1-AMALIY MASHG’ULOT: Tashqi va ichki havo parametrlarini qurilish me’yorlari va qoidalaridan tanlash. “A” va “B” parametrlari.
Bino va inshootlarni loyihalashtirish chog’ida yilning sovuq faslida issiqlik yo’qotilishini va yilning issiq faslida issiqlik kirishini qisqartirish maqsadida:
a) tashqi to’siq konstruktsiyalari eng kichik yuzaga ega bo’lishini, issiq va namliroq xonalarni binoning ichki devorlari tomoniga joylashuvini hisobga oluvchi hajmiy-rejaviy yechimini;
b) issiqlik o’tkazuvchanlik koeffitsienti 0,1 Vt/(moS) dan ko’p bo’lmagan samarali issiqlik izolyatsiya ashyolaridan oqilona foydalanishni;
v) yoritish teshiklari maydoni tabiiy yoritilganlik koeffitsienti me’yoriy kattaligining eng kichik qiymatiga ko’ra bo’lishini;
g) Derazalar issiqlik o’tkazish koeffitsienti me’yor darajasida bo’lgan quyoshdan ximoya qurilmalar bilan ximoyalanganda yilning sovuq faslida quyosh energiyasining xonalarga to’siqsiz kirishi ta’minlanishi;
d) tashqi devor va tom qoplamalardagi ulama birikmalar va choklarning germetikligining ekspluatatsiyaviy ishonchliligini ko’zda tutish lozim.
Isitishga va ventilyatsiyaga issiqlikning hamda loyihalanayotgan binoni konditsiyalash va sovutish uchun hisobiy issiqlik sarfi belgilangan normativ qiymatlarga mos bo’lishi kerak.
Qish davrida bino va inshootlar xonalarining namlanganlik rejimi, ichki havo harorati va nisbiy namligiga bog’liq holda, 1-jadval bo’yicha belgilanishi lozim.
1-jadval
Rejim
|
Ichki havo namligi, %,
quyidagi haroratda
|
12oS gacha
|
12 dan 24 oS gacha
|
24 dan ortiq
|
Quruq
Normal
Nam
Xo’l
|
60 gacha
60 dan 75 gacha
75 dan ortiq
-
|
50 gacha
50 dan 60 gacha
60 dan 75 gacha
75 dan ortiq
|
40 gacha
40 dan 50 gacha
50 dan 60 gacha
60 dan ortiq
|
To’siq konstruktsiyalarining foydalanish shart-sharoitlarini xonaning namlanish rejimiga bog’liq holda: quruq va normal rejimlar uchun A parametrlar bo’yicha, nam yoki xo’l rejimlar uchun esa - B parametrlar bo’yincha qabul qilinishi lozim.
Er namligi bilan devorni namlanishdan saqlovchi (devor konstruktsiyasi va ashyosini xisobga olgan holda):
- bino yoki inshootning otmostkasidan yuqori, shuningdek yerto’da yoki birinchi (tsokolь) qavat polining sathidan past bo’lgan devorlarda (tashqi, ichki va pardevorlarda)- gorizontalь;
- xonalarni vazifalarini va gidrogeologik sharoitlarini xisobga olgan xolda devorlarning yer osti qismida – vertikalь
... gidroizolyatsiyasini ko’zda tutish lozim.
Bino va ishootlarni loyihalashtirilganda devor ashyolarini, ulardan foydalanish sharoitlarini va alohida bino qurilish konstruktsiyalarini
loyihalashtirish bo’yicha xujjatlar talablarini hisobga olgan holda, devorlarning ichki va tashqi sirtlarini namlikdan (ishlab chiqarish va maishiy) va atmosfera yog’inlaridan (qoplamalar yoki suvoqlar yordamida, suvga bardosh beruvchi tarkiblar bilan bo’yash va h.k.) ximoya qilishni ko’zda tutish lozim.
Nam yoki ho’l rejimli xonalari bo’lgan ishlab chiqarish binolarini qo’p qatlamli tashqi devorlarida shamollatiladigan havo qatlamlarini qo’llanilishini, xona devorlari bevosita davriy ravishda namlanganda esa - ichki yuzasi namlik ta’siridan himoyalangan shamollatiladigan qatlamini ko’zda tutishga yo’l qo’yiladi.
Tashqi to’siqlar uchun ko’pqatlamli konstruktsiyalarni ko’zda tutish tavsiya etiladi. Binoning ko’pqatlamli konstruktsiyalarida issiqlikni va bug’ni yuqori darajada o’tkazuvchi qatlam ichki tarafga, samarali ashyolardan iborat issiq izolyatsiya qatlamini esa to’siq konstruktsiyaning tashqi tarafiga joylashtirish kerak.
Quruq yoki normal rejimli xonalarga ega bo’lgan bino va inshootlarning tashqi devorlarida shamollatilmaydigan (berk) havo qatlamlarini va balandligi qavat balandligidan va 6 m-dan katta bo’lmagan kanallarni ko’zda tutishga yo’l qo’yiladi.
Bino otmostkasidan yuqoriroq yoki undan ko’pi bilan 0,5 m pastroq joylashgan, ichki havosi me’yorlangan xonalardagi yerdagi pollar, tashki devorlarga yondashgan va kengligi 0,8 m bo’lg’an zonada yerga yotqizilgan suvga bardosh beruvchi noorganik issiqlik saqlagich bilan issiqlik yo’qolishdan himoyalangan bo’lishi shart, bunda issiqlik saqlagichning qalinligi uning termik qarshiligi tashqi devorning termik qarshiligidan kam bo’lgan sharti ta’minlanishi bo’yicha aniqlanishi lozim.
Samarali osilma issiqlik izolyatsiyasiga va orqada qoluvchi ekranli fasadga ega bo’lgan tashqi devorlarni loyihalashda (shamollatiluvchi fasadga ega bo’lgan devorlar) quyidagi tavsiyalariga rioya qilinishni lozim:
a) zichligi 100 kg/m3 dan kam bo’lmagan, masalan bazalьt tolasi yoki boshqa yonmaydigan ashyolardan iborat plitalar kabi qattiq samarali issiq izolyatsiya ashyolaridan foydalanish;
b) issiq izolyatsiya va fasad qoplamasini mahkamlash uchun zanglamaydigan elementlar, ankerlar, dyubellar qo’llash;
v) issiq izolyatsiyaning havo qatlami tarafidagi yuzasini kataklari 4x4 mm dan ko’p bo’lmagan shishato’r yoki shishamato bilan berkitish lozim;
g) issiqlik izolyatsiyasi va fasad ekrani orasidagi havo qatlamining qalinligi o’rtacha 60 mm, ammo kamida 45 va 80 mm dan oshmasligi kerak;
d) fasad ekrani umumiy maydoni devor maydonining shu jumladan deraza yuzasi, 20 m2 ga 0,75 m2 hisobida aniqladigan choklar ochiq qolishi kerak (zichlovchi ashyo bilan to’ldarish kerak emas);
e) fasad ekrani sifatida plitkali koshindan foydalanilganda gorizontal choklar zichlovchi ashyolar bilan to’ldirilishi lozim emas;
j) havo qatlami gorizontal kesimi yuzasiga ekvivalent bo’lgan pastki (ustki) shamollatish teshigi tsokol (karniz) bilan o’rinlashtirishini bartaraf etish vazifasini o’tashi kerak.
Ishlab chiqiladigan loyhalarda energetik pasportlarda foydalanish uchun loyixalangan ob’ektning issiqlik energetik parametrlarini 1a* ilovadagi shakl bo’yicha hisobiy qiymatlarini jadvalda berilishi kerak.
1a*-son Ilova
Do'stlaringiz bilan baham: |