«Tasdiqlayman» O'quv ishlari bo'yicha prorektor professor Teshaev O. R



Download 0.94 Mb.
Sana22.06.2017
Hajmi0.94 Mb.
TOSHKENT TIBBIYOT AKADEMIYASI
DAVOLASH FAKUL`TETI

FAKUL`TET VA GOSPITAL JARROXLIK KAFEDRASI


«TASDIQLAYMAN»

O'quv ishlari bo'yicha prorektor

professor Teshaev O.R.

____________________

«27» avgust 2015 yil.


Ma'ruza mavzusi:

JARROXLIK AMALIYOTI BAJARILGAN O'T YO'LLARI KASALLIKLARI
Davolash fakul`tetining 5 kurs talabalari uchun

Toshkent – 2014
TOSHKENT TIBBIYOT AKADEMIYASI
DAVOLASH FAKUL`TETI

FAKUL`TET VA GOSPITAL JARROXLIK KAFEDRASI


«TASDIQLAYMAN»

Davolash fakul`teti dekani

professor Zufarov P.S.

____________________

«27» avgust 2015 yil.


Ma'ruza mavzusi:

JARROXLIK AMALIYOTI BAJARILGAN O'T YO'LLARI KASALLIKLARI
Davolash fakul`tetining 5 kurs talabalari uchun

Jarroxlik UMK yig'inida

ko'rib chiqilgan va ma'qullangan

protokol № 1

«27» avgust 2015 yil.


Toshkent – 2015

Jarroxlik amaliyoti bajarilgan o't yo'llari kasalliklari
O'QITISH TEXNOLOGIYASI

Talabalar soni – 60-120.

Davomiyligi – 2 soat.

O'quv mashg'uloti shakli

Ma'ruza – vizualizatsiya.

Ma'ruza rejasi

1. Jigardan tashqari o't yo'llari anatomiyasi, anatomik variantlari.

2. Jarroxlik amaliyoti bajarilgan o't yo'llari kasalliklari rivojlanishi sabablari.

3. Jarroxlik amaliyoti bajarilgan o't yo'llari kasalliklari tasnifi.

4. Xoledoxolitiazning klinik kechishi, tashxislash va davolashning o'ziga xos

tomonlari.

5. O't chiqaruv yo'llari strikturasi va stenozining klinik kechishi, tashxislash va

davolashning o'ziga xos tomonlari.

6. Jarroxlik amaliyoti bajarilgan o't yo'llari kasalliklarini davolashning zamonaviy

kaminvaziv usullari.

7. Jarroxlik amaliyoti bajarilgan o't yo'llari kasalliklarini oldini olish.



O'quv mashg'uloti (ma'ruza) maqsadi: talabalarni jarroxlik amaliyoti bajarilgan o't yo'llari

kasalliklarining etiologiyasi, patogenezi, tasnifi, tashxislash va qiyosiy tashxislash,

zamonaviy davolash tamoyillari xamda oldini olish usullari bilan tanishtirish.


O'qituvchining vazifalari:

- O't ajralishi fiziologiyasi, jigardan tashqari o't yo'llari anatomiyasi haqida

talabalarga tushuntirish.

- Jarroxlik amaliyoti bajaril-gan o't yo'llari kasalliklari-ning turli shakllari

klinik manzarasi va kechishining o'ziga xos tomonlari haqida talaba-lar bilimlarini

mustahkam-lash va yanada chuqurlashtirish.

- Boshqa kasalliklar bilan qiyosiy tashxislash o'tkazish tamoyillarini talabalarga

tushuntirish.

- Talabalarda jarroxlik ama-liyoti bajarilgan o't yo'llari kasalliklari mavjud

bo'lgan bemorlarni o'z vaqtida erta tashxislash va davolash takti-kasini tanlashda asosli

qarorlarni mustaqil qabul qilish ko'nikmalarini shakl-lantirish.

- Kasallikning oldini olish chora-tadbirlari tamoyillari bilan talabalarni



  • tanishti-rish

Talaba bilishi lozim:

1. O't ajralishi fiziologiyasi.

2. O't chiqaruv yo'llari kasalliklarini tashxislash usullari.

3. Jarroxlik amaliyoti bajarilgan o't yo'llari kasalliklari tushunchasi, tasnifi.

4. Jarroxlik amaliyoti bajarilgan o't yo'llari kasalliklarini tashxislash.

5. Qiyosiy tashxislash o'tkazishning xususiyatlari.

6. Xirurgik davolash tamoyillari.

7. Reabilitatsiya va oldini olish o'tkazish tamoyillari.




O'quv metodlari va texnikasi

Ma'ruza – vizualizatsiya, texnika: blits-so'rov, yo'naltiruvchi savollar, «ha-yo'q» texnikasi.


O'quv vositalari


Lazer proektor, vizual materiallar, informatsion ta'minot.

O'quv shakllari


Kollektiv bilan ishlash.

O'quv sharoitlari


TSO bilan ishlashga mo'ljallangan auditoriya.


MA'RUZANING TEXNOLOGIK KARTASI


Bosqichlar, davomiyligi

Faoliyat

O'qituvchi

Talabalar

1 bosqich

Kirish


(5 minut)

1. Mavzuning nomi, maqsadi, ma'ruzadan kutilayotgan natija-lar va uni o'tkazish rejasini aytadi.

1. Tinglaydilar.


2 bosqich

Bilimlar dolzarblashtirish

(20 minut)


2.1. Talabalar bilimlarini dolzarblashtirish maqsadida yo'naltiruvchi

savollarni be-radi; anatomiya, normal va patologik fiziologiya fanla-ridan bilimlarni

takrorlaydi. Blits-so'rov o'tkazadi.

2.2. Slaydlarni ekranga chiqaradi va ularga ta'rif beradi.



2.1. Savollarga javob

beradilar.


2.2. Slaydlarda ko'rsa-tilgan ma'lumotlarni o'rganadilar.

3 bosqich

Informatsion

(55 minut)


3.1. Ma'ruza materiallarini ketma-ketlik bilan rejadagi savollar

bo'yicha izohlaydi, vizual ma'lumotlar va yo'nal-tiruvchi savollar tizimini qo'llaydi.

Mavzuning muhim tomonlarini alohida e'tibor bilan yoritib beradi, ularni yozib olishni

taklif qiladi.



.1. Berilgan ma'lu-motlarni mazmunini muhokama qiladilar, aniqlik

kiritadilar, savollar beradilar.


Asosiylarini yozib oladilar.

4 bosiq

Yakuniy


(10 minut)

.1. O'tilgan mavzuni mustah-kamlash maqsadida ma'lum bir klinik

holatlarni qo'llash orqali bir qator savollar beradi.

4.2. Mustaqil ishlash uchun vazifalar beradi.


4.1. Savollarga javob beradilar.

4.2. Tinglaydilar, yozib oladilar.





Mavzuni asoslash: Keyingi un yilliklarda o't tosh kasalliklari axolining 10% xastalanishi

bilan belgilandi. Bu kasallikni asosiy davolash usuli xozirgi kungacha jarroxlik amaliyot

bo'lib qolmoqda. Ammo tekshiruvchilarni ko'rsatkichlariga ko'ra taxmina ularni 20-30%

amaliyotdan keyingi davrda kasallik yana “qaytib keladi”. Ularni assosiy sabablari –

jarroxlik amaliyoti oldidan tekshirish usullari to'liq qo'llanmaganligi. Shuning uchun xam

postxoletsistektomik sindrom tibbiyotning dolzarb mavzuilaridan xisoblanib keng urganishga

loyik.
Ma'ruza maksadi: talabalarga amaliyotdan keyingi o't yo'llari kasalliklari rivojlanish

sabablari, kechishini uziga xosligi, asorati, qiyosiy tashxislash, davolashning samarador

usullar, amaliyotdan keyingi parvarish qilishni tushuntirish.
Tarbiyaviy maksadlar: ma'ruza talabada bilimni oshirishni yordam beradi, tashxis quyishga

o'rgatadi. Amaliyotdan keyingi o't yo'llari kasalliklari etiologiyasini, patogenezini,

jarroxlik asoratini uz vaktida oldini olishga imkon beruvchi choralarni qo'llashni va ularni

rivojlantirishga imkon beradi.


Ma'ruza masalalari: Amaliyotdan keyingi o't yo'llari kasalliklari bo'yicha tushuntirish

berish, uning etiopatogenezi, ushbu kasallikning klinik manzarasi va asoratlarini yoritish,

diagnostika va differentsial diagnostikasi, zamonaviy davolash usullarini yoritish
Muxokama uchun savollar:

1. Mavzuini asoslash - 5 min

2. O't yo'llarida bajariladigan amaliyotlar qisqacha ma'lumotlar, tekshirish usullari -

15 min


3. Amaliyotdan keyingi o't yo'llari kasalliklari tasnifi - 5 min

4. Amaliyotdan keyingi o't yo'llari funktsional kasalliklari klinikalari - 15 min.

5. Amaliyotdan keyingi o't yo'llari organik kasalliklari klinikalari - 15 min.

6. Amaliyotdan keyingi o't yo'llari funktsional kasalliklari davolash usullari - 15

min.

7. Amaliyotdan keyingi o't yo'llari organik kasalliklari davolash usullari - 25 min



JARROXLIK AMALIYOTI BAJARILGAN O'T YO'LLARI KASALLIKLARI
Anatomik-fiziologik ma'lumotlar

O'ng va chap tomondagi jigar yo'llari jigarning shu nomidagi bo'laklaridan chiqib, umumiy

jigar yo'lini hosil qiladi. Jigar yo'lining eni 0,4 dan 1 sm gacha o'zgarib turadi va o'rta

hisobda 0,5 sm ni tashkil qiladi. O't yo'lining uzunligi tag'minan 2,5-3,5 sm. Umumiy jigar

yo'li o't pufagi yo'li bilan qo'shilib, umumiy o't yo'lini hosil qiladi. Umumiy o't yo'lida to'rtta

bo'lim farq qilinadi: o'n ikki barmoqli ichak ustida joylashgan supraduodenal, o'n ikki

barmoqli ichak yuqori-gorizontal tarmog'i orqasidan o'tadigan retroduodenal,

retropankreatik (me'da osti bezi boshchasi orqasidagi) va o'n ikki barmoqli ichakning

vertikal tarmog'i devoridagi intramural bo'limlar.

Umumiy o't yo'lining distal bo'limi o'n ikki barmoqli, ichak shillik pardasi ostidagi qavatda

joylashgan katta duodenal surg'ich (Fater surgg'chi) hosil qiladi. Katta duodenal surg'ich

uzunasiga ketgan, doirasimon va qiyshik tolalardan iborat avtonom mushak sistemaga - Oddi

sfinkteriga ega, bu sfinkter o'n ikki barmoqli ichaklariga bog'liq emas. Pankreatik yo'l katta

duodenal surg'ichga yaqinlashib, umumiy o't yo'lining terminal bo'limi bilan birga duodenal

surg'ich ampulasini hosil qiladi. Katta duodenal surg'ichda operatsiya bajarishda o't yo'li bilan

pankreatik yo'llarning o'zaro munosabatlariga doyr turli variantlar hisobga olinishi lozim.

O't pufagi jigarning pastki yuzasida unchalik katta bo'lmagan chuqurchada joylashgan. O't

pufagining sig'imi tahminan 50—70 ml ni tashkil qiladi. O't yo'lining shakli va o'lchamlari

uning yallig'lanishi va chandiqli jarayonlarida o'zgarishlarga uchrashi mumkin. O't pufagining

tubi, tanasi, bo'yni farq qilinib, bo'yni pufak yo'liga o'tadi. Aksariyat o't pufagi bo'ynida

qo'ltiqsimon bo'rtma - Hartman cho'ntagi hosil bo'ladi (rasm 1).

Pufak yo'li ko'pincha xoledox o'ng yarim doirasiga o'tkir burchak ostida tushadi. O't pufagi

devori uchta parda: shiliq, mushak va fibroz pardalaridan iborat. Pufak shiliq pardasi ko'p

sonli bo'rmalar hosil qiladi. Pufak bo'yni sohasida va uning yo'lining boshlang'ich qismida

ular Geyster klapanlari degan nom olgan, pufak yo'lining bir-muncha distal bo'limlarida

silliq mushak tolalari dastalari bilan birga Lyutkins sfinkterini hosil qiladi. Shiliq

parda mushak dastalari orasida joylashgan ko'p sonli burmalar - Rokitanskiy - Ashoff

sinuslarini hosil qiladi.




Rasm 1. O't yo'llarining sxematik tasviri.


O't pufagiga o't pufagi bo'yni tomonidan asli jigar arteriyasining bitta yoki ikkita shohi, yoki

uning o'ng tarmog'idan keladigan pufak arteriyasi orqali qon bilan ta'minlanadi. Limfatik

tugunlarga limfa oqib ketishi jigar darvozasidan va jigarning o'zidagi limfatik

sistemadan sodir bo'ladi. O't pufagi innervatsiyasi qorin chigali tarmoqlari, chap adashgan nerv

va o'ng diafragmal nervdan tashkil topgan jigar tarmog'idan amalga oshiriladi. Jigarda

ishlanadigan va jigardan tashqaridagi o't yo'llariga tushadigan o't suyuqligi (safro) suv

(97%), o't tuzlari (1 -2%), pigmentlar, xolesterin va o't kistalaridan (taxminan 1%) iborat.

Jigarning o't ajratish o'rtacha debiti minutiga 40 ml. O't pufagida suv va elektrolitlar

surilishi hisobiga o't suyuqligi kontsentratsiyasi ro'y beradi. Bunda o'tning asosiy

komponentlari kontsentratsiyasi ularning jigar o'tidagi dastlabki miqdoridan 5-10 marta

oshgan bo'ladi. Ovqat, nordon me'da shirasi, yog'lar va qon intestinal gormonlar -

xoletsistokinin, sekretin o't pufagining qisqarishini va ayni vaqtda Oddi sfinkterining

bo'shashishini vujudga keltiradi.

Ovqat o'n ikki barmoqli ichakda ishqoriy muhitga ega bo'lib qolgandan keyin qonga gormonlar

ajralishi to'xtaydi, Oddi sfinkteri qisqarib, o'tning ichakka tushib turishiga tusqinlik

qiladi.
Tekshirish usullari

O't pufagi va o't yo'llarining diagnostikasi avvalo bemorlarning shikoyatlarini, anamnezni va

organizmni fizik usullar bilan tekshirish natijalarini o'rganishga asoslanadi.

Bemorlar quyidagilarga eng ko'p shikoyat qiladilar: og'riq, dispepsiya, istma, et junjiqishi,

teri qichishi, sariqlikdir. Anamnezni Aniqlashda bemorda ilgari sariqlik va jigar hamda o't

pufagining o'tkir kasalliklari, sanchiq xurujlari bo'lgan-bo'lmaganiga ahamiyat berish zarur,

ular bu organlarning (xronik xoletsistit, xolangit va o't-tosh kasalligi) shu kasallikni

boshlab bergan bo'lishi extimol. Fizik tekshirish usullaridan bemorni ko'zdan kechirish,

paypaslab ko'rish, perkussiya, auskul`tatsiyadan foydalaniladi. Ular anatomik va funktsional

o'zgarishlar to'g'risida tushuncha hosil qilishga imkon beradi va ko'pincha bemorni davolash

jarayonida o'ning xolati dinamikasiga baho berishda asosiy usullardan sanaladi.

Jigarni funktsional tekshirish bu organning spetsifik faoliyatini, masalan, pigment,

zararsizlantiruvchi, oqsil hosil qiluvchi, farmakometabolizm kabi vazifalarni aks

ettiradi.

Biliar kasalliklarni diagnostika qilishda rentgenologik tekshirish ko'p xollarda hal

qiluvchi axamiyatga ega bo'ladi.

Bemor qornini bosib yotganida olingan su'rat jigarning o'lchamlari, shakli va joylashuvi va

undagi yirik strukturaviy o'zgarishlar to'g'risida ma'lumot berishi mumkin.

Xoleografiya. Xoleografiya usuli jigarning o't yo'llariga tushganda organ - yod saqlaydigan

moddalar ajratish qobiliyatiga asoslangan bo'lib, ularning rentgen kontrast tasvirini

olishga imkon beradi. Vena orqali xoletsistoxolangiografiyasi o't pufagining holatidan

qat'y nazar, uning qisqarish funktsiyasi buzilganda, pufak yo'li blokadasida, shuningdek

xoletsistektomiyadan keyin pufak olib tashlanganda o't yo'llarining rentgen kontrast

tasvirini olishga yordam beradi.

Teri orqali xoletsistografiya qilish. Kattalashgan o't pufagi punktsiya qilingandan va

kontrast modda yuborilgandan keyin o'ni rentgenologik tekshirishdan iborat. Operatsion

xolangiografiya xirurgik operatsiyalar vaqtida o't yo'llarini rentgen kontrast tekshirishdan

iborat. Hozirgi sharoitlarda bu tekshiruv o't yo'llaridagi operatsiyalarda albatta

o'tkaziladigan bosqich hisoblanadi, chunki u diagnostika sifatini oshirib, asoratlar sonini

kamaytirishga va xirurgik davolash natijalarini yaxshilashga imkoniyat yaratadi.

Endoskopik retrograd xolangiopankreatografiya (RPXG) - Fater surg'ichiga yoki

duodenoskopiyada biliar anastomoz og'ziga kiritilgan kateter yordamida kontrast modda

yuborishdan iborat (rasm 2).




Rasm 2. Retrograd xolangiografiya.
Teri orqali jigar orqali xolangiografiya (CHCHXG) jigar ichidagi o't yo'llarini punktsiya

qilish, ularga kontrast modda yuborish va keyin rentgenologik tekshirishni o'z ichiga oladi.

Odatda teri orqali xolangiografiyani mexanik sariqlikda o'tkaziladi: bu usul o't yo'llarida

obturatsiya borligini tasdio'lash, uning joyini Aniqlash va sababini bilishga imkon beradi.

Tekshirish uchun ingichka po'lat ignalar va rentgentelevizion moslamalardan foydalanish

tufayli bu usul keyingi yillarda juda keng tarqaldi.

O't yo'llarini manometrik tekshirish - xolangiomanometriya ularga suyuqlik yuborilgandan

keyin bosim ko'rsatkichlarini aniqlashdan iborat, bu o't chiqaruvchi yo'lning funktsional

qobiliyati va o'tkazuvchanligi to'g'risida xulosa chiqarish imkoniyatini beradi.

Jigar o't yo'llarini ul`tratovush bilan tekshirish. O't pufagini ul`tratovush bilan

tekshirishda juda qimmatli ma'lumot olish mumkin, bu ularda konkrementlar yoki yangi xosil

bo'lgan tuzilmalar borligini Aniqlash imkonini beradi.

Jigarni radioizotop tekshirish - uning radioaktiv moddalarni yutish xususiyatiga asoslangan.

Shunga asoslanib, jigarning radioaktiv preparatni yutish dinamikasi bo'yicha funktsional

qolati aniqlanadi va radioaktiv preparatning jigar to'qimalariga taqsimlanishiga doyr

morfologik xususiyatlari o'rganiladi.

O't yo'llarini endoskopik tekshirish usullari. Xirurgiya amaliyotida laparoskopiyani aksariyat

jigarning o'chokli zararlanishi, o't yo'llari saratonini aniqlash maqsadlarida, shuningdek

sariqlikni differentsial diagnostika qilishda qo'llanishga to'g'ri keladi.

Duodenoskopiya - katta duodenal surg'ich xolatini tekshirish, o'n ikki barmoqli, ichak

patologiyasini istisno qilish imkoniyatini beradi.

Xoledoxoskopiya – operatsion diagnostika usullari qatoriga kiradi va tekshirishning muhim

bosqichi hisoblanadi.


ADABIYOTLAR

I. Asosiy:

1. Xirurgik kasaliklar. SH.I.Karimov, Toshkent, 2005.

2. Xirurgicheskie bolezni. SH.I. Karimov, Tashkent, 2005.

3. Chirurgik kasalliklar. Sh.I. Karimov. Toshkent, 2011.

4. Xirurgik kasaliklar. SH.I.Karimov, N.X.Shamirzaev, Toshkent, 1995.

5. Xirurgicheskie bolezni. Pod red.M.I.Kuzina., Meditsina, 2002.

6. Metodicheskoe posobie po gospital`noy xirurgii. Nazirov F.G. s soav.Tashkent 2004g.

7. Klinicheskaya xirurgiya. Pod red. Pantsireva YU.M. M. «Meditsina», 1988

8. Vorob`ev A Spravochnik prakticheskogo vracha v 3x tomax. 1990

9. Konden R., Neyxus L. Klinicheskaya xirurgiya Moskva. Praktika 1998

10. Nazirov F.G., Denisov I.I., Ulugbekov E.G. Spravochnik-putevoditel` praktikuyushego

vracha. Moskva, 2000.

11. Petrovskiy B.V. red. Rukovodstvo po xirurgii (v 12 tomax) M. Meditsina 1959-1966.
II. Qo'shimcha:

12. Al`perovich B.I. Xirurgiya pecheni i jelchnix putey. Moskva. Meditsina 1997.

13. Astapenko V.G. Prakticheskoe rukovodstvo po xirurgicheskim boleznyam. Minsk, 2004.

14. Loginov A.S., Blok YU.E. Xronicheskie gepatiti i sirrozi. Zabolevaniya pecheni i jelchnix

putey. Moskva, 2002.

15. Mayer K.P. Gepatit i posledstviya gepatita. M. 1999.

16. Savel`ev V.S. 50 lektsii po xirurgii. Moskva 2004.

17. Sherdok N., Dj. Duli Zabolevaniya pecheni i jelchnix putey. M. Meditsina 1999.

18. Xirurgiya pecheni. Al`perovich B.I.2010.

19. Diagnosticheskiy spravochnik xirurga – Astafurov V.N. 2003.

20. Xoledoxolitiaz – Maystrenko N.A.2000.

21. Atlas operatsiy na jelchnix putyax, Krasil`nikov D.M., Mavrin M.I., Mavrin V.M. 2000.

22. Laparoskopicheskaya i torakoskopicheskaya xirurgiya – Konstantin Frantzaydes. 2000.

23. Rukovodstvo po xirurgii jelchnix putey – Gal`perin E.I.2009g

24. Zdraviy smisl v neotlojnoy abdominal`noy xirurgii – Moshe Shayn.2003g

25. Neotlojnaya abdominal`naya xirurgiya – Maystrenko N.A.2002g

26. Abdominal`naya xirurgiya – Grigoryan R.A. V 2-x tomax.2006g
Mavzu buyicha Internetdagi adreslar:

www.rmj.net,

www.consilium-medicum.com,

www.mediasphera.ru,

www.laparoscopy.ru,

www.ehpb.com,

www. medmore.ru,

www.gastroportal.ru,

www.medilexicom.com,

www.encicloperdia.com,



www. omoc.su.


Katalog: syllabus -> Gospital%20xirurgiya%20kafedra -> СИЛЛАБУС%205%20курс -> Base -> 11%20дарс%20Постхолецистэктомик%20синдром
Base -> Tasdiqlayman” o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor professor O. R. Teshaev
Base -> Davolash fakulteti fakultet va gospital jarroxlik kafedrasi «tasdiqlayman»
11%20дарс%20Постхолецистэктомик%20синдром -> «Tasdiqlayman» O'quv ishlari bo'yicha prof. Teshaev O. R
Base -> O‘zbеkiston rеspublikasi sog‘liqni saqlasн vazirligi toshkеnt tibbiyot akademiyasi “Tasdiqlayman”
Base -> Toshkent tibbiyot akademiyasi «tasdiqlayman»
Base -> Tasdiqlayman” o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor professor O. R. Teshaev
Base -> Tasdiqlayman” o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor professor O. R. Teshaev
Base -> Fakultet va gospital xirurgiya kafedrasi «tasdiqlayman»
Base -> Gospital xirurgiya fanidan amaliy ko‘nikmalar ro‘yxati

Download 0.94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
O’zbekiston respublikasi
maxsus ta’lim
zbekiston respublikasi
davlat pedagogika
o’rta maxsus
axborot texnologiyalari
nomidagi toshkent
pedagogika instituti
texnologiyalari universiteti
navoiy nomidagi
samarqand davlat
guruh talabasi
ta’limi vazirligi
nomidagi samarqand
toshkent davlat
toshkent axborot
haqida tushuncha
Darsning maqsadi
xorazmiy nomidagi
Toshkent davlat
vazirligi toshkent
tashkil etish
Alisher navoiy
Ўзбекистон республикаси
rivojlantirish vazirligi
matematika fakulteti
pedagogika universiteti
таълим вазирлиги
sinflar uchun
Nizomiy nomidagi
tibbiyot akademiyasi
maxsus ta'lim
ta'lim vazirligi
махсус таълим
bilan ishlash
o’rta ta’lim
fanlar fakulteti
Referat mavzu
Navoiy davlat
haqida umumiy
umumiy o’rta
Buxoro davlat
fanining predmeti
fizika matematika
malakasini oshirish
universiteti fizika
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
jizzax davlat
davlat sharqshunoslik