Titrimetrik analiz - aniqlanayotgan modda miqdorini shu modda bilan oʻzaro reaksiyaga kirishish uchun sarflangan reaktiv miqdoriga qarab anikdashga asoslangan miqdoriy analiz usuli). Titrimetrik analiz da aniklash uchun vazniy analizga karaganda kam vaqt sarflanadi. Bundan tashqari, Titrimetrik analizda kislotaasos, oksidlanishqaytarilish, kompleks hosil qilish kabi kimyoviy reaksiyalarni ham aniklash mumkin. Titrimetrik analizning barcha anik,lash usullarida titrlash ekvivalentlik nuqtasigacha, yaʼni standart titrlangan eritmaning miqdori reaksiya tenglamasiga muvofiq, modda miqdoriga qatʼiy ekvivalent boʻlgan paytgacha oʻtkaziladi. Shu sababli titrlash tugaganligini bildiruvchi indikatorlarning Titrimetrik analiz da ahamiyati muhim.
Aniklash usuliga koʻra:
Toʻgʻri (bevosita)
Qoldikli
Bilvosita
Differensial
Titrimetrik analiz farklanadi.
Qoldikdi usul aniklanadigan modda standart, titrlangan eritma bilan reaksiyaga kirishmaganda yoki reaksiyaga juda sust kirishganda qoʻllanadi. Bilvosita usulda modda standart titrlangan eritma bilan bevosita reaksiyaga kirishmaganda amalga oshiriladi. Differensial usul bir vaqtda 2 moddani aniqlashda qoʻllanadi.
Kimyoviy reaksiyalar jarayoniga qarab. titrimetrik analiz:
Kislotaasos
Oksidlanishqaytarilish
Kompleksometriya
Choʻkmaga tushirish usullariga;
Titrlashning oxirgi nuqtasini indikatsiyalash usuliga kura:
Rangli
Indikator,
Potensiometrik,
Ampermetrik,
Konduktometrik titrlash ga boʻlinadi.
Standart eritmalar – boshlang‘ich moddani analitik tarozida tortib, o‘lchov kolbasida eritib, eritmaning hajmi kolbaning belgisigacha (menisk chizig‘i) suv bilan suyultirib tayyorlanadi.
Standart va ishchi eritmalar – titri aniq eritmalardir. Standart eritmalar boshlang‘ich (standart) moddalardan tayyorlanadi. Standart moddalarga qo‘yilgan talablar:
1. Kimyoviy toza bo‘lishi kerak.
2. Moddaning tarkibi uning formulasiga to‘la mos kelishi lozim.
3. Modda quruq hamda eritma holda barqaror bo‘lishi.
4. Moddaning gramm - ekvivalent qiymati mumkin qadar katta
bo‘lishi lozim.
5.Suvda yaxshi erishi kerak
Kislota-asosli titrlash yoki titrlashning neytrallash metodi vodorod ionlari (yoki gidroksoniy ionlari) bilan gidroksid ionlari orasida boradigan va kam dissosiyalanadijam suv molekulalari hosil bo'ladigan reaksiyalarga (neytrallanish reaksigalariga) asoslangan: H+ + OH- = H2O yoki [H3O]++ OH- = 2H2O Bu metod, kislotalar (H2SO4, HNO3, HCl, H3PO4, CH3COOH, H2C2O4, C6H5- COOH va boshqalar), gildroksidlar (KOH, NaOH, Ba(OH)2 va boshqalar), gidrolizlanuvchi tuzlar (Na2CO3, K2CO3, NH4Cl, CH3COOK va boshqalar) va ular aralashmalari miqdorini aniqlashda qo'llaniladi. Bu metodda biror kislotaning titrlangan eritmashdan foydalanib asoslarning yoki gidrolizlanganda ishqoriy muhit hosil qiluvchi tuzlarning miqdorini (atsidimetriya), yoki ishqorlarning titrlangan eritmasidan foydalanib kislotalarning yoki gidrolizlanganda kislotali muhit hosil qiluvchi tuzlarning miqdorini (alkalimetriya) yoki ular aralashmalarining miqdori aniqlanadi. Bu usullar yordamida gidrolizlanishi natijasida kuchli ishqoriy muhitga ega bo'ladigan Na2CO3, K2CO3, Na2B4O7-10H2O kabi tuzlarni, suvning qattiqligini, ammoniy tuzlarini, organik barikmalar tarkibidagi azot miqdorini aniqlash mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |