Bajardi: maxkamova munisa 5-19 guruh Misr ehromlari qadimiy inshootlar bo`lishi bilan birga sirli va mo`jizaviydir. Uning qurilishi, arxitekturasi, ichki joylashuvlari- haqiqiy jumboqdir. Misrda hammasi bo`lib 118 piramida ehromlar bor. Mashhurligi bilan butun dunyoga nom taratgan Buyuk Xeops ehromi barcha Misr ehromlarining yuzi hisoblanadi va kattaligi bilan ajralib turadi. U haqda ko`plab afsona va jumboqlar mavjud. Ushbu piramidaning qurilishiga naq yigirma yil ketdi va eramizdan avvalgi 2560-yilda qurib bitkazildi. Buyuk Misr ehromining balandligi 146,5 metr, u 4 ming yil davomida dunyoning eng baland inshooti hisoblanib kelingan. Xeopsning o`g`li Xefrenning ehromi 10 metrlik platoda qurilgan, shuning uchun Xeops ehromidan baland ko`rinadi, aslini olganda esa unday emas. Uning haqiqiy balandligi- 136,4 metrga teng. Mikerina ehromi avvalgi ehromlardan kichikroq bo`lib, ulardan kechroq qurilgan. Uning balandligi -66 metr, asosining uzunligi esa-108,4 metrga teng. U kichkina bo`lishiga qaramasdan, shu uch ehromlar ichida eng chiroyligi hisoblanadi. Mikerina ehromi katta ehromlar davrini kuzatib qo`yishga muvaffaq bo`ldi. Undan keyin qurilgan barcha ehromlar kichik hajmda barpo qilingan. Misrning katta piramidalaridan biri- bu Djoser ehromidir. Bu ehrom Sakkara qishlog`ida joylashgan bo`lib, naq Imxotepning o`zi tomonidan Djoser fir`avn uchun barpo qilingan. Maydoni- 125 metrga 115 metr, balandligi esa- 62 metrga teng. Bu Misrning eng birinchi ehromi hisoblanadi va shunga qaramay yaxshi saqlanib qolingan. Ko`rinishi jihatidan eng noyob piramida –bu Medume ehromidir. U Misr poytaxtidan 100 metr janubroqda joylashgan bo`lib, Xuni fir`avni tomonidan qurila boshlangan, biroq uning o`g`li Snofru uni oxirigacha qurib bitkazgan. Ehromning avvaliga 8 ta zinapoyasi bor edi, biroq bizning davrga kelguncha bor-yo`g`I oxirgi uchtasi qolgan, xolos. Piramidaning balandligi- 118 metr, maydoni esa 146 ga 146 metr. Pushtirang piramida esa qurilishda ishlatilgan o`zgacha tosh tufayli shunday tusga ega. Bu ehrom balandligi bo`yicha Xeops va Xefren piramidalaridan keyin uchinchi o`rinda turadi. Balandligi 104,4 metr. Tarixchilarning aytishlaricha, ushbu ehromni biz tanishib o`tgan Snofru fir`avni barpo qildirgan. Pushtirang ehrom yaqinida Qiyshiq ehrom joylashgan. U eramizdan avvalgi XXVI asrda qurilgan bo`lib, no`to`g`ri ko`rinishga ega bo`lganligi uchun shunday nom olgan. Ehrom uch etapda qurilgan bo`lib, har birida har xil burchakli qiyaliklar yasalgan. Djoser ehromi yaqinida Sakkarada Userkafa piramidasi joylashgan bo`lib, bu inshoot avvalgilaridan ancha keyin barpo qilingan. Shunga qaramay yaxshi saqlanmagan, uning faqat balandligi-49,4 metr va asosining uzunligi- 73,30 metrga tengligi haqidagi ma`lumotni keltirish mumkin. Sakkaradan uncha uzoq bo`lmagan joyda Sahuraning beshinchi shajarasi fir`avniga tegishli ehrom joylashgan. Ushbu shajaring keying majmualari ham shunday ko`rinishda qurilgan. Afsuski bizning davrimizga kelguncha bu ehrom yaxshi saqlanib qololmagan. Sakkaradagi Unisa ehromi shunisi bilan mashhurki, uning dafn zalining devorlarida qadimgi iyerogliflar- “Ehromlar matni” tasvirlangan. Ko`plab olimlar ushbu matnlarning ma`nosini o`rganishni haliyam davom ettirmoqdalar. Misr aholisi uchun din kundalik turmushning ajralmas bir bo`lagi hisoblangan. Qadimgi misrliklar xudolar hayvonlar siymosiga o`tib olib, mushuk, qo`y, ho`kiz, arslon, sigir shaklida odamlar orasida yashaydi deb hisoblashgan. Misrliklar xudolarning bir qancha joni mavjud: ulardan biri hayvon tanasida, boshqasi esa haykalida yashaydi deb o`ylashgan. Qadimgi Misr podsholigining poytaxti Memfisning o`z xudosi- Ptax bo`lgan. Ptax misrliklar e`tiqodicha, olamni yaratayotganida har bir narsaning nomini odamga o`rgatgan. Misrliklar o`z xudolariga butunlay ishonishgan, har bir ishni bajarishga kirishishdan avval ulardan maslahat, madad yoki rozilik so`rashgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |