Yozuv juda qadimiydir va vaqt jihatidan chegaralanmagan. Xorazmiy,
Ibn Sino va Navoiy kabi bobokalonlarimiz asarlari yozuvda aks etgani uchun ham shu kungacha to‘liq holda bizga yetib kelgan.
Tarixchilarning aniqlashicha, yozuv dastlab Messopotamiyada paydo bo‘lgan va bu yozuv tarixga mixxat nomi bilan kirgan. Eramizdan oldingi V-IV asrlarda Markaziy Osiyoning Eronga yaqin hududlarida rasmiy yozuv sifatida mixxat ishlatilar edi.
Oromiy yozuvi miloddan oldingi III-I asrlarda amalda bo‘lgan. Hozirgi eramizning boshidan taxminan VI asrgacha so‘g‘d yozuvi ishlatilgan.
V-VIII asrlar davomida turkiy xalqlar O‘rxun-Enasoy yozuvidan foydalanishgan. Qadimgi turkiy yozuv yodgorliklari dastlab Janubiy Sibirning Enasoy daryosi havzalarida va Mo‘g‘ilistonning O‘rxun vodiysida topilgan. Shunga nisbatan qadimgi turkiy yozuv O‘rxun-Enasoy obidalarining yozuvi deb ham yuritiladi. 1893-yili daniyalik olim V.Tomsen va rus olimi V.V.Radlovlar qadimgi turkiy yozuvni o‘qishga muvaffaq bo‘lganlar. O‘rxun-Enasoy yozuvlari Rim yozuvlariga o‘xshab ketganligi uchun run , turkiy run, runik “sirli” yozuvlar yoki dulbarchin deb ham yuritiladi.
VI-VII asrlardan to XV asrlargacha turkiylar va mo‘g‘ullar uyg‘ur yozuvidan foydalanishgan. Bu yozuvda bitilgan yodgorliklarning eng qadimgisi Yusuf Xos Hojibning “Qutadg‘u bilig” asarining Vena kutubxonasidagi nusxasidir. Ahmad Yugnakiyning “Hibat-ul haqoyiq”, Xorazmiyning “Muhabbatnoma”, Lutfiy va boshqa shoirlarning ayrim she’rlari uyg‘ur yozuvida yozilgan. Uyg‘ur yozuvi X-XV asrlarda mavjud bo‘lib, arab yozuvi bilan birgalikda qo‘llangan va XVI asrdan iste’moldan chiqgan.

VIII asr (720-yildan) arab yozuvi tarqala boshlagan. Arab yozuviga asoslangan eski o‘zbek yozuvida bitilgan eng qadimgi turkiy yodgorliklar XI asrga taallulidir. Bular Yusuf Xos Hojibning “Qutadg‘u bilig “ asarining Namangan va Qohira nusxalaridir. Mahmud Koshg‘ariyning “Devon-u lug‘ot-it turk” asari ham arab yozuvida yozilgan. Xalqlarimiz taxminan 1200 yildan ko‘proq vaqt davomida arab alifbosidan foydalanganlar.

1929-1930-yildan lotin alifbosi asosidagi yozuvdan foydalanilgan. 1940-yildan boshlab esa rus (kirill) grafikasi asosidagi yangi o‘zbek alifbosiga o‘tilgan.
Bizning davrimizda jahondagi xalqlar 220 xil yozuvdan foydalanadilar. Shu yozuvlardan juda keng tarqalgani lotin alifbosidir.
Bizning davrimizda jahondagi xalqlar 220 xil yozuvdan foydalanadilar. Shu yozuvlardan juda keng tarqalgani lotin alifbosidir.
1993-yil 2-sentabrda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi “Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosini joriy etish to‘g‘risida” Qonun qabul qildi.
Grafika – yozma nutqning harflar tizimini o‘rganadigan tilshunoslik bo‘limi grafika deyiladi. “Grafika” yunoncha so‘z bo‘lib, “chizilgan, yozuv” degan ma’nolarni anglatadi.
Grafika – yozma nutqning harflar tizimini o‘rganadigan tilshunoslik bo‘limi grafika deyiladi. “Grafika” yunoncha so‘z bo‘lib, “chizilgan, yozuv” degan ma’nolarni anglatadi.
Orfografiya grekcha to'g'ri yozmoq demakdir. So'z o'zak-negizlari va qo'shimchalarini yagona tarzda yozish haqidagi qoidalar yig'indisi orfografiya deyiladi. Orfografiya adabiy tilning yozma shakliga xosdir.
Lotin yozuviga asoslangan imlo qoidalari 1995-yil 24-avgustda qabul qilindi, u quyidagi bo‘limlarni o‘z ichiga oladi:
Lotin yozuviga asoslangan imlo qoidalari 1995-yil 24-avgustda qabul qilindi, u quyidagi bo‘limlarni o‘z ichiga oladi:
1. Harflar imlosi:
a) unlilar imlosi
b) undoshlar imlosi
2. Asos va qo‘shimchalar imlosi
3. Qo‘shib yozish
4. Chiziqcha bilan yozish
5. Ajratib yozish
6. Bosh harflar imlosi
7. Ko‘chirish qoidalari
Fuqarolarimizning davlat tilida savodxonligini ta’minlovchi qoidalar majmui imlo qoidalari (orfografiya yunoncha: orfo – “to‘g‘ri”, grafo – “chizmoq” ma’nolarini anglatadi) dir. Qachonki har bir shaxs imlo qoidalarini nazariy va amaliy jihatdan o‘zlashtirsa, orfografik me’yor ko‘nikmalarini puxta egallasa, savodxonlikka erishadi.
Adabiyotlar:
Adabiyotlar:
1.Rasulov R., Husanov N., Mo`ydinov Q. Nutq madaniyati va notiqlik san’ati. T.“Iqtisod-moliya”, 2006.
2. «O‘zbek tilining asosiy imlo qoidalarini tasdiqlash haqida», «Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosi» Vazirlar
Mahkamasining 1995-yil, 24-avgustdagi 339-sonli qarori.