Tasviya etamiz



Download 24,45 Kb.
Sana23.04.2022
Hajmi24,45 Kb.
#575755
Bog'liq
magistr tavsiya


TAVSIYALAR.
Tadqiqot natijalariga suyangan holda bugungi kunda respublikamiz o‘smir-yoshlarida ijtimoiy deviant holatlar namoyon bo‘lishining oldini olishga doir bir qator tadbirlarni amalga oshirishni tasviya etamiz:
- komil inson tarbiyasida oila omilining yuksak ahamiyatini e’tiborga olgan holda, oilaviy tarbiyani tashkil etish va oilaviy tarbiya jarayonlariga ta’sir etish mexanizmlarini shakllantirish;
- O‘smir-yoshlarda ijtimoiy deviantlikning oldini oluvchi ijtimoiy nazoratni amalga oshirishning xalqimizga xos usuli – mahalla omilidan keng foydalanishni yo‘lga qo‘yish, xususan mahallaning o‘smir-yoshlarni tarbiyalash va nazorat funksiyalarini kengaytirish;
- Respublikamizda amalga oshirilayotgan komil insonni tarkib toptirish konsepsiyasining muhim tarkibiy elementlaridan biri sifatida, o‘smir-yoshlarda huquqiy ongning shakllantirilishiga ko‘proq e’tibor qaratish, bunda diniy va dunyoviy kadriyatlar, milliy urf-odatlar va an’analarimizning respublika qonunchiligida aks etishiga erishish;
- o‘smir-yoshlarning bo‘sh vaqtlarni asosan televizor ko‘rish bilan o‘tkazayotganliklarini e’tiborga olgan holda, ma’naviy qadriyatlarni singdirishda televidenie va radiodan foydalanishning umumdavlat miiyosidagi yagona tamoyillarini ishlab chiqish;
- keyingi vaqtlarda kitob mutolaasi va kitobxonlik darajasining pasayib ketayotganligini e’tiborga olgan holda, butun jamiyatda mutolaa jarayonlarini rag‘batlantirishning aniq mexanizmlarini ishlab chiqish, o‘quvchi-yoshlarni kutubxonalarga ko‘proq jalb qilinishiga erishish, mutolaa jarayonlarini faol-lashtirishda yangi informasion texnologiyalar, xususan internet tizimlaridan foydalanish asoslari ishlab chiqilishi, kelgusida informasion globallashuvning chuqurlashishini e’ti-borga olgan holda informasion xavfsizlik tizimlarini yaratish davomida o‘smir-yoshlarni ham turli informasion xurujlardan muhofazalashni nazarda tutish;
- yoshlarning ijtimoiy deviant holatlari: jinoyatchilik, giyohvandlik, ichkilikbozlik, fohishabozlik, o‘z joniga qasd qilish kabi salbiy holatlarning oldini olishga yo‘naltirilgan alohida davlat dasturlarini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish;
- rivojlangan davlatlar tajribalariga tayangan holda o‘smir-yoshlarda turli muammoli, ziddiyatli va psixologik inqiroz holatlaridan chiqib olishlariga ko‘maklashuvchi alohida markazlar va xizmatlar tashkil etish;
- o‘smir-yoshlarda jinsiy bilimlarini shakllantirish, ularning jinsiy yo‘llar bilan yuqadigan turli kasalliklardan, shuningdek oilaviy hayot, jinsiy hayot, tug‘ilishni boshqarish kabi tushunchalardan xabardorligini ta’minlashga qaratilgan dasturlar ishlab chiqish va bunda xalqimizga xos milliy-etnik xususiyatlarni e’tiborga olish;
- o‘smir-yoshlar jinoyatchiligining o‘sishiga jazo muddatini o‘tash muassasalarining ta’sirini e’tiborga olgan holda, jazolashning ozodlikdan mahrum qilishga muqobil bo‘lgan jazo turlarini ishlab chiqish va amaliyotga tatbiq etish;
- o‘smir-yoshlarning ta’lim bilan doimiy band bo‘lishlarini, shuningdek ularning professional-kasbiy ta’limga ko‘proq jalb qilinishini ta’minlashning amaliy chora-tadbirlar ishlab chiqish;
- o‘tish davrida iqtisodiyotda o‘smir-yoshlarning ishlab chiqarishga tabora ko‘proq jalb qilib borilayotganligini e’tiborga olgan holda, ular mehnatini muhofaza qilishning, shuningdek o‘smir-yoshlarning mehnat bilan band bo‘lishining huquqiy-tashkiliy asoslarini ishlab chiqish;
- islohotlar davrida madaniy muassasalardagi inqirozli holatlarni e’tiborga olgan holda, o‘smir-yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish chora-tadbirlarini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish;
- o‘smir-yoshlarning chet ellardagi tengdoshlari bilan keng munosabatlar o‘rnatishlariga, yoshlar jamoat tashkilotlarining chet ellardagi yoshlar tashkilotlari bilan hamkorlik qilishlariga, xalqaro integratsiya-lashuvlariga imkoniyat yaratuvchi chora-tadbirlarni ishlab chiqish.
Quyidagi tavsiyalarga amal qilish lozim:
1. Oilada, maktabda, istiqomat joylarida voyaga yetmaganlarning kattalar bilan va o‘zaro kelishmovchiliklariga yo‘l qo‘ymaslik.
2. Voyaga yetmaganlarning ko‘chadagi o‘zaro va boshqa norasmiy guruhlarga qo‘shilishining oldini olish, ular faoliyatida ishtirok etishiga yo‘l qo‘ymaslik.
3. Voyaga yetmaganlarning ularni u yoki bu qonunbuzarlikka yoki jinoyatga boshlovchi kattalar (ko‘pincha ilgari sudlangan) shuningdek, ularni muntazam spirtli ichimlik va narkotik moddalar iste’mol qilishga jalb etuvchilar bilan o‘zaro munosabatda bo‘lishlariga yo‘l qo‘ymaslik.
4. Voyaga yetmaganlarni oilada va maktabda tarbiyalash jarayonida o‘smirlar yoshi va ijtimoiy-psixologik xususiyatlarini e’tiborga olgan holda yondoshish.
5. Huquqbuzarlikka moyil hamda deviant xatti-harakatli voyaga yetmagan yoshlar tartibbuzarligi ularning genetik, psixologik holatlaridan kelib chiqishi nuqtai-nazaridan yondashish.
6. Huquqbuzarlikka moyil hamda deviant xatti-harakatli voyaga yetmagan yoshlar bilan ishlash maqsad va vazifalarini aniq belgilab olish.
7. Huquqbuzarlikka moyil hamda deviant xatti-harakatli voyaga yetmagan yoshlarning yosh xususiyatlari, individual o‘ziga xosliklari hamda imkoniyatlarini e’tiborga olish va ulardan maksimal foylalanish.
8. Huquqbuzarlikka moyil hamda deviant xatti-harakatli voyaga yetmagan yoshlar bilan ishlash jarayonini tizimlashtirish.
9. Huquqbuzarlikka moyil hamda deviant xatti-harakatli voyaga yetmagan yoshlar bilan ishlash jarayonida ilg‘or va yangi pedagogik texnologiyalar, innovasion metodikalardan foydalanish.
10. Huquqbuzarlikka moyil hamda deviant xatti-harakatli voyaga yetmagan yoshlar bilan ishlash jarayonida ular bilan do‘stona munosabatda bo‘lish, yoqimli muhit, qulay sharoit, emotsional-psixologik qulaylikning ta’minlanishini e’tiborda tutish.
11. Huquqbuzarlikka moyil hamda deviant xatti-harakatli voyaga yetmagan yoshlar bilan ishlash jarayonida namuna va misollar keltirish, turli axborot-ko‘rgazmali, shu jumladan, kompyuterli vositalardan foydalanish o‘zining ijobiy natijasini berishini ko‘zda tutish lozim.
12. Voyaga yetmaganlar psixologik tavsifnomalarini maxsus adabiyotlar materiallari asosida o‘rganish.
13. Xatti-harakatning belgilangan normalaridan chetga chiqishning turli shakllari – voyaga yetmaganlarning shaxsiy va individual-psixologik xususiyatlari turli ko‘rinishlarining o‘zaro bog‘liqligini tadqiq qilish.
14. Voyaga yetmagan huquqbuzarlar individual-psixologik xususiyatlarini tadqiqot tashxisini amalga oshirish.
15. Tadqiq qilinayotgan yoshlarning individual-psixologik xususiyatlari testi natijalarini sifatli qilib tahlil qilish.
16. Tadqiqot natijalari asosida voyaga yetmagan huquqbuzarlarning o‘ziga xos xususiyatlari bilan ularning ayrim o‘zgaruvchi xatti-harakatlarining ayrim ko‘rinishlari o‘rtasidagi bog‘liqlikni ko‘rsatish va ta’riflab berish.
17. Voyaga yetmagan huquqbuzarlar bilan olib boriladigan korreksion ishlarni sotsiologik tadqiqot natijasidagi tahlillar asosida tavsiyanomalar shaklida ishlab chiqish.
Siyosiy mustaqillikni qo‘lga kiritgan o‘zbek xalqi oldida bu-gungi kunda yanada muhim vazifa, ushbu mustaqillikni mustahkamlash, milliy davlatchilikni yuksaltirish vazifasi turibdi. Prezident I.Karimov ta’biri bilan aytganda: “Buyuk davlatni faqat sog‘lom millat, sog‘lom avlodgina qura oladi”.
Jamiyatda mavjud deviant holatlarning oldini olib, ularni ijtimoiy yo‘nalishga solish, ushbu jarayonlarni boshqarishning ilmiy asoslarini ishlab chiqish va amaliyotga joriy qilish, yuqorida aytilgan har tomonlama sog‘lom avlodni shakllantirishning muhim tarkibiy qismi sifatida Respublikamizdagi har bir fuqaro, millat kelajagi haqida qayg‘urayotgan har bir insonni befarq qoldirmasligi kerak.
Download 24,45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish