Tavsifiy (monologik) matn



Download 24,86 Kb.
Sana02.01.2020
Hajmi24,86 Kb.
#31856
Bog'liq
Tavsifiy (monologik) matn.


Aim.uz

Tavsifiy (monologik) matn.
Darsning maqsadi:

Ta’limiy: talabalarga matn turlaridan monologik

matnning o’ziga xos xususiyatlarining

amaliy tomonlarini o’rgatish;


Tarbiyaviy: talabalarning dunyoqarashini o’stirish

ularning sport bilan oshno bo’lishlarini

uqtirish:
Rivojlantiruvchi: talabalarning yozma nutqiy avodxonligini

oshirish.


Darsning turi: yangi bilim berish.
Darsning uslubi: Suhbat, qisman izlanish, amaliy ish.
Qo’shimcha adabiyotlar: “Nutq madaniyati va uslubiyati”

E.Qilichev.2001 yil.

“O’zbek tilining amaliy stilistikasi”

E.Qilichev 1982 yil

“Ulug’bek xazinasi” romani O.Yoqubov
Darsning jihozi: Matnlar, tarqatmalar.
Darsning borishi:

1.Tashkiliy qism

a)salomlashish

b)davomatni aniqlash.

2.Uyga vazifani so’rash.

Vazifa: “Diolog tuzish”

Diologlar o’qiladi.

3.Yangi mavzu bayoni

4.Mustaqil ishlash.(yangi mavzuga oid topshiriqlar).

5.Yangi mavzuni mustahkamlash

6.Xulosa.(darsda faol ishtirok etgan o’quvchilar harakati e’tirof etiladi? Baholar e’lon qilinadi)

7.Uyga vazifa. (vazifani bajarish usullari tushuntiriladi).


Yangi mavzu bayoni .

Reja :

1 . Tavsifiy matnining xususiyatlari .

2 . Tavsifiy matnning publisistik , rasmiy –idoraviy va badiiy uslubga xosligi .

3 . Amaliy mashqlar.


Tavsifiy (monologik ) matn so’zlovchi yoki yozuvchi tomonidan bayon etilgan voqea – hodisa, narsa yoki shaxs tasviri , tavsifi yohud,xabar, ma’lumot bayonidir.Maqola, insho ham tavsifiy matnning bir turi hisoblanadi .

Ma’lum voqea –hodisalarga, narsa va shaxsga oid fikr – mulohazaga bildirish, ularni badiiy vositalar yoki dalillar bilan ta’riflash, izohlash, isbotlash , isbotlash tavsifiy matnga xos xususiyatlaridandir .

Shuning uchun bunday matnda belgi-xususiyatni ifodolovchi so’zlar, modal so’zlar, fe’lining funksional shakllari, ravishlar faol qo’llaniladi.

Tavsifiy matn yaratishda uyushiq bo’laklar, ajratilgan gap bo’laklari, atov gaplar, qo’shma gap ko’rinishlaridan keng foydalaniladi.

Tavsifiy matn ilmiy, publisistik, rasmiy-idoraviy, shuningdek, badiiy uslubga xosdir.

Qo’shma gaplar sinonimiyasidan badiiy tasvirda portret, tabiat manzarasini chizishda, shuningdek, inson ruhiy holati va his-tuyg’ularini ifodalashda ko’proq foydalaniladi.


1-mashq.


A.Qodiriyning “O’tgan kunlar” romanidan olingan Kumushbibi tasviriga oid parchani o’qib, belgi-xususiyat bildiruvchi so’zlarni ajratib ko’chiring. Bu so’zlar nimalarni tasvirlashga qaratilganligini aniqlang.

“…Uning qora zulfi par yostiqning turli tomoniga tartibsiz suratda to’zg’ib, quyuq jingala kiprik ostidagi tim qora ko’zlari bir nuqtaga tikilgan-da, nimadir bir narsadan cho’chigan kabi… to’lgan oydek g’uborsiz oq yuzi bir oz qizilikka aylanganda kimdandir uyalgan kabi… Shu payt ko’rpani qayirib ushlagan oq qo’llari bilan latif burnining o’ng tomonida, tabiatning nihoyatda usta qo’li bilan qo’ndirilgan qora xolini qashidi va boshini yostiqdan olib o’tirdi. Sariq rupoh atlas ko’ylakning ustidan uning o’rtacha ko’kragi bir oz ko’tarilib urmoqda edi. Turib o’tirgach, boshini silkitdi-da, ijirg’anib qo’ydi. Silkinish orqasida uning yuzini to’zg’igan soch tolalari o’rab olib jonsiz suratga kirgizdi. Bu qiz suratida ko’ringan malak qutidorning qizi-Kumushbibi edi!”


Topshiriq.1.

O’zingiz yoqtirgan badiiy qahramon yoki san’atkor aktyorning qiyofasini va tabiatini tasvirlab bering. Matn tuzing.


Topshiriq. 2.

Berilgan matn parchalarini o’qing, ular tavsifiy matnning qaysi shakllariga xosligini aniqlang, mazmun jihatdan bayon usuli qanaqaligini belgilang va shular asosida farqlarini izohlang.

I.”….Cho’lpon o’rta bo’y, to’lachadan kelgan, doimo yumaloq gardishli oddiy ko’zoynak taqib yuradigan odam edi. U juda ser andisha, odamlarga bexosdan ozor berib qo’yishdan cho’chiydigan, ko’ngilchan va chinakam shoirona tabiatga ega edi….”

M.Burxonov.


Topshiriq. 3.

Matnni o’qing, uning qaysi nutq uslubiga xosligini aniqlang. Til materialining ishlatilishidagi farqlarni izohlang.

……Registon maydoniga kirdik. G’afur aka jimib qolgandi. U go’yo ulug’ bobolar bosgan tuproqni oyoq osti qilishini istamagandek, avaylab yurayotganga o’xshardi. Gapirganida ilgarigi baland ovoz bilan emas, shivirlab gapirardi.

-Mana shu yerdan necha marta Navoiy yurgan. Mana shu peshtoqlarga tikilib ne-ne joylarga borgan. Manavi to’g’ridagi naqshli eshikdan Ulug’bek necha bor kirib, necha bor chiqqan. Ajab!

G’afur akaning bola tabiatini yaxshi bilardim. Sal narsadan quvonib, sal narsaga mo’lt-mo’lt ko’z yoshi to’kkanini ham ko’p ko’rganman. Obbo, shu topda yig’lab yuborsa nima qilamiz, deb o’ylab unga qaradim”…

Said Ahmad.

Mustaqil ish.

Komp’yuterdan lavha ko’rsatiladi. Undagi matnning qaysi nutq uslubiga xosligini aniqlang. Va ushbu lavha haqidagi fikr-mulohazalaringizni daftaringizda yozib qoldiring.

5.Yangi mavzuni mustahkamlash uchun savollar beriladi.
Savollar.

1.Matnning qanday turlari bor?

2.Tavsifiy matn qanday xususiyatlarga ega?

3.Tavsifiy matn qaysi uslublarga xos?

4.Diologik matn bilan tavsifiy matnning farqlarini sanang.

5.Fikr-mulohazali matn qanday bo’ladi?


6.Mavzu xulosalanadi.

Talabalarning baholari aytilib, har biri izohlanadi.


7.Vazifa.

Televideniya orqali ko’rgan “Ohanrabo” yoki “Sport haftanoma”si ko’rsatuvlaringiz to’g’risida fikr, mulohazalaringiz aks etgan matn tuzing.




Aim.uz


Download 24,86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish