Toshkent davlatiqtisodiyot universiteti b. Y. Xodiyev, sh sh. Shodmonov


  Узбекистан:  десять  лет  по  пути  формирования  рыночной



Download 18,63 Mb.
Pdf ko'rish
bet977/1044
Sana13.07.2021
Hajmi18,63 Mb.
#118064
1   ...   973   974   975   976   977   978   979   980   ...   1044
Bog'liq
83iqtisodiyotnazariyasixodiyevbyshodmonovshshpdf

201 

Узбекистан:  десять  лет  по  пути  формирования  рыночной 

экономики / Под ред. А. X. Хикматова. -  Т.: “Узбекистон”, 2001, с. 292.

718


0 ‘z  o ‘mida ta’kidlash  lozimki,  keyingi  paytlarda  MDH  o ‘zining 

tashkil topishi chog‘idagi dastlabki maqsadi -  ya’ni, mavjud xo‘jalik 

aloqalari va imkoniyatlardan foydalanishda o‘zaro manfaatli hamkor­

lik  munosabatlarini  yo‘lga  qo‘yish  va  shu  asosda  iqtisodiy  rivojla- 

nishni ta’minlash maqsadi hamda undan kelib chiquvchi vazifalarga 

mos kelmay qoldi. Bu tashkilot faoliyat yo‘nalishida ko‘proq siyosiy 

masalalar,  «integratsion aloqalami kuchaytirish»  shiori ostida kuchli 

mamlakatlarning nisbatan kuchsiz mamlakatlar ichki ishlariga arala- 

shuvi,  ular manfaatlarining  siqib  qo‘yilishi,  iqtisodiy va  siyosiy taz- 

yiq o ‘tkazish holatlari ustunlik kasb  eta boshladi.  Bunday holatlarga 

birinchi Prezidentimiz I.  A.  Karimov MDHga a’zo mamlakatlarning 

turli  darajadagi  yig‘ilishlarida  tanqidiy  nuqtai  nazardan  qarab,  uni 

tubdan isloh qilish borasida o‘zlarining amaliy takliflarini berdilar.

0 ‘zbekistonning mintaqaviy darajadagi integratsiyasi -  bu umu­

miy tarixga, yagona madaniy an’analarga, o‘xshash turmush tarzi va 

mentalitetga ega bo‘lgan qardosh xalqlami birlashtiruvchi Markaziy 

Osiyo mamlakatlari o ‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash va rivoj- 

lantirishdan iborat. Bunday integratsion aloqaning aniq shakli sifatida 

1992-yilning yanvar  oyida tashkil  etilgan Markaziy  Osiyo mintaqa­

viy hamkorligi  (SARS) tashkil etildi.

Yana  bir  istiqbolli,  kuchli  salohiyatga  ega  bo‘lgan  mintaqa­

viy  birlashmalardan  biri  -   Shanxay  hamkorlik  tashkiloti  (ShHT) 



dir.  ShHTning  shakllanishi  1992-yildan  Xitoy  bilan  chegaradosh 

besh  postsovet  respublikalarining  o‘zaro  chegaralami  aniqlash  bi­

lan bog‘liq muammolami muhokama qilishidan boshlangan.  Dastlab 

“Shanxay beshligi” deb nom olgan bu tashkilot  1996-yilda  Shanxay- 

da,  1998-yilda Almatida,  1999-yilda  Bishkekda  besh  davlat  rahbar- 

larining  sammiti  chegaralami  mustahkamlash,  chegara  hududlarida 

qurolli  kuchlami  qisqartirish  kabi  masalalami  kelishib,  hal  etishga 

qaratildi.  2000-yil iyulida Dushanba sammitida 0 ‘zbekiston birinchi 

Prezidenti I. A.  Karimov kuzatuvchi  sifatida qatnashdi.  2001-yil  15- 

iyunda  Shanxay  sammitida  tashkilotga  oltinchi  bo‘lib  0 ‘zbekiston 

qo‘shildi, ShHTni tuzish to‘g‘risidagi deklaratsiya e’lon qilindi, “Ter- 

rorizm,  separatizm va  ekstremizmga qarshi kurash to‘g ‘risida  Shan­

xay konvensiyasi” imzolandi.  2002-yil iyulda Sankt-Peterburgda olti

719



davlat  rahbarlari  “Shanxay  hamkorlik  tashkiloti  xartiyasi”ni  qabul 

qildilar. 2003-yil may oyida Moskvada ShHTning tashkiliy organlari, 

ramzlari tasdiqlanib, 0 ‘zbekiston tashkilotning yangi raisi etib belgi- 

landi.  2003-yil sentyabrida Pekinda “ShHTga a’zo davlatlaming 20- 

yilga m o‘ljallangan savdo-iqtisodiy hamkorlik dasturi” qabul qilinib

mahsulot,  kapital,  xizmat va texnologiyalar  erkin  aylanishi  shartlari 

belgilab  olindi,  ShHTning moliyaviy byudjeti  ko‘rildi.  2004-yil iyun- 

dan boshlab tashkilot to‘la ravishda ishga kirishdi.  2005-yilda Ostona 

sammitida va 2007-yil  15-16-avgustda Bishkek uchrashuvlarida Eron, 

Pokiston va Hindiston, Mo‘g‘uliston kuzatuvchi sifatida ishtirok etdi.

2015-yilda Ufa shahrida ShHTning navbatdagi sammiti o ‘tkazildi. 

Mazkur  sammitda  mintaqaviy  muammolar  va  xalqaro  xavfsizlikka 

doir  dolzarb  masalalar  yuzasidan  fikr  almashildi.  Sammit  yakunida 

davlatlar  rahbarlari  tomonidan  Ufa  deklaratsiyasi  imzolandi.  Unda 

2025-yilgacha  ShHT  rivojlanish  strategiyasi,  2016-2018-yillarga 

mo‘ljallangan  a’zo  davlatlaming  terrorizm,  separatizm  va  eks- 

tremizmga qarshi kurashish uchun hamkorlik Dasturi tasdiqlandi.

2016-yilda ShHTning Toshkentda o ‘tkazilgan Sammitida Hidnis- 

ton va Pokiston davlatlari  ShHTga a ’zo  sifatida qabul qilindi.  Ushbu 

sammitda a’zo davlatlar bilan birga 18 ta kuzatuvchi davlatlar vakillari 

ishtirok  etishdi.  Tashkilot  a ’zolari  o‘zaro  kelishuvlar  va  hamkorlik 

shartnomalarini imzolashdi. Bugungi kunda ShHTning maqsadi juda 

oddiy:  a ’zo  davlatlarda harbiy-siyosiy mojarolarga  yo‘l  qo‘ymaslik, 

hududdagi barchani birlashtiruvchi infrastrukturani yaratish (yo‘1, lo- 

gistika markazlari, axborot va qonuniy asoslar va boshqalar).

0 ‘zbekistonning Shanxay hamkorlik tashkiloti mamlakatlari bilan 

iqtisodiy  integratsiyasining  kuchayishi  ko‘p jihatdan  mazkur  mam- 

lakatlaming  milliy  manfaatdorligi  bilan  belgilanadi.  Eng  aw alo, 

0 ‘zbekiston  raqobat jihatidan  nisbatan  ustunlikka  ega  boig an   ish­

lab  chiqarish  sohalari  tovarlari  -   paxta  xomashyosi,  mashinasozlik, 

kimyo sanoati, qurilish materiallari sanoati, elektr energetikasi tovar- 

larining  savdosini  kengaytirishi  maqsadga  muvofiqdir.  Shuningdek, 

telekommunikatsiyalar,  suv  va  energiya  resurslaridan  foydalanish, 

xalqaro  turizm,  hamkorlikdagi  ekologik  loyihalami  amalga  oshirish 

borasida integratsiya aloqalarini kuchaytirish lozim.


Download 18,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   973   974   975   976   977   978   979   980   ...   1044




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish