Termiz davlat universiteti


O‘zbekiston Respublikasida lizing munosabatlarining huquqiy bazasi



Download 2.52 Mb.
bet14/20
Sana18.01.2017
Hajmi2.52 Mb.
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   20

O‘zbekiston Respublikasida lizing munosabatlarining huquqiy bazasi.


O‘zbekiston Respublikasida fuqarolik munosabatlarini huquqiy tartibga solish me’yorlari 1996 yil qabul qilingan (1997 yilning 1 martidan kuchga kiritilgan va sakkiz marotaba o‘zgartirishlar kiritilgan) Fuqarolik kodeksi (FK) va 1999 yilning 14 aprelida qabul qilingan, 2002 yilning 13 dekabrida o‘zgartirishlar kiritilib, 2003 yilning 8 fevralidan kuchga kirgan «Lizing to‘g‘risida»gi Qonun asosida amalga oshiriladi. O‘zbekiston xalqaro moliyaviy lizing to‘g‘risida UNIDRUA Konventsiyasini imzoladi va tasdiqladi. Ushbu Konventsiya 2001 yining 1 fevralidan kuchga kirgan bo‘lib, xalqaro lizing operatsiyalarini muvofiqlashtirishda O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligining bir qismi hisoblanadi.

FK ning 34-bob «Lizing (moliyaviy ijara)» deb nomlangan 6-paragrafida lizing sohasida huquqiy munosabatlarni muvofiqlashtirish bayon etilgan. Ushbu paragrafda lizing, uning obyekt va subyektlari haqida hamda ularning huquq va majburiyatlari, sublizing va lizing to‘lovlari haqida tushunchalar berilgan. Bobda jalb qilingan mulk shartnomalarining muddatidan oldin bekor qilinishi ham yoritilib berilgan.

Qonun FK ga nisbatan lizing huquqiy munosabatlarini batafsilroq muvofiqlashtiradi, masalan, lizing shartnomasida ko‘rsatiladigan talablar, lizing obyektini sug‘urtalash, garov va h.k. Va nihoyat, xalqaro lizing to‘g‘risidagi UNIDRUA Konventsiyasi haqida so‘z yuritar ekanmiz, uning me’yorlari faqatgina lizing subyektlari turli davlatlarda joylashganlarida qo‘llanilishini ta’kidlash lozim.

Lizing tushunchasi:

Qonun bo‘yicha lizing (moliyaviy ijara) quyidagicha belgilangan: bir tomon (lizing beruvchi) ikkinchi tomon (lizing oluvchi)ning topshirig‘iga binoan uchinchi tomon (sotuvchi)dan lizing obyektini sotib oladi va uni kelishilgan shartnoma kelishuvlari asosida 12 oydan ortiq muddatga lizing to‘lovlari asosida lizingga beradi.

Berilgan ta’rifga ko‘ra, lizing ijaraga xos umumiy va shuningdek lizingga xos belgilarga ega. Unda lizing beruvchi lizing oluvchining talabiga ko‘ra, lizing obyektini sotib oladi. Suuningdek ta’rifda shartnoma 12 oydan ortiq muddatga tuzilishi ham ko‘rsatilgan.

Qonun bo‘yicha lizing quyidagi talablarning biriga javob berishi shart:



  • Shartnoma muddati tugagandan keyin lizing obyekti lizing beruvchi hisobiga o‘tishi;

  • Suartnoma muddati lizing obyektining xizmat qilish muddatining 80%dan ortig‘ini tashkil etishi yoki shartnoma muddati tugagandan keyin lizing obyektining qoldiq qiymati uning dastlabki qiymati 20% yuqori bo‘lishi kerak;

  • Shartnoma muddati tugagandan keyin lizing oluvchi lizing obyektini sotib olish huquqiga ega bo‘lib, uning bahosi sotish huquqini berish kunida bozor bahosidan past bo‘lishi kerak;

  • Lizing to‘lovlarining umumiy hajmi lizing predmeti bahosining 90% idan ortiq bo‘lishi kerak.

Yuqoridagi talablarning birontasiga ham javob bermaydigan kelishuvlar lizing kelishuvlari hisoblanmaydi.

Lizing faoliyati:

Qonun bo‘yicha lizing faoliyati investitsion faoliyatning bir turi hisoblanib, bunda lizing beruvchi lizing obyektini lizingga berish uchun o‘z mablag‘lari yoki jalb qilingan mablag‘lar hisobidan sotib oladi va uni lizing oluvchiga lizing shartnomasi asosida lizingga beradi. Lizing O‘zbekistonda investitsiya faoliyatining bir turi hisoblanib, birinchidan, lizing orqali korxonalar o‘zlarining asosiy vositalarini kredit va boshqa turdagi investitsion usullar orqali moliyalashtiradi. Kapital qo‘yilmalarni moliyalashtirish ham shular jumlasidandir. Ikkinchidan, lizing operatsiyalarini moliyalashtirishda lizing beruvchilar nafaqat o‘zlarining mablag‘laridan, balki qarz mablag‘lardan ham foydalanadilar. O‘zbekiston Respublikasida lizingga litsenziyalash talablari qo‘yilmagan, bu esa uning kelajakdagi rivojlanishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.



Lizing predmeti:

Qonun bo‘yicha, tadbirkorlik faoliyati uchun foydalaniladigan iste’mol qilinmaydigan har qanday ashyolar, shu jumladan korxonalar, mulk majmualari, binolar, inshootlar, uskunalar, transport vositalari hamda boshqa ko‘char va ko‘chmas mulk lizing obyektlari bo‘lishi mumkin. yer uchastkalari va boshqa tabiiy obyektlar, shuningdek, muomaladan chiqarilgan yoki muomalada bo‘lishi cheklangan boshqa mol-mulk lizing obyektlari bo‘lishi mumkin emas.

Yuqoridagi asosiy belgilar lizingni ijara va kreditdan farqini belgilab beradi.

Lizing subyektlari:

Qonun bo‘yicha lizing beruvchi, lizing oluvchi va sotuvchi lizing subyektlaridir. Jismoniy hamda yuridik shaxslar lizing oluvchi lizing beruvchi va sotuvchi sifatida ishtirok etishlari mumkin. Suu o‘rinda ta’kidlash joizki, «Xususiy tadbirkorlik to‘g‘risida»gi Nizomga binoan, lizing faoliyatini olib boruvchi jismoniy shaxslar tadbirkor mavqeiga ega bo‘lishlari shart.

Suuningdek, agarda lizing obyekti lizing oluvchining mablag‘lari hisobidan jalb qilinayotgan bo‘lsa, lizing beruvchi lizing oluvchining kreditori va lizing beruvchisi bo‘lishi qonun tomonidan ta’qiqlanadi. Shunday ekan, bank lizing beruvchiga kredit berib, o‘sha kredit hisobiga lizing mulkini jalb eta olmaydi.

Sublizing:

FK ga binoan, lizing oluvchi lizing predmetini lizing beruvchidan lizing shartnomasi asosida jalb qilib, uni lizing beruvchining yozma tasdig‘i asosida qayta lizingga berishi sublizing hisoblanadi. Bunda lizing predmeti bilan birgalikda lizing shartnomasi bo‘yicha majburiyatlar lizing oluvchi zimmasida qoladi. Sublizing shartnomasida ushbu Qonunning shartlari sublizing beruvchi, sublizing oluvchi va sotuvchiga nisbatan huddi lizing beruvchi, lizing oluvchi va sotuvchiga nisbatan amal qilgani kabi qo‘llaniladi.

Sublizing shartnomasi muddati lizing shartnomasi muddatidan ortiq bo‘lmaydi. SHuni ta’kidlash joizki, lizing shartnomasi bekor qilinadigan bo‘lsa, sublizing shartnomasi ham bekor qilinadi. Ammo lizing shatnomasi bekor qilinishida qonun sublizing oluvchilarning huquq va qonuniy manfaatlarini qo‘shimcha himoya qilinishini ta’minlaydi. SHunday qilib, sublizing oluvchi kuchini yo‘qotgan sublizing shartnomasining qolgan muddatiga lizing beruvchi bilan shartnoma imzolashi mumkin.

Lizing shartnomasi, turlari va asosiy elementlari. O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga binoan, lizing shartnomasi yozma ravishda tuzilib, o‘zining majburiy shartlariga ega. Qonun bo‘yicha lizing shartnomasi shartlarida quyidagilar ko‘rsatilishi lozim: lizing predmetining tasviri, shartlari, o‘lchamlari, muddati va lizing to‘lovlarini amalga oshirish tartiblari keltirilishi, lizing predmetini saqlash, ishlatish va ta’mirlash bo‘yicha tomonlarning majburiyatlari, lizing predmeti va sotuvchini topishda qaysi tomon majburiyatni o‘z zimmasiga olishi ko‘rsatilishi kerak. Shartnoma tomonlar kelishgan boshqa shartlarga ham ega bo‘lishi mumkin.

Sug‘urta:

Qonunga binoan, lizing predmetini sug‘urtalash u bilan bog‘liq barcha qaltisliklarni hisobga olgan holda, lizing subyektlari tomonidan amalga oshirilishi kerak. SHunday qilib, kim sug‘urtalash bilan shug‘ullanishi, kim sug‘urta to‘lovlarini to‘lashi, kim sug‘urta kompaniyasini tanlashi, kim sug‘urta polislariga yo‘naltirilgan summalarni olishi va h.k. o‘zaro kelishuvga asosan belgilanadi. SHuningdek, lizing predmeti sug‘urta qilinmasligi ham mumkin. Ammo qonunda lizing predmeti sug‘urta qilinmagan holda, predmet bilan bog‘liq qaltisliklar lizing oluvchining zimmasida bo‘lishi belgilangan.



Lizing to‘lovlari

Qonun va FK ga binoan lizing oluvchi tomonidan lizing beruvchiga lizing obyektining lizing to‘lovlari to‘liq yoki qisman to‘lanishi, shuningdek, lizing predmetini yetkazib berishga ketgan xarajatlar, uni belgilangan maqsadda foydalanish uchun o‘rnatib berishga ketgan xarajatlar lizing oluvchining foydasiga kiradi. Bunda qonun bo‘yicha lizing to‘lovlari hajmlari va muddatini belgilash tomonlarning ixtiyoridadir. Lizing shartnomasiga ko‘ra, ishlab chiqarishning qay yo‘sinda ekanligiga qarab, ularga xos to‘lov tartibi tuzilishi mumkin. Masalan, mavsumiy talab bo‘yicha ishlaydigan korxonalar to‘lovlarning asosiy qismini yozda to‘laydi. Lizing to‘lovlarining miqdori va to‘lov davrlari lizing shartnomasi bilan belgilanadi.

Lizing kelishuvlari murakkab tavsifga ega bo‘lib, bu kelishuvlarda uch tomon ishtirok etishi talab etiladi: sotuvchi, lizing beruvchi undan lizing predmetini sotib oladi, ko‘pchilik hollarda sotuvchi lizing beruvchiga lizing predmetini yetkazib beradi; lizing beruvchi, sotib olingan predmetni lizing oluvchiga foydalanish uchun beradi; lizing oluvchi, lizing asosida jalb qilingan predmetdan foydalanadi va foyda oladi, shu bilan birga lizing beruvchi bilan hisob-kitob ishlarini olib boradi. Ushbu munosabatlar yuqorida qayd etilgan qonuniy me’yorlar asosida tartibga solinadi.

Qonun va FK da lizing subyektlari huquq va majburiyatlarining aniq balansi yaratilgan bo‘lib, bu narsa lizing kelishuvi ishtirokchilari manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan. Ayni vaqtning o‘zida qonunchilik zarur holatlarda lizing subyektlariga erkinlik berib, ayrim me’yorlarni qonun mavqeiga olib chiqmaydi va shu yo‘l bilan ushbu me’yorlarni shartnomada aks ettirish imkoniyatini yaratadi. Masalan, lizing predmeti vaqtida yetib kelmasa yoki shartnomada ko‘rsatilgan sifat darajasiga javob bermaydigan bo‘lsa, lizing oluvchi lizing predmetidan voz kechib, shartnomani bekor qilishi mumkin. Shunday qilib tomonlar qanday holatlarda shartnomani bekor qilishlari mumkin ekanligini o‘zlari hal etadilar.



Lizing obyekti garov vositasi sifatida

Qonun bo‘yicha lizing beruvchi lizing oluvchining ruxsatisiz lizing predmetini garov vositasi sifatida qo‘llashga haqqi yo‘q. Bunday me’yor quyidagi vaziyatlar kelib chiqmasligining oldini oladi: lizing beruvchi pul mablag‘larini kreditga olib lizing oluvchiga lizing predmetini olib berishi, lizing beruvchi kredit shartlarini bajarolmasa, lizing to‘lovlarini muntazam to‘lab kelayotgan lizing oluvchidagi lizing predmetini kreditor garov sifatida olishi, shular jumlasidan.

Boshqa tomondan esa, qonun bo‘yicha lizing predmeti lizing oluvchining mulki bo‘lmaganligi uchun lizing oluvchi uni garovga qo‘ymasligi kerak. SHunday qilib, ushbu me’yorda lizing oluvchi va lizing beruvchi huquqlarining muvozanati joriy etilgan.

Lizing predmetining mas’uliyatsiz lizing oluvchidan qaytarib olinishi

Lizing – egalik qilish huquqi lizing beruvchida qoladigan, lekin undan foydalanish huquqiga ega bo‘lmaydigan moliyaviy-xo‘jalik munosabatlarining bir turidir. Shunday qilib, lizing oluvchi lizing beruvchining mulkidan foydalanadi va buning evaziga lizing to‘lovini amalga oshiradi. Qonunning 15-moddasiga muvofiq, lizing to‘lovlari to‘lanib bo‘lgunga qadar lizing predmeti lizing beruvchining mulki hisoblanadi. 23-moddaga ko‘ra esa lizing beruvchi lizing predmetini ma’lum qonunchilik asosida talab qilib olishi mumkin.

Lizing obyektining shartlari bajarilmaganda, talab qilib olish lizing beruvchining lizing bitimini tuzishidan oldingi eng asosiy shartlardan biridir. Kredit muassasalari kafolat ko‘rinishidagi garovni talab qiladilar, lizing beruvchi o‘zini majburiyatlar to‘la bajarilmaslik qaltisliklaridan sug‘urtalab, egalik qilish huquqini o‘zida qoldiradi.

Jahon tajribasiga ko‘ra, jumladan AQSh va Buyuk Britaniyada lizing talab qilib olish jarayonining qanchalik tezkorligi va soddaligi lizing sektorining rivojlanishiga ta’sir ko‘rsatadi. Agar lizing beruvchi lizing predmetini qisqa muddatda talab qilib ololmaydigan bo‘lsa, lizing beruvchi boshqa kafolat shakllaridan, masalan, garovdan foydalanishi mumkin. Ammo bunday vaziyatda lizing o‘zining mohiyatini yo‘qotadi. yetarlicha aylanma vositalariga ega bo‘lmagan kichik va o‘rta korxonalar lizing olishlari kredit bilan barovar bo‘lib qoladi.

Afsuski, talab qilib olish qonunchiligi hali yetarli darajada yaxshi ishlanmagan. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2002 yil 28 avgustidagi «Lizing operatsiyalarining istiqboldagi rivojini rag‘batlantirish tadbirlari to‘g‘risida»gi Farmonida shu kamchiliklarni tuzatishga qaratilgan nizomlari bor.

O‘z navbatida, XMK loyihasi doirasida lizingni rivojlantirish maqsadida mol-mulkni talab qilib olishni muvofiqlashtiruvchi me’yoriy-huquqiy bazani qayta shakllantirish to‘g‘risida nizom ishlab chiqilgan.

Birinchidan, O‘zbekiston Respublikasi Xo‘jalik protsessual kodeksiga (XPK) bir qator o‘zgartirishlar kiritilishi lozim. Jumladan, XPK «Sud buyrug‘i» 14 bobining bir qator moddalariga o‘zgartirishlar kiritilishi lozim. Ushbu bobga binoan sudya kreditorning debitorlik qarzlari to‘g‘risidagi talablarini qondirishi mumkin. Sud hukmi jarayoni o‘ta tezkor ravishda, tomonlar taklif qilinmasdan va sud majlisisiz, kreditor ariza berganidan keyin 10 kun ichida sud qarorini chiqaradi. Shunday qilib, lizing beruvchining lizing predmetini qaytarib olishiga sud qarori mexanizmi taqdim etiladi. Bunda agar lizing oluvchi qarzini tan olib, lekin lizing predmetini qaytarib bermasa, lizing beruvchi qonun asosida va qisqa muddatda lizing obyektini qaytarib olish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Bundan tashqari lizing obyektini qaytarib olishda notarial idoralar tomonidan bajariladigan ishlarga ketadigan xarajatlar miqdorini kamaytirish lozim. Lizing beruvchi ushbu jarayon va tegishli hujjatlar asosida lizing predmetini mas’uliyatsiz lizing oluvchidan qaytarib olishi mumkin. Ammo bugungi kunda ushbu jarayon ancha qimmatga tushadi. Lizing beruvchi notarial guvohnoma olish uchun shartnomaning 5% miqdoridagi summani amalga oshirilmagan lizing to‘lovlari hisobidan to‘lashi lozim, aks holda qonun tomonidan mulkni qaytarib olish masalalari ko‘rib chiqilmaydi. Bu muammoni yechimi shunday bo‘lishi kerakki, barcha lizing shartnomalari notarial tartibda ko‘rib chiqilishi mumkinligi to‘g‘risida qonunchilikka o‘zgartirish kiritish lozim. Lizing predmetini qaytarib olishda sud va boshqa organlar qarorlarining ijro etilish jarayonlari qisqartirilishi ham shular jumlasidandir.

YUqoridagi o‘zgartirishlar mulkni qaytarib olishni muvofiqlashtiruvchi qonunchilikni ancha takkomillashtirib, lizing predmetini qaytarib olishda samarali va arzon yuridik jarayonlarning joriy etilishiga olib keladi.

Lizing obyektlari bilan bog‘liq risklar

Lizing predmeti bilan bog‘liq barcha risklar, jumladan mulkning o‘g‘irlanishi, yo‘qolishi, muddatidan oldin ishdan chiqishi va shu kabi risklar lizing shartnomasiga ko‘ra, lizing oluvchi zimmasiga o‘tadi. Mas’uliyat lizing oluvchi zimmasiga o‘tganidan keyin u shartnoma tugagunga qadar mulk bilan bog‘liq barcha risklarni o‘z zimmasiga oladi.

Agar bu narsa shartnomada ko‘rsatilmagan bo‘lsa, lizing obyekti lizing oluvchiga o‘tganidan keyin risklar uning zimmasiga o‘tadi.

Agar lizing obyekti kelishilgan shartlarga javob bermaydigan bo‘lsa, to lizing oluvchi lizing obyektini qabul qilib olmagunga qadar risklar lizing beruvchi zimmasida bo‘ladi.

Sotuvchi yaroqsiz mulkni sotadigan hamda sotuvchi va lizing obyektini lizing oluvchining o‘zi tanlagan bo‘lsa, risklar lizing oluvchining zimmasida qoladi.
3. O’zbekistonda lizing xizmatlari bozori rivojlanishining istiqbollari.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2002-yil 28-avgustdagi «Lizing operatsiyalarining istiqboldagi rivojini rag‘batlantirish tadbirlari to‘g‘risida»gi Farmoni mamlakatda lizing biznesi uchun qulay soliq muhitini yaratib berdi. Moliyaviy xizmatlarni kengaytirishdagi mavjud muammolar hal etildi.

Qonunchilikka kiritilgan o‘zgarishlar O‘zbekistonda lizingni rivojlantirish yo‘lidagi qator to‘siqlarni bartaraf etishga qaratilgan edi. Jumladan, lizing oluvchining lizing operatsiyasini o‘z mablag‘lari hisobidan moliyalashtirish bo‘yicha me’yor, hamda fuqarolik qonunchiligidagi mavjud turli talqin etilishi mumkin bo‘lgan tushuncha va ziddiyatlar olib tashlandi. Umuman olganda qonunchilikka kiritilgan o‘zgarishlar quyidagi muammolarni hal etdi:



  1. Fuqarolik kodeksi va «Lizing to‘g‘risida»gi Qonunda lizing beruvchi, lizing oluvchi va mulk sotuvchilarning huquq va majburiyatlari yanada to‘la va aniq ko‘rsatilgan bo‘lib, bu lizing operatsiyalarini amalga oshirishda mustahkam qonunchilik asosini yaratdi;

  2. Prezidentning 2002 yil 28 avgustdagi «Lizing operatsiyalarining istiqboldagi rivojini rag‘batlantirish tadbirlari to‘g‘risida»gi Farmonidan kelib chiqqan holda Soliq kodeksi va «Bojxona tarifi to‘g‘risida»gi Qonunga o‘zgartirishlar kiritildi;

  3. Lizing oluvchi o‘z majburiyatlarini bajarmagan holda, lizing beruvchi mol-mulkni talab qilib olishi bo‘yicha soddalashtirilgan mexanizm protsessual xo‘jalik kodeksiga kiritildi.

Bundan tashqari «Lizing to‘g‘risida»gi Qonundan operativ lizing tushunchasi olib tashlandi, hamda amaldagi qonunchilikdagi turlicha talqin etilishi mumkin bo‘lgan ayrim ziddiyatlarga barham berildi. Qilingan yana bir o‘zgartirish-lizing muddatlariga tegishli bo‘ldi. Ma’lumki, jahon amaliyotiga muvofiq lizing o‘rta va uzoq muddatli moliyalashtirish manbai hisoblanadi. Lizing shartnomalarida oldi-sotdi shartnomalariga nisbatan ko‘proq soliq imtiyozlari mavjud bo‘lganligi sababli, sohta lizing bitimlarining tuzilish holatlari kuzatilishi mumkin. Shuni hisobga olgan holda lizingning eng qisqa muddati 12 oy qilib belgilanib, sohta lizing shartnomalari tuzilishining oldini olish uchun asos yaratildi.

Shunday qilib, lizing uchun moliyalashtirishning boshqa usullari kabi bir xil soliq sharoitlari yaratildi.

Qonunchilikdagi o‘zgarishlar lizing bozori rivojlanishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatdi, jumladan 2002 yilda 2001 yilga nisbatan lizing kompaniyalarining lizing operatsiyalari 48%ga, tijorat banklarining esa – 30%ga oshdi. 2003 yil yakunlariga ko‘ra, O‘zbekistonda Kichik va o‘rta biznes subyektlariga lizing asosida 37.5 mln AQSH dollari miqdorida asbob-uskunalar berilgan. Xalqaro lizing operatsiyalar hajmi ham sezilarli darajada oshdi va 2003 yilning birinchi yarmida O‘zbekistonga qo‘shma korxonalar va xalqaro lizing kompaniyalari tomonidan 40 mln AQSh dollari miqdoridagi asbob-uskunalar lizing asosida olib kirildi.

Bu ijobiy o‘zgarishlar xalqaro moliyaviy institutlar e’tiborini torta boshladi. Jumladan, 2002 yilning oxirida Xalqaro Moliyaviy Korporatsiya (XMK) va yevropa Tiklanish va Tarqqiyot Banki (YTTB) tomonidan – «O‘zbeklizing Interneshnl AJ» lizing kompaniyasi uchun umumiy hajmi 4,5 mln. AQSh doll. miqdoriga teng kredit liniyasi ochildi. Hozirgi paytda XMK tomonidan O‘rta Osiyo mamlakatlarida lizingni moliyalashtirish Fondini tashkil etish ustida ish olib bormoqda

Ta’kidlash joizki, kiritilgan o‘zgarishlar nafaqat lizing kompaniyalari faoliyatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi, balki mamlakat lizing sohasiga ichki va tashqi investitsiyalar kirib kelishiga olib keladi. O‘zbekistondagi tijorat banklari ham lizing loyihalarini moliyalashtirishning hajmlarini yanada oshiradilar.

Ma’lumki, O‘zbekistonda lizing operatsiyalari 8 ta lizing kompaniya va 13 ta bank tomonidan amalga oshiriladi. Farmonning joriy qilinishi lizing xizmatlari bozoriga yana yangi tijorat banklarining qo‘shilishiga olib keldi. Farmon e’lon qilinganidan so‘ng 2002 yilning oxiriga qadar bu ikki bank tomonidan 300 mln. so‘m miqdoridagi 110ta loyihani moliyalashtirildi. Bu esa o‘z navbatida lizing bozorida tijorat banklarining ulushining oshishiga olib keldi. Banklar tomonidan umumiy hajmi 1,3 mlrd. so‘m miqdoridagi 154 ta yangi loyiha moliyalashtirildi. Prezident Farmonida lizing uchun kredit kabi soliq muhiti yaratilib, tijorat banklarining lizing operatsiyalaridan oladigan foydaning oshishiga imkoniyat tug‘dirildi.

O‘zbekistonda 2002 yilda ham huddi 2001 yildagidek lizing kompaniyalarining lizing operatsiyalaridagi hajmi tijorat banklarnikiga nisbatan ancha yuqori bo‘ldi: lizing kompaniyalari umumiy hajmi 45,6 mlrd. so‘m miqdoridagi 2310 ta loyihani amalga oshirdilar. 2003 yilda Respublika tijorat banklari tomonidan 6.476 mln so‘m miqdoridagi lizing operatsiyalarini amalga oshirilgan, bu esa 2002 yil natijalarga nisbatan deyarli 5 barobar o‘sganligidan dalolat beradi. Hamda 20042 yilda 2003 yilga nisbatan amalga oshirilgan lizing operatsiyalarining xajmi 60%ga oshdi va umumiy xajmi 10,2 mln. AQSh dollarini tashkil etdi.

Lizing litsenziya talab qilmaydigan faoliyat turi bo‘lganligi tufayli, mamlakatda lizing operatsiyalari faqat lizing kompaniyalari va tijorat banklari tomonidan amalga oshirilibgina qolmadi. Masalan, mamlakatda telekomunikatsiya va aloqa, shuningdek qurilish sohalarida faoliyat olib boruvchi kompaniyalar 2003 yilning dastlabki 5 oyi ichida chet el lizing beruvchilaridan umumiy hajmi 40 mln. AQSh doll. miqdoridagi zarur texnologiyalarni o‘z faoliyatlariga jalb qildilar.

Ayni chog‘da, lizing faoliyati uchun imtiyozlarning yaratilishi moliyaviy bozorda raqobatni yanada kuchaytirdi. Lizing xizmatlarining ulushi oshib borishi natijasida bozor kengayib borishi bilan birga, moliyalashtirish bahosining pasayishiga olib keldi. Xorijiy tajribaga ko‘ra lizing xo‘jalik subyektlari uchun o‘z faoliyatlariga asosiy vositalarni jalb qilishda bank kreditining muqobil vositasi sanaladi. Ba’zi davlatlarda lizing o‘rta muddatli moliyalashtirishdan ustunroq turadi. Bundan O‘zbekiston banklari lizing bozorining kengayishidan zarar ko‘radi degan xulosa kelib chiqmaydi. Aksincha, iqtisodni moliyalashtirishda yetakchi bo‘lib hisoblangan banklar o‘z faoliyatlari doirasini kengaytirish va qo‘yilmalarning samaradorligini oshirish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. endilikda tijorat banklari bir tomondan mustaqil ravishda lizing operatsiyalari o‘tkazish, ikkinchi tomondan esa lizing kompaniyalari faoliyatini moliyalashtirish uchun qiziqishlari oshmoqda. Lizing kompaniyalari faoliyatini moliyalashtirish banklar uchun o‘z kredit portfelini diversifikatsiyalash, hamda asosiy qaltisliklarni lizing kompaniyalari zimmasiga o‘tkazish uchun sharoit yaratadi.

Yuqorida qayd etilgan lizingga oid qonunchilikga muhim ahamiyat kasb etuvchi o‘zgarishlarning kiritilishi, lizing xizmatlari bozorining istiqbollarini bashorat qilish imkoniyatini beradi. Shunga qaramasdan lizing faoliyati rivojini qiyinlashtiruvchi omillar mavjud, ulardan eng muhimi ushbu sohada moliyaviy resurslarning yetishmasligidir. Amalda lizing kompaniyalarining kapitalizatsiyalashuvi unchalik yuqori emas, tijorat banklari esa ushbu sohada o‘z zahiralaridan ehtiyotkorlik bilan foydalanmoqdalar.

Lizing kompaniyalari lizing oluvchilar uchun asbob-uskunalarni bank kreditlari evaziga jalb qiladilar. Bu esa lizing oluvchi uchun kreditga nisbatan lizingning qiymatini oshiradi.


  • Lizing olishi mumkin bo‘lganlar va lizing beruvchilar lizingning mohiyatini va afzalliklarini yetarlicha tushunmasliklari, buning oqibatida lizing loyihalarining miqdorini cheklanganligi;

  • Lizing yordamida jalb qilinadigan asbob-uskuna va texnika to‘g‘risida ma’lumotlar bazasining yetishmasligi;

  • Lizing bozori infratuzilmasining shakllanmaganligi, lizing kompaniyalarining tarmog‘i rivojlanmaganligi, hamda ushbu sohadagi barcha subyektlar uchun xizmat ko‘rsatadigan konsalting firmalarining yo‘qligi;

  • Lizing kompaniyalari uchun malakali mutaxasislarning yetishmasligi lizing kelishuvlari hajmini chegaralab qo‘yadi va lizing xizmatlari bozorini rivojlanishiga to‘sqinlik qiladi.

Yana bir to‘sqinlik qiluvchi omil bu – soliqqa tortish maqsadida jadallashgan amortizatsiyaning qo‘llanmasligi. XX asrning 50-yillarida lizing AQSh va yeropada jadallashgan amortizatsiyaning qo‘llanishi oqibatida muhim moliyaviy dastak darajasiga ko‘tarilgan. Rossiyada ham aynan shunday yo‘l tutilib, amortizatsiyaning bu usuli orqali hisoblangan koeffitsienti 3 gacha etib belgilangan.

Jadallashgan amortizatsiyaning qo‘llanilishi ishlab chiqaruvchi va xizmat ko‘rsatuvchi sohaning shakllanishiga turtki bo‘ldi. Shuningdek bu samoyadorlarga iqtisodiyotning real sohalariga jalb qilinadigan kapital qo‘yilmalarning hajmini oshirish imkoniyatini berdi.

Jadallashgan amortizatsiya so‘nggi 10 yillikda Polsha, Chexiya Respublikasi va Isroilda muvaffaqiyatli qo‘llanib kelinmoqda va bundan nafaqat lizing, balki malakatning ishlab chiqarish sohalariga investitsiyalar oqimini oshirish maqsadida qo‘llanilmoqda.

O‘zbekistonda lizing uchun olib kirilayotgan texnologik uskunalarni QQS va bojxona to‘lovlaridan ozod etish jarayonlari takomillashtirilishi zarur. Amalda ushbu jarayonlarda quyidagi muammolarga duch kelish mumkin:



  • «texnologik uskunalar» atamasiga va texnologik deb yuritish mumkin bo‘lgan uskunalar uchun aniq mezonlarning belgilanmaganligi bu sohada turlicha talqinlarga olib keladi;

  • banklarga uskunalarni «texnologik» ekanligini aniqlash va lizing maqsadlari uchun olinayotganligini tekshirish singari banklar uchun xos bo‘lmagan vazifa yuklatilgan;

O‘zbekistonda lizing operatsiyalarini rivojlantirish va takomillashtirish uchun qator tashkiliy-uslubiy tadbirlar amalga oshirishi lozim.

Birinchidan, O‘zbekistonning barcha viloyatlarida lizing kompaniyalarini tashkil etib, faoliyatlarini lizing operatsiyalari o‘tkazish orqali jadallashtirish zarur. Ularning ba’zilarini qishloq hududiga joylashtirilishi esa qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash va yangi ish o‘rinlarini yaratilishiga zamin yaratadi.

Ikkinchidan, lizing operatsiyalarini olib borishda tashkilot va fuqarolarni moddiy rag‘batlantirish, hamda ular tomonidan lizing loyihalarini amalga oshirishda moliyaviy kafolatlarni berish maqsadida O‘zbekistonda lizingni qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish Fondini tashkil etish lozim. XMK O‘rta Osiyo mamlakatlarida lizingni moliyalashtirish Fondini tuzish arafasida. Fondning asosiy vazifasi xalqaro moliya institutlari va donorlik tashkilotlari bilan hamkorlikda ushbu mamlakatlarda lizing operatsiyalarini rag‘batlantirish uchun ularga moliyaviy resurslarni yetkazib berishdan iboratdir.

Uchinchidan, lizingning yaxshi rivojlanishi uchun lizing biznesining infratuzilmasini yaratib, bunga xalqaro moliyaviy institutlarni jalb qilish, hamda raqobatchilik muhitini rivojlantirish lozim. Lizing xizmatlari nafaqat lizing kompaniyalari va banklarning o‘z mablag‘lari hisobidan, balki banklarning krediti shaklidagi jalb qilinadigan qarz resurslari orqali ham amalga oshirilishi kerak.

To‘rtinchidan, qonunchilikda bir shaxs ham ishlab chiqaruvchi, ham sotuvchi va ham lizing beruvchi sifatida ishtirok etishi mumkinligi masalasini ko‘rib chiqish zarur.

Beshinchidan, qonunchilikka uskunalarning jadallashgan amortizatsiya me’yorlarini qo‘llash, shuningdek mustaqil ravishda soliqqa tortish bazasida belgilangan amortizatsiya me’yoridan ikki barobar ko‘p bo‘lgan summani olib tashlash kabi o‘zgarishlarni kiritish zarur.

Shu bilan birga butun respublika hududida lizing infratuzilmasini shakllantirish zarur. Lizing sohasini kengaytirish uchun lizing kelishuvlarini ta’minlovchi keng axborot bazasini yaratish hamda lizing loyihalarini amalga oshirishda ko‘maklashadigan konsalting firmalar va boshqa vositachi tashkilotlarni tashkil etish kerak. Iqtisodiyotning yanada rivojlantirish davrida yuqori raqobatbardoshli obyektlarning qo‘llanilishini ta’minlash va chet el investitsiyalarini jalb qilish lizing rivojlanishining asosiy shartlaridan biridir. Lizingni rivojlantirish tadbirlari belgilanayotganda mahalliy va chet el qatnashchilari uchun teng sharoitlar yaratilishi lozim.

Lizing bo‘yicha axborot ta’minotiga katta e’tibor berilishi zarur. Lizing kelishuvlari bo‘yicha axborot ta’minoti avvalo lizingni jadal rivojlantirish maqsad qilib qo‘yilgan viloyatlarda yaxshi yo‘lga qo‘yilgan bo‘lishi kerak. Mahalliy va chet el firmalari o‘rtasidagi munosabatlarni yanada takomillashtirish uchun hammabop axborot tizimini yaratish lozim.




Download 2.52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
O’zbekiston respublikasi
maxsus ta’lim
zbekiston respublikasi
davlat pedagogika
o’rta maxsus
axborot texnologiyalari
nomidagi toshkent
pedagogika instituti
texnologiyalari universiteti
navoiy nomidagi
samarqand davlat
guruh talabasi
ta’limi vazirligi
nomidagi samarqand
toshkent davlat
toshkent axborot
haqida tushuncha
Darsning maqsadi
xorazmiy nomidagi
Toshkent davlat
vazirligi toshkent
tashkil etish
Alisher navoiy
Ўзбекистон республикаси
rivojlantirish vazirligi
matematika fakulteti
pedagogika universiteti
таълим вазирлиги
sinflar uchun
Nizomiy nomidagi
tibbiyot akademiyasi
maxsus ta'lim
ta'lim vazirligi
махсус таълим
bilan ishlash
o’rta ta’lim
fanlar fakulteti
Referat mavzu
Navoiy davlat
haqida umumiy
umumiy o’rta
Buxoro davlat
fanining predmeti
fizika matematika
malakasini oshirish
universiteti fizika
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
jizzax davlat
davlat sharqshunoslik