Tarix falsafasi va falsafa tarixining uyg’unligi Mahkamov Abbosbek Reja
Tarix falsafasi - tarixni falsafiy sharlash va baholash. "Tarix falsafasi" atamasi antik davr falsafasi va tarixnavisligida namoyon boʻlsada, uni fanga M.F.Volter kiritgan deb hisoblanadi. Tarix falsafasining quyidagi yoʻnalishlari bor: teologik (ilohiyot) Tarix falsafasi — xudoning irodasini tarixni harakatga keltiruvchi kuch deb hisoblaydi; metafizik Tarix falsafasi — hech qanday chegaralar va doiralar bilan cheklanmaydigan, turli shakl va koʻrinishga kiradigan tushunchalar tizimini Tarix falsafasi deb biladi; idealistik Tarix falsafasi — unda gʻoyalar, insonning axloqiy tushunchalari, maʼnaviy-ruhiy kechinmalari asosida tarixga munosabat bildiriladi; naturalistik Tarix falsafasi uchun inson hissiyoti va tuygʻusi orqali olamni anglash, oʻtmishga nazar solish va uni baholash asosiy mezondir; materialistik Tarix falsafasi — unda iqtisodiy omillarga katta eʼtibor beriladi; tarixni yoʻnaltiruvchi kuch sifatida moddiy ehtiyoj va iqtisodiy zaruriyat asos qilib olinadi. Tarixda shaxsning roliga qanday baho berilishiga qarab, alohida shaxsni ustun qoʻyib yoki jamoani birinchi qoʻyib fikr yuritadigan Tarix falsafasi ham mavjud. Tarix falsafasida, shuningdek, tarix fani tushunchasi, qonuniyatlari, tarixiy jarayon va inson, inson mohiyati, feʼlatvori, xatti-harakati, manfaati talqin etiladi.
Tarix falsafasi ildizlari antik davr allomalari Gerodot va Fukididning tarixiy harakatga doir qarashlariga borib taqaladi. U Polibiy, Posidoniy, Plutarx qarashlarida nisbatan shakllandi. Avgustin esa ilohiy davlat tarixi falsafasini yaratdi va keyingi ming yillarda tarixiy tafakkurning shakllanishiga kuchli taʼsir koʻrsatdi.
XVIII asrga kelib Tarix falsafasining yoʻnalishlari tubdan oʻzgardi. Tarixiy taraqqiyotda insonning taʼsiri, oʻrni va roli, tarixga inson qalbi, ichki dunyosi, maʼnaviy-ruhiy olami mahsuli sifatida qarash tamoyillari shakllandi. Biroq, bunda ham turlicha yondashishlar mavjud edi. Chunonchi, Leybnis tarixda metafizik kuchlar va gʻoyalar ustuvor deb tushunsa, Gegel butun voqelikni tarix deb hisoblab, unda dunyoviy aqlni ustun qoʻyadi. XIX-XX asrlarda tarixni anglashda mavhum mantiq va tarixni bilish nazariyasi bilan bir katorda A. Shopengauer, Ya. Burkxardt, O.Shpengler tarixni tushkunlik orqali anglash, A.Toynbi optimizm, marksizm asoschilari esa tarixiy materializm gʻoyalarini ilgari surdi.
Sharqda "Tarix falsafasi" tushunchasi oʻziga xos jihatlarga ega. Forobiy qarashlariga koʻra, jamiyat taraqqiyotini ilohiy qonunlar boshqaradi. U Aristotelning jamiyat rivojlanishi xaqidagi taʼlimotini oʻz xulosalari bilan boyitdi. Beruniy esa tarixiy taraqqiyot bosqichlarini tabiat, astrologiya, astronomiya, kecha va kunduz, fasllar almashinuvi orqali oʻrgandi. U "Hindiston", "Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar" asarlarida insoniyat tarixiga falsafiy nuqtai nazardan yondashadi, tarixni anglash, idrok etishda butunlay yangicha qarashlarni oʻrtaga tashlaydi.
Beruniy dunyo tarixshunosligida asotirlar, afsonalar va rivoyatlardan ilmiy bilish hamda dunyoviy taʼlimotga oʻtishda muhim hissa qoʻshdi.
Sharq Tarix falsafasi bir necha yoʻnalishda koʻzga tashlanib, voqealar tahlili ibratli hikoyalar, pand-nasihatlar, yuksak axloqiy meʼyorlar bilan mushtarak holda olib boriladi. Ayrim hollarda tarixga geografik-hududiy jihatdan yondashiladi. Sayohatnomalar orqali jamiyat tarixi yaratiladi, podshohlarning boshqaruv usuli, siyosati, uning mohiyati ochib beriladi.
Falsafa fani borliq muammosi bilan bir qatorda voqelikning eng umumiy aloqadorligi va rivojlanish qonuniyatlari, ularni inson ongida aks ettirish to’g’risidagi ta’limotidir. Narsa va hodisalarning bir-biri bilan aloqadorligi va ularning doimiy rivojlanib turishi falsafa fanida uning asosiy qonun va kategoriyalari sistemasida o’z aksini topadi. Demak, falsafa fani borliqdagi narsa va hodisalarning eng umumiy aloqadorligi va rivojlanishini aks ettirish uchun qonun va kategoriya tizimini yaratadi va uning yordami bilan inson atrofini qurshab turgan voqelikni aks ettiradi. Inson tafakkurining shakli bo’lgan falsafiy qonun va kategoriyalar yordamida borliqni o’rganish katta falsafiy muammodir.
Falsafa — nazariy fikrlarning shakli va qonuniyatlarini ham o’rganuvchi ta’limot bo’lib hisoblanadi.
Tafakkur shakllari va qonunlari formal mantiq va falsafa fanlarida o’rganiladi.
Falsafa doirasidagi masalalar hayotdan ajralgan mavhum masalalar emas, balki, ular inson va uning hayotidan kelib chiqadigan dolzarb, umuminsoniy xususiyatga ega muammolardir. Gegel ta’biri bilan aytganda, falsafa — inson tafakkurida aks etgan davrdir. Falsafa fani vujudga kelgandan boshlab to hozirgi kungacha ham hayot yuzaga keltirgan turli-tuman masalalar, insonni avvaldan qiziqtirib kelayotgan muammolar doimo uning diqqat markazidadir.
Har qanday noma’lum so’z mazmunini uning etimologiyasidan, ya’ni u qachon, qanday va nima uchun yuzaga kelganini aniqlashdan boshlash o’rinli bo’ladi. «Falsafa» tushunchasi yunoncha phileo – sevaman va sophia – donolik so’zlaridan kelib chiqqan bo’lib, mazkur atamaning dastlabki ma’nosini donolikka muhabbat deb talqin qilish mumkin. Falsafa so’zini ilk bor qadimgi yunon mutafakkiri Pifagor miloddan avvalgi VI asrda tayyor holda (afsonalar, rivoyatlar, an’analar orqali) avloddan avlodga o’tuvchi bilim va insonning o’z aqliga tayanib, mushohada yuritish va borliqni tanqidiy tushunish yo’li bilan olishi mumkin bo’lgan bilimni farqlash maqsadida ishlatgan.
SHuni ta’kidlash lozimki, Pifagor ham, qadimgi davrning boshqa faylasuflari ham dastlab «falsafa» tushunchasiga uning keyinchalik paydo bo’lgan va mohiyat e’tibori bilan, falsafani «barcha fanlar podshosi» darajasiga ko’targan ma’nosidan boshqacharoq ma’no yuklaganlar. Ammo ilk faylasuflar o’zlarini donishmand deb hisoblamaganlar va donolikka da’vo qilmaganlar, zero, o’sha davrda keng tarqalgan tasavvurga ko’ra, haqiqiy donishmandlik ajdodlardan meros qolgan, asrdan asrga o’tib kelayotgan afsonalar, din va rivoyatlarda mujassamlashgan. Donishmandlar deb, asrlar sinovidan o’tgan, eng so’nggi bilimlarga ega bo’lgan bashoratgo’ylar, kohinlar va oqsoqollar e’tirof etilgan. Ularning so’zlari shak-shubhasiz va birdan-bir to’g’ri deb qabul qilingan. Faylasuf esa, donishmandlik muxlisi bo’lishi, e’tiqod sifatida qabul qilingan tayyor haqiqatlarga emas, balki o’z aqliga tayanib, boshqa faylasuflar tomonidan olingan bilimlar va tajribadan ijodiy yo’l bilan foydalangan holda maqsadga intilishi lozim bo’lgan.
Darhaqiqat
Do'stlaringiz bilan baham: |