Toshkent axborot-texnologiyalari universiteti Farg’ona filiali Telekommunikatsion texnologiyalari fakulteti



Download 33,79 Kb.
Sana07.08.2021
Hajmi33,79 Kb.
#141466
Bog'liq
Uslubiy meyorlar


Toshkent axborot-texnologiyalari universiteti Farg’ona filiali

Telekommunikatsion texnologiyalari fakulteti

633-20 guruh talabasi

Odiljonov Begijonning
Akamedik yozuv fanidan

Uslubiy meyorlar” mavzusida tayyorlagan



Reja:


1.Me’yor tushunchasi.

2. O’zbek adabiy tili me’yorlari.

3. Uslubiy me’yor.
 

Me’yor - jamiyat a’zolari tomonidan qabul qilingan, ma’qullangan va ularga tushunarli bo`lgan til birliklari-ning nutq jarayonida qo`llanish holati va imkoniyatidir.

Me’yor - tilning yashash shaklidir.

Til va nutq tizimida me’yor o`ziga xos o`rniga ega. Til material sifatida nutq jarayonida xizmat qila boshlagan lahzalardanoq uni me’yorlashtirish jamiyat ehtiyojiga aylangan va me’yoriy muammolar kun tartibiga qo`yilgan.

Nutq madaniyati to`g’risida gap borar ekan, tabiiyki, nutqda so`zlarning o`rinli va o`rinsiz ishlatilishi to`g’risida ham bahs boradi. Qo`llangan til birligini to`g’ri yoki noto`g’ri deyilganda, albatta, ma’lum bir o`lchovga asoslanamiz. Mana shu o`lchov tilshunoslikda adabiy til me’yori deb yuritiladi.

Har bir lahjaning, so`zlashuv tilining, adabiy tilning o`z me’yorlari bo`lganidek, nutqning alohida ko`rinishlari bo`lgan argolar, jargonlar ham o`z me’yoriga ega. Xususiy me’yorlar quyidagicha ko`rsatiladi: 1. Dialektal me’yor. 2. So`zlashuv nutqi me’yori. 3. Argolar, jargonlar me’yori. 4. Adabiy til me’yori51.

Jamiyat taraqqiyoti bilan baravar holda til va nutqdagi me’yoriy holatlarni o`rganish, tahlil qilishga ham ehtiyoj kuchayib borgan va bu muammolarni hal qilishda xalqning maishiy, ma’naviy-ma’rifiy turmushi, ijtimoiy-falsafiy va estetik dunyoqarashi, urf-odatlari singari qator omillar e’tiborga olingan. Til hodisa-larini, uning me’yoriy jihatlarini tadqiq etishda yana tilning milliy xususiyatlarini hisobga olmaslik ham aslo mumkin bo`lmagan.

Demak, me’yor milliylik va tarixiylik mazmunini kasb etadi, necha yuz, ming yillar davomida shakllangan an’anaviylikka ega bo`ladi. Tildan foydalanishdagi an’anaviy me’yorlarning davrlar o`tishi bilan o`zgarib, yangilanib turishi ham tarixiy jarayondir.

Til me’yorini belgilash muammolarini hal qilish har bir milliy til madaniyatini rivojlantirishning uzviy qismiga aylanadi. Shuning uchun ham me’yor masalalari-ning nutq madaniyati doirasida o`rganilishi bejiz emas.

Tildagi me’yoriy muammolarni, qiyinchiliklarni qisqa muddatda hal qilishning imkoni yo`q. 1989 yilda O`zbekiston Respublikasining «Davlat tili haqida»gi љonuni љabul љilinishini katta voљyea bo`ldi. Ammo uning hamma moddalarini birdaniga va tezlikda bajarishning imkoni bo`lmadi. O`sha paytda qonuniy bo`lmasa-da, amaldagi ish yuritish tili rus tili ekanligi, bir qism o`zbek millatiga mansub kishilarning sharoit taqozosi bilan rus tilida savod chiqarganligi, farzandlarini ham bog’chalar va maktablarda ana shu tilda ta’lim-tarbiya olishga jalb qilganligi ana shunday tabiiy to`siqlardan bo`lib turdi. Oqibatda ma’lum muddat muomala jarayonida, rasmiy ish qog’ozlarini yuritishda, turli darajadagi anjumanlarni o`tkazishda rus tilidan foydalanishdagi mavjud an’analar o`z kuchini saqlab turdi.

Til elementlarining ma’lum bir me’yorga keltirili-shi, bir tomondan, til mutaxassislari tomonidan boshqarib borilsa, ikkinchi tomondan, tabiiy ravishda ham yuz beradi. Ammo, fikrimizcha, bir narsa ma’lum - tilning amalda bo`lish holatlariga tazyiq o`tkazib bo`lmaydi. Lekin tegishli yo`l-yo`riqlar, ko`rsatmalar, tavsiyalar berib borilishi zarur.

Imlo va talaffuz qoidalari asosida yozish va so`zlashni xalqimiz orasida ommalashtirish, bu qoidalarni lug’atlar shaklida mustahkamlash, har bir sohada ham tildan foydalanish me’yorlarini belgilash bugunning dolzarb vazifalaridan bo`lib qolmoqda. Xalqimizning nutq madaniyatini yanada yuksaltirish masalasi ham muhimligicha turibdi. Chunki milliy istiqlol g’oyasi talablarini to`la bajarish, yurtdoshlarimizni ma’naviy yangilanish va islohotlar jarayonining faol ishtirok-chisiga aylantirish, yoshlarimizni erkin, yangicha fikr-lashga o`rgatishga til madaniyatisiz erishib bo`lmaydi.

Til birliklarini me’yorlashtirish, hamma uchun umumiy va tushunarli bo`lgan bir qolipga keltirish umuman tilshunoslikning vazifasi sanaladi. Nutq madaniyati tilda ma’lum me’yorda keltirilgan til birliklarining nutqda qo`llanish shart-sharoitlarini, qonuniyatlarini nazariy jihatdan asoslaydi hamda bu me’yorga amal qilishni ma’lum ma’noda nazorat ham qilib boradi. Nutqdagi yutuљ va kamchiliklar tahlil qilinib, bu kamchiliklarni tugatishning eng ma’qul yo`llari ko`rsatib turiladi.

Til elementlarining me’yorlashishidek uzluksiz jarayonda eskilik bilan yangilik o`rtasida kurash hamisha davom etadi. Tilda yashab turgan so`z va iboralar ularning o`rniga kelayotgan yangilariga osonlikcha o`rnini bo`shatib bermaydi. Ma’lum muddat ular teng darajada, parallel yashab turishi va vaqtlar o`tishi bilangina o`rnini bo`shatib berishi mumkin.

O`zbek milliy adabiy tili garchi umumxalq tilidan o`sib chiqqan bo`lsa ham, unda mavjud bo`lgan dialektlar va shevalardan, jargonlardan, oddiy so`zlashuv tilidan, umuman, xalq tilidan ba’zi jihatlari bilan farq qiladi. Chunki umumxalq tili o`zbek tilida uchraydigan barcha elementlarni o`z ichiga oladi va ishlanmagan shaklda bo`ladi. Adabiy til esa undan o`zbek millati uchun tushunarli bo`lgan va foydalanishda qulay deb topilgan variantlarini tanlab oladi hamda ularni millat vakillari uchun me’yor sifatida tavsiya etadi.

Har qanday til me’yorlarini ikki guruhga – umumiy va xususiy me’yorlarga bo`lib o`rganish maqsadga muvofiq bo`ladi.

Me’yorga nisbatan qo`llaniladigan umumiylik va xusu-siylik til me’yorlarining faoliyat doirasi, qamrovi va ularning biri ikkinchisiga nisbatan olinganda anglashi-ladigan tushunchalardir. Shu ma’noda o`zbek umumxalq tilidagi barcha me’yorlar yig’indisini umumiy me’yor, adabiy, lahjaviy, turli ijtimoiy qatlamlar tiliga oid me’yorlarni xususiy me’yorlar sifatida qabul qilish mumkin.

Nutq madaniyati uchun adabiy til me’yori o’lchovi kerak bo’ladi. Xo’sh, adabiy til me’yori nima? B.N.Golovin ta’kidlashicha: «Til me’yori- bu til birliklari va uning qurilishini o’zaro yaxshi tushunish zarurati tufayli paydo bo’lgan, undan foydalanuvchi xalq tomonidan yaratilgan amaldagi qoidalar yig’indisidir». Ya’ni adabiy til me’yori bu, til unsurlarining xalq o’rtasida ko’pchilikga ma’qul bo’lgan variantini tanlashdir. Me’yor o’zgaruvchandir. Umumiy va xususiy me’yor mavjud. Professor E.Bekmatov va boshqalar tomonidan nashr qilingan «Adabiy norma va nutq madaniyati» kitobida o’zbek adabiy tilining quyidagi me’yorlari qayd etilgan:




  1. Fonetik me’yorlar.


  2. Lesik-semantik me’yorlar.(so’z qo’llash)


  3. Talaffuz (Orfoepik ) me’yorlar


  4. Aksentologik (Urg’uning to’g’riligi) me’yorlar


  5. Grammatik me’yorlar.


  6. So’z yasalish me’yorlari


  7. Imloviy me’yorlar.


  8. Grafik ( yozuv) me’yorlari.


9.Punktuatsion me’yorlar.

10 Uslubiy me’yorlar.

Adabiy tilning uslubiy me’yori til birliklarining nutqda sharoitga qarab eng ma’qulini qo’llashdir.



Uslubiyat tunshunchasi . Uslubiyat va nutq madaniyati tilshunoslikning bir-biriga aloqador, ammo alohida mustaqil soqalaridir. Uslubiyat sohasi nutq madaniyatini ko’tarishga yordam beradigan omillardan biri. Uslubiyat sharoitga, mazmun va maqsadga ko’ra nutqni turlicha tuzish yo’llarini o’rgatadi. Uslubiyat kishilarda gapira olish malakasini, mahoratini tarbiyalashga xizmat qiladi. Uslubiyatni o’zbek alfaviti, orfografiyasi, orfoepiyasini takomillashtirish ishi deyarli qiziqtirmaydi. Nutq madaniyati bular bilan juda qiziqadi. Ko’rinadiki nutq madaniyati o’z maqsad va vazifalari doirasiga ko’ra ancha keng soha bo’lib, uslubit anchagina tor.

Jus’iy soҳadir. Shunday qilib nutq madaniyati bilan uslubiyat sohalari teng hodisalar emas, ammo ular biri ikkinchisini to’ldiradi.
Download 33,79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish