ASL OTA
Dunyodagi eng go‘zal tuyg‘ulardan biri bu shubhasiz — ota bo‘lishdir. Ota ilk bor farzandini bag‘riga bosgandagi ajib tuyg‘uni so‘z bilan ta'riflash mushkul. Ayan shu lahzada dunyoda undan baxtli odam yo‘q. Endilikda uning eng katta maqsadi farzandini komil inson qilib tarbiyalashdir. Bu yo‘lda otalarga yaqindan yordam berish uchun Jalolxon Umarovning «Asl otalar kitobi»dan olingan ba'zi xulosalarni keltirib o‘tmoqchiman. Siz farzandingiz kelajakda qanday inson bo‘lishini istasangiz, avvalo, o‘zingizni shunday tutishingiz kerak. Har jabhada unga o‘rnak bo‘ling. Bolalar har doim sizga taqlid qilishadi. Chunki, uning otasi — uning ilk qaxramoni. Farzadingiz oldida uning onasi bilan janjallashmang. Bu uning ongiga juda katta ta'sir qiladi va kelajakda bu hol uning o‘zida ham takrorlanishi mumkin. Ko‘cha-ko‘yda nochorlarga qo‘ldan kelgancha bering ana o‘shanda saxovatpeshalik hissi ham unga begona bo‘lmaydi. Hech qachon telefonda behuda suhbatlashmang. Bu bolada bekorchilik va dangasalikni keltirib chiqarishi mumkin. Unga doimiy ravishda kitob o‘qib bering. Zero, unda ham kitobga bo‘lgan mehr-muhabbat shakllansin. Kelajakda farzandingiz qanday inson bo‘lishi, bugun sizning unga qanday o‘rnak bo‘layotganingizga bog‘liq. Buni hech qachon yodingizdan chiqarmang. Asosan oilada qarorlarni ota qabul qiladi. Lekin, farzandingiz ham o‘z shaxsiy qarashiga ega bo‘lishi kerak. O‘z yoshiga nisbatan kichik qarorlar qabul qilishi o‘rgating. Siz u uchun qaror qabul qilmang, balki unga bu yo‘lda nimalar qilish kerakligini o‘rgatishga harakat qiling. Ayniqsa, moddiy mablag‘larni boshqarishni o‘rgating. Bolangizga haftalik yoki oylik ma'lum miqdorda pul berib turishga odatlaning. Bu pullarni avtobus va boshqa harajatlarga taqsimlashni, qolgan mablag‘larni o‘zi xohlagancha ishlatishi mumkinligini tushintiring. Agar u qolgan pullarning hammasini shirinlik yoki o‘yinchoq sotib olishga sarflasa, uning pulga bo‘lgan munosabatini o‘zgartirishingiz kerak. Vaqtingizni farzandaringizga bag‘ishlang. Tabiyki, ota oilani moddiy tomondan ta'minlashi kerak. Bu uning burchi. Shuning uchun otalarda asosan vaqt bilan bog‘liq ko‘plab muammolar kuzatilishi mumkin. Lekin, nima bo‘lganda ham farzand uchun kunning ma'lum bir qismini ajratish zarur. Toki farzand doimo otasi yonida ekanligini his qilib tursin. U bilan birgalikda o‘yinlar o‘ynashingiz, u bilan do‘stona suhbatda bo‘lishingiz esa unga yanada o‘zini yaxshi his qilishga imkon yaratadi. Va'da berdingizmi bajaring. Bolalar otasi yolg‘on gapirishini ko‘tara olmaydi. Natijada, ular har bir narsaga umidsizlik bilan qarashni boshlashadi. Masalan: "Agar bu hafta 20 ta «5» baho olsang, yakshanba kuni birgalikda futbol ko‘rishga boramiz." deb va'da berdingiz. Farzandingiz bir hafta tinmay mehnat qilib, va'dasining ustidan chiqsa-yu, siz so‘zingizni ustidan chiqa olmasangiz farzandingizning sizga bo‘lgan ishonchini bir muncha so‘ndirib qo‘yishingiz mumkin. Biror bir sabab bilan stadionga tusha olmagan bo‘lsangiz ham uyda bolangiz bilan o‘sha o‘yinni televizorda tomosha qiling va aybingizni yuvish maqsadida kelasi yakshanba uni parkka olib borishga so‘z bering va albatda, so‘zingizni ustidan chiqing. Zero, farzandingizda sizga nisbatan ishonch hissi yuqori bo‘lishi kerak.
Bular "Asl ota"likka erishmoqchi bo‘lganlar uchun 16 yoshli bola tomonidan yozilgan oddiy ko‘nikmalar edi. Barchamizga avvalo yaxshi farzand va albbata, yaxshi ota bo‘lish nasib etsin.
Muallif: Perman Nurniyazov
Telefon raqam: +998941411524
Do'stlaringiz bilan baham: |