Temir-uglerod diagrammasidan foydalanib cho`yan-po`lat turlarini va tarkibini o’rganish. Ishni bajarishdan maqsad



Download 256,22 Kb.
bet1/4
Sana23.04.2022
Hajmi256,22 Kb.
#576102
  1   2   3   4
Bog'liq
2-амалий




2-Amaliy mashg`ulot


Temir-uglerod diagrammasidan foydalanib cho`yan-po`lat turlarini va tarkibini o’rganish.
Ishni bajarishdan maqsad. Temir-uglerod diagrammasidan foydalanib cho`yan turlarini o’rganish. Rusumiga qarab tarkibini va ishlatilishini aniqlash.
T o r sh I r I q :

  1. Temir-uglerod diagrammasini o`rganish

  2. Diagrammadan foydalanib cho`yan turlarini aniqlash

  3. Cho`yanning rusumlanishini o`rganish

  4. Cho`yanlarning ishlatilishini aniqlash.



Umumiy tushuncha. Odatda, temir uglerod qotishmalarning tarkibida 0,025 % gacha uglerod bo’lsa texnik temir, 0,025 dan 2,14 % gacha uglerod bo’lsa po’lat, 2,14 dan 4,3 % gacha uglerod bo’lsa texnik cho’yan va 4,3 dan 6,67 % gacha uglerod bo’lsa oq cho’yanlar deb yuritiladi.
Bu qotishmalarning tarkibida temir va ugleroddan tashqari kremniy, marganets, oltingugurt va fosfor kabi ximiyaviy element­lar borligi sababli, ular murakkab tarkibli, ko’p kamponentli qo­tishmalar hisoblanadi. Ammo ularning tarkibida ikkita asosiy komponent temir (Fe) bilan uglerod (S) dan boshqa kimyoviy ele­mentlarning miqdori kam bo’lganligi sababli, bu qotishmalar te­mir-uglerod qotishmalari deb yuritiladi.
Temir - uglerod qotishmalari asta-sekin sovitilganda turli harоratlarda sodir bo’ladigan o’zgarishlar holat diagrammasida ko’rsatiladi.
Bunday diagrammalarni o’rganishda sof temir (Fe) dan sof uglerod (S) gacha bo’lgan turli xil tarkibli qotishmalarning holatini ko’rib chiqish lozim, ammo amalda ishlatiladigan temir-uglerod qotishmalari tar­kibida 5 % gacha uglerod bo’ladi, xolos. SHu sababli te­mir-uglerod qotishmalarning holat diagrammalarini o’rganishda te­mir bilan uglerodning tsementit deb ataluvchi va Fe3S tarkibli ximiyaviy birikma hosil qilgan qotishmalari ko’rib chiqiladi. Bunda sistemaning tashkil etuvchilari, ya’ni komponentlari temir (Fe) bilan uglerod (S) emas, balki temir (Fe) bilan tsementit (Fe3S) bo’ladi. Diagramma temir-tsementit sistemasining holat diagramma­si deyiladi.

9-rasm. Tеmir - uglеrоd qоtishmalarining hоlat diagrammasi.

Temir-tsementitning holat diagrammasi temir-uglerod qotish­malari suyuq holatdan asta-sekin xona temperaturasigacha sovitil­ganda sodir bo’ladigan struktura o’zgarishlarini ifodalaydi. Shu sababli hosil bo’layotgan temir-uglerod qotishmalarining struktu­ralarini muvozanat yoki stabil strukturalar deb ataladi.


Temir-uglerod qotishmalari suyuq holatdan asta-sekin (soati­ga 100 0S dan kam kichik tezlikda) uy temperaturasigacha sovitil­gandagi strukturalar mikrоskopik analiz qilinganda ferrit, tse­mentit, austenit, perlit, ledeburit va grafit kabi muvozanat (stabil) strukturalar hosil bo’lishini ko’rish mumkin.
Ferrit (F) uglerodning -temirdagi qattiq eritmasidir. Uglerodning -temirdagi erishi mumkin bo’lgan eng ko’p miqdori 727 0S da 0,025 % ni tashkil etadi. Temperatura 727 0S dan ko’tarilganda -temirda eriydigan uglerod miqdori kamayib boradi va 911 0S da nolga teng bo’ladi.
Tsementit (TS) temirning uglerod bilan hosil qilgan ximiyaviy birikmasi (Fe3C), ya’ni temir karbidi bo’lib, uning tarkibida 6,67 % uglerod bo’ladi. Tsementit temir-uglerod qotishmalari orasida eng qattig’i bo’lib, uning Brinell bo’yicha qattiqligi HB=8001000 kg/mm2, plastikligi g=0 %, suyuqlanish temperaturasi 1600 0S chama­sidadir. Tsementit barqaror birikma emas - qizdirilganda parchala­nib ferrit va grafitni hosil qiladi:
Fe3C ----->3 Fe + C
tsementit ferrit grafit
Tsementitning kristall panjarasi murakkab bo’lib, bir necha oktaedrlardan iboratdir.

Download 256,22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish