To‘lov-kontrakt (ikki tomonlama kontrakt) asosida mutaxassis tayyorlashga
KONTRAKT № 8-2-048
Toshkent sh. “_____” ___________20___ yil
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2012 yil 28 dekabrdagi “Oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida o‘qitishning to‘lov-shartnoma shakli va undan tushgan mablag‘ni taqsimlash tartibi to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash haqidagi” 508-son (Adliya Vazirligidan 2013 yil 26 fevral 2431-son bilan ro‘yxatga o‘tkazilgan) buyrug‘iga va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «2019/2020 o‘quv yilida O‘zbekiston Respublikasining oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlari to‘g‘risida» 2019 yil 17 iyundagi PQ-4359-son qarori ijrosiga muvofiq
_____Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti____ nomidan
(oliy yoki o‘rta maxsus ta’lim muassasining nomi)
Rektor prof. U.P.Umurzakov
(ta’lim muassasasi rahbarining familiyasi, ismi sharifi, lavozimi)
bir tomondan,
___________________________________________________________________________________________________________________________________
(jismoniy shaxsning familiyasi, ismi, sharifi)
ikkinchi tomondan
____________________________ Eshturdiyev Jaloliddin Jamoliddin o’g’li ______________________ ___ni
(abiturientning, talabaning familiyasi, ismi, sharifi)
__________________________________________ TJICHAB 2-kurs __________________ ____________________bo‘yicha
(ta’lim yo‘nalishi (mutaxassislik) nomi)
________________________bakalavr, magistr qilib tayyorlash to‘g‘risida mazkur kontraktni tuzdilar.
I. Tomonlarning majburiyatlari:
1. Institut:
– o‘qitish uchun O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq institut Ustavida nazarda tutilgan zarur shart-sharoitlarni yaratish;
– talaba (o‘quvchi)larga qonun bilan berilgan huquqlarining erkin amalga oshirilishini va institut Ustaviga muvofiq ravishda majburiyatlarning bajarilishini ta’minlash;
– mutaxassisni tasdiqlangan o‘quv rejasi va dasturlarga muvofiq davlat ta’lim standarti talablari darajasida tayyorlash;
– stipendiyali to‘lov amalga oshirilganda har oyda o‘rnatilgan muddatda stipendiya to‘lovlarini amalga oshirish (sirtqi ta’lim bundan mustasno);
– boshlanadigan o‘quv yilida o‘qitish uchun to‘lovning belgilangan miqdori to‘g‘risida o‘z vaqtida (o‘quv jarayoni boshlanishidan bir oy oldin) xabar berish;
– O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ish haqi, stipendiyalar va nafaqalar oshirish to‘g‘risida”gi farmoni asosida tariflar o‘zgarganda ta’limning qolgan muddati uchun to‘lov miqdori haqida xabar berish;
– tomonlarning roziligiga ko‘ra quyidagi boshqa shartlarni bajarish majburiyatini oladi;
Do'stlaringiz bilan baham: |