlarni keltirib chiqaradi. Iqtisodiy siyosat xam tizimga kiradi. Bu iqtisodiy soxada yo‘l-yo‘rik va chora-tadbirlar majmuasi bo‘lib, ma'lum maqsadni ko‘zlaydi. Ular iqtisodiyotga

ta'sir etish vositasi xisoblanadi. Iqtisodiy siyosatni davlat yoki ayrim mulk soxiblari yuritadilar. Bunday umumdavlat manfati individual yoki guruxiy manfat ko‘zlanadi.

Demak, tizimlarning qiyofasini bir qator belgilar shakllantiradiki, bular moddiy ashyoviy, shaxsiy- insoniy, ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy-g‘oyaviy belgilardir. Bulardan eng asosiysi ijtimoiy-iqtisodiy belgilardir. Ammo boshqa belgilarni xam nazardan qochirib bo‘lmaydi, chunki ular xam iqtisodiy rivojlanishga ta'sir etadi.

Shu sababli tizimlarning asosida iqtisodiyot yotsa-da, ularni sof iqtisodiy xolda emas, balki boshqa belgilar bilan xam tavsiflash zarur.


II.Ijtimoiy- iqtsodiy tizim turlari

Iqtisodiy faoliyat xar doim tizimlar doirasida kechadi. Bulardan xar

birining o‘z xususiyatlari bo‘ladi. Yuqorida aytib o‘tilgan belgilar asosida aniq

tizimlar baxolanganda ular uch tipga ajratiladi. Bu an'anaviy tizim, bozor tizimi va totalitar-rejali tizimdir. Bular orasida ilk bor shakllangan, eng

ko‘xna tizim- bu ananaviy tizimdir.

An'anaviy tizim .

Insonning iqtisodiy faoliyati dastlab mana shu tizimda yuz bergan. Uning alomatlari sarqit sifatida uzoq saqlanadi, xatto xozir xam onda-sonda uchrab turadi. An'anaviy tizim xukumron bo‘lgan davr g‘oyat uzun davrdir.

An'anaviy iqtisodiyot- bu o‘ta zaif ishlab chiqarish omillariga tayangan, kam unumli natural ishlab chiqarishga, an'analar shakliga kirgan ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarga asoslangan iqtisodiyotdir.

An'anaviy tizim ishlab chiqarish omillarining kuchsizligi, iqtisodiyotda tabiiy resurslarning birlamchi bo‘lishi bilan ajralib turadi. Ishlab chiqarish faoliyati tabiatdan tartibsiz va xatto vaxshiyona foydalanishga asoslanadi. Iqtisodiyot g‘oyat resurstalab bo‘ladi, chunki resurslarning tejamlanishini ta'minlovchi texnologiya rivojlanmagan bo‘ladi.

Ishlab chiqarishda qo‘l mexnati ustuvor, tabiat kuchlaridan oddiy usulda foydalaniladi. Tabiatda mavjud energiya manbalari ishlatiladi. Dastlab tabiatda uchraydigan maxsulotlar terib olinib ist'emol qilinadi, so‘ngra tabiatga tayanib maxsulotlar ishlab chiqariladi. Mexnat unumdorligi g‘oyat past bo‘lib, bu maxsulotlarni xammaga yetarli qilib ishlab chiqarish imkonini bermaydi, turmush darajasi past bo‘ladi.

An'anaviy tizim dastlab jamoat mulki, so‘ngra esa individual xususiy mulkka tayanadi. Ana'naviy tizimga natural ishlab chiqarish xos bo‘ladi. Natural xo‘jalik mayda, tarqoq bir xil tipda xo‘jaliklarning massasidan, ya'ni dexqon, oilaviy, davlat va jamoa, yirik yer egalari xo‘jaliklaridan iborat bo‘lgan. Bu xo‘jaliklarda ishlab chiqarish xom ashyoni olishdan boshlab, to tayyor maxsulot iste'moligacha bo‘lgan mexnat jarayonini o‘z ichiga oladi.

Ishlab chiqarish agrar xarakterida bo‘lgan, ya'ni uning asosini qishloq xo‘jaligi tashkil etadi, sanoat esa uning qo‘shimchasi xisoblanadi. An'anaviy tizimga iqtisodiy avtarkizm, ya'ni iqtisodiyotning o‘z qobig‘iga o‘ralib bekik xolda bo‘lishi, iqtisodiyotning yopiqligi xosdir.

Ish kuchi va moddiy resurslar muayyan xo‘jalikka juda qatti biriktirib qo‘yiladi va ko‘chib yurishdan maxrum bo‘ladi. Bu bilan iqtisodiy o‘sish yo‘llari xam to‘sib qo‘yiladi. Bu tizimda ishlab chiqarishning kengayishi uzoq davrda, g‘oyat sustlik bilan boradi. Bu qo‘shimcha resurslarni jalb etish xisobidan, ya'ni qo‘shimcha ish kuchi va tibbiy resurslarni ishlab chiqarishga kiritish xisobidan buladi.

Ishlab chiqarish xajm jixatdan juda kichik, uning turlari esa oz bo‘lganidan eng oddiy extiyojlarni qondirishga bo‘ysundiriladi.

An'anaviy tizim konservativ, eskilikka moyil bo‘lib, yangilikni kamdan-kam yaratadi, uning asrlar davomida saqlanishi xam shunda. Unga o‘ta arxaik, ya'ni dakkiyunusdan qolgan munosabatlar xos bo‘lib, ular uzoq vaqtgacha saqlanib keladi.

Bu asrlar osha avloddan-avlodga o‘tgan iqtisodiy odatlar va ko‘nikmalardan iborat bo‘ladi, ular uzoq vaqt saqlanib qolganidan an'analar shakliga kiradi. Bu tizimni an'anaviy deb atalishi xam shunda. Bu tizim g‘oyat uzoq saqlansada, uning bag‘rida sekin-asta bozor munosabati rivojlanib, yangi tizim paydo bo‘ladi.

Bozor tizimi.

Bu an'anaviy tizim o‘rniga kuluvchi yangi tizimdir. U o‘zining bir qator belgilari bilan o‘tmishdoshidan ajralib turadi.

Bozor iqtisodiyoti - bu mukammal ishlab chiqarish omillariga ega bo‘lgan, tovar-pul munosabatlariga asoslangan, aniq ijtimoiy mo‘ljali bor, bozor signallariga binoan va pul vositasida boshqarib turuvchi iqtisodiyotdir. Bozor iqtisodiyoti mashinalashgan ishlab chiqarishga asoslanadi. Bu yerda ishlab chiqarishning moddiy omillari serunum mashinalar tizimidan iborat. Ashyoviy resurslar faqat tabiiy bo‘lmasdan, balki yangidan yaratilgan xam bo‘ladi. Texnikaviy darajasi yuqori, mashinalashgan industrial ishlab chiqarishga mos ravishda savodli, malakasi va ish tajribasi yuqori bo‘lgan xodimlar ish kuchi qo‘llaniladi.

Ishlab chiqarishning omillari rivoj topganidan yuksak, ilgari bo‘lmagan mexnat unumdorligiga erishiladi. Ishlab chiqarishda qo‘llaniladigan tabiiy resurslar samarali ishlatilishi bilan birga tiklanib, ya'ni qaytadan xosil etilib xam turiladi.

1. Bozor tizimi xilma-xil mulkchilikka asoslanadi, ammo xususiy mulkchilik ustuvorlik qiladi. Bundan tashqari jamoa va davlat mulki xam amal qiladi. Ammo xech bir mulk monopoliyasi- yakka xukumronligi tashkil topmaydi, chunki mulklar o‘rtasida muvozanat saqlanadi, bir mulkning boshqasi tomonidan siqib chiqarishi yuz bermaydi, chunki xamma mulk shakllarining erkin rivojlanishi kafolatlanadi.

2. Bozor iqtisodiyotida maxsulotlar tovar shakliga ega bo‘ladi. Ular oldi-sotti kilish orqali ayriboshlanidi. Tovar maxsulot va xizmatlarning umumiy shakliga aylanadi. Bu bilan bozor tizimi an'anaviy tizimdan tubdan farqlanadi. Bozor iqtisodiyoti uch sub'ektlidir. Bular firmalar, xonadonlar va davlatdir Ular o‘rtasidagi munosabatlar tovar-pul munosabatlaridir. Firmalar tovar ishlab chiqarsalar, xonadonlar uni sotib oladi. Xonadon firmalarga resurs yetkazib beradi. Davlat idoralari va maxkamalari firmalar va korxonalarga xizmat ko‘rsatadi, ulardan esa resurslar va tayyor tovarlarni sotib oladi. Bozor tizimida ayriboshlash barter shaklida emas, balkai pul vositasida oldi-sotti kilish (orqali) shaklida bo‘ladi.

3. Bozor iqtisodiyoti erkin iqtisodiy tanlov qoidasiga asoslanadi. Nimani, qancha va kim uchun ishlab chiqarish zarur degan muammoni bozorning o‘zi xal qiladi. Bozordan keladigan signal (narx) ga qarab nima kilish aniqlanadi, shunga binoan resurslar taqsimlanadi va ishlatiladi. Faoliyat turi erkin tanlanadi, xamma ishlab topganini o‘zi oladi.

4. Bozor munosabatlarining xar bir sub'ekti (korxonami, davlatmi, ayrim kishilarmi) o‘z maanfatini ko‘zlab faoliyat yuritadi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida o‘zaro munosabatlar manfaatlarini ko‘zlagan xolda o‘rnatiladi. Bozor.esa xaridor bilan sotuvchi bir-birini erkin tanlaydi. Bozor iqtisodiyotida tovar taqchilligi bo‘lmaydi, shu sababdan bozorda ishlab chiqaruvchi emas, balki iste'molchi o‘z izmini o‘tkazadi.

5. Bozor iqtisodiyotining yana bir belgisi narx-navoning erkin tashkil topishidir. Tovarlar narxini davlat belgilamaydi, narx bozordagi talab va taklifga qarab, xaridor bilan sotuvchining savdolashishiga binoan yuzaga keladi. Bozor munosabatiga kelishilgan narxlar xizmat qiladi. Ular esa pul bilan o‘lchanadi.

6. Bozor iqtisodiyotining belgisi uning iqtisodiy mexanizmida raqobatning mavjudligidir. Raqobat moddiy va mexnat resurslarini kam sarflagan xolda ko‘plab va sifatli tovarlar ishlab chiqarishga undaydi. Shu jixatdan rakobat bozor iqtisodiyotini xarakatga soluvchi kuchdir.

7. Bozor iqtisodiyoti erkin bo‘lganidan u monopoliya bilan sig‘ishmaydi. Monopoliya raqobatni cheklaydi, turg‘unlikni yuzaga chiqaradi, tashabbusni chegaralaydi. Shu sababli bozor iqtisodiyoti u bilan chiqisha olmaydi. Mana shu jixatdan bozor iqtisodiyoti antimonopol yo‘nanishga ega.

8. Bozor iqtisodiyoti ijtimoiy yo‘nalishi bor iqtisodiyotdir, ya'ni u pirovardida farovonlikni ta'minlishga qaratiladi. Bozor ish qobiliyati bor kishilarni yaxshi ishlab, yaxshi pul topishga undaydi. Bozor tizimida boy bo‘lish ta'qiqlanmaydi. Ishlab pul topish qobiliyati esa xar xil, shu sababli kishilar daromad jixatidan jiddiy farqlanadilar.

Axolii boy, o‘rta xol va kambag‘al qatlamlarga ajraladi.

Totalitar- rejali tizimi. /

Bu tizim bozor iktisodiyoti rivojlanishini zurlik rilan, ya'ni revolyusiya vositasida tuxtatib kolish va uni majburan rejalashtirish yuliga utkazish orkali yuzaga keladi.

Totalitar rejali iktisodiyot- bu davlatlashtirilgan, ijtimoiy mulkka tayangan bir markazdan turib rejalashtirishga va boshkarishning ma'muriy buyruqbozlik usullariga asoslangan iqtisodiyotdir. Bu tizimga iqtisodiyotning

xamma jabxalarini, xam resurslar, xam maxsulot va xizmatlarga davlatlashtirilishi xosdir. Bu yerda barcha m|oddiy resurslar davlat mulkiga aylantiriladi, xatto unga kirmay qolgan boshqa mulkka oid resurslar xam amalda davlat tasarrufida bo‘ladi, lekin boshqa mulklar yuzaki e'tirof etiladi. Davlat va jamoa mulkiga ijtimoiy mulk maqomi beriladi va bu xususiy mulkka qarshi qo‘yiladi. Davlat mulki monopoliyasining o‘rnatilishi iqtisodiyotni xam davlatlashtiradi. Nimani, qancha va kim uchun ishlab chiqarish zarurligini davlat rejalari belgilab beradi.

A) Totalitar tuzimning belgisi rejalashtirishning o‘zini borligi emas, balki uni markazlashgan bo‘lishi, nima qilinishini davlat yuqoridan belgilab berishi va shunga ko‘ra resurslarni va yaratilgan maxsulotlarni taqsimlanishidir.

B) Reja tavsiyaviy emas, balki majburiy bo‘ladi. Reja qonun degan qoida bo‘lib, bu davlat tasdiqlagan rejani xech kim buzishga xaqli emas degani bo‘ladi. Rejalashtirish korxonalarni bir qolipga solib qo‘yadi, uning oyok-qo‘li bog‘lanib, tashabbusi bo‘g‘iladi. Uni nima ish kilishi, resursni qaerdan va kimdan olishi, maxsulotni kimga yetkazib berishini oldindan davlat rejasida belgilanib qo‘yiladi.

V) Resurslar va tayyor maxsulotlar narxini xam davlat yuqoridan belgilab beradi. Narxlar qat'iy bo‘lib, ularni xech kim o‘zgartira olmaydi. Daromadlarning taqsimlanishi xam davlat belgilangan tartibda boradi. Ish xaqqi, pensiya va nafaqalar miqdorini davlat belgilaydi. Ularni o‘zgartirish xam davlat ixtiyorida bo‘ladi.

G) Rejali iqtisodiyot amalda yopik iqtisodiyot, uning tashqi aloqalari rejalashtiriladi, ular faqat tuzimi bir xil davlatlar bilan chegaralaniladi. Bozor iqtisodiyoti bor mamlakatlar bilan aloqalar onda-sonda, o‘xtin-o‘xtin yuz beradi, ular muntazam bo‘lmaydi.

D) Rejali iqtisodiy tizimga ommaviy tovar defitsiti xos bo‘ladi. Taqchillik xam resurslarga, xam istemol tovarlariga xos bo‘ladi. Defitsit natijasida ommaviy chayqovchilik yuzaga keladi, chunki kerakli pulga tovarlar topish qiyinlashadi.

ye) Rejali tizimda manfatlar ierarxisiyada birinchi o‘rinda davlat manfati, ikkinchi jamoa manfati, uchinchi inson manfati turadi. Bu yerda bir tekis taqsimlanish qoidasi amal qiladi. Oz bo‘lsada, xammaga bir xil daromad berishga moyillik bo‘ladi. Boy bo‘lish taqiqlanadi, ko‘p daromad topishga intilish taqiqlanadi. Umuman shaxsiy daromad chegaralanib bir qolipga solib qo‘yiladi. Bu iqtisodiy stimullarni zaiflashtiradi, chunki induvidual manfaat mensilmaydi, u orqaga suriladi. Iqtisodiy stimullar sustligidan shijoat, ma'naviy-siyosiy stimullarga ustuvorlik beriladi.

K) Iqtisodiyot davlatlashtirilganidan milliy boylikning katta qismi davlat ixtiyorida bo‘ladi, axolining bu boylikdagi xissasi g‘oyat pastligi bilan ajralib turadi.

L) Rejali buyruqbozlik tizimi demokratiyaga va xurriyatga zid, uning siyosiy tizimiga totalitarizim va diktatura (xokimiya zo‘ravonligi) xos bo‘ladi. Bu tizimning mavkurasi kommunistik mafkura xisoblanadi, buning muxim belgisi faxriylik- xudosizlik bo‘lib, xar qanday dinni inkor etishdir. Bu mafkuraning boshqa muxim jixatlari kommunistik g‘oyaga sodiqlik, bitta partiyaga sig‘inish, ijtimoiy tenglik, milliylikni tan olmay, baynalminallikni ulug‘lash, o‘zgacha g‘oyalarni dushman g‘oyasi deb qarash, unga qarshi shavqatsiz kurash kabilardir.


III.Ijtimoiy - iqtisodiy tizimlarning rivojlanishi.

Insoniyat taraqqaiyoti to‘xtovsiz bo‘lganidan tizimlar xam rivojlanadi, ular kelib-ketib turadi. Tizimlar taraqqiyoti tabiiy- tarixiy jarayondir. Bu esa avval mavjud tizimlarni ichki rivojlanishida, so‘ngra bir tizim o‘rniga boshqasining qaror topishida ko‘rinadi. Tizim ichki rivojlanishi yuz berganda birinchidan, uning quyi bosqichidan yuqori bosqichiga o‘tiladi. Ikkinchidan, bir tizim ichida yangi tizim belgilari shakllanadi. Masalan, an'anaviy tizim o‘z rivojida bir necha bosqichdan o‘tadi, ma'lum bosqichga kelib, unda bozor tizimi belgilari yuzaga keladi. Bu tizimda pul bo‘lmagan bosqich o‘rniga pul paydo bo‘lgan va u ayriboshlashda ishtirok etadigan bosqich keladi yoki jamoat mulki ko‘p bosqichdan xususiy mulk ustuvor bosqichga o‘tiladi.

Xudi shuningdek, bozor tizimi xam ko‘p bosqichli bo‘ladi, u qo‘l mexnatga asoslangan yirik xo‘jalikdan mashinalashgan yirik tovar ishlab chiqarishga o‘tadi, bu bosqichda pul universal iqtisodiy vosita bo‘lib qoladi.

Bozor tizimi tarixan ikki davrni o‘z ichiga oladi:

1. asosiy yoki yovvoyi bozor iqtisodiyoti bosqichi (buni erkin raqobatli kapitalizm deb atashgan);

2. sivilizatsiyalashgan bozor iqtisodiyoti (buni aralash iqtisodiyot deyiladi) bosqichi.

Rejali tizim xam ko‘p bosqichli bo‘lgan. Dastlab rejali iqtisodiyotga o‘tish davri bo‘lgan, so‘ngra qaror topgan rejali iqtisodiyot va nixoyat inqirozga yuz tutgan rejali tizim davrlari bo‘lgan. Tizimlar rivojida ularning o‘rin almashinuvi xam yuz beradi. Bir tizimning rivojlanishi imkoniyatlari tugallangach boshqa yangi tizimga o‘tiladi. Shu tizimda an'anaviy iqtisodiyot bozor iqtisodiyotiga o‘tish, rejali tizimdan bozor tizimiga qaytish yuz beradi.

Tizimning o‘rin almashuvi iqtisodiy zarurat bo‘lgandagina yuz beradi. Bir tizim saloxiyati tugagach, boshqa saloxiyat istiqbolli tizimga o‘tadi. Saloxiyatning tugallanishi tizim ichidagi muvozanatning buzilishidan kelib chiqadi. Tizimlar uchun umumiy belgi ularda muvozanatning bo‘lishidir. Muvozanat esa tizimning turli tomonlari o‘rtasidagi muvofiqlik. Muvozanatning statik (bir xolatdagi) va dinamik (o‘zgaruvchan) ko‘rinishlari mavjud.

Tizim normal rivojlanishi uchun statik va dinamik muvozanatlar o‘zaro muofiqlashuvi kerak. Muvozanat bor joyda jadal io‘tisodiy o‘sish bo‘ladi, chunki iqtisodiy stimullar ish beradi. Turli tizimlarga baxo berilganda ularning xalk farovonligi uchun nima bera olganligi bosh mezon bo‘ladi. Statik muvozanat-iqtisodiy manfaatlarning uyg‘unlashuvi. Axolining sotsial guruxlari, ayrim shaxs yoki xo‘jalik sub'ektining o‘ziga xos manfatlari borki, ular mos kelishi zarur. Bodiyu manfaatlar to‘qnashib qolsa, jamiyatdagi ijtimoiy muvozanat buzilib, o‘zaro kurash boshlanadi va bu xarakatlar iqtisodiyotni izdan chiqarib yuboradi.

Dinamik muvozanat xam manfaatlarning moslashuvi, lekin bu xodisa iqtisodiy o‘zgarish borayotgan sharoitda yuz beradi. Manfaatlar maxsulotni ko‘paytirishni talab qiladi. Buning uchun ishlab chiqarish samaradorligi ortishi kerak. Bu o‘z navbatida moddiy manfaatdorlik va javobgarlikning talab qiladi. Iqtisodiyotni rivojlantiruvchi kuch yuzaga kelishi uchun xamma manfaatlar uyg‘unlashuvi zarur va uyg‘unlashadi xam. Osoyishtalik va o‘zaro muvofiq xarakatlar iqtsodiyotni olg‘a siljitadi.

Xozirga taraqqiyot bosqichida turli tizimlarning samarali ekanligini xalq farovonligining o‘sishi ko‘rsatib turadi. Farovonlikni oshira boshlash yoki oshira bilmaslik tizimning yashovchanligi yoki uning boshqasi bilan almashtirish zarurligini bildiradi.

Rejali tizim shu sababdan barbod bo‘ldiki, u xalq farovonligini zamonaviy talab darajasida oshira olmadi, boshqa zamondosh tizimlarga nisbatan xalqqa farovonlik berishda o‘z afzalligini ko‘rsata olmadi, u inqirozga yuz tutdi. Ayni bir vaqtda bozor iqtisodiyotiga o‘tish mazkur tizim sharoitida yuksak farovonlikka erishish mumkinligidan kelib chiqadi.

Tizim inqirozga yuz tutganda ishlab chiqarishning o‘sishi avval sustlashadi, so‘ngra turg‘unlik paydo bo‘ladi va nixoyat uning pasayishi boshlanadi. Shunga mos ravishda axolining turmush darajasi o‘sishdan to‘xtaydi va xatto pasayib ketadi. Inqiroz boshqa tizimga o‘tishni zarur qilib qo‘yadi, chunki mazkur tizim doirasida iqtisodiy va ijtimoiy muammolarni samarali xal qilib bo‘lmaydi. Bularni xal etish yangilanishni talab qiladi. Ammo yangilanish tizimi saqlanib qolganda xam yuz beradi, chunki tizim ichki jixatdan takomillashadi. Xozir bozor tizimi umumbashariy, lekin u XIX aerdagi bozor tizimi emas.

Keyingi 50-70 yil davomida uning yangilanishi yuz berdi, u sivilizatsiyalashgan iqtisodiyotga transformatsiyalashdi (aylandi). Individual mulk o‘rniga korparativ mulk asosiy bo‘lib qoladi. Mulkdorlar doirasi oddiy ishchi va xizmatchilar xisobiga kengaydi, ular foydani olishda ishtirok eta boshladilar, ular boshqarishda xam katnasha boshladilar, ularga korxona ijtimoiy yordam ko‘rsata boshladi, oilaviy yirik mulkdorlar planlari tugallandi, mulk ko‘pchilik orasida tarqalib ketdi.

Ishlab chiqarishda ko‘r-ko‘rona, tusmollab ishlash yo‘qqa chiqdi. Korxonalar bozor talabini xisobga olib o‘z ishlarini rejalashtiradilar, muntazam partnerlik aloqalarini o‘rnatadilar.

Davlat iqtisodiyotda faol ishtirok etadi. Bular bozor tizimida sifatli o‘zgarish yuz berganini bildiradi.



Bu bozor tizimi davr talabiga moslashib olganining va shu sababli barqaror iqtisodiy o‘sish va xalq farovonligini oshirishga erishilganligining dalolatidir.
Download 68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish