Tasvirli matn bilan ishlashda bola nutqini rivojlantirish.
Bugungi kunda maktabgacha ta'lim o'qitishning asosiy bosqichi deb ko'rib chiqilmoqda. Zero, har qanday davlat ta’lim tizimining rivojlanishi,kelajak va shaxs kamoloti poydevori sifatida faoliyat yuritish asosiy maqsadlardan biridir. Xususan, mamlakatimizda maktabgacha ta’limga qaratilayotgan e’tibor, umrbod ta’lim sohasidagi bo‘shliqni bartaraf etishga qaratilgan. Maktabgacha ta'lim har qanday ta'lim tizimining asosiy elementidir, chunki bog`cha, maktab, universitet shaxsning kelajakdagi muvaffaqiyatini belgilab beradi. Maktabgacha ta'lim muassasasi insonning individual hayot tarzini shakllantiradi. Shaxsni rivojlantirishda muhim ahamiyatga ega bo'lgan nutq qobiliyatlarini shakllantirish va rivojlantirishga e'tibor berish aynan nana shu bog`cha yoshidan boshlanadi. Zero, bolaning og'zaki muloqotini rivojlantirish nafaqat uning aqliy rivojlanishida, balki uning ijtimoiy moslashuvida ham muhim rol o'ynaydi. Bolaning so‘z boyligi qanchalik boy bo‘lsa, nutqi va tafakkuri shunchalik yuqori bo‘ladi.
Har bir yangi so'z bolaning nutqini to'ldiradi, aqliy qobiliyatlarni rivojlantiradi. Ma'lumki, maktabgacha yoshdagi bolalarning shaxsiy rivojlanishi va kognitiv faoliyatida muhim ahamiyatga ega rolini tasviriy faoliyat bajaradi. Xususan, S. Byuler g'oyalari va L.S. Vygotskiy tasviriy san'at va nutq o'rtasidagi bog'liqlik haqida. L.S. Vygotskiy chizish jarayonini nutqsiz ko'rish mumkin emasligini ta'kidlaydi. So'nggi yillardagi tadqiqotlar tasviriy san’at va nutq taraqqiyoti o‘rtasidagi yaqin aloqani ham tasdiqladi.
So’zlashuv nutqnig shakillanishida yutuqqa erishish ko’p jihatdan bolaning so’z boyligini qanchalik egallaganligiga va uning tilning grammatik qurulishini qanchalik o’zlashtirganligiga bog’liq. Bolani so’zlayotganda o’zini tuta olishiga, gapirayotganda tinch turushi, so’zlayotganda suhbatdoshlarning ko’ziga qarab munosabatda bo’lishi, kattar bilan muomilada boshini yerga egib turmaslik, tinch osoyishta suhbatdoshiga eshitarli qilib so’zlashga, gapirayotgan kishining so’zini bo’lmaslikka, savolga tez va aniq javob berishga o’rgatish lozim. Hikoya qilishga o’rgatishda bolalar bog’chasining oldidagi muhum vazifa bolani maktabga tayyorlashdir. Tasvirli matnlar, ramli hikoyalar chizish bolani lug’atni aktivlashtiradi, uni jumla tuzushga, fikrini izchil (atrofdagilarga tushunarli) bayon etishga o’rgatadi. Bolalarda og’zaki hikoyani eshitish, uning mazmunini tushunish eshitayotganlarini taqlid qilib qayta hikoya qilish malakalari shakillantiriladi. Maktabgacha tarbiya yoshdagi bolalar mustaqil hikoya tuzushga, narsalarni, o’yinchoqlarni, hayvonlarni tasvirlab berishga, rasmga qarab tarbiyachi bergan mazmun asosida hikoyalar tuzishga tasvirlab berishga, rasmga qarab tarbiyachi bergan mazmun asosida hikoyalar tuzushga o’rgatiladi. Bunda bolalarning mustaqilligi va ijodiy (faolligi) namoyon bo’ladi. Bolalar bog’chasida bolalar osoyishta, izchillikka rioya qilib hikoyalshga, o’z guruh jamoasi oldida va notanish kishilar o’rtasida so’zlay olishga o’rgatadi. Bularning hammasi bolalarda kollektivda o’zini tuta olish odatining shakillanishida yordam beradi. Tasvirli matnlar badiiy adabiyot bilan tanishtirishning qulay usullaridan biri deb o`ylayman. Bolalar badiy adabiyoti bolalarni har tomonlama tarbiyalovchi vositalardan biridir. MTM da ular bolalar adabiyoti namoyondalarining eng yaxshi asarlari, qardosh xalqlar yozuvchilarning kitoblari bilan tanishtiradi. Tarbiyachi bolalarda badiy asarlarni eshitish va uni tushunish, fikr mulohazalarini so’zlash qahramonlarga, ularning xatti – harakatlariga nisbatan o’zlarining munosabatlarini aytib bera olish kabi ba’zi bir elementar malakalarni shakillantiradi. Bolalar muayyan kichik she’rlarni eslab qolish va uni yoddan o’qib berishga o’rganishlari lozim. Tasvirli matnlar esa bola xotirasini yanada yorqin holda boyitish uchun hizmat qiladi. Kitob mutoalasi orqali olib borilgan barcha ishlar bolalarning axloqiy qiyofasini shakillantirish va ularning estetik xis - tuyg’ularini o’stirish bilan mustahkam bog’lanadi. Tarbiyachi bolalarda bilim manbayi sifatida kitobga qiziqish uyg’otish, unga nisbatan to’g’ri va ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo’lish malakasini shakilantirish lozim. Bolalar muasasasida bolalar hayotini shunday tashkil qilishi kerakki, badiiy so`z faqat mashg`ulotlardagina emas ,balki kundalik hayotda, bayramlarda , o`yinlarda tadbirlarda ,dramalashtirilgan o`yinlar shakillarida ishlatilsin .
Bog`сha yoshidagi davrda bolalarda xotiraning xamma tiplari o`sa boshlaydi. Biroq, shu narsa xaraktеrlik, xotiraning asosiy turlari asosida (obrazli, mеxanik, mantiqiy kabi) xaraktеr xotirasi kuchliroq o`sgan bo’ladi. Mеxanik o’zlashtiriladigan nutq matеriallari xam qisman xarakat xotirasiga kiradi. Bolalar xotirasini o`stirishda tarbiyachilar va ota-onalarni nutqi xam katta rol o`ynaydi. Bola bilan gaplashganda nutq tushunarli, talafuz aniq va tushunarli bo’lishi kеrak. Bolalar xotirasining bundan kеyin o’sishi asosan maktabda o`qish, bilim ortirish jarayonida amlga oshiriladi. Tafakkur bolaning bog`cha yoshidagi davrida juda tеz rivojlana boshlaydi. Buning sababi, birinchidan, bog`cha yoshidagi bolalarda turmush tajribasining nisbatan ko`payishi, ikkinchidan, bu davrda bolalar nutqining yaxshi o`sgan bo’lishi, xayvonlar xaqidagi turli ertaklarni eshitganlarida shu ertaklardagi obrazlarga nisbatan ma’lum munosabat yuzaga kеladi. Bolalar uchun chiqarilgan turli ertaklarning tarbiyaviy axamiyatini nazarda tutib, pеdagoglar bolalarga ertak aytib bеrish va o`qib bеrishga e’tibor bilan qarashlari lozim.
Shunday qilib,bog`cha paytidan orttirilgan bilimlar, bolada hayol, tasavvur qilish, nutq o`sishi bog`cha yoshidagi bolalarning kamol topishida katta o`rin egallaydi. Bolaning bog`cha yoshidagi davrida hayol, xotira yеtarli o`sgan bo’lishi kеrak, chunki maktabdagi o`qish birinchi kundan boshlab bolalardan xayol qilish qobiliyatining, xususan, tiklovchi xotiraning yaxshi o`sgan bo’lishini talab qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |