Ta’vizul-oshiqin



Download 31,74 Kb.
Sana13.07.2022
Hajmi31,74 Kb.
#789884
Bog'liq
ogahiy


OGAHIYNING “TA’VIZUL-OShIQIN” DEVONINING QO‘LYoZMA, TOShBOSMA NUSXALARI VA ULAR ASOSIDAGI NAShRLAR HAQIDA
Annotatsiya.Ushbu maqolada Ogahiyning “Ta’viz ul-oshiqin” devonining qo‘lѐzma, toshbosma nusxalari, ulardagi she’riy janrlar miqdori haqida fikr boradi. Shuning-dek, shoir devonining keyingi yillardagi nashrlari, ularningfarqli jihatlari, ogahiy-shunoslikda qilinishi lozim bo‘lgan vazifalar ѐritilgan

Muhammadrizo Erniѐzbek o‘g‘li Ogahiy o‘zbek adabiѐtining ulug‘ namoyandalaridan biri hisoblanadi. Uning “Ta’vizul-oshiqin” devoniga she’riy merosi jamlangan. Shu-ningdek, Ogahiyning tarixiy asarlari tarkibida ham she’riy misralar ko‘plab uchraydi.“Ta’vizul-oshiqin” devonining bir qancha qo‘lѐzma va toshbosma nusxalari mav-jud. Bu haqida zahmatkash adabiѐtshunos F.G‘anixo‘jaev shunday ѐzadi: “Ogahiy tadqiqot-chilaridan hurmatli olimlarimiz R.Majidiy, Q.Munirov, S.Dolimov, G‘.Karimov va boshqa o‘rtoqlar o‘z asarlarida va Ogahiy asarlarining nashri uchun ѐzilgan “Muqaddi-ma”larda “Ta’vizul-oshiqin”ning 4 ta qo‘lѐzma nusxasi bor”,deb ta’kidlaydilar. Ke-yingi paytlarda Ogahiyning she’riy merosini manbashunoslik nuqtai nazaridan o‘rga-nish yana-da davom etdi. Izlanish jaraѐnida “Ta’vizul-oshiqin”ning yana 5ta qo‘lѐzma nusxasi mavjud ekanligi aniqlandi”.1Bular O‘zFA Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik institutida saqlanaѐtgan 938 va 7443 ashѐ raqamli hamda H.Sulaymonov nomidagi qo‘lѐzmalar fondidagi 289, 727, 1529 ashѐ raqamli qo‘lѐzmalardir. Shuningdek, Rossiya FA Sharqshunoslik instituti Sankt-Peterburg bo‘limida mavjud 19, 1944 ashѐ raqamli, Saltikov-Shchedrin nomidagi Sankt-Peterburg Davlat xalq kutubxonasi (hozir-da bu ikki muassasa Rossiya FA Sankt-Peterburg Sharq qo‘lѐzmalari instituti deb yuri-tiladi)da mavjud 18ashѐ raqamli qo‘lѐzmalar bo‘lsa, Tojikiston FA Sharqshunoslik in-stitutida saqlanaѐtgan 1493 ashѐ raqamli noѐb manbalardir.“Ta’vizul-oshiqin” devonining 2 ta toshbosma nusxasi mavjud. Birinchisi: bu bosma kitob 1300/1882 yilda Xiva shahrida shoir Muhammad Rasul Mirzo nazorati osti-da nashr etilgan. Kotibi ko‘rsatilmagan va mazkur nusxa qaysi qo‘lѐzma asosida chop etil-gani noma’lum. Ammo toshbosma shoir devonining qo‘lѐzmasiga monand keladi. Biroz qis-qartirilganholda berilgan.Qalin kartondan ishlangan olcha rangli naqshinkor muqova-da. 530 bet. O‘lchovi 18x32. O‘zFA Sharqshunoslik institutida,8733 inventar raqamli


Ikkinchisi: bu bosma kitob 1323/1905 yilda Xiva shahrida Muhammad Rahimxon farmoniga binoan nashr etilgan. Mazkur qo‘lѐzmaning ham kotibi va qaysi qo‘lѐzma aso-sida chop etilgani noma’lum. Biroq bu nusxa devonning avvalgi nashriga nisbatan to‘liq. Qalin kartondan ishlangan yashil rangli naqshinkor muqovada. 424 bet. O‘lchovi 21x35. 8732 invertar raqamli.1Bulardan tashqari, Ogahiy she’riy merosidan namunalar turli baѐzlargahamki-ritilgan.2Umuman, shoir asarlarining qo‘lѐzma va toshbosma nusxalari haqida “Xorazmga oid materiallar”,3“Ogahiy asarlari tavsifi (katalog)”,4“Xorazmda bitilgan qo‘lѐzma-lar”,5“Sankt-Peterburg va Toshkent fondlaridagi Xorazm turkiy-adabiy manbalar”6ka-bikitob va risolalarda e’tiborga molik ma’lumotlar berilgan.Keyingi davrlarda Ogahiy she’riyatidan namunalar va “Ta’vizul-oshiqin” devoni bir necha marta nashr etilgan.1944 yil Xiva davlat muzeyida xizmat qilgan Hasanmurod qori Laffasiy xon saroyida ijod qilgan 51 nafar shoirning haѐti va ijodi haqida “Tazkirai shuaro” nomli baѐz tuzdi. Ushbu baѐzning ikkinchi tartib raqamida Ogahiy ijodi haqida ma’lumot berib, 3 ta she’rini keltirib o‘tadi. Bu kitobni P.Bobojonov nashrga tayѐrlab, 1992 yilda “Xorazm” nashriѐtida chopettirgan.1945 yil Olim Sharafiddinov tomonidan tuzilgan “O‘zbek adabiѐti tarixi xres-tomatiyasi”ga,dastlab,Ogahiyning to‘rtta g‘azali kiritilgan.1948 yil M.Afzalov,M.Boboev va S.Ibrohimovlar tuzgan “O‘zbek poeziyasining antologiyasi”danesa shoirning yettita g‘azali o‘rin olgan.1958 yil Subutoy Dolimov nashrga tayѐrlagan “Ogahiyning tanlangan asarlari” chop etildi. Xalq shoir merosini juda iliq kutib oldi. Bu nashr shoirning 150 yilligi-ga armug‘on bo‘ldi.1960 yil Ogahiyning “Ta’vizul-oshiqin” (“Oshiqlar tumori”) devoni Rahmat Ma-jidiy tahriri ostida birinchi marta nashr etildi. Devonni adabiѐtimiz zahmatkashlari-dan biri shoir Xurshid (Shamsiddin Sharafiddinov) nashrga tayѐrlagan.Yana shu yili Subutoy Dolimov nashrga tayѐrlagan “Ogahiyning tanlangan asarlari” qayta nashr etil-gan va rus tiliga tarjima qilingan.1971–1980 yillar Ogahiy asarlarining VI jildligining nashr etildi. Shoir asarlarining VI jildligini nashrga tayѐrlashda professor G‘ulom Karimov va Subutoy Dolimovning xizmatlari katta, 1–2-jildlar shoirning badiiy merosini o‘z ichiga oladi. 1983 yil F.G‘anixo‘jaev tuzib chiqqan “Ogahiy she’riyatidan” nomli kitob “Sharq klassiklari merosidan” rukni ostida Toshkentda nashr etildi. Ushbu kitobchaga shoir-ning g‘azal, muxammas, mustazod, ruboiy, masnaviy, tuyuq kabi she’r turlari va forsiy g‘a-zallar tarjimasidan namunalar kiritilgan.1984 yil Ogahiy tanlangan asarlarining rus tilida ikkinchi nashri bosmadan chiq-di.1999 yil Ogahiyning “Ishq ahlining tumori” nomli tanlangan asarlari Toshkent-da chop etildi. Ushbu kitobga shoirning “Ta’vizul-oshiqin” devonidan tanlab olingan sara g‘azallari, ikkita tarixiy asaridan va Vosifiyning Ogahiy tarjimasidagi “Badoe’ ul-voqoe’” asaridan olingan parchalar kiritilgan.1999 yil Ogahiyning forsiy she’riyati Matnazar Abdulhakim tarjimasida “Xo-razm” nashriѐtida “Ko‘ngil ko‘zlari” nomi bilan nashr etildi. Bu tarjima Ogahiyning
forsiy ash’ori bilan o‘zbek kitobxonini ilk bor atroflicha tanishtirishga xizmat qil-di.2009 yil Matnazar Abdulhakimning “Mangulik jamoli” (“Tarjimon talqinla-ri)” kitobi Xorazm Ma’mun akademiyasi noshirlik bo‘limida chop etildi. Kitobga mual-lifning Ogahiy to‘g‘risidagi maqolalari, shuningdek, Munis, Ogahiy, Komil, Rojiy, Tabibiylarning forsiy merosidan namunalar kiritilgan hamda Ogahiyning “Ta’vizul-oshiqin” devonidan joy olgan “Ash’ori forsiy” qismining asl nusxasi ilova qilingan.2013 yilda adabiѐtshunos Ergash Ochilov “Mushkin qoshining hay’ati” nomi osti-da Munis va Ogahiy g‘azallaridan tanlab olingan kitobni nashr ettirdi. Mazkur kitobga Ogahiyning qo‘shiqlarga aylangan 86 g‘azali kiritilgan. Shuningdek,E.Ochilov tomonidan 2016 yilda “Jamoling jilvasi” nomida Ogahiy she’riyatidan namunalar nashr etildi.Ogahiyning “Ta’vizul-oshiqin” devonini 2014 yilda D.G‘ayipov, S.Sariev, B.Umrzoqovlar qayta nashrga tayѐrladilar. Bu kitob shoir devonining oldingi nashrlari tajribalaridan unumli foydalanilgan holda amalga oshirilgan.Mazkur nashrda ilk marta devon debochasi to‘liq berilgan. Shoir devonining debo-chasi 1960 va 1971 yilgi nashrlarida zamona zayli bilan qisqartirilgan holda berilgan edi. 2014 yilgi nashrda debocha to‘liq tabdil qilinganholda keltirilgan. Bu nashrga sho-irning 401 ta o‘zbek tilidagi g‘azali, 3ta mustazodi, 78 muxammasi, 5 musaddasi, 2 murab-basi, 3 musammani, 4 tarji’bandi, “Ta’vizul-oshiqin” devonidagi va boshqa tarixiy asarlaridagi 39 qit’asi, 73 ruboiysi, 10 tuyug‘i, 39 masnaviysi (ba’zilari tarixiy asar-laridan olingan), 3 qasidasi, 4 chiston, 1 musove ut-tarafayn, 11 forscha g‘azali, 2 forscha muxammasi, 1 forscha musammani kiritilgan.Shoirning ushbu devoni yana bir zahmatkash matnshunos va adabiѐtshunos Sayfid-din Sayfulloh tomonidan nashrga tayѐrlangan. Bu nashr tez kunlarda dunѐ yuzini ko‘radi.“Ta’vizul-oshiqin” devonining ilmiy-tanqidiy matni bo‘yicha tadqiqotlar olib borgan adabiѐtshunos F.G‘anixo‘jaev barcha qo‘lѐzma va toshbosma devondagi she’rlar soni-ni qiѐsan o‘rganib, ularning miqdoriniquyidagicha keltiradi:G‘azallar447, mustazod 3, muxammas 84, musaddas 5, murabba 2, musamman 3, tar-ji’band 4, qit’a 7, ruboiy 80, tuyuq 10, mulamma 1, chiston 4, musove ut-tarfayn 1, muam-mo 80, masnaviy 4, bahri tavil 1, qasida 19, marsiya 2, fard 2, soqiynomai murabba 1, sa-vol-javob oshiq va ma’shuq 1. Yuqoridagilar o‘zbek tilidagi she’rlar.Fors tilidagilar: g‘azallar 23, muxammas 4, musamman 1, munojot 1, ta’rix 20 ta.1Yana bir mashhur adabiѐtshunos A.Abdug‘afurov Ogahiyning “Ta’vizul-oshiqin” devonidagi she’rlar miqdorini quyidagicha keltiradi:G‘azallar447, mustazodlar 3, muxammaslar 90, musaddaslar 5, murabbalar 2, musam-manlar 3, tarji’bandlar 4, qit’alar 7, ruboiylar 80, tuyuqlar 10, mulamma 1, chistonlar 4, muammolar 80, musove ut-tarafayn 1, bahri tavil 1, qasidalar 19, marsiyalar 2, fardlar 2, soqiynomaimurabba 1, savoli oshiq, javobi ma’shuq 1; fors tilidagi she’riyat: g‘azal-lar 23, muxammaslar 5, musamman 1, munojot 1, tarixlar 20 ta.2Ogahiy she’riy merosi miqdoridan ham ko‘rinadiki, XX asr va 2000-yillarning dastlabki 16 yilida nashr qilingan kitoblarning hech biri shoir lirikasini to‘la qam-rab olmagan. Balki Sayfiddin Sayfulloh tomonidan amalga oshirilishi rejalashtiril-gan nashr bu bo‘shliqni to‘ldirar.Xullas, o‘tgan davr mobaynida shoir devonining nashri,bu buyuk merosni keyingi avlodga yetkazish borasida katta ishlar amalga oshirildi. Biroq hali Ogahiy devonining eng mukammal nashrini tayѐrlash, chop etish adabiѐtshunosligimiz oldidagi dolzarb va kechiktirib bo‘lmas vazifalardan hisoblanadi.

Izlanishlarimiz natijasida 1960 yilda chop etilgan "Ta’viz ul-oshiqin" devonida ular soni o‘zbek tilida 57 ta, fors tilida 2 ta (O‘zRFA Sharqshunoslik institutidagi 7443 inventar raqamli, Adabiyot muzeyidagi 289 inventar raqamli nusxalar), 1971-80 yillarda nashr qilingan VI jildlikning II jildida esa 72 ta o‘zbekcha, 1 ta forscha (Sankt-Peterburgda saqlanayotgan 18 inventar raqamli, T.Sh.I.da 938 inventar raqamli nusxalar), F.G‘anixo‘jaev tavsifida 84 ta o‘zbekcha, 5 ta forscha muxammas (T.Sh.I da № 1529 inventar ostida saqlanayotgan nusxa) mavjud ekanligi ma’lum bo‘ldi.


Har qaysi nashrga turli xil qo‘lyozma asos bo‘lgani sababli ba’zi farqlar ko‘zga tashlanadi. Nisbatan keng qamrovli bo‘lgan ikkinchi jilddagi 72 muxammas orasida mavjud "tushdi to yuzing uzra zulfi anbar afshonlar" misrasi bilan boshlangan Ogahiy muxammasi F.G‘anixo‘jaev "Tavsif"ida qayd etilmagan (Qiyoslang: 103,124; 159,112-115). Keyingi tadqiqotidagi ma’lumotiga qaraganda bu muxammas faqat 18 inventar raqamli Sankt-Peterburg nusxasidagina 62 mavjud (160, 38). Demak, bu bilan jami o‘zbekcha muhammaslar soni 85 tadir. Shuningdek yuqorida zikr etilgan II jildga "Ta’viz ul-oshiqin" (1960) devonidagi Feruz g‘azallariga bog‘langan 4 ta:


1. Garchi ko‘p kunlar ul oy lutfin mango oz ayladi; 2. Gulmudur yo ul ruhi fayzi safo mashhunmudur; 3. Borib yor oldiga man zor bemor; 4. Ul sho‘x keldi qoshima usruk samandin uynatib, – misralari bilan boshlanuvchi muxammaslar kirmay qolgan. Buni hisobga olganda nashr qilingan muxammaslarning umumiy soni 78 ta bo‘lib, shundan 2 tasi forschadir. Ularning hajmi esa 2945 misradan iborat. Demak, Ogahiyning o‘zbek va fors tillarida yaratgan muxammaslari 90 ta bo‘lib, ulardan 12 tasi (o‘zbekcha-9, forscha-3) chop etilmagan va mutlaqo o‘rganilmagan. Buni biz inv. 1529 raqamli nusxa asos bo‘lgan "Tavsif" bilan nashrga chiqqan Ogahiy muxammaslarini qiyoslash asosida aniqladik.
Nashrda yo‘q bu muxammaslar hozirgi kunda Beruniy nomidagi Toshkent Sharqshunoslik institutida saqlanayotgan "Ta’viz ul-oshiqin" devonining 1529 inventar raqamli, 938 inventar raqamli nusxalarida, shuningdek, hijriy 1325 (1907) yilda kotib Ahmad Yoqub tomonidan Xorazmda ko‘chirilgan 6996 inventar raqamli "Muxammasot" majmuasida nisbatan aniqroq va mukammalroq ifodalangan. Ayniqsa, o‘qishliligi jihatidan diqqatimiz Ogahiy, Rojiy va Xolisiy muxammaslaridan tuzilgan "Muxammasot" asariga ko‘proq jalb qilindi.
Qo‘lyozma oq qalin yevropa qog‘oziga qora siyoh bilan nihoyatda chiroyli nasta’liq xatida ko‘chirilgan. Sarlavhalar qizil siyohda. Sahifalar ko‘k qora, zarhal bo‘yoq bilan bezatilgan. Asarning hajmi 175 varaq, o‘lchovi 13, 5 x 21, 6 sm, saqlanishi to‘liq va yaxshi.
Adabiyotshunos Sh.Sharofiddinov (Xurshid) nashrga tayyorlagan "Ta’viz ul-oshiqin"(1960) devonida 65 Feruz (2ta) va Xon (1ta) – g‘azallariga bog‘langan muxammaslar Ogahiy g‘azaliga muxammas sifatida talqin etiladi. ( 105; 468, 476, 480) Bundan tashqari, "Ogahiy asarlari tavsifi"da Fuzuliy g‘azaliga muxammasning Navoiy (37-muxammas) Navoiy g‘azaliga taxmisning Rojiy (81-muxammas), Rojiy g‘azaliga muxammasning Navoiyga (82-taxmis) nisbat berilishi xatodir (Qiyoslang: 159, 113, 116; 23, 211b, 188b, 189a). Shuningdek, "Tavsif"da mualliflari nomalum deb ko‘rsatilgan g‘azallarga Ogahiy bitgan 83, 84- muxammaslar Navoiy va Dilovar asarlari asosida yozilgani aniqlandi (105, 401, 415)
Download 31,74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish