1.2. Siyosiy plyuralizm siyosiy nazariy qarashlar.
Plyuralizm (lot. pluralis — koʻplik) — 1) borliqning bir necha (yoki koʻplab) mustaqil ibtidosi yoki bilimning bir qancha asosi mavjud deb hisoblovchi falsafiy qarash. Shu bilan birga, manfaatlar, gʻoyalar, qarashlarning ham koʻpligini bildiradi. " Plyuralizm " terminini nemis faylasufi X. Volf (16791754) kiritgan (1712). Plyuralizmning aksi — monizm. Gʻarb falsafasida juda koʻp oqim boʻlib, ular hozirgi falsafaning plyuralistik harakteridan dalolat be-radi (pragmatizm, personalizm, hayot falsafasi va boshqalar); 2) jamiyat siyosiy tizimining xususiyati. Bunda ijtimoiy guruxlar oʻz manfaatlarini oʻz vakillari (siyosiy partiyalar, kasaba uyushmalari, diniy va boshqa tashkilotlar) orqali ifodalash uchun tashkiliy tar-tib-qoida tusini olgan imkoniyatlarga ega buladilar. Jamiyatni demokra-tiyalash jarayonida Plyuralizm shakllanib, rivojlanadi: u ijtimoiy guruxlarning turli-tuman manfaatlarini aks ettiruvchi har xil qarashlar, fiqolar mavjudligini anglatadi.
Bugungi qunda demokratik huquqiy davlatni siyosiy partiyalarsiz tasavvur etib bўlmaydi. Demokratik jamiyatda siyosiy partiyalar jamiyat siyosiy tizimining muhim tarkibiy qismi bўlib, ular bevosita davlat faoliyatining ustuvorligi yўnalishlarini belgilashda ishtirok etadi. Ўzbekiston Respublikasida siyosiy partiyalar faolitining tashkiliy-huquqiy asoslarini 1992 yil 8 dekabrda qabul qilingan Ўzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi asosida bўlsada, lekin unga qadar qabul qilingan “Jamoat birlashmalari tўrisida”gi qonuni bu boradagi qonunlarning dastlabkisi hisoblanadi. 1991 yil 15 fevralda qabul qilingan ushbu qonunning 1-moddasida “ўz huquqlari, erkinliklarini hamda siyosat, iqtisodiyot, ijtimoiy rivojlanish, fan, madaniyat, ekologiya va hayotning boshqa sohalaridagi qonuniylikni birgalikda rўyobga chiqarish uchun birlashgan fuqarolarning hohish irodalarini erkin bildirishlari natijasida vujudga kelgan ixtiyoriy tuzilma jamoat birlashmasidir. Siyosiy partiyalar, ommaviy harakatlar, kasaba uyushmalari, xotinqizlar, yoshlar va bolalar tashkilotlari, veteranlar va nogironlar tashkilotlari ilmiy texnikaviy, ma’daniy – ma’rifiy, fizkultura-sport va boshqa kўngilli birlashmalar, ijodiy uyushmalar, yurtdoshlar uyushmalari, assotsiatsiyalar va fuqarolarning boshqa birlashmalari jamoat birlashmalari deb e’tirof etiladi”1 deb kўrsatib ўtilgan.
Asosiy qonunimizda siyosiy partiyalar tashkiliy huquqiy asosining ustuvor yўnalishlari belgilangan bўlib, uning siyosiy partiyalar huquqiy maqomi belgilanishi bilan bir qatorda, fuqarolarning siyosiy partiyalarga uyushishi huquqlari ham belgilangan (34-modda). Siyosiy partiyalar muhim konstitutsiyaviy institut sifatida konstitutsiyamizning XII jamoat birlashmalari bobi 60-moddasida “siyosiy partiyalar turli tabaqa va guruhlarning siyosiy irodasini ifodalaydilar va ўzlarining demokratik yўl bilan saylab qўyilgan vakillari orqali davlat hokimiyatini tuzishda ishtirok etadilar. Siyosiy partiyalar Ўzbekistonda faoliyatining moliyaviy ta’minlash manbalari haqida Oliy Majlisga yoki u vakillik qilgan belgilangan holda oshkora tartibda hisobotlar berib turadilar.”2
Shu bilan birga Ўzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaning jami 13 ta moddasida partiyalarga doir qoidalar keltirilgan. Asosiy qonunimiz bўlgan Konstitutsiyada siyosiy partiyalarga doir bu qadar e’tibor respublikamizda siyosiy partiyalarni muhim konstitutsiyaviy institut ekanligidan dalolat beradi.
Siyosiy partiyalarning jamiyat hayotidagi ўrni va roli hamda ular faoliyatining bunday konstitutsiyaviy-huquqiy jihatdan mustahkamlanishi zamonaviy konstitutsiyaviy qonunchilikda quyidagi bir necha yondashuvlar mavjud ekanligini kўrsatadi:
Do'stlaringiz bilan baham: |