Termiz davlat universiteti Filologiya va tillarni o’qitish: o’zbek tili ta’lim yo’nalishi



Download 142 Kb.
bet1/3
Sana15.07.2021
Hajmi142 Kb.
#119529
  1   2   3
Bog'liq
Soliqlar va soliqqa tortish fanidan Mustaqil ish



Termiz davlat universiteti

Filologiya va tillarni o’qitish:

o’zbek tili ta’lim yo’nalishi

2-oliy ta’lim 3-kurs 301-guruh talabasi

Turaboyev Akmal Maxmudovichning

,,Soliqlar va soliqqa tortish” fanidan

tayyorlagan

M U S T A Q I L I SH I

Termiz-2021-yil

Mavzu: ,,Soliqlar va soliqqa tortish” fanining predmeti, vazifalari va o’rganish usullari.

Reja:


I.Kirish.

II.Asosiy qism

1. Soliqlar va soliqqa tortish” fanining maqsadi, predmeti va vazifalari

2. Soliq turlari, soliqlarga tenglashtirilgan to’lovlar va ularning o’ziga xos jihatlari

3. Soliqlar va boshqa majburiy to’lovlarni hisoblash hamda budjetga to’lashda soliq to’lovchi sub’yektlarning huquqlari, majburiyatlari va javobgarligi. Muddatida bajarilmagan soliqlar va boshqa majburiy to’lovlar bo’yicha soliq majburiyatlarini bajarish usullari

III.Xulosa

Foydalanilgan adabiyotlar

I.Kirish.

“Soliqlar va soliqqa tortish” fanini o’qitishdan maqsad, ta’lim olayotgan

talabalarni O’zbekiston Respublikasida harakatda bo’lgan soliq tizimi bilan

tanishtirib, ularning iqtisodiy bilimlarini oshirish hamda chuqurlashtirish bilan bir

qatorda olayotgan bilimlarini soliq amaliyotida qo’llay olishini o’rgatishdir. Fanning

oldiga qo’yilgan vazifalar asosan talabalarni amaldagi har bir soliq turi bilan

tanishtirib, ularga soliq ob’ekti, sub’ekti, soliqlarni hisoblash uslubiyatlari, undirish

usullari, imtiyozlari, soliq organlariga hisob - kitoblarni taqdim etish tartiblarini,

hisoblanayotgan soliqlarni buxgalteriya hisobida aks ettirilishini o’rgatishdan iboratdir.

1. Soliqlarning paydo bo`lishi va rivojlanishi, soliq tizimi va soliqqa tortish jarayonlarining

takomillashib borishi, iqtisodiyot va ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarning yuksalib borishi

soliqlar to`g`risidagi ilmiy tasavvurlarning taraqqiyotiga olib keldi. Bu esa soliqlar to`g`risida

fan shakllanishiga asos bo`lib xizmat qildi. Shunday fanlardan biri «Soliqlar va soliqqa tortish»

fanidir.

Ma’lumki, «Soliqlar va soliqqa tortish» fani oliy o`quv yurtlarining noiqtisodiy ta’lim

yo`nalishlarida boshqa fanlar qatorida o`qitib kelinadi.

O`zbekistonda qurilayotgan demokratik fuqarolik jamiyati va rivojlangan bozor iqtisodiyoti

jamiyatdagi ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarni, shu jumladan, soliq munosabatlarini yuksak

ma’naviy-madaniy darajaga ko`tarishni talab qiladi. Shu yo`nalishda mamlakatda amalga

oshirilayotgan jamiyatni erkinlashtirish va modernizatsiya qilish, soliq islohotlari bu

jarayonlarda butun aholining ongli va faol ishtirok etishini taqozo etadi va shunday ishtirokiga

asoslanadi. Bu esa mazkur munosabatlar va jarayonlarda ishtirok etuvchilarda soliqlar to`g`risida

shakllangan tasavvur va ko`nikmalarga bog`liqdir.

Soliqlar korxonalar, tashkilotlar, uy xo`jaliklari va davlatning o`zaro pul munosabatlari

bo`lib, ularning daromadlarini shakllantirishda bevosita ishtirok etadilar. Har bir kishi vaqti

kelib soliq munosabatlari ishtirokchisi bo`ladi, soliqlarning ta’sirini bevosita sezadi va albatta

ular bilan qiziqadi. Shuning uchun barcha aholining soliqlar to`g`risida ma’lum tasavvurga ega

bo`lishi maqsadga muvofiq. Aholining ma’rifiy ilg`or tabaqasi, vakillari hisoblangan oily va

o`rta maxsus ma’lumotli mutaxassislar esa soliqlar to`g`risida to`liqroq bilimlarga va aniqroq

ko`nikmalarga ega bo`lishlari zarur.

“Soliqlar va soliqqa tortish” fanining maqsadi- Soliqlar va boshqa majburiy to`lovlar

to`g`risida ilmiy tasavvur hosil qilish va ularni hisoblab chiqarish, undirish, to`lash jarayonlarini

amalga oshirish bo`yicha ko`nikmalar shakllantirish. “Soliqlar va soliqqa tortish” fanining

predmeti Soliqlarning nazariy, huquqiy, tashkiliy, uslubiy asoslari, soliq tizimi va soliqqa tortish

tizimi, ularning tarkibi va shakllanish, amal qilish, rivojlanish qonuniyatlarini o‘rganishdir.

“Soliqlar va soliqqa tortish” fanining vazifalari sifatida quyidagilarni ko‘rsatish mumkin:

Soliq va soliqlarga tortish

-mamlakatning soliq munosabatlari, soliq tizimi va soliqqa tortish amaliyotini ilmiy tahlil qilish;

-soliqlar va soliqqa tortishning nazariy, huquqiy, tashkiliy, uslubiy asoslari to`g`risida bilim

berish;

-mamlakatning soliq siyosati, tizimi, amaliyoti va ularning yutuqlari, muammolari va istiqbollari

to`g`risida tasavvur hosil qilish;

-soliqlar va boshqa majburiy to`lovlarni hisoblab chiqarish, undurish, to`lash, hisobotlarini tuzish

va taqdim etish ko`nikmalarini shakllantirish;

-soliqlar va boshqa majburiy to`lovlar sohasidagi bilimlar va tajriba, yutuqlar va ilg`or g`oyalarni

targ`ibot qilish.

Mamlakatda olib borilayotgan keng qamrovli iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishda

avvalombor soliq siyosatini yanada takomillashtirish, soliqlarning turlari va ularning amal qilish

mexanizmini soddalashtirish muhim masalalardan hisoblanadi. Soliq to‘lovchilarga soliqqa

tortish tizimida qo‘shimcha imtiyozlar va preferensiyalar berish, soliqlarni unifikatsiya qilish,

soliq yukini yengillashtirish, soliq qonunchiligining barqarorligini ta’minlash hamda ushbu

yo‘nalishda ilg‘or mamlakatlar ijobiy tajribalaridan foydalanish kerak. O‘zbekiston Respublikasi

Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ta’kidlaganlaridek, “…soliq tizimi uzoq muddat davomida aniq

va tushunarli bo‘lishi kerak. Shuning uchun soliq tizimida puxta o‘ylangan, uzoq muddatga

mo‘ljallangan siyosatni amalga oshirish lozim”1. Shu boisdan ham ta’lim tizimida soliq

sohasidagi bilimlarni o‘rgatishda Respublikamizda amalga oshirilayotgan soliq sohasidagi

islohotlarni talaba-o‘quvchilarga to‘laroq yetkazish, ushbu yo‘nalish bo‘yicha istiqbolli

dasturlarni ishlab chiqish, oliy o‘quv yurtlari ta’lim yo‘nalishlari uchun o‘quv qo‘llanmalar va

darsliklar tayyorlash, soliq sohasida amaliy tadqiqotlar olib borish, ilg‘or pedagogik

texnologiyalarni ta’lim tizimida tadbiq etishni amalga oshirish xukumatimiz diqqat e’tiborida

bo‘lgan asosiy vazifalardan hisoblanadi.

2. Soliqlar davlatning korxonalar, tashkilotlar, muassasalar, uy xo`jaliklari, fuqarolar bilan

o`zaro pul munosabatlari bo`lib, har birining daromadlarini shakllantirishda bevosita ishtirok

etadi va sezilarli ta’sir ko`rsatadi. Yaqinda qabul qilingan yangi Soliq kodeksiga muvofiq, bu

yildan boshlab ko‘plab yangiliklar amaliyotga joriy etilmoqda. Jumladan, soliq turlari 13 tadan 9

taga kamaytirildi2. Shuning uchun barcha aholining soliqlar to`g`risida ma`lum tasavvurga ega

bo`lishi soliq ishlarini tashkil etish va amalga oshirish, soliq munosabatlarini takomillashtirishda

ijobiy rol o`ynashi shubhasizdir. Aholining ma’rifiy-ma’naviy ilg`or vakillari hisoblangan oily

va o`rta maxsus ma`lumotga ega bo`lgan mutaxassislar esa soliqlar to`g`risida to`liqroq va

chuqurroq bilimga, yaxshiroq tasavvurga va aniqroq ko`nikmaga ega bo`lishlari maqsadga

muvofiq. Bunday intellektual salohiyatga ega bo`lish nafaqat iqtisodiy ta`lim yo`nalishlarini

bitiruvchilari uchun juda zarur. Amaldagi soliq tizimini bozor iqtisodiyoti tamoyillari asosida

isloh qilish sharoitida ta'lim tizimida soliq sohasidagi bilimlarni o‘rganish, tahlil qilish va

ilmiy tadqiqot ishlarini olib borish muhim ahamiyatga ega bo‘lish eng dolzarb

masalalardan biri hisoblanadi. O‘zbekiston mustaqillikka erishib, iqtisodiy islohotlar yo‘lini

tanlaganidan so‘ng, oldimizda mamlakatimizning o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olib,

boshqa bozor iqtisodiyotiga o‘tishdek murakkab jarayonni boshidan kechirgan rivojlangan

va rivojlanayotgan xorijiy davlatlarning ilg‘or tajribalaridan kelib chiqqan holda mohiyatan

yangi soliq tizimini vujudga keltirish vazifasi turar edi. Bozor munosabatlari, xo‘jalik

yuritishning yangi shakllari rivojlanishi bilan soliq qonunchiligiga zikr etilgan tamoyillardan

kelib chiqadigan hamda islohotlarning tegishli bosqichi sharoitiga mos keladigan jiddiy

o‘zgarishlar amalga oshirildi. Soliqlar va soliqqa tortish fanini o‘qitishdan asosida,

talabalarni O‘zbekiston Respublikasining soliq va soliqqa tortish tizimi bilan yaqindan

tanishtirib, ularning iqtisodiy bilimlarini chuqurlashtirish, amalda qo‘llay olish

ko‘nikmalarini hosil qilishga qaratilgandir. Ushbu fan orqali asosan talabalarni soliq turlarini,

1 O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2017 yil 22-dekbrdagi Oliy Majlisga

Murojaatnomasidan

2 O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2020 yil 24-yanvardagi Oliy Majlisga

Murojaatnomasidan

Soliq va soliqlarga tortish

soliq ob’yektlari, sub’yektlari, soliqni hisoblash yo‘llarini, uni undirish usullari, imtiyozlari,soliq

organlariga hisob-kitoblarni taqdim etish tartibi, hisoblanayotgan soliqlarni buxgalteriya

hisobida aks ettirilishini o‘rgatiladi.Soliqlar va soliqqa tortish fani bo‘yicha mazkur sohada

erishilgan asosiy yutuq, muammolar va uning rivojlanish istiqbollari haqida tasavvur hosil

qilish, “Soliqlar va soliqqa tortish” bakalavriat yo‘nalishi bo‘yicha maxsus bilimlarni, kasb

faoliyati ko‘nikmalari va uquvlarini shakllantirishga qaratilgandir. Shu bilan bir qatorda

mamlakatimizda amalga oshirilayotgan soliq islohotlarining tadrijiy rivojlanishi va

Prezidentimiz tomonidan chiqarilayotgan farmon va qarorlarning mazmun va mohiyatini

talabalar ongiga singdirishdan iboratdir.

2.Soliq tushunchasi iqtisodiy kategoriya sifatida davlatning paydo bo‘lishi va uni

faoliyatining davomiyligi bilan bevosita bog‘liqdir. Shu o‘rinda soliq kategoriyasi davlatni

iqtisodiy siyosati orqali iqtisodiy voqeylik sifatida yuzaga chiqishini ta’kidlash lozim. Soliq

tushunchasi tor ma’noda davlat ixtiyoriga soliq to‘lovchilardan majburiy tartibda undiriladigan

pul tushumlarini ifodalaydi.

Ma’lumki, soliqlar bevosita davlatning paydo bo‘lishi bilan bog‘liqdir, ya’ni davlat

o‘zining vakolatiga kiruvchi vazifalarni bajarish uchun moliyaviy manba sifatida soliqlardan

foydalanadi. Soliqlarning amal qilishi bu ob’yektivlikdir, chunki jamiyatni tashkil etuvchi barcha

sub’yektlar ham real sektorda, ya’ni ishlab chiqarish sohasida faoliyat ko‘rsatmaydi. Jamiyatda

boshqalar tomonidan rad etilgan yoki faoliyati iqtisodiy samarasiz bo‘lgan sohalar ham

mavjudki, bular soliqlarni ob’yektiv amal qilishini talab etadi. Aniqroq qilib aytganda jamiyatni

norentabel (mudofaa, meditsina, fan, maorif, madaniyat va boshq.) va rentabel sohaga ajralishi

hamda norentabel sohani moliyalashtirishning tabiiy zarurligi soliqlarni ob’yektiv amal qilishini

zarur qilib qo‘yadi, vaholanki, norentabel sohaning ijtimoiy xizmatlari asosan davlat tomonidan

amalga oshiriladiki, ularni moliyalashtirish usuli sifatida yuzaga chiquvchi soliqlar ham shu

tufayli bevosita davlatga tegishli bo‘ladi.

“Soliqlar, - deb yozadi D.Rikardo, - hokimiyat ixtiyoriga kelib tushadigan yer mahsuloti

va mamlakat mehnatining bir qismini tashkil etadi va oxir-oqibatda ular kapital hisobidan yoki

mamlakat daromadi hisobidan to‘lanadi”.3 Shuni alohida ta’kidlab o‘tish lozimki, D. Rikardo

soliqlar mohiyatini yoritib, o‘z navbatida A. Smit tomonidan yaratilgan soliqlar nazariyasini

ma’lum darajada rivojlantirgan.

S.G.Pepelyayev «Soliq - ommaviy hokimiyat sub’yektlarining to‘lov qobiliyatini

ta’minlash maqsadida jismoniy va yuridik shaxslar mulklarini begonalashtirishning majburiylik,

yakka tarzda xolisona, qaytarmaslik, davlatning majburlashi bilan ta’minlanganlik asoslarida va

jazo yoki kontributsiya xarakteriga ega bo‘lmagan qonunda belgilangan yagona shaklidir»4 -

deb, ta’kidlagan.

D.G.Chernikning fikricha “Soliqlar - davlat tomonidan xo‘jalik sub’yektlari va

fuqarolardan qonuniy tartibda o‘rnatilgan stavkalarda undirib olinadigan majburiy yig‘imlarni

o‘zida aks ettiradi”.5

O‘zbekiston Soliq Kodeksiga ko‘ra quyidagi ta’rif keltirilgan “Soliq deganda

O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjetiga yoki davlat maqsadli jamg‘armasiga

to‘lanadigan majburiy beg‘araz to‘lov tushuniladi.

Yig‘im deganda budjet tizimiga qonun hujjatlarida belgilangan majburiy to‘lov

tushuniladi, bu yig‘imning to‘lanishi uni to‘lovchi shaxsga nisbatan vakolatli organ yoki uning

mansabdor shaxsi tomonidan yuridik ahamiyatga ega harakatlarni amalga oshirish, shu jumladan

unga muayyan huquqlarni yoxud ruxsat etuvchi hujjatlarni berish shartlaridan biri bo‘ladi.”6

3 А.Ваҳобов, А.Жўраев Солиқлар ва солиққа тортиш: Дарслик .Т.:“Шарқ” нашриёти – 2009. –9- бет

4 А.Ваҳобов, А.Жўраев Солиқлар ва солиққа тортиш: Дарслик .Т.:“Шарқ” нашриёти – 2009. –9- бет

5 А.Ваҳобов, А.Жўраев Солиқлар ва солиққа тортиш: Дарслик .Т.:“Шарқ” нашриёти – 2009. –9- бет

6

O‘zbekiston Respublikasi Solik Kodeksi 16-modda.



Soliq va soliqlarga tortish

U yoki bu iqtisodiy kategoriyaning mohiyatini chuqurroq anglash uchun unga xos umumiy

belgilarni aniqlash lozim bo‘ladi. Masalan, kredit iqtisodiy kategoriya sifatida muddatlilik,

qaytarishlik, muayyan miqdorda ustama haq (foiz) to‘lash kabi umumiy belgilarga egaki, ushbu

belgilar kredit kategoriyasi mohiyatini kengroq yoritish uchun xizmat qiladi. Xuddi shu kabi

soliq kategoriyasi ham bir qator o‘ziga xos belgilarga egaki, ushbu belgilar soliqlarning boshqa

to‘lovlardan farqlash uchun xizmat qiladi.

Soliqlarning belgilari borasida iqtisodchi olimlar tomonidan turli xil fikrlar mavjud.

Masalan, prof. Q.Yahyoyev soliqlarni umumiy belgilari sifatida quyidagilarni ko‘rsatadi.

1. Soliqlar va yig‘imlar majburiy bo‘lib, bunda davlat soliq to‘lovchining bir qism

daromadlarini majburiy badal sifatida budjetga olib qo‘yadi. Bu majburiylik Oliy Majlis

tasdiqlab bergan Soliq kodeksining qoidalari asosida amalga oshiriladi. Demak, majburiylik

belgisi huquqiy jihatdan davlat tomonidan kafolatlanadi.

2. Soliqlar xazinaga davlat budjetiga tushadi. Ammo boshqa turdagi to‘lovlar «Umid»,

«Ekosan» kabi jamg‘armalarga tushishi soliq munosabatlarini aks ettirmaydi.

3. Soliqlar qat’iy belgilangan va doimiy harakatda bo‘ladi. Tarixan asrlab o‘zgarmay

harakatda bo‘lgan soliqlar mavjud. Uning ilmiy asosi qancha chuqur bo‘lsa, shuncha qat’iy va

uzoq yillar o‘zgarmasdan harakat qiladi.

4. Davlatga to‘langan soliq summasi to‘lovchining o‘ziga to‘liq qaytmaydi, ya’ni u

ekvivalentsiz pul to‘lovidir7.

Soliq elementlari bir nechta tushunchalardan iborat bo‘lib, ular soliqning barcha

elementlari aniqlab qo‘yilgan taqdirdagina ushbu soliq belgilangan deb hisoblanadi.

Bunday soliq elementlariga quyidagilar kiradi:

1) soliq solish ob’yekti;

2) soliq bazasi;

3) soliq stavkasi;

4) soliq davri;

5) soliqni hisoblab chiqarish tartibi;

6) soliq hisobotini taqdim etish tartibi;

7) soliqni to‘lash tartibi.

Soliqni belgilashda soliq imtiyozlari va ularning qo‘llanilishi uchun asoslar nazarda

tutilishi mumkin.

Quyida soliq elementlarining ayrimlariga qisqacha to‘xtalib o‘tamiz.

Soliq solish ob’yekti mol-mulk, harakat, harakat natijasi yoki qiymat, miqdoriy yoki

fizik xususiyatga ega bo‘lgan boshqa holat bo‘lib, u mavjud bo‘lganda soliq to‘g‘risidagi qonun

hujjatlari soliq to‘lovchida soliq majburiyatini vujudga keltiradi.

Har bir soliq mustaqil soliq solish ob’yektiga ega bo‘ladi.

Soliq bazasi soliq solish ob’yektining qiymat, fizik yoki boshqa xususiyatini

ifodalaydi.Har bir soliq uchun soliq bazasi va uni aniqlash tartibi belgilanadi.

Soliq stavkasi soliq bazasining o‘lchov birligiga nisbatan hisoblanadigan soliqning

foizlardagi yoki mutlaq summadagi miqdorini ifodalaydi.

Soliq stavkalari qonun hujjatlari bilan belgilanadi. Aksiz solig‘i, yer solig‘i, suv

resurslaridan foydalanganlik uchun soliq va qat’iy belgilangan summada jismoniy shaxslardan

olinadigan daromad solig‘i stavkalari O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti to‘g‘risidagi

Qonuni bilan belgilanadi. Aksiz solig‘ining stavkalari, mahsulot narxi dinamikasidan va

realizatsiya qilish hajmidan kelib chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlari bilan

yil davomida qayta ko‘rib chiqilishi mumkin

Soliq davri deganda tugagandan keyin soliq bazasi aniqlanadigan hamda to‘lanishi

lozim bo‘lgan soliq summasi hisoblab chiqariladigan kalendar yil yoki boshqa davr tushuniladi.

7 Яҳёев Қ. Солиққа тортиш назарияси ва амалиёти. Т.: «Ғафур Ғулом» 2000 й. 10-бет.

Soliq va soliqlarga tortish

Soliq davri bir necha hisobot davrlaridan iborat bo‘lishi mumkin.

Agar yuridik shaxs kalendar yil boshlanganidan keyin, lekin shu yilning 1 dekabriga

qadar tashkil etilgan bo‘lsa, uning uchun u tashkil etilgan kundan e’tiboran shu yilning oxiriga

qadar bo‘lgan davr birinchi soliq davri deb e’tirof etiladi.

Agar yuridik shaxs 1 dekabrdan 31 dekabrga qadar bo‘lgan davrda tashkil etilgan

bo‘lsa, tashkil etilgan kundan e’tiboran tashkil etilgan yildan keyingi kalendar yilning oxirigacha

bo‘lgan davr uning uchun birinchi soliq davri deb e’tirof etiladi. Bunda yuridik shaxs davlat

ro‘yxatidan o‘tkazilgan kun u tashkil etilgan kun deb e’tirof etiladi.

Agar yuridik shaxs kalendar yil oxirigacha tugatilgan (qayta tashkil etilgan) bo‘lsa,

uning uchun shu yil boshidan to tugatish (qayta tashkil etish) tamomlangan kungacha bo‘lgan

davr oxirgi soliq davri deb e’tirof etiladi.

Agar kalendar yil boshlanganidan keyin tashkil etilgan yuridik shaxs shu yil oxiriga

qadar tugatilgan (qayta tashkil etilgan) bo‘lsa, uning uchun u tuzilgan kundan e’tiboran

tugatilgan (qayta tashkil etilgan) kungacha bo‘lgan davr soliq davri deb e’tirof etiladi.

Agar yuridik shaxs joriy kalendar yilning 1 dekabridan 31 dekabriga qadar bo‘lgan

davrda tashkil etilgan bo‘lsa va tashkil etilgan yildan keyingi kalendar yil oxirigacha tugatilgan

(qayta tashkil etilgan) bo‘lsa, uning uchun u tuzilgan kundan e’tiboran tugatilgan (qayta tashkil

etilgan) kungacha bo‘lgan davr soliq davri deb e’tirof etiladi.

Soliqni hisoblab chiqarish tartibi soliq bazasidan, soliq stavkasidan, shuningdek mavjud

bo‘lgan taqdirda, soliq imtiyozlaridan kelib chiqqan holda soliq davri uchun soliq summasini

hisob-kitob qilish qoidalarini belgilaydi.

Soliqni hisoblab chiqarish soliq to‘lovchi tomonidan mustaqil ravishda amalga

oshiriladi.

Ayrim hollarda bu majburiyat soliq organiga yoki soliq agentiga yuklatilishi mumkin.

Soliqni to‘lash soliqning to‘liq summasi bo‘yicha yoki qonunda nazarda tutilgan

boshqacha tartibda amalga oshiriladi.

Agar soliq bo‘yicha soliq davri bir necha hisobot davrini tashkil etsa, ulardan har

birining natijalari bo‘yicha joriy to‘lovlar to‘lanadi. Joriy to‘lovlarni to‘lash majburiyati soliqni

to‘lash bo‘yicha majburiyatga tenglashtiriladi.

Alohida soliq turlari uchun bo‘nak to‘lovlari nazarda tutilishi mumkin. Bo‘nak

to‘lovlarini to‘lash majburiyati soliqni to‘lash bo‘yicha majburiyatga tenglashtiriladi.

Yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar soliqlarni banklar orqali naqd pulsiz

shaklda to‘laydi.

Soliqlar va yig‘imlarni turlari bo‘yicha hisoblab chiqarish tartibi hamda to‘lash

muddatlari ushbu Kodeksning Maxsus qismida belgilanadi.

Soliq to‘lovchilarning ayrim toifalariga boshqa soliq to‘lovchilarga nisbatan soliq

to‘g‘risidagi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan afzalliklar, shu jumladan soliqni to‘lamaslik

yoki ularni kamroq miqdorda to‘lash imkoniyati soliq imtiyozlari deb e’tirof etiladi.

Soliq to‘lovchiga soliqlarni to‘lash bo‘yicha muddatni kechiktirish (bo‘lib-bo‘lib

to‘lash) imkoniyati berilishi soliq imtiyozlari hisoblanmaydi.

Soliq imtiyozlari qonun hujjatlari asosida taqdim etiladi. Soliq imtiyozlari individual

xususiyatga ega bo‘lishi mumkin emas.

Ayrim soliqlar bo‘yicha soliq imtiyozlari, qo‘shilgan qiymat solig‘i, aksiz solig‘i

solinadigan mahsulotlar ishlab chiqarilganda va (yoki) realizatsiya qilinganda aksiz solig‘i va yer

qa’ridan foydalanganlik uchun soliqdan tashqari, qonun hujjatlari qoidalarini hisobga olgan

holda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlari bilan faqat belgilangan soliq stavkasini

kamaytirish, lekin ko‘pi bilan 50 foizga kamaytirish tarzida va ko‘pi bilan uch yil muddatga

berilishi mumkin.

Soliqqa tortish usullari uch xil ko‘rinishda amalga oshirilib ular quyidagilar:

1) Kadastrli;

2) Daromad manbaidan;

3)Daromad egasi daromadni olganidan so‘ng (deklaratsiya buyicha).

Soliq va soliqlarga tortish

Soliq solish tamoyillari soliq munosabatlarini amaliyotda tashkil etish, soliq solish, uni undirish

amaliyotining mazmunini ochib beradi.

Soliq solishning yetarlilik tamoyili. Soliq solishning yetarlilik tamoyiliga muvofiq

soliq solish darajasi shunday bo‘lishi lozimki, u davlat intilayotgan xalq xo‘jaligi

samaradorligiga erishishni kafolatlay olsin. Soliqqa tortish tizimi iqtisodiyot, ijtimoiy himoya,

mudofaa qobiliyati va boshqa sohalardagi davlat siyosatini amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan

moliya resurslari to‘planishini ta’minlashi lozim. Shuni ham ta’kidlab o‘tish lozimki, soliq

stavkalari soliq yuki ko‘rsatkichi hisoblanmaydi, chunki soliq to‘lovchi soliq to‘lar ekan, davlat

tomonidan bepul xizmatlardan bahramand bo‘lgani holda ayni chog‘da o‘zining ba’zi

xarajatlarini qisqartiradi. Umuman olganda, yetarlilik tamoyili soliq siyosatini belgilayotganda

uni davlatning qabul qilingan ijtimoiy-iqtisodiy siyosati bilan qat’iy ravishda uyg‘unlashtirishni

taqozo etadi.

Soliq solishning tadbirkorlik va investitsiyalarni rag‘batlantirish tamoyili. Soliq tizimi xo‘jalik

yurituvchi sub’yektlarning ishlab chiqarishini rivojlantirish, uskunalar va zamonaviy

texnologiyalar sotib olish uchun mablag‘ yo‘naltirish, ya’ni kapital jamg‘arish va shu yo‘l bilan

texnologiyalarni takomillashtirish, raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarishni

rag‘batlantirishi lozim. Soliq solishning iqtisodiy omillarga ta’siri ikki xil ko‘rinishda bo‘ladi,

ya’ni qiyosiy oqibat va daromad oqibati shaklida ifodalanadi. Qiyosiy oqibat mehnat natijalari,

jamg‘arish, investitsiyalash, yangi g‘oyalarni joriy etish va ishlab chiqarish faoliyatining boshqa

xil ko‘rinishlari bilan shug‘ullanish uchun nisbatan kamroq darajada rag‘batlantirishda namoyon

bo‘ladi. Ayniqsa, progressiv (oshib boruvchi) soliq solishda bunday oqibatning

rag‘batlantirishga zid ta’siri yaqqol ifodalanadi. oliqlarning ta’siri investitsiyalar tarkibida ham

yaqqol seziladi. Turli ko‘rinishdagi aktivlar uchun joriy etilgan har xil soliq tartiblari investitsiya

imkoniyatlari va sarmoyadorlarning portfeli tarkibida sezilib qoladi. Soliq tizimidagi kamchilik

va nuqsonlar iqtisodiy o‘sish sur’atlarining pasayib ketishiga olib kelishi mumkin, bu hol

pirovard natijada davlat budjeti daromadlarining o‘zgarishiga ham ta’sir etmay qolmaydi.

Soliq solishning adolatlilik tamoyili. Soliq solishning adolatlilik tamoyiliga muvofiq, soliqlar

jamiyat tomonidan oqilona va adolatli deb tan olingan umumiy ob’yektiv qoidalarga binoan

belgilanishi lozim. Adolatlilik tamoyili bir qancha asosiy guruhdagi soliq solish tamoyillariga

bo‘linadi. Bularni ikki guruhga bo‘lgan holda o‘rganish maqsadga muvofiqdir. Bunda gorizontal

va vertikal adolatni bir-biridan farqlash lozim. Gorizontal adolat tamoyili daromad olishning

turli sharoitlarida soliq to‘lovchilarga nisbatan soliq solishning taxminan teng shartlarini

qo‘llashni ko‘zda tutadi. Vertikal adolat deganda xo‘jalik yuritishning birmuncha og‘ir

sharoitlarida ishlayotgan sub’yektlar uchun soliq solishning bir qadar yumshoqroq shartlarini,

yengil daromad olish imkoniyatiga ega bo‘lgan sub’yektlar uchun esa og‘irroq shartlarni

qo‘llash tushuniladi. Soliqlarning rag‘batlantirish funksiyasini bajarish doirasida ikkinchi

tamoyil buzilishi mumkin. Masalan, iste’mol tovarlari ishlab chiqarishni rag‘batlantirish

maqsadida ularni ishlab chiqarish bo‘yicha soliq solishda bir qadar imtiyozli shartlar yoki,

aksincha, vino-aroq va tamaki mahsulotlarini iste’mol qilishni cheklash uchun ulardan

olinadigan egri soliqlarning yuqori stavkalari belgilangan hollar ham bo‘ladi. Soliq solishning

oddiylik va xolislik tamoyili. Bu tamoyil soliq solish bazasini aniqlashda, soliqlarni hisoblab

chiqishda oddiylik bo‘lishini, taqdim etiladigan hisobotlarning mazmunini soddalashtirishni,

shuningdek soliqlarning eng muhim turlari bo‘yicha yagona stavkalar belgilashni, beriladigan

imtiyozlarni iloji boricha kamaytirishni ko‘zda tutadi. Bu o‘rinda nazarda tutilayotgan narsa

shuki, soliqlarning rag‘batlantirish funksiyasi doirasida beriladigan imtiyozlar yakka tartibdagi

xususiyatga ega bo‘lmasligi, balki muayyan faoliyat turlarini rag‘batlantirishga, soliq

to‘lovchilarning mulkchilik shakli va qaysi idoraga mansubligidan qat’i nazar, ma’lum turdagi

mahsulotlarni ishlab chiqarishni ko‘paytirishga qaratilmog‘i lozim. Soliq imtiyozlarining haddan

Soliq va soliqlarga tortish

tashqari ko‘pligi qonunlarni murakkablashtirib yuboradi, tushunishni qiyinlashtiradi hamda

turlicha talqin qilinishiga olib keladi, bu hol pirovard natijada soliq to‘lovchilarning soliqlarga

nisbatan munosabatlariga salbiy ta’sir qiladi. Shu bilan birga aniq qilib belgilangan imtiyozlar

soliq yukini boshqa soliq to‘lovchilar zimmasiga o‘tkazib, ijtimoiy adolatsizlik ro‘y berishiga

olib keladi.

Soliq solishning boshqarishga qulaylik tamoyili. Samarali soliq tizimiga qo‘yiladigan

muhim talablardan biri boshqaruvga qulay bo‘lishidir. Soliqlarni undirib olishda samaradorlikka

erishish ko‘p hollarda soliqlarning soliq to‘lovchilarga yaxshi tushunarli bo‘lishiga bog‘liq.

Ayrim mamlakatlarda soliq solishning nihoyatda murakkab tartibi amal qiladi, aytaylik, shkala

va stavkalar turi, soliqlar tarkibi, ularni to‘lash qoidalari va tartiblari haddan tashqari ko‘p

bo‘ladi. Buning ustiga ular soliq tushumlarining ko‘payishiga hech qanday yordam bermaydi

hamda soliqlarning rag‘batlantiruvchi funksiyasi bajarilishida rol o‘ynamaydi.

Soliq solishning soliqlarni yig‘ish jarayonini imkon qadar arzonlashtirish tamoyili. Ushbu

tamoyil davlat va soliq to‘lovchilar tomonidan soliqlarni yig‘ish uchun ketadigan xarajatlarni

mumkin qadar kamaytirishni ko‘zda tutadi. Buning uchun respublikamizda soliq solish tartibini

takomillashtirish bilan bir qatorda soliqlarni maqbullashtirish, kompyuter texnologiyalari, soliq

axborotlarining to‘g‘riligini bevosita nazorat qilish usullarini qo‘llash orqali soliq

to‘lovchilarning xarajatlarini kamaytirish maqsadida davlat hisobidan saqlanadigan servismarkazlar, soliq solish masalalari xususida soliq organlari tomonidan bepul maslahatxonalar

tashkil etilgan.

Soliq solishning soliq stavkalarini qiyoslash tamoyili. Soliq stavkalari boshqa davlatlardagi

xuddi shunday soliqlarning stavkalari bilan qiyoslanishi, ya’ni mintaqaning o‘ziga xos

xususiyatlari hisobga olingan holda boshqa mamlakatlar bilan teng bo‘lgan xo‘jalik faoliyati

shart-sharoitlari vujudga keltirilishi lozim. Agar qattiq shartlar belgilab qo‘yilgudek bo‘lsa, bu

hol respublika iqtisodiyotiga investitsiyalarni jalb qilishni mushkullashtirib yuboradi, aksincha,

yengil sharoit yaratilsa, mamlakat budjetiga salbiy ta’sir qiladi. Soliq solish tamoyillari va soliq

qonunchiligi tamoyillari muayyan o‘xshashlikka ega va ularni hayotga to‘liq tatbiq etish

iqtisodiyotni rivojlantirishning muhim vazifalaridan biridir. O‘zbekiston Respublikasi Soliq

kodeksida keltirilgan soliq to‘g‘risidagi qonun hujjatlari prinsiplari quyidagilardan iborat:

Soliq solish majburiylik, aniqlik va soliq organlarining soliq to‘lovchilar bilan

hamkorligi, adolatlilik, soliq tizimining yagonaligi, oshkoralik va soliq to‘lovchining haqligi

prezumpsiyasi prinsiplariga asoslanadi.

Majburiylik prinsipi. Har bir shaxs ushbu Kodeksda belgilangan soliqlar va unda

nazarda tutilgan yig‘imlarni to‘lashi shart.

Hech kimga soliqlar va yig‘imlarning barcha alomatlariga ega bo‘lgan, biroq ushbu

Kodeksda nazarda tutilmagan yoxud uning normalari buzilgan holda belgilangan soliqlar va

yig‘imlarni to‘lash majburiyati yuklatilishi mumkin emas.

Soliq solishning aniqligi va soliq organlarining soliq to‘lovchilar bilan hamkorligi

prinsipi.Soliqlarni va yig‘imlarni belgilovchi soliq to‘g‘risidagi qonun hujjatlari, agar ushbu

Kodeksda boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, soliq to‘lovchilarni hamda ushbu

soliqlarning va yig‘imlarning boshqa barcha elementlarini, shu jumladan ularni to‘lash

muddatlari va tartibini aniqlab berishi kerak.

Soliq organlari soliq munosabatlari doirasida soliq to‘lovchilar bilan soliq to‘g‘risidagi

qonun hujjatlarini to‘g‘ri bajarish maqsadida hamkorlik qilishi shart. Bunda soliq organlari soliq

to‘lovchilarning qonuniy faoliyatiga asossiz to‘siqlar yaratishga haqli emas, soliq to‘lovchilar esa

soliq organlari o‘z vakolatlarini amalga oshirishi uchun shart-sharoit yaratishi kerak.

Adolatlilik prinsipi.Soliqlar va yig‘imlar kamsitish xususiyatiga ega bo‘lishi hamda

ijtimoiy, irqiy, milliy, diniy va boshqa shu kabi mezonlardan kelib chiqqan holda qo‘llanilishi

mumkin emas.Mulkning shakliga, jismoniy shaxslarning fuqaroligiga yoki kapitalning kelib

Soliq va soliqlarga tortish

chiqish mamlakatiga qarab farqlangan soliq stavkalarini, soliq imtiyozlarini yoki boshqa

afzalliklarni belgilashga yo‘l qo‘yilmaydi.Fuqarolarning o‘z konstitutsiyaviy huquqlarini amalga

oshirishiga to‘sqinlik qiladigan soliqlarni belgilashga yo‘l qo‘yilmaydi.

Soliq tizimining yagonaligi prinsipi.Soliq tizimi O‘zbekiston Respublikasining butun

hududida yagonadir.O‘zbekiston Respublikasining yagona iqtisodiy makonini buzuvchi,

xususan, O‘zbekiston Respublikasining hududi doirasida tovarlarning (xizmatlarning) yoki

moliyaviy mablag‘larning erkin muomalada bo‘lishini bevosita yoki bilvosita cheklab

qo‘yadigan soliqlar belgilanishiga yo‘l qo‘yilmaydi.

Oshkoralik prinsipi.Soliq to‘g‘risidagi qonun hujjatlari rasman e’lon qilinishi

shart.Rasman e’lon qilinmagan soliq to‘g‘risidagi qonun hujjatlari kuchga kiritilmagan hujjat

sifatida huquqiy oqibatlarni keltirib chiqarmaydi.

Soliq to‘lovchining haqligi prezumpsiyasi prinsipi. Soliq to‘g‘risidagi qonun

hujjatlaridagi barcha bartaraf etib bo‘lmaydigan qarama-qarshiliklar va noaniqliklar soliq

to‘lovchining foydasiga talqin etiladi.

Soliqlarning mohiyati ularning bajaradigan funksiyalaridan kelib chiqadi. Har bir iqtisodiy

kategoriyaning o‘z funksiyasi mavjud. Soliq mustaqil kategoriya sifatida o‘zi bajaradigan

funksiyalarga ega bo‘lib, bu funksiyalar soliq kategoriyasining amaldagi harakatini ifodalaydi.

Funksiya deganda, odatda, kategoriyaning ko‘p qaytariladigan, takrorlanadigan doimiy

harakatlarini tushunish lozim.

Soliqlarning quyidagi asosiy funksiyalarini ajratib ko‘rsatish maqsadga muvofiqdir:

soliqning fiskal funksiyasi, tartibga solish funksiyasi, rag‘batlantirish funksiyasi, nazorat

funksiyasi, soliqni hisoblash jarayonini axborot bilan ta’minlash funksiyasi.

Soliqlarning asosiy funksiyasi – fiskal funksiya hisoblanib (lotincha fiscus so‘zidan olingan

bo‘lib, xazina degan ma’noni anglatadi), bu funksiyaning mohiyati shundan iboratki, soliqlar

yordamida davlatning moliya resurslari hosil qilinadi hamda davlat faoliyat ko‘rsatishi uchun

moddiy sharoit yaratiladi. Soliqlar orqali korxonalar va fuqarolar daromadining bir bo‘lagini

davlat boshqaruvini, mamlakat mudofaasini, umuman noishlab chiqarish sohasini saqlab turish

maqsadida undirib olish yo‘li bilan davlat budjetining daromad qismini shakllantiri – soliqlar

fiskal funksiyasining eng muhim elementi hisoblanadi.

Bozor munosabatlarining shakllanishi va rivojlanishi sharoitida soliqlarning ikkinchi

muhim funksiyasi ularning iqtisodiyotdagi tartibga soluvchilik roli hisoblanadi, ya’ni davlat

soliqlar orqali tovarlar, xizmatlarni ishlab chiqarish va sotishning iqtisodiy shart-sharoitini

tartibga soladi va bu bilan iqtisodiyot tarmoqlarining iqtisodiy faoliyatini amalga oshirish uchun

muayyan «soliq muhiti»ni yaratadi. Ushbu funksiya orqali davlat soliq tizimiga ta’sir ko‘rsatadi,

ya’ni muayyan tarmoqda ishlab chiqarish sur’atlarini rag‘batlantiradi yoki jilovlab turadi,

sarmoyaning bir tarmoqdan soliq muhiti eng ma’qul bo‘lgan boshqa tarmoqqa qo‘yilishini

kuchaytiradi yoki pasaytiradi, shuningdek, aholining to‘lovga qobil talabini kengaytiradi yoki

kamaytiradi.

Rag‘batlantirish funksiyasi soliq tizimining eng muhim funksiyalaridan biri bo‘lib, ishlab

chiqarishni rivojlantirishga, moddiy xom-ashyo resurslari, shuningdek moliyaviy va mehnat

resurslari, jamg‘arilgan mol-mulkdan samarali foydalanishga rag‘batlantiruvchi ta’sir ko‘rsatadi,

ya’ni soliq yukini kamaytirish orqali ishlab chiqarishni rivojlantirishga, moliyaviy ahvolni

mustahkamlashga va investitsiya faoliyatini jonlantirishga rag‘batlantiradi.

Soliqlarning nazorat funksiyasi soliq to‘lovchi tomonidan taqdim etilgan, soliqqa tortish

ob’yekti, soliqqa tortiladigan baza, imtiyozlar singari va hokazo tegishli soliq ko‘rsatkichlarining

hisob-kitoblarini tekshirishdek ancha murakkab jarayondan iborat. Soliq hisobi soliq idoralariga

belgilangan soliq hisobi shakllari orqali soliq to‘lovchilar o‘zlarining soliq majburiyatlarini

qanday bajarayotganliklarini yanada samarali nazorat qilish imkonini beradi.

Soliq va soliqlarga tortish

Soliqlarni hisoblash jarayonini axborot bilan ta’minlash funksiyasi ham muhim ahamiyat

kasb etib, bu funksiya orqali xarajatlar hajmi va konkret soliqli tushumlar davlatning qanday

ijtimoiy-iqtisodiy funksiyalarini bajarishga sarflanganligi to‘g‘risida axborot berib turilishi juda

zarurdir. Soliq nazariyasida soliqqa oid munosabatlarni to‘liq va teranroq ifoda etish uchun

iqtisodiy voqeliklarni har bir kichik guruhlari muayyan nomdagi iboralar bilan izohlanadi. Soliq

elementlari ham xuddi shunday soliqqa oid iqtisodiy hodisalarni izohlashga xizmat qiluvchi

yaxlit tushunchadir. Soliq elementlari tushunchasi soliqqa tortish tizimini muhim tarkibiy qismi

bo‘lib, uning o‘zi ham kichik tizimni tashkil etadi, ya’ni soliq elementlari ham bir necha

iqtisodiy kategoriyalarni yaxlit holdagi harakatini bildiradi.

3. Soliqlarning amal qilishini bozor iqtisodiyotiga o‘tish sharoitida ikki holat bilan

ifodalash mumkin: birinchidan, davlatning qator vazifalarini mablag‘ bilan ta’minlash zarurligi,

ikkinchidan, bozor iqtisodiyoti qonun-qoidalari. Soliqlar to‘g‘risidagi qarashlar tarixan ob’yektiv

va sub’yektiv omillarning ta’sirida shakllangan. Soliqlarga doir turli ta’riflarni tahlil qilish

ularning konkret iqtisodiy-ijtimoiy taraqqiyotlar jarayonidagi mohiyatini asoslash, soliqlarning

iqtisodiy rolini va soliq qonunchiligiga asos bo‘lgan soliq tamoyillarini belgilash hamda soliq

tizimida, jamiyat taraqqiyotida mavjud bo‘lgan soliqlarning tutgan o‘rnini aniqlash zarurdir.

Chunki, davlat paydo bo‘lishi bilan soliqlar jamiyatdagi iqtisodiy munosabatlarning zaruriy

talablaridan biri bo‘lib hisoblanib kelingan. Davlat tuzilish shakllarini rivojlanishi bilan bir

vaqtda soliq tizimi o‘zgargan va takomillashtirilgan. Soliq tizimining o‘zgarishi va

takomillashtirilishi soliqlarning turlari, miqdorlari va yig‘ib olish usullari xilma-xil bo‘lganligi

bilan asoslanib kelingan. Masalan, Sharq mamlakatlari iqtisodiyoti tarixida soliqlar aholidan

shaxsiy mol-mulk, yerdan olingan hosil, uy hayvonlari va boshqalar uchun «zakot» sifatida

olingan.


Insoniyat tarixida yirik davlat arboblaridan biri, o‘rta asrlarda buyuk saltanat barpo qilgan

Amir Temur soliqlarga katta e’tibor qaratgan. U davlatni idora qilish tizimini yuzaga keltirishda

asosan soliqlarga tayangan. O‘sha davrning davlat moliyasi bu tizimning eng muhim

unsurlaridan biri ekanligi, u davlatni boshqarishdagi barcha jihatlariga uzviy bog‘langanligi bilan

tubdan farq qilib turgani va ayni shu xususiyatga ko‘ra boshqaruvning barcha tarkibiy qismlari

orasida markaziy o‘rinni egallaganligi bugungi kunga kelib hammaga ayon bo‘lmoqda.

Soliqlar qadimgi davrlardan e’tiborga olingan, ammo u vaqtlarda soliqlar ozod va erkin

bo‘lmagan kishining belgisi bo‘lib xizmat qilgan. Adam Smit (shotland faylasufi va iqtisodchisi,

1723-1790) o‘zining “Xalqlar boyligining sabablari va tabiatlari” nomli kitobida (1776) ilk bor

soliq tamoyillarini ko‘rsatib berdi, soliqlarni ahamiyatini yoritib, ularni davlatga to‘lash qullik

emas, balki erkinlik alomati ekanligini asoslab berdi.

Soliq-bu davlat budjetiga majburiy to`lov bo`lib, davlat sarf-xarajatlarini qoplash asosiy

manbai hisoblanadi. O`zbekiston davlat budjeti daromad qismining 93-95 foizini soliqlar tashkil

etadi. Soliqlar davlat budjetini to`ldirishdan tashqari mamlakatdagi ijtimoiy-iqtisodiy

jarayonlarni tartibga solishda ham muhim rol o`ynaydi. Qadim zamonlarda ham ijtimoiyiqtisodiy munosabatlar va jarayonlarni tartibga solishda soliqlardan foydalanib kelingan, hatto

davlatchilikning shakllanishida ham soliqlar ma’lum rol o`ynagan. Chunki davlatchilikning

shakllanishi mukammal, barqaror bo`lmagan ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarga tayangan.

Shuning uchun davlat paydo bo`lishining dastlabki bosqichlarida moliyaviy va iqtisodiy

munosabatlarni jonlantirishda davlat hukmdorlari har xil soliq to`lovlaridan foydalanib, o`z

oldilariga turgan muammolarni yechishga harakat qilishgan. Soliqlar ob’yektiv taqsimlash

munosabatlari orqali kengaytirilgan takror ishlab chiqarishning barcha bosqichlarida ishtirok

etadi va ishlab chiqarish munosabatlarida o`z aksini topadi.2020 yilda O‘zbekiston yalpi ichki

mahsulotining o‘sishi 6.0 foiz darajasida rejalashtirilmoqda (tugab borayotgan yilda bu

ko‘rsatkich - 5,5 foizni tashkil etgan), inflyatsiya esa 12,64 foiz darajada bo‘lishi kutilmoqda.

O‘sish hajmi sanoat ishlab chiqarishda - 6,2 foiz, qishloq xo‘jaligidagi ishlab chiqarishda- 3.4

Soliq va soliqlarga tortish

foiz bo‘lishi prognoz qilinmoqda. Davlat budjetining defitsiti ilk marta YaIMga nisbatan 0,8

foiz bo‘lishi kutilmoqda.



3. Mamlakatimizda qisqa muddat ichida soliq solishning yaxlit holdagi normativ-huquqiy bazasi yaratilib, 1991 yilda “O‘zbekiston Respublikasi fuqarolaridan, ajnabiy fuqarolardan va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslardan olinadigan daromad solig‘i to‘g‘risida” hamda “Korxonalar, birlashmalar va tashkilotlardan olinadigan soliqlar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlari qabul qilindi. Shu bilan birga, 1991 — 1995 yillar davomida sobiq ittifoqda o‘ziga xos an’ana tusiga kirgan hamda korxonalarning iqtisodiy holatini hisobga olmagan holda, xo‘jalik yurituvchi organlar, kooperativ va jamoat tashkilotlaridan daromad solig‘i, shuningdek, davlat korxonalari olgan foydadan undiriladigan hamda mutlaqo fiskal tusga ega bo‘lgan to‘lovlar yig‘ishdan voz kechish yo‘li bilan ishlab chiqarishni rag‘batlantirish, yangi ish o‘rinlarini yaratishni qo‘llab-quvvatlashga e’tibor kuchaytirildi. Shular qatorida aslida soliq tusiga ega bo‘lmagan, go‘yoki narxlarni tartibga soluvchi mexanizm sifatida qaralgan va har bir tovarga yakka tartibda belgilangan narx qismi bo‘lgan oborotga solinadigan soliq bekor qilindi. Sobiq ittifoq davridagi bo‘ydoqlar, yolg‘izlar hamda kam bolali fuqarolarga solinadigan soliqlar, shuningdek, eksport va import operatsiyalaridan undiriladigan to‘lovlarga ham barham berildi.
Respublika budjetiga
yo`naltiriladigan soliqlar
Mahalliy budjetiga
yo`naltiriladigan soliqlar Yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig’i Qo’shilgan qiymat solig’i Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig’i Aksiz solig’i Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq Mol-mulk solig’i Yer qaridan foydalanganlik uchun soliq Yer solig’i Budjetga tushishiga ko`ra soliqlarning guruhlanishi
Soliq va soliqlarga tortish Aksincha, mazkur to‘lovlarning o‘rniga bozor iqtisodiyoti talablariga javob beradigan, masalan, sub’yektlarning amalda olgan daromadi hisoblangan korxonalarning daromadlariga solinadigan soliq, qo‘shilgan qiymat solig‘i, aksiz solig‘i singari yangi turdagi soliqlar amaliyotga joriy etildi. Eng muhimi, tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni rag‘batlantirish maqsadida soliq imtiyozlari berilib, soliqdan to‘liq yoki qisman ozod bo‘lishga asoslangan yangi mexanizmlar qo‘llanila boshlandi. Yurtimizda 1994 yilda O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining tashkil etilishi milliy soliq tizimini shakllantirishda tom ma’noda yangi davrni boshlab berdi. 1995 — 2005 yillari soliq tizimini oqilona yuritish bosqichiga to‘g‘ri kelib, mazkur jarayonda respublikaning soliq qonunchiligiga asos solindi va uning huquqiy bazasi mustahkamlandi. Davlat soliq xizmati organlari faoliyatiga qonuniy maqom berish, uning huquqiy asoslarni belgilash hamda soliq to‘lovchilarning huquq va majburiyatlarini aniq shakllantirish maqsadida 1997 yilda O‘zbekiston Respublikasining “Davlat soliq xizmati to‘g‘risida”gi Qonuni qabul qilindi. Mazkur Qonunga muvofiq, davlat soliq organlari zimmasiga soliqlar hamda boshqa majburiy to‘lovlarning budjetga to‘liq va o‘z vaqtida tushishini ta’minlashdek eng muhim davlat vazifasi yuklandi. Shuningdek, 1997 yilda tizimda yagona huquqiy asos sifatida O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksi qabul qilindi. Shuni aytish kerakki, Istiqlol yillarida mustaqil mamlakatimizning soliq siyosatini belgilab beruvchi 39 ta qonun, davlatimiz rahbarining 44 ta farmoni va 96 ta qarori hamda Vazirlar Mahkamasining 233 ta qarori qabul qilindi. Ularning orasida bevosita davlat soliq xizmati organlari faoliyatini takomillashtirish yuzasidan qabul qilingan 32 ta qonun hujjati ham mavjud. Bu, ta’kidlanganidek, tizimning puxta va ishonchli qonunchilik bazasini shakllantirish imkoniyatini yaratdi. Shunday qilib, chorak asr davomida O‘zbekistonda iqtisodiy-ijtimoiy islohotlarni samarali amalga oshirishga ko‘maklashuvchi to‘laqonli soliq tizimini yaratishga erishildi. O‘zbekiston Respublikasi xalqaro huquqning teng huquqli sub’yekti sifatida dunyodagi boshqa davlatlar bilan soliq solish sohasidagi o‘zaro munosabatlarning shartnomaviy-huquqiy bazasini mustahkamlash siyosatini izchil olib bormoqda. 1993 yildan buyon Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan Rossiya, Germaniya, Italiya, Shveysariya, Niderlandiya, Xitoy, Koreya Respublikasi, Sloveniya, Irlandiya, Ispaniya va boshqa qator davlatlar bilan ikkiyoqlama soliqqa tortishga yo‘l qo‘ymaslik hamda daromad va kapital soliqlarini to‘lashdan bosh tortishning oldini olish to‘g‘risida 52 ta bitim imzolangani ana shu sa’y-harakatlar samarasidir. 2005 yildan boshlab yurtimizda jamiyatni demokratlashtirish hamda yangilash borasida tub o‘zgarishlar davri boshlandi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining qo‘shma majlisida davlatimiz rahbari tomonidan ustuvor yo‘nalishlar qatorida iqtisodiyotni isloh qilish bo‘yicha belgilab berilgan vazifalarni amalga oshirish bilan bir qatorda, iqtisodiyotni modernizatsiyalash, soliq siyosatini takomillashtirish, tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash singari muhim masalalar belgilab olindi. Shulardan kelib chiqqan holda, soliq tizimini takomillashtirish, soliq to‘lovlarini unifikatsiya qilish, soliq stavkalarini pasaytirish hamda soliqlarning rag‘batlantiruvchi rolini oshirish yo‘nalishlarida keng ko‘lamli ishlar ro‘yobga chiqarildi. Yangi tahrirdagi to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’sir kuchiga ega bo‘lgan, soliq solish masalalari bo‘yicha amaliyotda sinalgan xalqaro tamoyil va yondashuvlar asosida ishlab chiqilgan O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksi qabul qilindi. U 2008 yilning 1 yanvaridan kuchga kirdi. 1990 yil oxiridayoq Respublikada soliq organlari va umuman soliq tizini barpo etish buyicha ishlab boshlangandi .O’zbekiston Respublikasi Perzidenti qoshidagi Vazirla Mahkamasining “O’zbekston Respublikasi Moliya vazirligi qoshida Davlat bosh moliya-soliq boshqarmasini tashkil etish tug’risida” gi qarori qabul qilindi.(1990 yil 17 dekabr ).Respublika Oliy Kengashi 1991 yil 14 iyunda “O’zbekiston Respublikasi davlat soliq organlari to’g’risida ”gi Nizomni tasdiqladi va 1991 yil 12 avgustda Vazirlar Mahkamasining 217-son varori bilan”O’zbekiston Respublikasi davlat soliq organlari to’g’risida”gi qarori qabul qilindi.1991 yil 12 avgustdan soliq organlarining respublika mustaqil davlat soliq xizmati faoliyati boshlandi.O’zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo’mitasining maqomi, asosiy vazifalari, funktsiyalari vakolat doirasida va faoliyatinig tashkiliy asoslari O’zbekiston Respublikasi
Soliq va soliqlarga tortish Prezidentining 1994 yil 18 yanvardagi “O’zbekiston respublikasi vazirlar Mahkamasi qoshidagi davlat soliq bosh boshqarmasini O’zbekiston Respulikasi soliq qo’mitasiga aylantirish to’g’risida ” gi farmoniga muvofiq O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkasmasi 1994 yil 18 martda qabul qilingan “O’zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo’mitasini tashkil etsh va faoliyat ko’rsatish masalalari to’g’risida”gi 114-son qarori bilan tasdiqlangan “O’zbekiston Respublikasi davlat soliq qo’mitasi to’g’risidagi Nizom” ga binoan belgilandi.Unga asosan Davlat soliq qo’mitasi soliq va bojxona siyosatini amalga oshirish , shuningdek davlatning iqtisodiy manfaatlari va mulkiy huquqlari himoyasini ta’minlash sohasida davlat nazorati organi ekanligi belgilab qo’yildi.1997 yil 29 avgustda qabul qilingan “Davlat soliq xizmati to’g’risida”gi qonuniga ko’ra soliq organlarining asosiy funksiyalari va aniqlashtirildi. Amalga oshirilib kelingan soliq siyosati O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimovning respublika iqtisodiy rivojlanishining besh tamoyili, ustivor yo’nalishlari yotadi. Respublika davlat soliq siyosatini ana shu tamoyillardan kelib chiqib soliq sohasidagi chora-tadbirlarni amalga oshirmoqda.10 Mustaqillik yillarida soliq tizimini islohoti rivojlanishini yaqqol ko’rsatish uchun shu davrni uch bosqichga bo’lib ko’rsatish mumkin. Birinchi bosqich 1991-1994 yillar O’zbekistonning o’z soliq tizimini tashkil etish va soliqlarning xazinaviy ahamiyatini oshirish bosqichidir.Respublikamiz o’z soliq tizimini yaratishda 1991 yil 15 fevralda qabul qilingan “Korxonalar, tashkilotlar va birlashmalardan olinadigan soliqlar to’g’risida ” gi qonun birinchi qonun bo’ladi.U o’zida birinchi marta soliq tizimining tuzilishi va ishlashining umumiy asoslarini aniqlab berdi, soliqlarni hisoblash va undirish tartibini o’rnatdi. 1992 yil 9 dekabrda qabul qilingan “O’zbekiston Respublikasi fuqarolari , chet el fuqarolari va fuqaroligi bo’lmaganlardan olinadigan daromad solig’i to’g’risida”gi qonunga bir qancha o’zgarishlar bilan qabul qilindi.Bu qonunga ko’ra soliq ob’yekti kengaytirildi, ya’ni ilgari daromad solig’ini jamoa ho’jaligi orqali to’lab yurgan jamoa a’zolari to’g’ridan to’g’ri o’zlari to’laydigan bo’ldilar. 1993 yil 7 mayda O’zbekiston Respublikasining “Mahalliy soliqlar va yig’imlar to’g’risida”gi qonuni qabul qilindi.Bunday soliqlarga jismoniy shaxslarning mulk solig’i , yer solig’i , kurort zonalarida o’ylab chiqarish ob’yektlari qurilish solig’i, reklama solig’i, avtomobil vositalarini qayta sotish solig’i , transport vositalarini egalaridan soliqlar va har xil 13-ta xar xil yig’imlar kiritildi. Korxonalar soliqlari to’g’risidagi qonunga 1993 yil 7 mayda o’zgarishlar kiritilib chet el valyutasida olinadigan tushumdan soliq joriy etildi.Bu soliqdan Respublika valyuta fondiga ajratma avval 25 %, keyninchalik 10 % qilib belgilandi.Demak soliq islohotining birinchi bosqichida soliqlarning xazinaviy samaradorligiga erishish chora tadbirlari keng amalga oshirildi,O’zbekistonning o’z soliq tizimi joriy etildi.Xazinani to’ldirish , shuningdek resurlardan oqilona foydalanishni ta’minlash maqsadida 6 foizli resurslar solig’i joriy etildi.Shuningdek 1991 yil 15 fevraldagi “O’zbekiston Respublikasi fuqarolari , chet el fuqarolari va fuqaroligi bo’lmaganlardan olinadigan daromad solig’i to’g’risida”gi qonunga ham bir qator o’zgarishlar kiritildi. Soliq islohotining ikkinchi bosqichi soliqlarni bozor iqtisodi talablariga moslashtirish va korxonalarning ishlab chiqarishni rag’batlantirishga qaratish davridir.Bu davrga 1995-1997 yillar to’g’ri keladi. Bu davrda soliqlar ishlab chiqarish samaradorligini oshirishga ta’sirini kuchaytirishga bag’ishlandi.Ularga soliqlardan xilma-xil imtiyozlar berildi.Ayniqsa yuridik shaxslarning daromad(foyda) solig’i bo’yicha har hil soliqlar joriy etildi.Xalq xo’jaligini iqtisodiy jihatdan barqarorlashtirish va tuzilmaviy jihatdan qayta qurish soliq tizimini isloh qilishni talab etdi va ko’plab korxona va tashkilotlarning foyda solig’ini daromad solig’i to’lashga o’tishi amalga oshirildi.Uning o’rtacha stavkasi 37 foiz etib belgilandi.Soliq to’lovchilari uchun imtiyozlar
10 Қ.Яхъёев “Солиққа тортиш назарияси ва амлиёти” Т: “Фан ва технологиялар маркази” 2005 й , 30-бет
Soliq va soliqlarga tortish kengaytirilib borildi.1995 yildan boshlab soliq tizimini birxilashtirish boshlandi.Bir qator kam samarali soliqlar: respublika tashqarisiga olib chiqiladigan xom ashyo resurslari uchun soliq , hisoblab yozilga amortizatsiyadan byudjetga 30foiz undirish va boshqalar bekor qilindi.Jamoa ho’jaligi a’zolari va xalq xo’jaligining boshqa sohalarida ishlayotganlar uchun soliqqa tortishning yagona tartibi o’rnatildi., ya’ni jamoa ho’jaligi a’zolari mehnatiga hak to’lash jamg’armasini soliqqa tortish bekor qilindi va ularga nisbatan fuqarolar daromad solig’i to’g’risidagi qonunchilik tadbiq etildi.Fuqarolar daromadiga solinadigan soliq shkalasi o’zgartirildi. Sarmoyadorlar uchun rag’batlantirishlar soliq tizimining barqarorlashuviga ko’mak berdi.1996 yilning 1 yanvarigacha ro’yhatdan o’tkazilgan xorijiy sarmoya ishtirokidagi korxonalarga soliqqa tortish tizimida daromad yoki foydani soliqqa totishni tanlash huquqi taqdim etildi, boshqa barcha xo’jalik yurituvchi sub’yektlar esa daromad solig’iga o’tkazildi. Soliqlarni bozor munosabatlarida qatnashishini kuchaytirish uchun ularning hammasi uchun yagona huquqiy asos O’zbekiston Respublikasining Soliq kodeksi 1997 yil 24 aprelda qabul qilindi. Soliq kodeksini qabul qilinishi soliq qonunchiligini mustahkamlabgina qolmay, soliqlarni mahsulotlarni eksportini , import tovarlar o’rniga mahsulotlar ishlab chiqarishni , nogironlarni ishlab chiqarishga qatnashishini, mehr – muruvvat ishlarini rag’batlantirish vazifasini kuchaytirdi. Soliq islohotlarini uchinchi bosqichi 1998 yildan hozirgi vaqtgacha davom etmoqda.Bu bosqichni soliq tizimida soliqlarni ixchamlashtirish kontseptsiyasining boshlanish davri deb atash mumkin. Bu bosqichda soliq to’lovchi yuridik shaxslarga imkoni boricha soddalashgan , ixchamlashgan, soliq tizimi joriy etilib ,ularning soliq hisoblari , hisobotlarini,soliq to’lash muddatlarini ixchamlashtirildi. Ixchamlashtirilgan soliq to’lashga o’tishning huquqiy asoslari qishloq xo’jaligi tovar ishlab chiqaruvchilari uchun yagona yer solig’i O’zbekiston Respublikasi I Prezidentining “Qishloq xo’jaligi tovar ishlab chiqaruvchilari uchun yagona yer solig’ini joriy etish to’g’risida”gi 1998 yil 10 oktyabrdagi PF-2086 –son Farmoni bilan 1999 yildan boshlab , kichik korxonalar uchun yagona soliq to’lash O’zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasining “Kichik korxonalar uchun ixchamlashtirilgan soliqqa tortish tizimiga o’tishni qo’llash to’g’risida” gi qaroriga asosan 1998 yildan boshlab va O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Savdo va umumovqatlanish korxonalarini soliqqa tortish tizimini takomillashtirish to’g’risida”gi Farmoni bilan svdo va umumovqatlanish korxonalari 1998 yildan boshlab yalpi daromaddan soliq va mulk solig’ini to’laydigan bo’ldilar. Soliq tizimini ixchamlashtirish soliq hisoblovchi xodimlar , davlat soliq idoralari va bank xodimlarining ko’p minglab soat vaqtlarini iqtisod qilishga , ularni korxonalar faoliyati tahliliga bag’ishlashga imkon yaratmoqda. Kichik korxonalarning mamlakat ichki mahsulot ishlab chiqarishidagmi salmog’i ortib bormoqda. Soliq tizimining taraqqiyoti mamlakatdan iqtisodiy islohotlar bilan hamqadam borayotganligini aytib o’tishga hojat yo’q . 1997 yil 24 aprelida O’zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining tasdiqlanishi soliq tizimini isloh etishning hozirga qadar amalga oshirilayotgan uchinchi bosqichining boshlanishi ifodasi ekanligi tamoman qonuniy holdir. Soliq kodeksi amalga kiritilishi bilan soliqqa tortishning barcha asos bo’luvchi me’yorlarini yagona hujjatga jamlash : soliq imtiyozlarini tizimlashtirish, foyda, mol-mulk, qo’shilgan qiymat solig’ini hisobga olish va soliqqa tortish tizimini joriy etishga imkon yaratildi. Uchinchi bosqichda yuridik shaxslarga , birinchi navbatda kichik va o’rta korxonalar uchun soliqqa tortish , hisobga olish va hisobotning soddalashtirilgan tizimi barpo etildi.Kichik korxonalar ixtiyoriy asosda umudalat va mahalliy soliqlar o’rniga yagona soliq to’lay boshladilar.
Soliq va soliqlarga tortish 2002 yildan boshlab davlat soliq siyosatida mahsulot ishlab chiqaruvchi korxonalardan soliq og’irligini yanada kamaytirish, chetga qat’iy almashtiriladigan valyutada mahsulotni eksport qilganlargaham daromadga soliqdan, ham mulk solig’idan pasaytirilgan regoessiv soliq stavkasi qo’llash siyosatini yurgizish joriy etila boshlandi.Soliqlar tizimida to’g’ri soliqlar salmog’ini kamaytirilishi va egri soliqlar salmog’in oshirishga mo’ljallangan siyosat yuritish ko’zda tutilgan.Shu bilan birga soliq qonunchiligi takomillashtira borildi, hamma soliqlar bo’yicha yo’riqnoma va nizomlar qaytadan ishlab chiqildi. 2003 yildan boshlab samarasiz, byudjetga tushushini qiyinlashtiradigan quyidagi soliqlar va to’lovlar beor qilindi.Bular : reklama soliqi , avtotranport vositalarini olib sotish solig’i , me’yoridan ortiq sotilmagan tayyor mahsulotlar qoldig’i uchun 2 foizli haq, hamda tabiatni ifloslantiruvchi chiqindlarni joylashtirish haqlardir.2003 yildan broshlab 2002 yilda joriy etilgan chakana savdo sohasida faoliyat ko’rsatuvchi mikrofirma va kichik korxonlar uchun belgilangan daromaddan yagona soliq , savdo va umumiy ovqatlanish korxonalari uchun yalpi tushumdan yagona soliq solish davom ettirildi.Soliq bazalari va stavkalariga ham o’zgarishlar kiritilgan.Kichik biznes sub’yektlarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida 2005 yil 1 iyuldan boshlab yagona soliq to‘lovijoriy etilishi soddalashtirilgan soliq tizimini takomillashtirish masalasidagi asosiy o‘zgarish sifatida baholandi. 2008 yil 1 yanvaridan yangi Soliq kodeksini amalga kiritilish Soliq tizimini rivojlanish bosqichidagi yangi sahifani boshlab berdi. Soliq tizimi yanada unifikatsiya qilindi.Soliq yukini kamaytirish izchillik bilan davom ettirilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 13 fevraldagi “Soliq qonunchiligini tubdan takomillashtirish bo‘yicha tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida” F-5214-son Farmoyishiga asosan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 18 iyuldagi "Soliq ma’muriyatchiligini tubdan takomillashtirish, soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarning yig‘iluvchanligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi farmoni talablarini amalga oshirish borasida ko‘rilayotgan choratadbirlar asosida respublika va mahalliy budjetlar daromadlarini oshirishning qo‘shimcha zahiralarini aniqlash, soliq ma’muriyatchiligi jarayoniga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish, xorij mamlakatlarining soliq qonunchiligi va ma’muriyatchiligi sohasidagi sinalgan ilg‘or yutuqlarini joriy qilish ishlarini amalga oshirish zaruriyatini paydo qilmoqda. Farmonga asosan soliq ma’muriyatchiligi va soliqqa tortishning zamonaviy usullarini, soliqlarning to‘liq yig‘iluvchanligi va budjetga o‘z vaqtida tushishi ustidan samarali nazorat mexanizmlarini joriy etish orqali soliq-budjet siyosatini yanada takomillashtirish, budjet jarayoni shaffofligi darajasini oshirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining yangi tahriri loyihasini tayyorlash, soliq qonunchiligi va soliq ma’muriyatchiligini takomillashtirish, tegishli me’yoriy-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqishda umume’tirof etilgan xalqaro norma va standartlar talablari hamda bozor iqtisodiyoti tamoyillariga javob beradigan normalar yaratilishi, soliq nazoratining xorijda keng qo‘llanilayotgan ilg‘or va sinalgan shakl va usullarini joriy etishni hisobga olgan, jumladan, xalqaro ekspert va maslahatchilarni jalb qilgan holda soliq ma’muriyatchiligi mexanizmlarini qayta ko‘rib chiqish, respublika strategik manfaatlari hamda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning bugungi bosqichini hisobga olgan holda, soliq sohasidagi xalqaro-huquqiy normalarni milliy soliq qonunchiligiga implementatsiya qilish, shuningdek, samarali davlat soliq siyosatini amalga oshirish, soliqqa tortish va soliq ma’muriyatchiligi masalalarini tartibga soluvchi me’yoriy-huquqiy hujjatlardan ikki xil talqin qilinishi mumkin bo‘lgan normalarni chiqarib tashlash maqsadida ularni inventarizatsiya qilish, to‘g‘ridan-to‘g‘ri amal qiluvchi normalarni ko‘paytirgan holda, soliq qonunchiligini unifikatsiya qilish, soliqqa tortish tizimini soddalashtirish, soliq ma’muriyatchiligini takomillashtirish hamda soliq to‘lovchilar huquqlarining himoyasini izchil ta’minlash, soliqlar yig‘iluvchanligi darajasini oshirish, davlat budjeti va davlat maqsadli jamg‘armalariga soliq va yig‘imlarning to‘liq hajmda tushishini ta’minlash, soliqqa tortilishdan bo‘yin tovlash imkoniyatini istisno qilish, xo‘jalik yurituvchi sub’yektlarning umumiy soliq yukini pasaytirish, ishlab chiqarishni rivojlantirish va xizmat ko‘rsatish sohasida soliqlarning rag‘batlantiruvchi rolini kuchaytirish, resurslardan
Soliq va soliqlarga tortish oqilona va tejamli foydalanishni ta’minlash, samarasiz soliq va yig‘imlarni bekor qilish,kichik va yirik biznes sub’yektlarining soliq yukini maksimal darajada barobarlashtirishga xizmat qiladigan usullarni joriy etish, xorij mamlakatlarining ilg‘or tajribasini hisobga olgan holda amaldagi soliqqa tortish tizimini tanqidiy o‘rganish asosida jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ini hisoblab chiqish mexanizmini soddalashtirish, "soliq imtiyozi" va "soliq preferensiyasi" tushunchalarini aniq chegaralash, vaqtincha imtiyoz berish muddatlarini belgilash, shuningdek, samarasiz va eskirgan soliq imtiyozlarini qayta ko‘rib chiqish va bekor qilish, tadbirkorlarga biznesning o‘rta muddatli istiqbolda rivojlanishini asosli ravishda prognoz qilish imkoniyatiga ega bo‘lishlari uchun soliq tizimining barqarorligini ta’minlashga alohida e’tibor qaratilishi belgilandi. Shuningdek yetakchi olim va yuqori malakali mutaxassislar – ekspertlar, tadbirkorlik tuzilmalari va jamoat tashkilotlari vakillarini jalb qilgan holda, jahonning ilg‘or tajribasini chuqur o‘rganish hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 16 yanvardagi "Moliya, soliq va bojxona organlari faoliyatini tanqidiy o‘rganilishini tashkil etish to‘g‘risida"gi farmoyishiga muvofiq soliq organlari faoliyatini tanqidiy o‘rganish natijalari asosida birinchi bosqichda – 2018 yil 1 aprel kuniga qadar O‘zbekiston Respublikasi soliq-budjet siyosatini takomillashtirish konsepsiya loyihasini ishlab chiqish, ikkinchi bosqichda – 2018 yil 1 iyul kuniga qadar O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi yangi tahriri loyihasini ishlab chiqishni ta’minlanishi belgilandi. Ta’kidlash lozimki, 2018 yilga mo‘ljallangan soliq-budjet siyosatining asosiy yo‘nalishlarida soliq yukini yanada qisqartirish, soliq va majburiy to‘lovlar miqdorini kamaytirish, mahalliy budjetlar daromad bazasini mustahkamlash va ularning mustaqilligini oshirish, mablag‘lardan oqilona foydalanish hamda budjetga tushumlarning to‘liqligini ta’minlash belgilangani bilan ahamiyatlidir. Jumladan, jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ini budjetga o‘tkaziladigan stavkalarining eng kam ish haqi miqdori 1 baravarigacha 0 foiz, 1 baravaridan 5 baravarigacha 7,5 foiz, 5 baravaridan 10 baravarigacha 16,5 foiz, 10 baravaridan yuqori 22,5 foiz qilib belgilandi. Avvalgi yilda esa uchinchi va to‘rtinchi pog‘onalari tegishliligicha 17 va 23 foizni tashkil etgan. Shuningdek, shaxsiy jamg‘arib boriladigan pensiya hisobvarag‘iga ajratmalar miqdorini 2 foizgacha oshirish hisobiga ham jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i bo‘yicha soliq yuki kamaytirilmoqda. Ushbu ajratma miqdori 2017 yilda 1 foizni tashkil etgan edi. Buning natijasida fuqarolar shaxsiy jamg‘arib boriladigan pensiya hisobvarag‘iga ko‘proq miqdorda mablag‘ yig‘iladi. Davlat maqsadli jamg‘armalariga majburiy ajratmalar, ya’ni Pensiya jamg‘armasiga, Respublika yo‘l jamg‘armasiga, Ta’lim va tibbiyot muassasalarining moddiy-texnik bazasini rivojlantirish jamg‘armasiga ajratiladigan majburiy ajratmalarni bitta to‘lovga – ya’ni davlat maqsadli jamg‘armalariga majburiy ajratmalarga birlashtirish bilan bir vaqtda umumiy stavka 3,5 foizdan 3,2 foizga kamaytirilmoqda. Natijada bir xil bazaga ega bo‘lgan soliqlar va to‘lovlarni birlashtirish yo‘li bilan soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar sonini qisqartirish va korxonalar ixtiyorida ko‘proq mablag‘lar qolishiga erishiladi.Joriy yildan foyda solig‘i bo‘yicha ham o‘zgartish kiritildi. Ya’ni foyda solig‘i hamda obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish solig‘ini bitta soliqqa – foyda solig‘iga birlashtirildi va 14 foiz qilib belgilandi. 2017 yilda esa bu ko‘rsatkich foyda solig‘i bo‘yicha 7,5 foiz hamda obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish solig‘i bo‘yicha 8 foizni, umumiy 15,5 foizni tashkil etgan edi. Buning natijasida soliq turlari bittaga kamayib, soddalashtirildi va yirik tashkilotlar umumiy hisobda kamroq soliq to‘lashadi va pul mablag‘larini iqtisod qilishga erishadilar. 2018 yildan nodavlat notijorat tashkilotlari ham yagona soliq to‘loviga o‘tishi belgilandi. Avval ular faqat umumbelgilangan tartibda soliq to‘lashgan. Yuqoridagi kiritilgan o‘zgartishlar orqali joriy yil 1 yanvaridan boshlab nechta xodim faoliyat yuritishidan qat’i nazar yagona soliqqa o‘tishlari mumkin. Bu esa ularga ko‘proq mablag‘ni tejash imkonini beradi.Endilikda yuridik shaxslar uchun mol-mulk solig‘i faqat ko‘chmas mulklar uchun to‘lanishi belgilandi. Shu vaqtga qadar balansida aks ettirilgan asosiy vositalarning yillik o‘rtacha qoldiq qiymatidan to‘lab kelingan. Asosiy vositalar tarkibida bino va inshootlar, asbob-uskuna va jihozlar, o‘tkazuvchi moslamalar, transport va moliyaviy ijara lizing shartnomasi bo‘yicha olingan boshqa asosiy vositalar kirgan. Buning natijasida yuridik shaxslar
Soliq va soliqlarga tortish tomonidan to‘lanadigan mulk solig‘i miqdori kamayadi va tashkilotlar hisobida ko‘proq mablag‘ qoladi. Mazkur o‘zgarishlar soliq majburiyatlarini bajarishda soliq to‘lovchilarga har tomonlama ko‘maklashishga, soliqqa oid huquqbuzarliklar profilaktikasining ta’sirchan mexanizmlarini ishlab chiqishga va soliq to‘lovchilarning huquqiy madaniyatini oshirishga, soliq nazoratiga oid zamonaviy uslublarni joriy etishga, soliqqa tortish borasida muammoli masalalarning kamayishiga, budjetga soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarning to‘g‘ri hisoblanishi, o‘z vaqtida va to‘liq hajmda tushishi ta’minlanishiga xizmat qiladi. O‘zbekistonda soliq tizimining shakllanishi, tarixiy rivojlanishini, soliqlarning bugungi kundagi davlat va jamiyat hayotidagi o‘rnini o‘tmishda mavjud bo‘lgan soliq turlari bilan qiyosiy solishtirish asosida tadqiq etish va tizimning rivojlanish istiqbollarini ilmiy manbalar hamda tarixiy hujjatlar asosida o‘rganish muhim ahamiyat kasb etmoqda. O‘zbekistonda soliq tizimi ularning rivojlanishini o‘rganish bugungi kunda mustaqil mamlakatimizda soliq tizimi sohasida amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlar bilan mushtarak tarzda tahlil etilib borilmoqda. Shu ma’noda O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.Karimov o‘zlarining ma’ruzalarida soliq siyosatini yanada takomillashtirish muhim masala ekanligini alohida ta’kidlaganlar. “Soliqqa tortish masalasida amaliyotdasinalgan prinsip va yondashuvlarni ishlab chiqish, bu borada boshqa mamlakatlarning ilg‘or tajribasidan foydalanish muhim masaladir. Soliqtizimi nafaqat soliqlarni undirish, balki birinchi galda, rag‘batlantirish xususiyatiga ega bo‘lishi lozim. Shunga erishimiz kerakki, har bir soliqto‘lovchi u xoh jismoniy, xoh yuridik shaxs bo‘lsin, soliq to‘lashdan bo‘yintovlamasdan daromadlarini yashirishga urinmasdan, aksincha, o‘z ishlab chiqarishini rivojlantirsin va daromadini oshirishga intilsin”11 deya qayd etadilar. Soliqlar mavjud bo’lishining asosiy shartlaridan biri davlatning mavjudligi bo’lsa, ikkinchi sharti bo’lib soliqlarni to’lashga qobil bo’lgan soliqlarning mavjudligidir.O’zbekiston Respublikasi soliq tizimi manbaiga qarab soliqlar yuridlik va jismoniy shaxslardan olinadigan soliqlarga ajratiladi.Soliq soliq maqsadida yuridik shaxslar deganda mazkur mulkida , xo’jalik yuritishi yoki tezkor boshqaruvida mulki bo’lgan va o’z majburitlari bo’yicha ushbu mol-mulki bilan javob beradigan, shuningdek mustaqil balansiga hisob kitob hisobvarg’iga ega bo’lgan alohida bo’linmalar tushuniladi. Yuridik shaxslardan olinadigan soliqlarga hamma egri soliqlar , korxona foydasiga soliqlar, yerosti boyliklaridan foydalanganlik uchunsoliq , suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq , yer solig’i, mulk solig’i,yagona soliq to’lovi va boshqalar kiradi.Ba’zi soliqlarni (QQS, aksiz solig’i) yuridik ham jismoniy shaxslar ham to’laydilar.Jismoniy shaxslar to’laydigan soliqlarga mulk va yer soliqlari tegishlidir.Yuridik shaxslardan olinadigan soliqlar davlat budjeti daromda qismini hal qiluvchi qismini (70-75 foizi) tashkil etadi.Bu soliqlarning muhim xususiyati shundaki naqd pulsiz hisob kitoblar orqali soliqlar korxonaning bankdagi hisobvarag’idan budjet hisobvarag’iga o’tkazilib beriladi.Uni undirish oson va tez , arzon undiriladi.Jismoniy shaxslardan olinadigan soliqlar asosan naqd pulda olingani uchun to’lash qiyin kechadi.Bunday soliqlarga jismoniy shaxslar mulk va yer soliqlari tegishlidir.Soliqlarni yig’ish xarajatlari ko’payib ketadi.Ammo bank plastik kartochkalarini joriy etilishi bu masalani kam bo’lsada yechimini toptirmoqda.Qolaversa jismoni shaxslarda soliq to’lash madaniyatni shakllantirish izchil davom ettirish bu masalani to’la yechimini beradi. .Jismoniy shaxslar soliqlari ichida eng yirigi fuqarolar daromad solig’idir.Bu soliqlar orqali fuqarolar daromadlarini boshqarib borish imkoniyati yaratiladi.Ilgari aytganimizdek yuridik shaxslarning budjetlarga to’laydigan soliqlari to’g’ri va egri soliqlarga bo’linadi. Shuningdek soliqlarni to‘lovchilar nuqtai-nazaridan yuridik va jismoniy shaxslar to‘laydigan soliqlarga ajratishimiz mumkin.
11
Karimov I.A. Bizning bosh maqsadimiz-jamiyatni demokratlashtirish va yangilash, mamlakatni modernizatsiya
va isloh etishdir.- T.: «O‘zbekiston».2005. 89 bet
Soliq va soliqlarga tortish O‘zbekiston Respublikasining davlat budjetiga to‘lanadigan soliqlar va yig‘imlarning hal qiluvchi asosiy qismini yuridik shaxslarning soliqlari va boshqa majburiy to‘lovlari tashkil etadi. Yuridik shaxslar ham umumdavlat hamda mahalliy soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni to‘laydilar Yuridik shaxslar soliq to‘lovchi bo‘lishi uchun yuridik shaxs maqomini olganidan tashqari, albatta biror ruxsat etilgan faoliyatdan daromad olgan bo‘lishlari zarur yoki tovarlar (ish, xizmatlar) sotishdan oborotga ega bo‘lishlari hamda statistika idoralarida, hokimiyatlardan ro‘yxatdan o‘tgan (kodga ega) bo‘lishlari shart. Jismoniy shaxslar yuridik shaxs maqomini olmagan shaxslardir. Bunday shaxslarga O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari, fuqaroligi bo‘lmaganlar va chet el mamlakatlari fuqarolari kiradi. O‘zbekiston Respublikasi soliq qonunchiligiga binoan soliqqa tortish maqsadida soliq to‘lovchilar yuridik va jismoniy shaxslarga bo‘lingan. Jismoniy shaxslar to‘laydigan soliqlar davlat budjeti daromadlarining 20-25 foizini tashkil etadi. Jismoniy shaxslar to‘laydigan soliqlarning xususiyati shundan iboratki, soliq jismoniy shaxsning to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘z daromadidan olinadi. Ular to‘laydigan soliqlar va yig‘imlar asosan budjetga naqd va naqdsiz pul to‘lash yo‘li bilan o‘tkaziladi Soliq to‘lashiga ko‘ra yuridik shaxslarni quyidagicha guruhlarga ajratish mumkin: – umumiy tartibda soliq to‘lovchi yuridik shaxslar; – mikrofirmalar va kichik korxonalar; – savdo va umumiy ovqatlanish korxonalari; – lotoreyalar, totalizatorlar va tavakkalchilikka asoslangan boshqa o‘yinlar o‘tkazishga ixtisoslashgan yuridik shaxslar; Umumiy tartibda soliq to‘lovchi yuridik shaxslar quyidagi soliqlarni to‘laydi: – foyda solig‘i; – qo‘shilgan qiymat solig‘i; – aksiz solig‘i; – mol-mulk solig‘i; – yer solig‘i; – yer osti boyliklaridan foydalanganlik uchun soliq; – suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq; - yig‘imlar. Soliq to‘lovchilarning ayrim toifalari uchun O‘zbekiston Respublikasi hududida quyidagi maxsus soliq rejimlari belgilanadi: 1) aylanmadan olinadigan soliq; 2) mahsulot taqsimotiga oid bitimlar ishtirokchilariga soliq solishning alohida tartibi; 3) maxsus iqtisodiy zonalar ishtirokchilariga va ayrim toifadagi soliq to‘lovchilarga soliq solishning alohida tartibi. Shuningdek yuqoridagi barcha yuridik shaxslar quyidagi yig‘imlar, bojlar va boshqa majburiy to‘lovlarni ham to‘laydilar: – bojxona to‘lovlari (bojxona bojlari va yig‘imlari, aksiz solig‘i va tovarlarni import qilishda qo‘shilgan qiymat solig‘i); – davlat bojlari; – tovarlarning ayrim turlari bilan chakana savdo qilish va ayrim turdagi xizmatlarni ko‘rsatish huquqi uchun yig‘imlar; – davlat maqsadli jamg‘armalariga to‘lovlar Jismoniy shaxslar to‘laydigan soliqlar va yig‘imlar tarkibi quyidagilardan iborat: – jismoniy shaxslarning daromadiga solinadigan soliq; – mol-mulk solig‘i; – yer solig‘i; – suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq; – yer osti boyliklaridan foydalanganlik uchun soliq; - yig‘imlar
Soliq va soliqlarga tortish - bojxona to‘lovi (yagona bojxona to‘lovi) 6.O‘zbekiston Respublikasida soliq tizimining huquqiy asoslari, soliq to‘lovchilarning huquqlari hamda majburiyatlari, soliq ishlarini yuritish tartiboti va soliq haqidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik Soliq Kodeksi, O‘zbekiston Respublikasining “Davlat soliq xizmati to‘g‘risida” gi qonuni va shu kabi bevosita soliqqa oid qonun hujjatlari orqali tartibga solib turiladi. Soliq haqidagi qonun hujjatlarining boshqa qonunlar va qonun hujjatlaridan o‘rin olgan normalari soliq kodeksiga muvofiq bo‘lishi lozim. Agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida Soliq Kodeksidan boshqacha qoidalar belgilangan yoki nazarda tutilgan bo‘lsa, unda xalqaro shartnoma qoidalarida belgilangan shartlar amalda qo‘llaniladi.O‘zbekiston Respublikasida dastlabki Soliq kodeksi O‘zbekiston Respublikasining 1997 yil 24 apreldagi 396-I-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1997 yil 24 apreldagi 397-I-sonli qarori bilan 1998 yil 1 yanvardan toki 2008 yil 1 yanvargacha amalda bo‘lgan. Shundan so‘ng Soliq kodeksi O‘zbekiston Respublikasining 2007 yil 25 dekabrdagi 136- sonli Qonuni bilan tasdiqlangan va 2008 yil 1 yanvardan e’tiboran amalga kiritilgan. Ushbu Kodeks 2 qism, 21 bo‘lim, 64 bob, 392 moddadan iborat. 2020 yil 1 yanvardan yangi Soliq kodeksi amalga kiritildi.U 2 qism, 21 ta bo‘lim, 71 ta bob, 480 ta moddadan iborat. Soliq solish - yuridik shaxslarga nisbatan mulkchilik shaklidan qat’i nazar, qonun oldida tenglik, jismoniy shaxslarga nisbatan esa jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e’tiqodi, shaxsiy va ijtimoiy mavqeidan qat’i nazar, qonun oldida tenglik asosida amalga oshiriladi. Belgilanayotgan soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar tovarlar (ishlar, xizmatlar)ning yoki pul mablag‘larining O‘zbekiston Respublikasi hududi doirasida erkin muomalada bo‘lishini bevosita yoki bilvosita cheklab qo‘yishi yoxud soliq to‘lovchining iqtisodiy faoliyatini boshqacha tarzda cheklab qo‘yishi yoki unga g‘ov bo‘lishi mumkin emas. Olingan manbalaridan qat’i nazar, barcha daromadlarga soliq solinishi lozim, soliq imtiyozlarini belgilashda esa albatta ijtimoiy adolat prinsiplariga rioya etilishi kerak. O‘zbekiston Respublikasi hududida soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar O‘zbekiston Respublikasining pul birligi-so‘mda hisoblab chiqariladi.Amaldagi Soliq kodeksiga ko‘ra soliq to‘lovchilar quyidagi huquqlarga egadirlar: soliq organlaridan va boshqa vakolatli organlardan (ularning vakolatlari doirasida) amaldagi soliqlar to‘g‘risida, soliq to‘g‘risidagi qonun hujjatlaridagi o‘zgarishlar haqida, soliqlarni hisoblab chiqarish va to‘lash tartibi to‘g‘risida axborotni, soliq hisobotining va arizalarning shakllarini, shuningdek ularni to‘ldirish tartibi haqida tushuntirishlarni bepul olish; o‘z soliq majburiyatlarini bajarish yuzasidan soliq organlarida va boshqa vakolatli organlarda mavjud bo‘lgan ma’lumotlarni olish; belgilangan asoslar mavjud bo‘lganda va tartibda soliq imtiyozlaridan foydalanish yoxud ulardan foydalanishni rad etish; soliqlar, penyalar va jarimalarning ortiqcha to‘langan yoki ortiqcha undirilgan summalarini o‘z vaqtida hisobga o‘tkazish yoki qaytarish; belgilangan tartibda va shartlarda soliqlarni to‘lashni kechiktirish yoki bo‘lib-bo‘lib to‘lash; soliq solish ob’yektlarini hisobga olishda, soliqlarni hisoblab chiqarish va to‘lashda o‘zlari yo‘l qo‘ygan xatolarni mustaqil ravishda tuzatish; o‘z hududida o‘tkaziladigan sayyor soliq tekshiruvini va soliq auditini o‘tkazish chog‘ida hozir bo‘lish; sayyor soliq tekshiruvi va soliq auditi materiallari bilan tanishish, shuningdek ushbu tekshiruvlarning dalolatnomalarini olish; soliq tekshiruvini amalga oshiruvchi soliq organlariga soliq to‘g‘risidagi qonun hujjatlarining ijrosiga taalluqli masalalar bo‘yicha tushuntirishlar berish; soliq organlari va boshqa vakolatli organlarning hamda ular mansabdor shaxslarining qonun hujjatlariga muvofiq bo‘lmagan talablarini bajarmaslik;
Soliq va soliqlarga tortish soliq organlari va boshqa vakolatli organlarning normativ tusga ega bo‘lmagan hujjatlari hamda qarorlari, ular mansabdor shaxslarining harakatlari (harakatsizligi) ustidan belgilangan tartibda shikoyat qilish; soliq organlari va boshqa vakolatli organlarning qonunga xilof qarorlari yoki ular mansabdor shaxslarining noqonuniy harakatlari (harakatsizligi) tufayli yetkazilgan zararlarning o‘rni qoplanishini belgilangan tartibda talab qilish; soliq tekshiruvi materiallarini yoki soliq organlarining boshqa hujjatlarini ko‘rib chiqish jarayonida ishtirok etish; soliq munosabatlari masalalariga oid o‘z manfaatlarini shaxsan yoxud soliq maslahatchilari tashkiloti yoki boshqa o‘z vakillari orqali ifodalash; soliq siriga rioya etish va uni saqlash. Soliq to‘lovchilar qonun hujjatlarida belgilangan o‘zga huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin. Soliq to‘lovchining soliq munosabatlarida shaxsan ishtirok etishi uni vakilga ega bo‘lish huquqidan mahrum etmaydi, xuddi shuningdek vakilning ishtirok etishi soliq to‘lovchini bunday munosabatlarda shaxsan ishtirok etish huquqidan mahrum etmaydi. Soliq to‘lovchilarning huquqlari soliq organlari va boshqa vakolatli organlar mansabdor shaxslarining tegishli majburiyatlari bilan ta’minlanadi. Soliq to‘lovchilarning huquqlarini ta’minlashga oid majburiyatlarni bajarmaganlik yoki lozim darajada bajarmaganlik O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlarida nazarda tutilgan javobgarlikka sabab bo‘ladi. Soliq to‘lovchining soliq to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga muvofiq yuzaga keladigan majburiyati soliq majburiyati deb e’tirof etiladi. Soliq to‘lovchilar: belgilangan soliqlar va yig‘imlarni o‘z vaqtida hamda to‘liq hajmda hisoblab chiqarishi va to‘lashi; hujjatlarni ko‘rib chiqish yoki tushuntirishlar berish zaruriyati to‘g‘risida chaqiruv xatini olganida soliq organiga kelishi; tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishda xaridorga hisobvaraq-fakturalarni, cheklarni yoki ularga tenglashtirilgan boshqa hujjatlarni berishi; soliq tekshiruvini o‘tkazayotgan soliq organlarining mansabdor shaxslariga soliqlarni hisoblab chiqarish va to‘lash uchun asos bo‘lib xizmat qiladigan hujjatlar, shuningdek elektron manbalarda saqlanadigan tegishli axborot bilan tanishish imkoniyatini ta’minlashi; soliq organlari va boshqa vakolatli organlarning qonuniy talablarini bajarishi, ko‘rsatilgan organlarning va ular mansabdor shaxslarining qonuniy faoliyatiga to‘sqinlik qilmasligi; agar boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, soliq hisobotlarining va soliqlarni hisoblab chiqarish hamda to‘lash uchun zarur bo‘lgan boshqa hujjatlarning tegishli soliqlarni to‘lash uchun belgilangan kalendar yildan keyingi besh yil mobaynida but saqlanishini ta’minlashi; o‘zi soliq bo‘yicha hisobga olingan joydagi soliq organlarini O‘zbekiston Respublikasi yuridik shaxslaridagi va chet el yuridik shaxslaridagi ishtiroki to‘g‘risida, agar ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) ulushi 10 foizdan ortiq bo‘lsa, xabardor etishi shart. Yuridik shaxs bo‘lgan soliq to‘lovchilar ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan majburiyatlardan tashqari, o‘zlari hisobga olingan joydagi soliq organlariga o‘zlarining barcha alohida bo‘linmalari to‘g‘risida va alohida bo‘linmalarga oid ilgari xabar qilingan ma’lumotlaridagi o‘zgarishlar to‘g‘risida alohida bo‘linma tashkil etilgan yoki mazkur ma’lumotlar o‘zgartirilgan kundan e’tiboran bir oy ichida xabar qilishi shart. Soliq hisobotini elektron shaklda taqdim etish majburiyati yuklatilgan shaxslar soliq organlari tomonidan soliq to‘g‘risidagi qonun hujjatlari bilan tartibga solinadigan munosabatlardagi o‘z vakolatlarini amalga oshirish chog‘ida foydalaniladigan hujjatlarning soliq
Soliq va soliqlarga tortish organidan telekommunikatsiya aloqa tarmoqlari orqali elektron shaklda olinishini ta’minlashi kerak. Soliq solish ob’yekti deb e’tirof etiladigan ko‘chmas mulkka ega bo‘lgan chet el yuridik shaxslari ushbu moddada nazarda tutilgan majburiyatlardan tashqari, ko‘chmas mulk ob’yekti turgan joydagi soliq organiga ushbu chet el yuridik shaxsining ishtirokchilari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni ushbu Kodeksda nazarda tutilgan hollarda va tartibda xabar qilishi shart. Yuridik shaxs tashkil etmagan holdagi chet el tuzilmalari ko‘rsatilgan holatlarda o‘z muassislari, benefitsiarlari va boshqaruvchilari haqidagi ma’lumotlarni xabar qilishi kerak. Chet el yuridik shaxsida (yuridik shaxs tashkil etmagan holdagi chet el tuzilmasida) ushbu qismda ko‘rsatilgan bir nechta mol-mulk ob’yekti mavjud bo‘lgan taqdirda, ushbu shaxs tanloviga ko‘ra, xabar molmulk ob’yektlarining biri turgan yerdagi soliq organiga taqdim etiladi. O‘zbekiston Respublikasining bojxona chegarasi orqali tovarlar olib o‘tilishi munosabati bilan soliqlar to‘laydigan soliq to‘lovchilar zimmasida O‘zbekiston Respublikasining bojxona to‘g‘risidagi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan majburiyatlar ham bo‘ladi. Soliq to‘lovchilarning zimmasida qonun hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlar ham bo‘lishi mumkin. Quyidagilar vakolatli organlardir: soliq organlari — O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi, Yirik soliq to‘lovchilar bo‘yicha hududlararo davlat soliq inspeksiyasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar davlat soliq boshqarmalari, shuningdek tumanlar (shaharlar) davlat soliq inspeksiyalari; bojxona organlari — O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi, Davlat bojxona qo‘mitasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahri bo‘yicha boshqarmalari, «Toshkent — AERO» maxsus bojxona kompleksi va bojxona postlari; yig‘imlarni undirish funksiyasini amalga oshiruvchi davlat organlari va tashkilotlar. Soliq organlari quyidagilarga haqli: soliq to‘lovchilardan va uchinchi shaxslardan soliqlarni va yig‘imlarni hisoblab chiqarish hamda to‘lash uchun zarur bo‘lgan hujjatlar va ma’lumotlarni (axborotni), shu jumladan elektron tarzda taqdim etishini talab qilish; soliq tekshiruvlari va boshqa soliq nazorati tadbirlarini o‘tkazish; hududni, ishlab chiqarish, omborxona, savdo binolarini va boshqa binolarni, shu jumladan soliq to‘lovchi daromad olish uchun foydalanadigan yoki soliq solish ob’yektlarini saqlash bilan bog‘liq joylarni ko‘zdan kechirish; mol-mulkni inventarizatsiya qilish va bajarilgan ishlar, ko‘rsatilgan xizmatlarning nazorat o‘lchovlarini o‘tkazish; qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda kassani va tovar-moddiy boyliklar hamda hujjatlar saqlanadigan joylarni ikki kundan ortiq bo‘lmagan muddatga, ikki kundan ortiq muddatga esa, sud qarori bo‘yicha muhrlash; soliqlarni va yig‘imlarni hisoblab chiqarish bilan bog‘liq hujjatlarni va elektron axborot jismlarini olib qo‘yish; foto- va videotasvirga tushirish, tushuntirishlar hamda boshqa ma’lumotlarni olish; tarjimonni, ekspertni jalb etish va ekspertiza tayinlash; soliq to‘lovchi hisob hujjatlarini yo‘qotgan yoki yo‘q qilgan hollarda soliq to‘lovchi to‘g‘risidagi o‘zida mavjud axborot, shuningdek boshqa shu kabi soliq to‘lovchilar to‘g‘risidagi ma’lumotlar asosida soliqlar summasini hisob-kitob orqali mustaqil ravishda aniqlash; o‘zaro kelishuv asosida soliq monitoringida ishtirok etayotgan soliq to‘lovchi tomonidan soliq to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi, soliqlarni hisoblab chiqarishning to‘g‘riligi, to‘liqligi va o‘z vaqtida to‘lanishi yuzasidan soliq monitoringini o‘tkazish; soliq qarzini majburiy undirish choralarini ko‘rish; soliqqa oid huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqish va moliyaviy sanksiyalar qo‘llash;
Soliq va soliqlarga tortish soliq huquqbuzarliklarining aniqlangan holatlari bo‘yicha tovar-moddiy boyliklarni belgilangan tartibda davlat daromadiga o‘tkazish. Yuridik shaxs bo‘lgan soliq to‘lovchilar va yakka tartibdagi tadbirkorlarning tovar-moddiy boyliklarini davlat daromadiga o‘tkazish sud tartibida amalga oshiriladi; soliq to‘lovchilarga nisbatan ular tomonidan noqonuniy olingan mablag‘larni davlat daromadiga undirish to‘g‘risida sudlarga da’volar kiritish; hujjatlarning davlat tiliga tarjima qilinishini talab qilish; soliq to‘lovchilarni va soliq agentlarini yozma bildirish asosida soliq organlariga ular tomonidan soliqlarni to‘lash (ushlab qolish va o‘tkazish) yuzasidan yoki soliq tekshiruvi bilan bog‘liq ravishda, shuningdek ular tomonidan soliq to‘g‘risidagi qonun hujjatlarining bajarilishi bilan bog‘liq boshqa hollarda tushuntirishlar berishga chaqirish; soliq to‘lovchining yoki soliq agentining bankdagi hisobvaraqlari bo‘yicha operatsiyalarni to‘xtatib turish va ularning mol-mulkini xatlab qo‘yish; soliq to‘lovchilar va ularning vakillaridan, soliq agentlaridan soliq to‘g‘risidagi qonun hujjatlarining aniqlangan buzilishlarini bartaraf etishni talab qilish hamda ushbu talablarning bajarilishini nazorat qilish; majburiyatlarning banklar tomonidan bajarilishini nazorat qilish. Soliq organlari qonunga muvofiq boshqa huquqlarni ham amalga oshirishi mumkin. Soliq organlari: soliq to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etishi; soliq to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi, soliqlar va yig‘imlarning to‘g‘ri hisoblab chiqarilishi, to‘liq hamda o‘z vaqtida to‘lanishi ustidan nazoratni amalga oshirishi; soliq to‘lovchilar, soliq solish ob’yektlari va soliq solish bilan bog‘liq ob’yektlar, hisoblangan va to‘langan soliqlar to‘liq va o‘z vaqtida hisobga olinishini ta’minlashi; soliq tekshiruvlarini o‘tkazishda soliq to‘lovchilarga ularning huquqlari va majburiyatlari to‘g‘risida ma’lumot berishi, shuningdek o‘tkazilgan tekshirishlar natijalari to‘g‘risida xabardor qilishi; soliq to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining rasmiy veb-saytida o‘z vaqtida e’lon qilishi; soliq to‘lovchilarga soliq to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini ijro etishida yordam berishi, soliq to‘g‘risidagi qonun hujjatlari normalarini va soliq imtiyozlarini qo‘llash tartibini tushuntirishi; coliq to‘g‘risidagi qonun hujjatlari buzilganligi faktlarini tahlil qilishi va baholashi, soliqqa oid huquqbuzarliklarga olib keladigan sabablar va sharoitlarni bartaraf etish to‘g‘risidagi takliflarni tegishli davlat organlariga kiritishi; huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan birgalikda soliqqa oid huquqbuzarliklarga qarshi kurashishga doir uzoq muddatli va joriy dasturlarni ishlab chiqishi hamda amalga oshirishi; soliq to‘g‘risidagi qonun hujjatlari buzilganligi to‘g‘risidagi arizalarni, xabarlarni va boshqa axborotni o‘rganishi; davlat daromadiga o‘tkazilgan mol-mulkni realizatsiya qilishdan pul mablag‘larining to‘liq va o‘z vaqtida tushishini nazorat qilishi; masalani hal etish soliq organlari vakolatlari doirasiga kirmaydigan hollarda soliq to‘g‘risidagi qonun hujjatlarining buzilishi faktlari bo‘yicha materiallarni huquqni muhofaza qiluvchi organlarga topshirishi; o‘z vakolatlari doirasida valyuta va eksport-import operatsiyalarini amalga oshirishning belgilangan tartibiga rioya etilishi ustidan nazorat qilishi; soliq siriga rioya etishi va uning saqlanishini ta’minlashi; soliq to‘lovchining talabiga binoan soliqlarni to‘lash bo‘yicha soliq majburiyatining bajarilishi yuzasidan solishtirma dalolatnoma tuzishi; soliq qarzi summasini so‘zsiz undirishi;
Soliq va soliqlarga tortish yuridik va jismoniy shaxslarni, shu jumladan O‘zbekiston Respublikasi norezidentlarini hisobga olishi, ularga soliq to‘lovchilarning identifikatsiya raqamini berishi hamda bu haqda statistika va ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organlarga rasmiy ravishda ma’lum qilishi; soliq to‘lovchining talabiga binoan uning soliq organlarida hisobga qo‘yilganligini tasdiqlovchi ma’lumotnomani berishi; soliq to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini qo‘llash masalalari yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining yozma tushuntirishlariga amal qilishi shart.

Xulosa o’rnida shuni aytish kerakki, soliqlar qadimdan mavjud va davlat budjetining asosini ham aynan shu soliqlar tashkil etadi. Har kim hayotida davomida soliq to’lovchi fuqaro sifatida shakllanib boradi. Bunda Respublikamizda soliq tizimida keyingi yillarda katta islohotlar amalga oshirilib kelinmoqda. Muhtaram yurtboshimiz Sh.Mirziyoyevning 2020-yil 29-dekabrida Oliy Majlisga qilgan Murojaatnomasida ham soliq tizimida amalga oshiriladigan keng islohotlarning harakatlar strategiyasi ishlab chiqildiki, bu umuminsoniy qadriyat va soliq to’lovchilar uchun katta yengilliklar, qulayliklaryaratadi. Shu bilan birga davlat oldida turgan yana bir muhim masala borki, bu ham bo’lsa o’z vaqtida va muntazam halol soliq to’lovchilarni shakllantirib boorish, soliqlarning ahamiyati to’g’risidagi keng tassavvurlarni uyg’otish, xalqimizga namunali soliq to’lovchi fuqarolarni tarbiyalash masalasidir. Shuning uchun ham oliy ta’lim muassasalarida, qo’yingki, maktablarda ham tadbirkorlik asoslari fanlari tarkibida soliqlar va ularning mehanizmlari haqida ma’lumotlarga ega bo’lib boradi. ,,Soliqlar va soliqqa tortish” fanining maqsad va vazifalari ham “Soliqlar va soliqqa tortish” fanini o’qitishdan maqsad, ta’lim olayotgan talabalarni O’zbekiston Respublikasida harakatda bo’lgan soliq tizimi bilan

tanishtirib, ularning iqtisodiy bilimlarini oshirish hamda chuqurlashtirish bilan bir qatorda olayotgan bilimlarini soliq amaliyotida qo’llay olishini o’rgatishdir. Fanning oldiga qo’yilgan vazifalar asosan talabalarni amaldagi har bir soliq turi bilan tanishtirib, ularga soliq ob’ekti, sub’ekti, soliqlarni hisoblash uslubiyatlari, undirish usullari, imtiyozlari, soliq organlariga hisob - kitoblarni taqdim etish tartiblarini, hisoblanayotgan soliqlarni buxgalteriya hisobida aks ettirilishini o’rgatishdan iboratdir.


Download 142 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish