Texnik reglamentlarni ishlab chiqishning asosiy vazifalari, texnik reglamentlarni ishlab chiqish dasturi



Download 64,38 Kb.
bet1/2
Sana23.10.2022
Hajmi64,38 Kb.
#855606
  1   2
Bog'liq
1 T


AMALIY ISH № 8
TEXNIK REGLAMENTLARNI ISHLAB CHIQISHNING ASOSIY VAZIFALARI, TEXNIK REGLAMENTLARNI ISHLAB CHIQISH DASTURI
Texnikaviy shartlarni ishlab chiqish O‘zRST 12-92 asosida amalga oshirilib quyidagi bosqichlarni o‘z ichiga oladi:
1-bosqich. Texnikaviy shartlarnnng loyihalarini ishlab chiqish;
2-bosqich. Texnikaviy shartlarning loyihalarini kelishib olish;
3-bosqich. Texnikaviy shartlarning loyihasini tasdiqlash;
4-bosqich. Texnikaviy shartlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish;
Texnikaviy shartlarning loyihalarini ishlab chiqish
O‘zbekiston Respublikasida texnikaviy shartlarning loyihalari va ularga kiritiladigan o‘zgartirishlar (bundan keyin - texnikaviy shartlar) standartlashtirish texnika qo‘mitalari (bundan keyin - TQ) tomonidan ishlab chiqiladi. Asoslangan hollarda texnikaviy shartlar loyihalarini vazirliklar, mahkamalar, uyushmalar, konsernlar yoki standartlashtirish bo‘yicha tayanch tashkilotlari, davlat, kooperativ, ijara, aksionerlik korxonalari, qo‘shma korxonalar, muassasalar va tashkilotlar tegishli TQlar bilan kelishib ishlab chiqadilar.
Mazkur mahsulotga daxldor MDHning davlatlararo standartlari respublika standartlari va texnikaviy shartlari mavjud bo‘lmagan taqdirda hamda boshqa me’yoriy hujjatlarda belgilab qo‘yilgan talablarni kuchaytirish zarur bo‘lganda mazkur tarmoqning ikkita va undan ko‘proq korxonasi ishlab chiqaradigan mahsulotga texnikaviy shartlar ishlab chiqiladi.
Texnikaviy shartlarda bedgilab qo‘yilgan talablar mazkur mahsulotga daxldor bo‘lgan amaldagi standartlar talabidan past bo‘lmasligi hamda mahsulot (buyumlar, ashyolar, moddalar) standartlari va texnikaviy shartlari talablariga zid kelmasligi kerak.
Maboda talablarning katta qismi mazkur mahsulotga ta’luqli standartlarda belgilangan bo‘lsa, u holda bu talablar texnikaviy shartlarda takrorlanmaydi, balki texnikaviy shartlarning tegishli bo‘limlarida mazkur standartlarga yoki ularning bo‘limlariga havola etiladi.
Bu holda standartning ayrim bandlariga havola qilishga yo‘l qo‘yilmaydi, ana shu bandlarning mazmuni esa texnikaviy shartlarda manbaga havola etilmay bevosita bayon qilinadi.
Texnikaviy shartlarda mazkur mahsulotga doir konstruktorlik va boshqa texnikaviy hujjatlarga hamda mahsulot tarkibiy qismlarining texnikaviy shartlariga, shuningdek umumtexnikaviy hujjatlarga ham havola qilishga yo‘l qo‘yiladi.
Texnikaviy shartlarning tuzilishi, bayon etilishi va rasmiylashtirilishi GOST 2.114-70 talablariga mos bo‘lmog‘i kerak.
Texnikaviy shartlarning amal qilish muddatini uzaytirish, cheklash va cheklovni bekor qilish haqidagi qaror texnikaviy shartlarni tasdiqlagan idora tomonidan mazkur texnikaviy shartlarning amal qilish muddati tugashidan kamida 3 oy muqaddam qabul qilinishi kerak.
Texnikaviy shartlar mazkur texnikaviy shartlar o‘rniga boshqa me’yoriy hujjat ishlab chiqilayotganda yoki uni qo‘llanishi bundan buyon maqsadga muvofiq bo‘lmay qolganda, yoki mahsulotni ishlab chiqarish to‘xtatilganda bekor qilinadi. Texnikaviy shartlarni tasdiqlagan idora ularni bekor qiladi.
Agar mahsulotni buyurtmachi (iste’molchi)ning roziligi bilan ishlab chiqarish mumkin bo‘lsa, quyidagi hollarda texnikaviy shartlar ishlab chiqilmasligiga yo‘l qo‘yiladi:

  1. texnikaviy topshiriqqa binoan - bir dona ishlab chiqariladigan mahsulot uchun;

  2. buyumning hujjatlari jumlasiga kiradigan konstruktorlik hujjatlariga binoan ushbu buyumning tarkibiy qismlari uchun;

  3. texnikaviy hujjatlar bo‘yicha - bitta korxona to‘g‘ridan-to‘g‘ri bergan buyurtma bo‘yicha tayyorlanadigan, yana ishlov beriladigan moddalar, ashyolar, yarim fabrikatlar uchun;

  4. etalon-namuna va uning texnikaviy bayoni bo‘yicha — iste’mol xususiyatlari mahsulot sifatiga xos ko‘rsatkichlarning miqdor qiymatini belgilamay bevosita mol namunasi bilan aniqlanadigan yoki bu ko‘rsatkichlar qiymati bir turdagi mahsulotlar guruhi uchun Rossiya Federatsiyasi standartlari bilan belgilangan ashyoviy xalq iste’mol buyumlari (murakkab ro‘zg‘orbop texnika va maishiy kimyo mahsulotidan tashqari) uchun;


Download 64,38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish