birinchi yўnalish, konstitutsiyalarda siyosiy partiyalar tўrisidagi sўz bormaydi, ikkinchi yўnalish, Konstitutsiyalarda tўla yoki qisman siyosiy partiyalarning roli va siyosiy partiyalarning ayrim tamoyillari haqida qoidalar mavjud; uchinchi yўnalish, Konstitutsiyalarda yagona, boshqaruvchi va rahbariy partiyalarning mavjud bўlishini nazarda tutadi va boshqa partiyalarning faoliyati taqiqlanadi; tўrtinchi yўnalish, barcha partiyalar ta’qiqlanadi va shu sabali siyosiy
partiyalar tўrisida sўz bormaydi; beshinchi yўnalish, aniq kўrsatilgan partiyalarga yoki muayyan sohadagi partiyalarga ruxsat beriladi va boshqa partiyalar ta’qiqlanadi.
Mamlakatimiz Konstitutsiyasida siyosiy partiyalarga doir qoidalarning sezilarli darajada mavjudligi Konstitutsiyamizni ikkinchi guruhga taalluqli ekanligini kўrsatadi va Konstitutsiya belgilab bergan ustuvor yўnalishlar asosida siyosiy partiyalar faoliyatini aniq yўnalishlarini tartibga solishga maqsadida qator qonunlar qabul qilindi.
Milliy mustaqillik davrida tashkil topgan siyosiy partiyalardan biri bu – Ўzbekiston Xalq Demokratik partiyasidir. Partiyaga uning 1991 yilning 1noyabrida bўlib ўtgan ta’sis quriltoyida asos solindi. Quriltoyda qabul qilingan partiya dasturida asosiy maqsadlar quyidagicha ifodalanadi: “Biz insonga uning siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy turmush shakllarini erkin tanlashni kafolatlaydigan jamiyatning siyosiy va davlat tuzilmasini bunyod etish tarafdorimiz. Bu:
siyosiy va iqtisodiy erkinlik, demokratiya, tenglik va ijtimoiy adolat jamiyati;
har bir fuqaroga davlat va jamoat ishlarida, iqtisodiyot va madaniyatda, siyosiy hayotda bab-baravar ishtirok etish imkoniyatlarini kafolatlash jamiyati;
mulkchilik va mehnatning, tadbirkorlik va raqobatning barcha shakllariga teng huquq beriladigan xўjalik va iqtisodiy faoliyatga mafkuraviy aralashishga yўl qўymaydigan jamiyat;
aholini ish bilan bandligi, birinchi navbatda qariyalar va bolalarni, nafaqachilar va nogironlarni, kўp bolali oilali bolalarning, ўquvchilar va talabalarning, kam ta’minlangan fuqarolarning hayot kechirish uchun eng zarur narsalar bilan ta’minlanishi kafolatlanadigan jamiyat;
respublikada yashayotgan barcha xalqlarning an’analari va urf-odatlari, dini, tili va madaniyati hurmat qilinadigan, yagona mafkura, dunyoqarash hukmronlik qilmaydigan, sўz va vijdon erkinligi, umuminsoniy qadriyatlar va insonparvarlik kafolatlanadigan, ilm-ma’rifat kamol topadigan jamiyat bўlishi kerak”.3
Ўzbekiston XDP siyosiy hayotda ishtirok etish, xalq bilan hokimyat tizimi ўrtasida vositachilik qilish, partiyaviy-siyosiy faoliyat yuritishning yangicha uslublarini shakllantirish maqsadlari tўrisida esa quydagi dasturiy maqsadlarni ilgari suradi: “Ўzbekiston Xalq demokratik partiyasi shunga aminki, bundan buyon hech qanday siyosiy partiya bevosita hokimyat vakolatlarini ўz zimmasiga olmasligi kerak. Biz har qanday ijtimoiy-siyosiy kuchning haqiqat va adolatli ўz monopoliyasiga aylantirishga, erkin fikrlashni bўadigan mafkurani jamiyatga tiqishtirishga, muxoliflikka va siyosiy kelishmovchiliklarni hal etish usuli sifatida “dushman obrazi” ni shakllantirishga qarshimiz.
Partiya ўz dasturlarini ishlab chiqib, jamiyatga taqdim etish va ўzga ijtimoiy-siyosiy kuchlar bilan erkin musobaqalashish orqali siyosiy rahnamolikka erishmoqchi. U, qonunga muvofiq ravishda oz nomzodlarini hokimyat organlariga saylovlarda kўrsatadi va ularning qўllab-quvvatlanishini va saylanishini ta’minlaydi. Biz ўzimizning siyosiy yўlimizni davlat hokimyati va jamoat ўzini-ўzi boshqarishorganlariga saylangan partiya a’zolarimiz orqali ўtkazmoqchimiz”.4 “Ўzbekiston ovozi”, “Golos Uzbekistana” gazetalari va “Muloqot” jurnali Ўzbekiston XDP ning markaziy matbuot nashrlaridir.5
Ўzbekiston Milliy tiklanish demokratik partiyasi(MTDP) 1995-yilning 3iyunida ta’sis quriltoyida tashkil topdi. Uning quriltoyida qabul qilingan dasturida partiyaning maqsadlari quyidagicha belgilanadi: “Partiya umum,insoniy qadriyatlarni milliy qadriyatlar bilan uzviy bolangan holda Konstitutsiyada belgilab qўyilgan haq-huquqlar asosida ўz siyosatini yuritadi va mamlakatda yashovchi xalqlar va elatlarning konstitutsion huquqlarini va fuqarolik erkinliklarni hurmat qiladi. Partiya oily maqsad – Milliy tiklanish oyasini amalga oshirish yўlida ўz harakatining asosiy yўnalishlari deb quydagilarni belgilaydi:
- millatning ma’naviy birligi;
- Vatan (Turkiston) – yagona oila;
- kuchli demokratik davlat;
- milliy qadriyatlar;
- ilmiy-texnikaviy taraqqiyot va umumjahoniy integratsiya;
- zamon kishisi;
- milliy istiqbol.
Partiya mana shu yonalishlar milliy tiklanishimizning mazmuni – mohiyatini tashkil etadi deb hisoblaydi”.6
Partiya ўzining siyosiy tizimda ishtirok etish usullari va shakllari tўrisida quyidagi nizomiy qoidalarni qabul qiladi: “Partiya ўzining siyosiy faoliyatini Oliy Majlis, viloyat, tuman va shahar kengashlariga deputatlikka nomzodlar etib kўrsatadi va bu nomzodlarning xalq tomonidan saylanishi uchun umumpartiyaviy saylov kompaniyalarini ўtkazadi. saylangan deputatlarni partiya fraksiyalariga birlashtirib, ular vositasida qonunlar qabul qilish, hukumat va uning joylardagi organlarini shakllantirishda, hukumatniong ichki va tashqi siyosatini belgilashda ishtirok etadi”.7
Ўzbekiston “Adolat” sotsial demokratik partiyasi (SDP) 1995-yil 18-fevralda tashkil topdi. Partiyaning maqsad va vazifalari quydagicha belgilanadi: Partiyaning asosiy maqsadi – demokratik huquqiy davlatni, ijtimoiy yўnaltirilgan bozor iqtisodiyotiga asoslangan kuchli adolatli fuqarolik jamiyatini barpo etishda hamda Ўzbekiston hududida yashayotgan barcha millat va elatlarning umumiy manfaatlariga mos keladigan, fuqarolarning qonun oldida tengligi, konstitutsiyaviy huquq va erkinliklari ta’minlangan ma’naviy jipslashgan jamiyatni shakllantirishda faol ishtirok etishdir. Partiyaning vazifalari:
Ўzbekistonda demokratik, huquqiy davlatni va adolatli fuqarolik jamiyatini yaratish borasida demokratik jarayonlarni chuqurlashtirish;
Ўzbekiston fuqarolariga ўz qonuniy huquqlari, erk va burchlarini anglashga kўmaklashish, ularning siyosiy ongi va madaniyatini oshirishda yordam kўrsatish;
millatlararo munosabatlarni takomillashtirish, dўstlik va hamjihatlikni rivojlantirish, har qanday millatchilik, diniy ekstremizm, terrorizm illatlariga qarshi kurash olib boorish, dinlararo barikenglikni, tinchlik va barqarorlikni,
millatlararo totuvlikni tarib qilish;
kuchli ijtimoiy siyosat olib borishga, aholining boylar va kambaallarga keskin bўlinib ketishiga yўl qўymaslikka, aholi turmush sifati kўrsatkichlarini yaxshilashga kўmaklashish
iqtisodiy ўsish natijalarini aholining turli guruh va qatlamlari turmush sifati va darajasini oshirishga adolatli yўnaltirilgan bozor iqtisodiyotining ijtimoiy yўnalishini chuqurlashtirishga qaratilgan faoliyatni amalga oshirish. Bu iqtisodiyot, fan va texnikaning eng zamonaviy yutuqlariga, iqtisodiy jarayonlarning samarali boshqaruviga, ilor innavatsion tafakkurni tarbiyalovchi ta’lim tizimiga tayangan innavatsion turdagi iqtisodiyot bўlishini ta’minlash;
qonun ustuvorligini ta’minlash, mamlakatda sud-huquq sohasidagi keng kўlamli islohotlarni izchil davom ettirishga, sud hokimyati mustaqilligini yanada mustahkamlashning amaliy shakl va uslublarni ishlab chiqishga, fuqarolar huquq va erkinliklarini sudda himoya qilish samaradorligini oshirishga faol kўmaklashish;
boshqaruvda ochiqlik, oshkoralik va hisobdorlik tamoyillarni amalga oshirish, davlat hokimyati organlarida, ўz Vatani, xalqini sevadigan va el-yurtiga sadoqat bilan xizmat qiladigan mas’ulyatli va yuqori malakali kadrlarning ishlashiga erishish
partiyaning barcha faoliyat yўnalishlari bўyicha jamoatchilik bilan ўzaro aloqalarni amalga oshirish uchun fuqarolar orasida siyosiy-ma’rifiy, tashviqottaribot va boshqa shu kabi ishlarni olib boorish;
Ўzbekiston “Adolat SDP Ўzbekiston Respublikasi Bosh vaziri lavozimiga, viloyat va Toshkent shahar hokimlari zimmalariga nomzodlar yuzasidan maslahatlashuvlar jarayoni hamda Oliy Majlis va xalq deputatlari viloyat va Toshkent shahar Kengashlarida ularni lavozimiga tasdiqlash uchun ovoz berish jarayoni orqali Ўzbekiston Respublikasi hukumatini, mahalliy hokimyat ijroiya organlarini shakllantirishda bevosita ishtirok etadi”8
Ўzbekistonda faoliyat kўrsatayotgan partiyalardan yana biri-Ўzbekiston milliy tiklanish demokratik partjyasi Ўzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi 1995-yil 9-iyunda MTDP ni rўyxatga olgan.
Partiya oliy maqsadi milliy tiklanish oyasini amalga oshirish yўlida ўz harakatining asosiy yўnalishlarini quyidagicha belgilaydi: millatning ma'naviy birligi; Vatan—yagona oila; kuchli demokratik davlat; milliy qadriyatlar; ilmiytexnikaviy taraqqiyot va umumjahon integratsiya; zamon kishisi; milliy istiqbol.
Ўzbekiston MTDPsining oliy organi 5 yilda chaqiriladigan qurultoy bўlib, unda rahbar organlar saylanadi. Joylarda 103 ta viloyat, shahar va tuman partiya tashkilotlari va bўinlari ish olib bormoqda. Partiyaning 10 mingga yaqin a'zosi bor. Ikkinchi chaqiriq Ўzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 2000-yiI 21- yanvardagi qarori bilan MTDPning 10 kishidan iborat deputatlar fraksiyasi rўyxatga olingan. Ўzbekiston MTDPsining „MiIliy tiklanish" haftalik gazetasi nashr etilmoqda
Eng yosh va mamlakatimiz hayotida katta nufuzga ega bўlib borayotgan partiya bu tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati Ўzbekiston liberal demokratik partiyasi bўlib, 2003-yil oxirlarida tashkil topdi. Uning maqsadi tadbirkorlar va ishbilarmonlar manfaatini himoya qilish, jamiyat hayotini yanada erkinlashtirishdan iborat. ЎzLiDePning
Do'stlaringiz bilan baham: |