DEVELOPMENT AND INNOVATIONS IN SCIENCE
International scientific-online
conference
9
TARBIYACHINING JAMIYATDA TUTGAN O‘RNI VA UNGA QO‘YILADIGAN
TALABLAR
Matrizayeva Bonu Saburjon qizi
Urganch davlat universiteti Pedagogika fakulteti talabalasi
matrizayeva6929@gmail.com
https://doi.org/10.5281/zenodo.6793364
Annotatsiya
Mazkur maqolada tarbiyachining yosh avlodni barkamol, xalqimizning munosib
farzandlari qilib tarbiyalashdagi jamiyatda tutgan o‘rni, Maktabgacha ta’lim
tashkiloti tarbiyachisiga qo‘yiladigan davlat talablari yoritilgan.
Kalit so‘zlar: Maktabgacha ta’lim
tashkiloti, tarbiyachi, maktabgacha ta’lim
yoshi, tarbiya,pedagogik mahorat.
O‘zbekiston Respublikasida amalga oshiriladigan ulkan islohotlarning
muvaffaqiyatiga,
eng avvalo, odamlarning o‘z ishlariga mas'uliyat bilan
qarashlariga, kundalik mehnat faoliyatida mamlakat taraqqiyotiga hissa bo‘lib
qo‘shiladigan savobli ishlarni qila olishlariga bog‘liq. Jamiyatda tarbiyachi
birinchidan, o‘sib
kelayotgan avlodni tarbiyalash, ikkinchidan mehnatkash
xalqimizga har tomonlama bilim berishdek savobli va mas'uliyatli vazifalarni
bajaradi.Bugungi kunda Maktabgacha ta’lim tizimiga katta e’tibor qaratilmoqda.
Jumladan, , Prezidentimiz tomonidan “2017-2021-yillarda maktabgacha ta’lim
tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2707-sonli
Qaror, O‘zbekiston Respublikasi “Maktabgacha ta’lim va tarbiya to‘g‘risida”gi
qonuni, Maktabgacha ta’lim tizimi boshqarishni
takomillashtirish chora-
tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori, O‘zbekiston Respublikasining ilk va maktabgacha
yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo‘yiladigan Davlat talablari, “Ilk qadam” Davlat
o‘quv dasturi, “O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim tizimini 2030-
yilgacha rivojlantirish Kontseptsiyasi” kabi me`yoriy huquqiy hujjatlarning
qabul qilinishi maktabgacha ta’lim tizimida ta’lim sifati va samaradorligini
oshirishda alohida ahamiyat kasb etmoqda.
Tarbiyachi
yosh avlodni barkamol,xalqimizning munosib farzandlari qilib
tarbiyalashdek muhim va mas'uliyatli vazifani bajaradi. Tarbiyachining siyosiy
yetukligi bolalarni tarbiyalash sifati uchun xalq va jamiyat oldidagi o‘z
mas'uliyatini anglashga ta'lim - tarbiya ishlarini hal etishga ijodiy yondashishga,
ta’lim jarayonlarida zamonaviy
texnologiyalardan foydalanish, o‘z mahoratini
doimo faollashtirib borishiga yordam beradi.
Tarbiyachi bolalarga kundalik hayotda, o‘yinlarda, mashg‘ulotlarda, birgalikdagi
mehnat faoliyatida va ular bilan bo‘ladigan muomalada ta’sir ko‘rsatadi. U har