Toshkent irrigatsiya va qishloq xo'jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti



Download 50 Kb.
Sana04.02.2022
Hajmi50 Kb.
#429701
Bog'liq
Ajiniyazov M.J. Isomiddinov S.U


O'ZBEKISTONNING GIDROENERGETIK POTENTSIALI
Ajiniyazov Miyratdin Japak o’g’li. Isomiddinov Sardor Umidjon o’g’li
“Toshkent irrigatsiya va qishloq xo'jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” milliy tadqiqot universiteti mini va mikro gidroelektrostansiyalar yo'nalishi magistrantlari
Anotatsiya: Ushbu maqolada Oʻzbekistondagi gidroenergetik stansiyalar hamda O‘zbekistonning gidroenergetik potensiali haqida ma‘lumotlar berilgan.
Kalit so'zlar: Gidroenergetika, stansiya, Chorvoq ,Farhod, Boʻzsuv, Chorvoq, deivatsiya kanali, bosim, Inshoat, gidrotexnika.
Gidroelektr stansiya (GES) -suv oqimining energiyasini gidravlik turbinalar yordamida elektr energiyasiga aylantirib beradigan gidrotexnika inshootlari va energetika jihozlari majmui. Gidrotexnika inshootlari toʻgʻon yonidagi, derivatsion va aralash turlarga boʻlinadi. Toʻgʻon yonidagi GESlarda toʻgʻon yordamida suv sathi koʻtarilib, kerakli bosim hosil qilinadi. GES binosi 3 xil joylashtiriladi: 1) toʻgʻon yonida; 2) toʻgʻondan chetrokda; 3) toʻgʻondan pastda, daryo oʻzanida. Toʻgʻon yonida va daryo oʻzanida quriladigan GES larda suv bosimini toʻgʻon hosil qiladi. Bunday GES lar suvi koʻp boʻlgan, tekis oqadigan togʻ daryolariga, soyliklarning toraygan joyiga quriladi. Bularga Qayroqqum, Tuyamoʻyin va Chordara GESlarini koʻrsatish mumkin. Derivatsion (GES ning stansiya uzeliga suv kuvurlari, kanal yoki tunnel vositasida olib kelinadigan) GESlar oʻrta va yuqori bosimli boʻlib, bosim derivatsiya kanali yordamida hosil qilinadi. Bunday GES larga Chorvoq, Farhod va Boʻzsuv kanalidagi GESlar kiradi. Aralash GES larda bosim, asosan, daryodagi gidrotexnika inshootlari va qisman derivatsiya kanali yordamida hosil qilinadi. GES inshootlari majmuiga daryo oʻzanini toʻsib bosim hosil qiladigan bosh inshoot (toʻgʻon), GES binosiga suv yetkazib beradigan kanal, stansiya bosim uzeli (SBU) yoki bosim suv quvuri, suv sathini va sarfini tartibga solib turadigan, ortiqcha suvni chiqarib tashlaydigan va b. avtomatik qurilmalardan iborat inshootlar; suv energiyasini bevosita elektr energiyaga aylantirib beradigan gidroagregat (turbina bilan generator) oʻrnatilgan mashina zali va foydalanib boʻlingan suvni chiqarib tashlaydigan inshootlar kiradi. Maxsus gidrotexnika inshootlari bilan GES turbinalariga keltirilgan suv turbinaning ish gʻildiragini, unga oʻrnatilgan oʻqni va oʻq bilan biriktirilgan generatorni aylantirishi natijasida elektr energiya hosil boʻladi. Elektr energiya maxsus qurilmalar vositasida isteʼmolchilarga yetkazib beriladi. Hozir barcha GES larning ishi avtomatlashtirilgan. Bir necha avtomatlashtirilgan GES lar uzoqdan turib (qoʻshni GES dan yoki energosistemaning boshqarish pultidan) boshqariladi. GESning belgilangan quvvatiga koʻra kam (5 MVt gacha), oʻrta (5—25 MVt) va katta (25 MVt dan yuqori) quvvatli xillarga boʻlinadi. Daryoning energetika resurslaridan toʻlaroq foydalanish uchun GES lar kaskad tarzida, yaʼni daryo oqimi boʻyicha maʼlum masofada joylashtiriladi. Bunday GES kaskadlariga Oʻzbekistondagi Toshkent (Boʻzsuv, Boʻrijar, Oqtepa, Shayxontohur GES lari); Qodriya (Qodriya, Qibray, Salar, Oqqovoq-2); Chirchiq (Tovoqsoy, Oqqovoq); Quyi Boʻzsuv (GES-14, GES-18, GES-19, GES-22, GES-23); Oʻrta Chirchiq (Chorvoq, Hojikent, Gʻazalkent); Shahrixon (GES5A, GES-6A, GES-YUFK-1, GES-4A YUFK-3); Samarkand (GES-1B, GES2B, GES-ZB, GES-5B) GES kaskadlari kiradi. GES lar ichida gidroakkumulyatsiyalovchi elektr stansiya (GAES) va koʻtarilish suv elektr stansiya (PES) alohida oʻrin tutadi. GAES lar yirik energetik tizimlarda koʻp energiya talab qiladigan (tigʻiz) vaqtlardagi energiyani toʻldirib turish uchun quriladi. GAESning energiyani akkumulyatsiyalash xususiyati energetik tizimdagi baʼzi vaqt oraligʻida boʻsh boʻlgan elektr energiyadan foydalanishga asoslangan. Bu vaqtda GAES nasos rejimida ishlab, suvni pastki hovuzdan yuqorigi hovuzga haydaydi; tigʻiz vaqtda esa yigʻilgan suvdan elektr energiya hosil qiladi. Oy va Quyosh gravitatsiya kuchlari suv massasini tortishi natijasida dengiz yoki okean suvlari sathi sutkada bir vaqtda ikki marta dam koʻgariladi, dam pasayadi. Ana shu koʻtarilgan suv energiyasini PES elektr energiyasiga aylantiradi. Bularda elektr energiya ishlab chiqarishda jiddiy farq yoʻq. Alohida GES yoki GES kaskadi, odatda kondensatsiyey elektr stansiya (KES), issiqlik elektr markazi (TETS), atom elektr stansiya (AES) bilan bir tizimda ishlaydi. Bunda energosistemadagi nagruzka grafigini qoplashda qatnashishiga qarab GES bazisli, koʻp energiya talab qiladigan (tigʻiz) vaqtlarida ishlaydigan boʻlishi mumkin. GESlar elektr energiya berish bilan birga daryo oʻzanini loyqalanishdan asraydi, koʻplab ekin maydonlarini sugʻorishga imkon beradi (yana k,. Gidroenergetika).Oqqovoq geslari - Oʻzbekistonda qurilgan dastlabki gidroelektr stansiyalari. Toshkent viloyatidagi Chirchiq-Boʻzsuv kanalida qurilgan. 1-GES 1941-yil noyabrda kurila boshlab, 10,7 ming kVt quvvatga ega boʻlgan 1-navba-ti 1943-yil 7-martda ishga tushirilgan. 2,61 ming kVt quvvatli 2-navbati 1946 y iyulda qurila boshlanib, 1951-yil iyulda tugallangan. GESda yiliga oʻrta hisobda 170 mln. kVt-s elektr energiya-si hosil qilinadi. "Oʻzbekenergiya" davlataksiyadorlik kompaniyasining "Chirchiq GESlar kaskadi" shoʻʼba korxonasi tarkibida. 2-GES 4 km quyiroqda, 1943—46 yillarda qurilgan. GES tuproq-toʻgʻon, uz. 2833 m boʻlgan ochiq derivatsiya kanali, bosim havzasi, stansiya binosi va ochiq elektr taqsimlash qurilmasvdan iborat. Stansiya binosida umumiy quvvati 9 ming kVtli 2 ta agregat oʻrnatilgan. GESda yiliga oʻrta-cha 65 mln. kVt-s elektr energiyasi hosil qilinadi, "Krdriya GESlar kaskadi" shoʻʼba korxonasi tarkibiga kiradi.Elektr stansiyalar Toshkent viloyatining yirik sanoat korxonalarini va aholini elektr energiyaga boʻlgan ehtiyojini qondirishga xizmat qiladi.
Boʻrjar GES — Toshkentning Boʻzsuv (Boʻrjar qismida) kanalida qurilgan 3gidroelektr stansiya. 1936-yil mayida ishga tushirilgan. Quvvati 6,4 ming kVt. Uning ishga tushirilishi Toshkent shahri sanoat korxonalari va aholisini elektr energiyasi bilan taʼminlashni yaxshiladi. Boʻzsuv kanalida ishlab turgan GESlar Oʻrta Osiyoda birinchi energiya tizimini yaratishga imkon berdi. Hozir B. GES Chirchiq — Boʻzsuv traktida qurilgan GESlardan biri sanalib. u toʻla avtomatlashtirilgan, yagona dispetcherlik punktidan boshqariladi.
Boʻzsuv — Chirchiq daryosidan chiqarilgan qadimgi kanal. Boʻzsuv Chirchiqning oʻng sohilidagi qadimgi terassalar boʻylab shimoli-sharqdan janubi-gʻarbga tomon yoʻnalib, Toshkent viloyati Qibray, Zangiota va Yangiyoʻl tumanlari, Toshkent shahri hududi, shuningdek Qozogʻiston Respublikasi yerlaridan oʻtib, Chinoz yaqinida Sirdaryoga quyiladi. Uz. 159 km. Boshlanishi qismida suv sarfi 310 m³/sek, 10GESdan quyida 110 m³ (ortiqcha suv Chirchiq daryosiga tashlanadi). Boʻzsuvning oʻzani egribugri, kengligi 10–20 m. Quyi oqimida 30 m gacha chuqur dara hosil qilgan. Boʻzsuvdan har ikki tomonga suv sarfi 0,5 m³/s dan 35 m³/s gacha boʻlgan, irrigatsiya va sanoat uchun moʻljallangan kattakichik 23 kanal chiqarilgan. Eng yiriklari: oʻng sohil Qorasuv, Salor, Kaykovus, Anhor, Iskandar, Yuqori Toshkent, Joʻn, Kurkuldak, Niyozboshi, Shimoliy Toshkent kanallari, Boʻrjar tashlamasi. Salor, Kaykovus, Qorasuv va Anhor Toshkent shahridan oʻtib, shaharni suv bilan taʼminlaydi. Boʻzsuv va undan chiqarilgan kanallarning umumiy uz. 400 km dan oshadi. Boʻzsuv suvi bilan Toshkent viloyati Zangiota, Qibray, Yangiyoʻl tumanlari va Qozogʻistonning Chimkent viloyatidagi 140 ming ga yer suv bilan taʼminlanadi.
1936-yilgacha Chirchikdan suvni Baytqoʻrgʻon qishlogʻidan yuqoridagi Yumaloqtepa suv boʻlgichidan olgan, suv sarfi 90 m³ boʻlib, taxminan 65 ming ga yerni sugʻorgan.1940-yilda yangi GESlar qurilishi munosabati bilan Gʻazalkent yaqinida Chirchiq daryosiga bosh toʻgʻon qurildi va kanalga suv daryodan chiqarilgan derivatsion kanal orqali olinadigan boʻldi. 1926—54 yillarda Boʻzsuv kanalida 16 GES (Oqqovoq2, Oqqovoq3, Qodriya, Salor, Boʻzsuv, Shayxontohur, Boʻrjar, Oqtepa, Quyi Boʻzsuv va boshqalar)dan iborat Chirchiq-Boʻzsuv gidroenergetika kaskadi barpo qilingan. Oʻzbekistondagi birinchi GES — Boʻzsuv GES shu kanalda qurilib, ishga tushirilgan (1926).
Xulosa: Kanalda GESlardan tashqari suv toʻsuvchi qurilmalar, nasos stansiyalari, suv oluvchi inshootlar, ostonali sharsharalar va boshqa muhandislik inshootlari qurilgan (kanal sxemasiga q.).Oʻzbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgandan keyin Boʻzsuvda, jumladan 1995—2000-yillarda uning Anhor tarmogʻida oqimni tartibga solish, qirgʻoqlarni mustahkamlash va sohil boʻylarini obodonlashtirish boʻyicha katta ishlar amalga oshirildi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
www.ziyonet.uz.
Gidrotexnika izlanishlari qo‘llanmalari.
Download 50 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish