O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA
MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
BUXORO DAVLAT UNIVERSITETI
“Tasdiqlayman ”
BuxDU Agronomiya va biotexnologiya
fakulteti dekani: H.T.Artikova
2021 yil “ ”______________
AGRONOMIYA VA BIOTEXNOLOGIYA FAKULTETI
Biologiya kafedrasi
O’SIMLIKLAR Suv rejimi
LABORATOPIYA MASHG’ULOTLARI
Ta`lim yo`nalishlari: 5140100 - Biologiya (III kurs 6 semestir )
:
Buxoro -2021
Buxoro davlat universiteti kengashining 2021 yil “_30_” 08____1 -sonli bayoni bilan tasdiqlangan fan dasturi va Majmuasi asosida tuzilgan dastur asosida tuzilgan
Tuzuvchilar: Yarkulova Z.R. Biologiya kafedrasi o’qituvchisi,
q/x.fanlari falsafa doktori (PhD)
L.F Karimova . Biologiya kafedrasi o’qituvchisi,
Taqrizchilar: Rashidov N. E. BuxDU, “Biologiya” kafedrasi biologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Esanov H.Q. BuxDU, “Biologiya” kafedrasi dotsenti
Biologiya kafedrasi mudiri: ____________ M. To’rayev
2021 yil “ ___________
Amaliy mashg’ulotlari
№
|
Mavzular nomi
|
Dars soatlari hajmi
|
1
|
Plazmoliz va deplazmoliz hodisalar. Plazmolizning shakillari
|
2
|
2
|
Osmotic bosim. Turgor hodisasi.
|
2
|
3
|
Hujayra shirasining bosim kuchini plazmoliz usulida anqlash
|
2
|
4
|
O’simlik to’qmasining shimish kuchini V.S.Shardakov usulida aniqlash
|
2
|
5
|
O`simliklar tanasida suv miqdorini aniqlash
|
2
|
6
|
Transpiratsiya intensivligini tarozida tortish usulida aniqlash
|
2
|
7
|
Suvning harakatlanish mexanizmini aniqlash
|
2
|
8
|
O’simlik materialida suv va quruq modda borligini aniqlash
|
2
|
9
|
Ildiz bosimini guttatsiya hodisasidan aniqlash
|
2
|
10
|
Barglarda suv tanqisligini aniqlash
|
2
|
11
|
Barg og`zchalarining tuzilishini o’rganish
|
2
|
12
|
Ildizlarning o’sish zonasini aniqlash
|
2
|
13
|
Nafas olish protsessida sarflangan organik moddalrni hisloblash
|
2
|
14
|
Fotosintez intensivligini yarim barg usulida aniqlash
|
2
|
15
|
Yashil o’simliklarda yorug’lik ta’sirida kraxmal hosil bo’lishini aniqlash
|
2
|
16
|
Nafas olish intensivligini aniqlash
|
2
|
17
|
O’simliklarda geotropism harakati
|
2
|
18
|
O’simliklarning issiqlikka chidamliligini aniqlash
|
2
|
19
|
O`simliklarning sug`orish muddatlari va usullari
|
2
|
20
|
Poykilogidr hamda gemeogidr o`simliklar
|
2
|
|
Jami
|
40
|
SEMINAR MASHG’ULOTLARI
1-mashg’ulot. Plazmoliz va deplazmoliz hodisalari.
Plazmolizning shakllari
Tabiiy sharoitda tirik hujayralar, to’qmalar, organlar va butun tup o’simliklar tashqi hujayra shirasiga nisbatan suyuq eritmadan suvni shimib oladi. Tashqi eritma konsentratsiyasi oshirilishi bilan hujayralarga suv kirishi sekinlashadi. Tashqi eritma bilan hujayraga suv kirishi butunlay to’xtab qoladi. Agar tashqi eritma konsentratsiyasi hujayra shirasidan juda ortib ketsa suv hujayra ishidan tashqi eritmaga chiqib ketadi. Buning natijasida suvini yo’qota boshlagan hujayra shirasi protoplazma bilan hujayra po’stidan ajraladi. Bu plazmoliz hodisasi deyiladi. Suvini yo’qota boshlagan hujayra esa plazmolizlangan hujayra deyiladi. Hujayra shirasi suvsizlanganda oldin protoplazma hujayra po’stining burchaklaridan uzila boshlaydi (boshlang’ich plazmoliz), so’ngra hujayra po’stining bir nechta joyidan uziladi (botiq plazmoliz) va bir qancha vaqtdan keyin protoplazma hujayra po’stining hamma tomonidan uzilib, markazga yig’ilib qoladi (qavariq plazmoliz ro’y beradi). Agar shunday plazmoliz holidagi hujayrani bir tomchi suvga solinsa, ozgina vaqt ichida hujayra shirasiga suv qayta kirib, hujayra dastlabki holatiga qaytadi. Bu hodisa deplazmoliz deb ataladi. Protoplazmadan butunlay o’ta olmaydigan yoki qisman o’tadigan zaxarli bo’lmagan har xil moddala eritmasida plazmoliz hodisasi sodir bo’lishi mumkin. Zaharli moddalarda esa plazmoliz ro’y bermaydi.
Ishning borishi. Toza buyum oynasiga bir tomchi suv tomiziladi. So’ngra ustara yordamida qizil rangli piyozning tashqi epidermisidan yupqa parra kesib olinadi va perparoval nina yordamida buyum oynasidagi suv tomchasiga joylanadi. So’ngra usti qplagich oya bilan yopiladi. Tayyrolangan perparat mikroskop ostida kichik obyektiv bilan tekshiriladi. Perparatdagi hujayralar bir tekis qizil rangga bo’yalgan hujayra shiasi suv bilan to’lgan, tarang holatda ko’rinadi. Bu hujayraning Turgor holati deyiladi.
Mikroskopda kuzatishni davom ettirib, qoplagich oynaning bir chekkasiga 1,0 n KNO3 yoki NaCl yoki saxaroza eritmasidan bir – iki tomchi tomiziladi. Perparatdagi suv esa qoplagich oyananing ikkinchi tomonidan filtr qog’ozga shimdirib olinadi. Bu vaqtda protoplazma hujayra po’stidan ajralib, o’rtaga to’planada boshlaydi va plazmoliz hodisasi ro’y beradi. Bunda protoplazma birdaniga hujayra markaziga yig’lib qolmay, balki avval hujayra po’stining burchaklaridan quva boshlaydi (boshlang’ich plazmoliz, 1-rasm, 1). Keyin hujayra po’stining bir qancha joyidan ko’chadi (botiq plazmoliz, 1-rasm 2), so’gra esa protoplazma hujayra po’stining hamma tomonidan uzilib, hujayra markaziga yig’iladi (qavariq plazmoliz, 1-rasm, 3). undan keyin preperat qoplagich oynasining bir tomoniga 1-2 tomchi suv tomizilib, ikkinchi tomondan dastlab tomizilgan 1,0 n KNO3 yoki NaCl yoki saxaroza eritmasi filtr qog’ozga shimdirib olinadi. Hujayraga suv qayta shimilishi natijasida plazmoliz holatidan hujayralar yana dastlab turgor holatiga qaytadi. Bu hodisa deplazmoliz deyiladi. Bu ish bilan bir vaqtda zaharli moddalardan kaliy rodanidning hujayraga ta’sirini o’rganish uchun KCNS bilan ishlab ko’rilsa, yaxshiroq bo’ladi.
Plazmolizning shakillari
Do'stlaringiz bilan baham: |