Tirbandlik kuzatilayotgan shahar ko’chalarida transport oqimining asosiy tavsiflarini o’rganish annotatsiya



Download 1,02 Mb.
bet1/5
Sana15.04.2022
Hajmi1,02 Mb.
#555344
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Yangi maqola


TIRBANDLIK KUZATILAYOTGAN SHAHAR KO’CHALARIDA TRANSPORT OQIMINING ASOSIY TAVSIFLARINI O’RGANISH


Annotatsiya: Ushbu tadqiqot ishida Jizzax shahar ko’chalarida transport vositalari tirbandligini tartibga solishni tadqiq qilish, ko’chalarda o’tkazuvchanlik qobiliyatini oshirish bo’yicha tadbirlar ishlab chiqish, ko’chalarda harakatlanayotgan transport oqimining asosiy xususiyatlari (harakat miqdori va tarkibi, harakat tezligi va zichligi)ni o’zgarish qonuniyatlarini aniqlash, ko’chalarda tirbandlik bilan bog’liq yo’l-transport hodisalari sonini kamaytirish tavsiyalarini ishlab chiqish masalalari ko’rilgan.
Shuningdek, avtomobil transporti ishining samaradorligi va xavfsizligini ta’minlash, jamoat transporti va maxsus vakolatli transport vositalarining harakatlanishiga imtiyoz yaratish harakat xavfsizligini ta’minlash maqsad qilib olingan.

Transport infratuzilmasini, birinchi navbatda avtomobil va temir yo’llarni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. 2007-2010 yillarda umumiy foydalanishda bo’lgan avtomobil yo’llarini rivojlantirish dasturining amalga oshirilishi bugungi kunda respublikamizning barcha mintaqalari o’rtasida yil davomida ishonchli transport aloqasini ta’minlamoqda [1]. Biz yurtimizning ertangi rivoji yo’lida qanday chuqur o’ylangan dasturlarni tuzmaylik, bu rejalarni bajarish uchun qanday moddiy baza va imkoniyatlarni yaratmaylik, buning uchun qancha ko’p sarmoya safarbar etmaylik, ularning barchasini amalga oshiradigan, ro’yobga chiqaradigan qudratli bir omil borki, u ham bo’lsa, yuqori malakali ish kuchi va yurtimizning ertangi kuni, taraqqiyoti uchun mas’uliyatni o’z zimmasiga olishga qodir bo’lgan etuk mutaxassis yoshlarimizdir. Shuningdek, o’quv jarayoniga yangi axborot va pedagogik texnologiyalarni keng joriy etish, bolalarimizni komil insonlar etib tarbiyalashda jonbozlik ko’rsatadigan o’qituvchi va domlalarga e’tiborimizni yanada oshirish, qisqacha aytganda, ta’lim-tarbiya tizimini sifat jihatidan butunlay yangi bosqichga ko’tarish diqqatimiz markazida bo’lishi darkor.


Ta’lim sohasida zamonaviy axborot va kompyuter texnologiyalari, internet tizimi, raqamli va keng formatli telekommunikatsiyalarning zamonaviy usullarini o’zlashtirish, bugungi taraqqiyot darajasini belgilab beradigan bunday ilg’or yutuqlar nafaqat maktab, litsey va kollejlar, oliy o’quv yurtlariga, balki har qaysi oila hayotida keng kirib borishi uchun zamin tug’dirishning ahamiyatini chuqur anglab olishimiz lozim. Oliy o’quv yurtlarida yangi standartlarni ishlab chiqish va tasdiqlash, hamda yangilangan davlat ta’lim standartlariga muvofiq yangi avlod darsliklar, o’quv qo’llanmalar, elektron darsliklar va elektron o’quv qo’llanmalar nashr etish[2].
Avtomobillashtirishning keskin o’sishi bilan yirik shaharlarda yo’l harakati xavfsizligini tashkil etish eng asosiy vazifalardan bo’lib, soha mutaxassislari uchun dolzarb mavzulardan biridir. Jahon miqyosida avtomobil yo’llarida sodir bo’lgan yo’l-transport hodisalari (YTH) oqibatida doimiy halok bo’layotganlar va jarohatlanganlar sonini kamaytirish, halokatlilik darajasini ortishi asosiy muammolardan biri bo’lib qolmoqda. Yo’llarda aholiga xizmat ko’rsatishda va harakat xavfsizligini ta’minlashda qiyinchiliklar yuzaga kelmoqda. Yo’l-transport hodisalari oqibatida iqtisodiy va ijtimoiy zararlar kelib chiqmoqda. O’zbekistonning iqtisodiy hayotida transport va aloqalar tizimi hal qiluvchi o’rin tutadi. Respublikada yuk va yo’lovchilarni tashishda avtomobil transportining ahamiyati katta bo’lib, 80000 km dan uzunroq avtomobil yo’llari qurilgan va ulardan foydalanilmoqda [3].

Download 1,02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish