“TASDIQLAYMAN”
Quyi Chirchiq tumani MTB tasarrufidagi
20 – sonli DMTT direktori U.O.Jumaqulova
_____________________________________________________
O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI TOSHKENT VILOYATI QUYI CHIRCHIQ TUMANI
MAKTABGACHA TA’LIM BO’LIMI TASARRUFIDAGI
20 – SONLI DAVLAT MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTINING
DAVLAT MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTLARIDA
ERTALABKI SOATNI REJALASHTIISH
BO’YICHA METODIK TAVSIYALAR
Metodist: D.A.Tursunkulova
2021 yil
Ertalabki qabulni tashkil etish va o’tqazish
Ertalabki qabul kun tartibida katta ahamiyatga ega. Kun davomida bolaning kayfiyati DMTTda ertalabki qabul paytida , tarbiyachi tomonidan DMTTga kelayotgan bolani qanday kutib olganiga bog’liq. Pedagogning mehrli so’zlari va yaxshi kayfiyati bolalarga ham uzatiladi: “Assalomu alaykum, biz sizni ko’rganimizdan xursandmiz! Xayr!, ertaga yana ko’rishguncha. Sizni kutamiz!” Agar bola mehrli so’zlar bilan kutib olinsa , u holda bola bog’chada qolgisi keladi.
Ertalabki soatlarda ta’lim tarbiyaviy yo’nalishlarining vazifalari hal etiladi va pedagogning asosiy vazifasi bolalarni kun tartibiga yonaltirish. Ertalabki soat tarbiyachilarning ish rejasida aks ettirilgan va “Davlat Maktbagacha ta’lim tashkiloti Ta’lim Dasturi”da rejalashtirilgan. Bolalarni ochiq havoda va guruh honasida ham qabul qilsa bo’ladi. Yozgi sog’lomlashtirish davrda tarbiyachi bolalarni toza havoda qabul qiladi.
Bolalarni qabul qilish odatda soat 7:30- 8: 20 gacha davom etadi. Bolalarni qabul qilish uchun pedagog DMTTga oldindan kelib xonani shamollatish kerak. Ta’lim – tarbiyaviy va mustaqil faoliyat uchun tarbiyachi kerakli materiallarni tayyorlab qo’yadi : didaktik o’yinlar, rasmlar, turli o’yinlar uchun atributlar, ko’rgazmalli qurollar, musiqiy kompozitsiyalar va boshqalar. Pedagog faollik markazlardagi jixozlarni tayyorlaydi, ularni bolalar bir – biriga halaqit bermasdan o’ynashlari uchun qulay tarzda tartibga keltiradi.
Ertalabki qabul paytida pedagog e’tibor berishi kerak bo’lgan birinchi holat – bu bolaning salomatligi. Agar pedagog diqqatli bo’lsa, bolalarning individuall xususiyatlarini yaxshi bilsa, u bolaning sog’lom yoki yo’qligini tashqi ko’rinishiga ko’ra aniqlay oladi. Odatda DMTTga kelgan sog’lom bola o’ynashni boshlaydi, bolalar bir biri bilan muloqot qilishadi va ko’p harakatlanadi.Agar pedagog bolaning sog’ligidan shubha qilsa , u ota – onasi bilan gaplashadi, bola qanday uxlaganini bilib oladi, va istimasini o’lchaydi. Agar bolada kassalik ota – onasi ketganidan keyin anniqlangan bo’lsa, tarbiyachi bolani boshqa bolalardan izolyatsiya qiladi , yotqizadi va DMTT hamshirasiga habar beradi.
Uzoq vaqt davomida DMTTga kelmagan bolani shifokor yoki hamshira ko’rigidan o’tqazmasdan qabul qilish mumkin emas,. Agar bola uch kundan ortiq DMTTga qatnamagan bo’lsa, ota – onasi bolani sog’lom ekanligi to’g’risida ma’lumotnoma taqdim etishlari kerak.
Har bir bolani qutib olinganida tarbiyachi ob – havo, bolaning kayfiyati, yo’lda nima ko’rganligi va kimni uchatgani haqida suhbatlashadi. Kichik guruhlarda esa ertalabki qabul teatrlashtirilgan bo’ladi, bolalarni ertak qahramoni kutib oladi.Tabiyachi bolalar bilan aloqa o’rnatish uchun, ularning kayfiyatini ko’tarish uchun qo’shiqlar, she’rlar va yo’rqin o’yinchoqlar bilan foydalanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |