TARIXIY XOTIRA - ALI QUSHCHI– to’liq ismi Mavlono Alouddin Ali ibn Muhammad Qushchi Samarqandiy
- 1403- yil Samarqandda dunyoga kelgan va 1474- yilda hozirgi Istanbulda vafot etgan
- Ulug’bek konservatoriyasi va madrasasida falakkiyotshunos va riyozatchi olim sifatida ish yuritgan
- Qiziq fakt : Mavlono Alini Ulug’bek saroyida qarcgig’aylarni boqqani uchun “qushchi “deb ataganlar
Ali Qushchi Ulug’bek rasadxonasining qurilishida ham faol ishtirok etadi ,u bu yerda Qozizoda Rumiy , G’iyosiddin Al –Koshoniylar bilan birgalikda ish olib boradi . Ulug’bek “ZIJI”ning yozilishida ham uning hissasi bor. Ali Qushchi Ulug’bek rasadxonasining qurilishida ham faol ishtirok etadi ,u bu yerda Qozizoda Rumiy , G’iyosiddin Al –Koshoniylar bilan birgalikda ish olib boradi . Ulug’bek “ZIJI”ning yozilishida ham uning hissasi bor. Ali Qushchi shu davrda “Hisob Risolasi” va “Astronomiya Risolasi “ asarlarini yozadi va ilm ahli orasida katta shuhrat qozonadi .1438- yilda Ulug’bek uni Xitoyga elchi qilib yuboradi va uyerdan qaytib kelgach “Matematik va Astronomik jug’rofiya “ asarini yozadi . Ulug’bek vafotidan so’ng uning Samarqanddagi mashhur kutubxonasi xavf ostida qoladi .Kutubxonani Ali Qushchi saqlab qolgan degan taxminlar ham bor. Ya’ni A .Qushchi kitoblarning ko’p qismini Samarqanddagi Xazrat Bashir qishlog’iga ko’chirgan . Ko’p o’tmay ,uning hayoti ham xavf ostida qoladi va u Samarqanddan chiqib ketishga majbur bo’ladi . U avval Karmanada yashab ,1465 – yilda Turkiyaning Istanbul shahriga boradi . - Ulug’bek vafotidan so’ng uning Samarqanddagi mashhur kutubxonasi xavf ostida qoladi .Kutubxonani Ali Qushchi saqlab qolgan degan taxminlar ham bor. Ya’ni A .Qushchi kitoblarning ko’p qismini Samarqanddagi Xazrat Bashir qishlog’iga ko’chirgan . Ko’p o’tmay ,uning hayoti ham xavf ostida qoladi va u Samarqanddan chiqib ketishga majbur bo’ladi . U avval Karmanada yashab ,1465 – yilda Turkiyaning Istanbul shahriga boradi .
Turkiya sultoni Muhammad II uni saroyga xizmatga taklif qiladi va olimlarga rahbar qilib saylaydi .A.Qushchi Turkiyada ham olimlar-u shoirlarni o’z atrofiga to’playdi va o’zi yana riyoziyot va falakiyot ilmi bilan shug’ullanadi . U “Ulug’bek zijiga sharh “ asarini yozadi . Va undan tashqari Qushchi 20dan ortiq asar yozgan . Ularning ko’pchiligi Turkiyadagi Aya Sofiya madrasasida saqlanib qolgan . - Ali Qushchi vafotidan keyin uning shogirdlari –Miram Chalabiy ,Husayn Birjandiy ,Bahovuddin Omuliy ,Najmiddin Alixon uning ishlarini davom ettirgan .
- Ali Qushchining qo’lyozmalari Toshkent Sharqshunoslik institutida ,Dushanbe, Sank- Peterburg, Mashhad,Oksford, Leyden (Niderlandiya) va Aya Sofiya (Turkiya) kutubxonalari va boshqa joylarda saqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |