Talimiy; : Yuksak insoniy fazilatlar mohiyatini anglatish, ularga ongli munosabatda bo’lish, hamma millat vakillariga yaxshi munosabatda bo’lish bilimini shakllantirish. Tarbiyaviy



Download 115,25 Kb.
bet1/4
Sana28.01.2020
Hajmi115,25 Kb.
#37922
  1   2   3   4
Bog'liq
одоб


2016-2017-o’quv yili


Fan:Odobnoma

Sana:_____________________

1.MAVZU:.O’ZBEKISTON ONA DIYOR. O’zbekiston ko’p millatli mamlakat

Darsning maqsadi; talimiy; : Yuksak insoniy fazilatlar mohiyatini anglatish, ularga ongli munosabatda bo’lish, hamma millat vakillariga yaxshi munosabatda bo’lish bilimini shakllantirish.



Tarbiyaviy; Odob-inson ko’rki va ma’naviy boyligi ekanligini va mutafakkir ma’rifatparvarlar asarlaridagi hikmat, rivoyat va o’g’itlarini, milliy sharqona odob-axloq qoidalari, fazilatlarini, o’zbekona urf-odat va an’analarining millliy xususiyatlami farqlash va amalga oshirish usullarini o’rgatish.

Rivojlantiruvchi; Dars jarayonida egallangan bilimlami aniqlash, umumlashtirish, mustahkamlash.

Darsning usuli: savol-javob.

Darsning jihozi: Mavzuga oid rasmlar, tarqatma materiallar, 4-sinf odobnoma darsligi.

Dars bosqichlari:

1.Salomlashuv. Mashg‘ulotning borishi haqida tushuncha berish 2 minut

2.Yangi mavzu bayoni:Kirish suhbati 20 minut

3.Sharq mutafakkirlarining hikmatli so’zlaridan hikoya qilib berish. 15 minut

4.Mavzu bo‘yicha o‘quvchilar bilimlarini, tushunchalarini aniqlash 5 minut

5.Mashg‘ulotniyakunlash, mustaqil ish uchun topshiriq berish 3 minut

I.Tashkiliy qism; O' quvchilami darsga tayyorlash, davomatni aniqlash. Ularning darsda ishtirokini nazorat qilish.

II.O’tilgan mavzuni so'rash; O’tilgan mavzu savol-javob tariqasida o’quvchilardan so’raladi.

III.Yangi mavzuning bayoni;

Ikkinchi jahon urushi davrida O'zbekistonga evakuatsiya qilingari turli millatga mansub minglab insonlarga o'zbek xalqi o'z uyidan joy berdi. O'ta og'ir sharoit bo'lishiga qara-may ko'plab o'zbek oilalari rus, ukrain, belorus va boshqa millatga mansub o'nlab ota-onasiz qolgan bolalarni o'z bag'riga oldi. Xalqimiz bir burda nonini ular bilan birga ba-ham ko'rdi. Bu o'zbekona bag'rikenglikning bir ko'rinishi edi.

Yurtimizda yashovchi millatlarning rivojlanishi, madaniyati, tili, dini va urf-odatlari taraqqiy etishi uchun barcha shart-sharoitlar yaratilgan. Bugungi kunda O'zbekistonda 150 ga yaqin milliy madaniy markazlar faoliyat ko'rsatmoqda.

Turli millat vakillari qo'lni-qo'lga berib mehnat qilsa, tinch-totuv yashasa, yurt yana-da obod, turmush esa faro-von bo'ladi.

Muqaddas kitoblarimizda ham inson aziz va mukarram sanaladi. Shunday ekan, qaysi millatga mansub bo'lmasin, insonni hamisha hurmat qilishimiz, zarur paytda undan yor-damimizni ayamasligimiz darkor.

Millat - tili, madaniyati, tarixi, yashash hududi, san'ati, qadriyatlari umumiy bo'lgan kishilar guruhi.

1. O'zbekistonda qancha millat vakillari ahil-inoqlikda istiqomat qiladi?

A) 100 dan ortiq; B) 120 dan ortiq;

D) 130 dan ortiq; E) 150 dan ortiq.

2. Tili, madaniyati, tarixi, yashash hududi ham-da san'ati, qadriyatlari umumiy bo'lgan kishilar guruhi nima deb ataladi?

A) sinf; B) millat;

D) jamoa; E) oila.

ONA-VATAN

Orif To'xtash

Ozod Vatan, hur Vatari,
Tutgan yo'li ziyoli,

Farovonlik shiori.

Bu o'ziga bek bo'lgan,

O'zbeklarning diyori -Serquyosh

O'zbekiston, Beqiyos O'zbekiston!

Tuprog'i zar, dur Vatan.

Ko'zimizga to'tiyo

Aylasak arzir

Vatan -Serquyosh O'zbekiston,

Beqiyos O'zbekiston!



IV.Yangi mavzuni mustahkamlash;

1. Ikkinchi jahon urushi davrida o'zbek xalqi qan-• « day fazilatlarini namoyon qildi?

2. «Ona-Vatan» she'rini qanday tushundingiz? Maz-munini so'zlab bering.

3. Ota-onangiz yoki aka-opangiz ko'magida do'stlik mavzusida ibratli hikoya toping. Kelgusi darsda uning mazmunini o'rtoqlaringizga aytib bering.



VI.Uyga vazifa;Mavzuni o’qib o’rganib kelish. Savollariga javob yozish.

Fan:Odobnoma

Sana:_________________

2. MAVZU:.O’ZBEKISTON ONA DIYOR. Yurt tinchligi-el boyligi

Darsning maqsadi; ta'Iimiy; DTS talablari asosida dars o’tish. Yurtning tinchligi elning boyligi ekani, inson ham yetuk inson bo’lib yetishishini tushuntirish.

Tarbiyaviy; Yurtning tinchligini saqlash barchamizning qo’limizda ekanini, tinchlik ma’naviy boyligi ekanligini va mutafakkir ma’rifatparvarlar asarlaridagi hikmat, rivoyat va o’g’itlarini, milliy sharqona odob-axloq qoidalari, fazilatlarini, o’zbekona urf-odat va an’analarining millliy xususiyatlami farqlash va amalga oshirish usullarini o’rgatish.

Rivojlantiruvchi; O’quvchilargaberilgan topshiriqlami individual bajarish jarayonida ulaming aqliy faoliyati jalb etish, o’z bilimi, kuchi va qobiliyatiga bo’lgan ishonchni ortirish.

Darsning usuli: savol-javob.

Darsning jihozi: Mavzuga oid rasmlar, tarqatma materiallar, 4-sinf odobnoma darsligi.

Darsning borishi; I.Tashkiliy qism; O'quvchilami darsga tayyorlash, davomatni aniqlash. Ularning darsda ishtirokini nazorat qilish.



II.O’tilgan mavzuni so'rash; O’tilgan mavzu savol-javob tariqasida o’quvchilardan so’raladi.

III.Yangi mavzuning bayoni;

Qanday vaziyatda siz bilim olishirigiz, do'stlaringiz bilan turli o'yinlar o'ynashingiz mum-

kin? Bayramlarni nishonlash, to'y-tomoshalar qilish uchun nima zarur?

Vatanni katta oilaga o'xshatish mumkin. Unda yashovchi insonlar esa ana shu oilaning a'zolaridir. Agar oila a'zolari hamjihat bo'lib, tinch-totuv yashasalar, bunday oila qut-barakali bo'ladi. Bunday oilaga hammaning havasi keladi. Demak, mamlakat taraqqiyoti uchun ham insonlar ahil-inoq yashashlari lozim.

Yurtimizdagi tinchlik tufayli bilim egallab, kundalik yu-mushlarimizni bajarib, oilamiz bag'rida xotirjam hayot ke-chirmoqdamiz. Afsuski, ana shunday osuda turmushimizni ko'rolmaydigan, unga raxna solish niyatida bo'lgan yovuz kimsalar ham yo'q emas. Ular turli yo'llar bilan tinchligimiz-ni buzishga urinadilar. Biz yaxshi o'qish, ota-onamiz va us-tozlarimizning gaplariga quloq solsak, ularga qarshi kurash-gan bo'lamiz. Hamisha hushyor bo'lib, begona, shubhali kishilarning shirin so'zlariga uchmasligimiz lozim.

Prezidentimiz ta'kidlaganlaridek, «Agar biz ahil bo'lsak, el-yurt manfaati yo'lida bir tan-u bir jon bo'lib yashasak, o'zimizdan sotqin chiqmasa, o'zbek xalqini hech kirn hech qachon yengolmaydi».

BUYUK VATANPARVAR

Bobokalonimiz shayx Najmiddin Kubro donishmand va jasur inson bo'lgan. Chinakam vatanparvarlik, jasorat de-ganda mana shunday ajdodlarimiz ko'z oldimizga keladi.

Bir zamonlar Chingizxon boshchiligidagi mo'g'ul-tatar bosqinchilari yurtimizga bostirib kelgan. Bosqinchilar qishloq-shaharlarni talab, kulini ko'kka sovurib kelardilar.

Najmiddin Kubroning ilm-ma'rifat o'rganaman deb turli mamlakatlardan kelgan to'rt yuzdan ortiq shogirdi bor edi. U shogirdlarini to'plab, shunday dedi:

- Yurtimizga kelgan bu balo hamma yoqni yakson eta-di. Har biringiz o'z yurtingiz sari yo'lga chiqing.

- Ulug' shayx, ot-ulovlar tayyor, vaqtni o'tkazmay siz ham tinch joylarga keting, - deb iltimos qildi shogirdlari.- Men bu urushda qurbon bo'lishimni bilaman, ammo o'z vatanimni tashlab ketolmayman. Sizlarga esa oq yo'l, -dedi shayx.Najmiddin Kubro xalqni to'plab, Vatanni himoya qilish-ga chaqirdi. Ikki o'rtada qattiq olishuv boshlandi. Najmiddin Kubro bir necha dushmanni urib yiqitdi. Nogahon bir

o'q unirig ko'ksini teshib o'tdi. Shayx holdan toyib, madori ketayotganini sezsa ham oxirgi tomchi qoni qolguricha jang maydonini tashlab ketmadi. U dushman bayrog'ini mahkam ushlab olgan holatda jon berdi.

Aytishlaricha, Najmiddin Kubroning jasorati hatto Chin-gizxonni ham hayratga solgan ekan.

Tinchlik haqidagi maqollarni mazmunan mosini tan- lab, davom ettiring va daftaringizga yozing.

IV.Yangi mavzuni mustahkamlash

1. Ota-onangiz bilan vatanparvarlik mavzusida suh-bat quring. Suhbat asosida o'zingizga yoqqan ibratli hikoya, voqea yoki rivoyatni daftaringizga yozing.

2. Buyuk vatanparvar hikoyasidan olgan taassurot-laringiz bilan o'rtoqlashing. Sizningcha, Najmiddin Kubro nima uchun shogirdlari bilan ketmadi?

3. Tinchlik mavzusidagi she'rlardan yod olganmisiz? Aytib bering.



V.Baholash: Dars davomida qo’yilgan ballar e’lon qilinadi

VI.Uyga vazifa;Mavzuni o’qib o’rganib kelish. Savollariga javob yozish.

Fan:Odobnoma

Sana:____________________

3. MAVZU:.O’ZBEKISTON ONA DIYOR. Barcha millatlar teng huquqli, do’st, birodardir

Darsning maqsadi; ta'limiy; DTS ta’lablari asosida dars o’tish. yurtimizdagi barcha millat vakillari teng huquqli ekani haqida tushuncha berish. “Yaxshi so’z bilan ilon inidan chiqar, yomon so’z bilan pichoq qinidan” maqolini tushuntirish.

Tarbiyaviy; Odob-inson ko’rki va ma’naviy boyligi ekanligini va mutafakkir ma’rifatparvarlar asarlaridagi hikmat, rivoyat va o’g’itlarini, milliy sharqona odob-axloq qoidalari, fazilatlarini, o’zbekona urf-odat va an’analarining millliy xususiyatlami farqlash va amalga oshirish usullarini o’rgatish.

Rivojlantiruvchi; Har bir o’quvchi tomonidan bildirilayotgan fikr yoki g’oyalami rag’batlantirib borish.

Darsning usuli: savol-javob.

Darsning jihozi: Mavzuga oid rasmlar, tarqatma materiallar, 4-sinf odobnoma darsligi. Darsning borishi;

I.Tashkiliy qism; O'quvchilami darsga tayyorlash, davomatai aniqlash. Ularning darsda ishtirokini nazorat qilish.



II.O’tilgan mavzuni so'rash; O’tilgan mavzu savol-javob tariqasida o’quvchilardan so’raladi.

III.Yangi mavzuning bayoni; Bag'rikenglik deganda nimani tushunasiz?

Davlatimiz Konstitutsiyasida O'zbekiston xalqini millatidan qat'i nazar O'zbekiston Respublikasi fuqarolari tashkil etishi belgilab qo'yilgan. Bundan ko'rinib turibdiki, mamlakatimizda tug'ilib o'sgan inson rus, tojik, qozoq, qirg'iz, tatar, koreys yoki boshqa millatga mansub bo'lsa-da, O'zbekiston fuqa-rosi hisoblanadi.

Shuningdek, Konstitutsiyada O'zbekiston Respublikasi o'z hududida istiqomat qiluvchi barcha millat va elatlarning tili, urf-odatlari va an'analari hurmat qilinishini ta'minlashi, ular-ning rivojlanishi uchun sharoit yaratishi ham qayd etilgan.

Konstitutsiyamizning 18-moddasida «O'zbekiston Respub-likasida barcha fuqarolar bir xil huquq va erkinliklarga ega bo'lib, jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e'tiqodi, shaxsi va ijtimoiy mavqeidan qat'i nazar qonun oldida tengdirlar», deb belgilangan.

1992-yil 2-mart kuni O'zbekiston Birlashgan Millatlar Tashkilotiga a'zo bo'ldi. Shu kundan boshlab O'zbekiston dunyodagi barcha millat va elatlar bilan mustahkam aloqa-ga kirishdi. O'z navbatida, dunyo xalqlari ham o'zbek xal-qini tan oldi.

Daftaringizga katakchalardagi harflarni to'g'ri joylashtirib, millatlar nomini yozing.

TIL BILGAN - EL BILADI

Sardorning opasi Nigora kollejda o'qiydi. U juda odob-li va aqlli qiz, Zulfiya nomidagi davlat mukofoti sovrindori. Nigora ingliz va rus tillarini o'z ona tilidek biladi.

Nigora internet orqali O'zbekistonning turli hududlaridagi va chet mamlakatlardagi do'stlari bilan xat yozishib, mulo-qotda bo'lib turadi. Ota-onasiga, ukalariga ular haqida ma-roq bilan so'zlab beradi.

- Opajon, men ham sizga o'xshab do'stlarim ko'p bo'lishini xohlayman. Buning uchun nima qilishim kerak? -deb so'radi bir kuni Sardor opasining hikoyasini havas bilan tinglar ekan.

- Buning uchun til bilishing, insonlarni chin dildan yax-shi ko'rishing kerak.

- Unda meriga til o'rganishim uchun yordam berasizmi?

- Albatta, til bilgan - el biladi, deyishadi-ku. Buning uchun o'zingda qiziqish va intilish bo'lsa, bas. Shunda til o'rganasan, boshqa xalqlar haqida ham bilib olasan. Mana, menga turli millatga mansub do'stlarim o'zlari, yurtlari va urf-odatlari haqida qiziq ma'lumotlarni yozib turishadi. Ke-cha do'stim Eliza o'z vatani - Buyuk Britaniya, inglizlarning faxri bo'lgan Big Ben, Temza daryosi va Britaniya muzeyi haqida yozib yuboribdi. lining aytishicha, muzeyda bizning tariximizga oid ko'plab eksponatlar, qo'lyozmalar mavjud ekan. Men ham unga O'zbekiston, hayot tarzimiz, urf-odat-larimiz haqida yozib yuboraman.- Eh, qanday yaxshi. Men ham tezroq til o'rganib, do'stlarim ko'payishini istayman, - dedi Sardor ko'zlari porlab.

Big Ben - Buyuk Britaniya poytaxti Londondagi \ tarixiy me'moriy obidalardan biri.

Londondan oqib o'tuvchi daryo.

IV.Yangi mavzuni mustahkamlash;1.Nima uchun Sardorning opasi Nigoraga havasi keldi?

2. Do'stlaringiz ko'p bo'lishi uchun nimalarga ahamiyat berish kerak, deb o'ylaysiz?

3. Agar chet elda do'stingiz bo'lganda, unga nima-lar haqida yozib yuborgan bo'lar edingiz?

V.Baholash: Dars davomida qo’yilgan ballar e’lon qilinadi

VI.Uyga vazifa;Mavzuni o’qib o’rganib kelish. Savollariga javob yozish.

Fan:Odobnoma

Sana:_______________

4. MAVZU:.O’ZLIKNI ANGLASH. Ajdodlarimiz ardoqlagan qadriyatlar

Darsning maqsadi; ta'limiy; DTS talablari asosida dars o’tish. Maktab eng ulug’ dargoh ekanligini tushuntirish.

Tarbiyaviy; Vatan tuyg’usi, vatanparvarlik, mustaqil O’zbekiston-ona Vatanimiz, uning gul-gul yashnashi, rivojlanishi hqida bilim hosil qilish.

Rivojlantiruvchi; Har bir o’quvchi tomonidan bildirilayotgan fikr yoki g’oyalami rag’batlantirib borish.

Darsning usuli: savol-javob.

Darsning jihozi: Mavzuga oid rasmlar, tarqatma materiallar, 4-sinf odobnoma darsligi.

I.Tashkiliy qism; O'quvchilami darsga tayyorlash, davomatni aniqlash. Ularning darsda ishtirokini nazorat qilish.

II.O’tilgan mavzuni so'rash; O’tilgan mavzu savol-javob tariqasida o’quvchilardan so’raladi.

III.Yangi mavzuning bayoni;O'ZLIKNI ANGLASH. AJDODLARIMIZ ARDOQLAGAN QADRIYATLAR

Rasmlarda qanday milliy qadriyatlarimiz tasvirlangan? Xalqimizning qaysi qadriyatlarini bilasiz?

«Qadriyat» juda keng ma'noli tushuncha bo'lib, inson va insoniyat uchun qadrli narsalarni anglatadi. Qadriyat ming yillar davomida insonlar tomonidan ardoqlanib, ajdod-lardan avlodlarga o'tib, sayqallanib kelinayotgan moddiy va ma'naviy boyliklar, an'ana va urf-odatlar, fazilatlardir. Ota-bobolarimiz ota-onaga hurmat, vatanparvarlik, tinchlik, ozod-lik, mehr-oqibat, saxovat, mehmondo'stlik kabi qadriyatlarni ayniqsa e'zozlaganlar.

Bizda jahonning boshqa xalqlariga o'xshamaydigan urf-odatlar, bayramlar, marosim va an'analar mavjud. Ajdodla rimiz asrlar davomida nishonlab kelgan Navro'z bayrami shular jumlasidan.

Navro'z tabiatning uyg'onishi, ezgulik, yangilanish va yasharish bayramidir. Qadimda Navro'z bayrami kuni insonlar eng yaxshi odatlarini namoyish qilishgan, chiroyli liboslar kiyib bezanishgan, lazzatli taomlar tayyorlashgan. Hozirgi kunda ham bu bayramni juda keng nishonlaymiz. Navro'z kuni doshqozonlarda sumalak, halimlar tayyorlanadi, o'yin-kulgi avjiga chiqadi. Shu bilan birga, bemorlar, e'tiborga muhtoj insonlarning holidan xabar olinadi.

Qadriyatlar - xalq boyligi. Ularni ardoqlab, keyingi avlodlarga yetkazish har birimizning burchimizdir.Hashar - arabcha so'z bo'lib, «ko'pchilik», «jail moa», «guruh», «to'da» ma'nolarini anglatadi. Ko'pchilik bo'lib biror yumushni bajarish, ezgulik va mehr-muruvvatga boy qadriyat hashar deyiladi. Ko'pkari (uloq) - O'rta Osiyo xalqlarining qadimiy ommaviy milliy o'yinlaridan biri. Asosan hosil bayramlari, to'y va sayillar munosabati bilan . o'tkazilgan.

HASHAR - ELGA YARASHAR

(Alisherning hikoyasi)

Bizning mahalla ahli juda inoq. Mahalladoshlarimiz yolg'iz, bemor kishilarning ahvolidan xabar olishni, qiynal-ganlarga yordam qo'lini cho'zishni o'z burchlari deb biladi-lar. Kimdir uy qurmoqchi yoki to'y qilmoqchi bo'lsa, hamma maslahatga yig'iladi, har kim qo'lidan kelgancha yordam beradi.

Menga ayriiqsa har yili Mustaqillik va Navro'z bayramla-rida o'tkaziladigan hasharlar yoqadi. Shu kuni barvaqt turib, dadam bilan mahallaga chiqamiz. Mahalladoshlar bilan bir oila a'zolaridek birgalikda, qo'lni qo'lga berib mehnat qila-miz: ko'chalarni, ariqzovurlarni tozalaymiz, ko'chat ekamiz, daraxtlarga shakl berib, oqlaymiz. Keyin mahalla ahli das-turxon atrofida jamuljam bo'ladi. Hamma topganini o'rtaga qo'yib, ko'pchilik bilan birga baham ko'radi.

Hashar juda ko'ngilli tadbir. Unga har kim o'z hissamni qo'shsam - deydi. Hashar tugagach, ko'cha va xonadonlari-mizning sarishtaligini ko'rib, ko'nglimiz tog'dek ko'tariladi.

IV.Yangi mavzuni mustahkamlash;Allomalar bilim va uning foydasi haqida

1.Qadriyat deganda nimani tushunasiz? Ajdodlari-miz ardoqlagan qadriyatlar haqida gapiring.

2.Qaysi milliy o'yinlarimiz kishida mardlik, halollik, jasurlik va epchillikni tarbiyalashga xizmat qiladi?

3.Hashar nima? Siz ham hasharda ishtirok etgan-misiz?

4.Bobongiz, buvingiz yoki ota-onangiz bilan qadriyatlar mavzusida suhbat quring. Sizda qaysi urf-odat yoki an'analar katta taassurot qoldirdi? Nima uchun?

V.Baholash:Faol qatnashgan o’quvchilar ballari e’lon qilinadi.

VI.Uyga vazifa;Mavzuni o’qib o’rganib kelish. Savollariga javob yozish.
Fan:Odobnoma

Sana:_______________

5. MAVZU:.O’ZLIKNI ANGLASH. O’zbekiston –madaniy va ma’naviy meroslarga boy o’lka

Darsning maqsadi; ta'limiy; DTS talablari asosida dars o’tish. Adob ahloq qoidalari haqida tushuncha berish.



Tarbiyaviy; Odob-inson ko’rki va ma’naviy boyligi ekanligini va mutafakkir ma’rifatparvarlar asarlaridagi hikmat, rivoyat va o’g’itlarini, milliy sharqona odob-axloq qoidalari, fazilatlarini, o’zbekona urf-odat va an’analarining millliy xususiyatlami farqlash va amalga oshirish usullarini o’rgatish.

Rivojlantiruvchi; O’quvchilarga berilgan topshiriqlami individual bajarish jarayonida ulaming aqliy faoliyati jalb etish, o’z bilimi, kuchi va qobiliyatiga bo’lgan ishonchni ortirish.

Darsning usuli: savol-javob.

Darsning jihozi: Mavzuga oid rasmlar, tarqatma materiallar, 4-sinf odobnoma darsligi.

I.Tashkiliy qism; O'quvchilami darsga tayyorlash, davomatni aniqlash. Ularning darsda ishtirokini nazorat qilish.

II.O’tilgan mavzuni so'rash; O’tilgan mavzu savol-javob tariqasida o’quvchilardan so’raladi.

III.Yangi mavzu bayoni: O'ZBEKISTON – MADANIY VA MA'NAVIY MEROSLARGA BOY O’LKA 1.Rasmlarda madaniy-ma'naviy merosimiznirig qanday namunalari aks etgan?

2. Siz yashayotgan hududda ham qadimiy obidalar bormi? Ular haqida so'zlab bering.

Biz ajdodlarimiz qoldirgan madaniy va ma'naviy yodgor-liklar bilan har qancha faxrlansak arziydi. Ular yaratgan asarlar, kashfiyotlar biz uchun ma'naviy meros hisoblanadi.

Tarixda buyuk tabib sifatida tanilgan zot bobokalonimiz Abu Ali ibn Sinodir. Butun dunyodagi tibbiyot sohasi mutaxassislari hozirgi kunga qadar u yaratgan ko'p jildli «Tib qonunlari» kitobiga tayanadilar. Meditsina so'zi ham «ma-dadi Sino» degan ma'noni bildiradi.

Vatandoshimiz Imom al-Buxoriyning nomi esa butun is-lom olamida hurmat-ehtirom bilari tilga olinadi. U eng ishonchli hadislarni to'plab, «Al-Jome' as-sahih» kitobini tuzdi. Bu kitob islom dinida «Qur'on»dan keyingi muhim manba bo'lib xizmat qiladi.

Abu Rayhon Beruniyning kitoblaridan qadimgi davrlar va odamlar haqidagi qimmatli ma'lumotlarni o'qiymiz.

Yevropada al-Fraganus nomi bilan mashhur bo'lgan Ahmad al-Farg'oniy esa o'z kashfiyotlari bilan dunyoni lol qoldirgan. U Misrdagi Nil daryosi suvi sathini o'lchaydigan asbobni ixtiro qildi. Bu kashfiyoti bilan u minglab odamlar-ning hayotini suv toshqinidan asrab qoldi.

Mirzo Ulug'bek Samarqandda rasadxona barpo ettirib, yulduzlar ilmini o'rgandi. lining «Ziji Ko'ragoniy» asarida 1018 ta yulduzning falakdagi o'rni aniq ko'rsatib berilgan.

Buyuk ajdodlarimiz nomi hamisha barhayot. Belgiyada Ibn Sinoga, Litvada Mirzo Ulug'bekka, Moskva, Tokio va Boku shaharlarida Alisher Navoiyga, Misr poytaxti Qohi-ra shahrida esa Ahmad al-Farg'oniy xotirasiga muhtasham haykallar o'rnatilgan.

Yurtimiz tarixiy obidalarga ham boy Dunyo ahli Samar-qand, Buxoro va Xiva shaharlarini bir ko'rsam, deya orzu qiladi. Turli davrlarda bunyod etilgan me'moriy obidalar tariximizning naqadar ulug'vorligidan dalolat berib turibdi. Shu bois ham bobomiz Amir Temur o'zi qurdirgan Oqsa-roy peshtoqiga «Qudratimizga shak-shubhangiz bo'lsa, biz qurdirgan binolarga boqing», deb yozdirgan edi.

O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini ng 49-mod-dasida har bir fuqaro xalqning tarixiy, ma'naviy va madaniy merosini avaylab-asrashi lozimligi qayd etilgan. Bunday yodgorliklar umumxalq boyligi hisoblanadi va ularni qasd-dan yo'q qilish jinoyatdir.

IV.Yangi mavzuni mustahkamlash;

Buyuk ajdodlarimizdan kimlarni bilasiz? Ularning qaysi jihatlaridan o'mak olsak arziydi?

2. Dunyoning qaysi shaharlarida ajdodlarimiz haykallari o'matilgan?

3. Ma'naviy-madaniy merosni avaylab-asrash degan-da nimani tushunasiz?

4. Buyuk ajdodlarimizdan birining hayoti, ijodi haqida ma'lumot to'plang va daftaringizga yozing.

V.Baholash:Faol qatnashgan o’quvchilar ballari e’lon qilinadi.

VI.Uyga vazifa;Mavzuni o’qib o’rganib kelish. Savollariga javob yozish.

Fan:Odobnoma

Sana:_______________

6. MAVZU:.O’ZLIKNI ANGLASH.Davlat tili. Tilga e’tibor, elga e’tibor

Darsning maqsadi; talimiy; O’tilgan barcha mavzularni takrorlash. Odobnnoma darsida o’tildan mavzularni mustahkamlash.

Tarbiyaviy;: Insoniyat tarixiy taraqqiyoti jarayonida madaniy, ma’naviy, milliy merosdagi avlod-ajdodlarimizdan qolgan odob-axloq haqidagi bilimlardan boxabar qilish.

Rivojlantiruvchi; Har bir o’quvchi tomonidan bildirilayotgan fikr yoki g’oyalami rag’batlantirib borish.

Darsning turi:Yangi bilim beruvchi

Darsning jihozi: Mavzuga oid rasmlar, tarqatma materiallar, 4-sinf odobnoma darsligi. Darsning borishi

;I.Tashkiliy qism; O'quvchilarni darsga tayyorlash, davomatni aniqlash. Ularning darsda ishtirokini nazorat qilish.



II.O’tilgan mavzuni so'rash; O’tilgan mavzu savol-javob tariqasida o’quvchilardan so’raladi.

III.Yangi mavzuning bayoni;

Respublikasining davlat tili o'zbek tilidir. O'zbekiston Respublikasi o'z hududida istiqo-mat qiluvchi barcha millat va elatlarning tillari, urf-odatlari va an'analari hurmat qilinishini ta'minlaydi, ularning rivojlanishi uchun sharoit yaratadi. (4-modda)

Davlat tili deganda shu davlat hududida asosiy so'zlashuv vositasi bo'lgan til tushuniladi. Barcha davlat hujjatlari davlat tilida yoziladi, yig'inlar, anjumanlar shu tilda olib boriladi.

Har bir davlat o'z davlat tilining sofligini saqlab, boyib borishini ta'minlaydi. Davlat tilini o'rganish va o'qitish uchun hukumat zarur shart-sharoitlarni yaratib beradi.

O'zbek tili uzoq va boy tarixga ega. Tilimiz rivoji-da Mahmud Qoshg'ariy, Yusuf Xos Hojib, Ahmad Yugnakiy, Alisher Navoiy, Zahiriddin Muhammad Bobur kabi aj-dodlarimizning xizmatlari kattadir. Ayniqsa, Alisher Navoiy «Xamsa»dek buyuk asar yaratib, o'zbek adabiy tilining shakllanishiga bebaho hissa qo'shdi.

O'zbekiston Respublikasining «Davlat tili haqida»gi Qo-nuni 1989-yil 21-oktabrda qabul qilingan. Shu bois har yili 21-oktabrni til bayrami sifatida nishonlaymiz.

Mustaqillik yillarida ona tilimiz har jihatdan boyidi, rivoj-landi. Ayrim shahar, tuman, qishloq va mahallalarning qadimiy nomlari tiklandi. Ko'cha, tashkilot va muassasalar nomlari o'zbekcha yuritila boshlandi.

Kishining ona tiliga hurmat-e'tibori shu tilda to'g'ri va ravon so'zlashi, chiroyli va savodli yozishida ko'rinadi. In-son o'z ona tilini qanchalik yaxshi bilsa, uning boyliklaridan shunchalik bahramand bo'ladi.

Jamiki ezgu fazilatlar inson qalbiga, avvalo, ona ля allasi, ona tilining betakror jozibasi bilan singadi. Ona tili - bu millatning ruhidir.

Ona tilini chuqur bilgan kishi Vatani tarixini ham yaxshi biladi. Tilga e'tiborli bo'lish, uning sofligini saqlash va xush-muomala bo'lish insonning ziynatidir.

Shu bilan birga, chet tillarini bilish bugungi kun yosh-lari uchun juda zarur. Qadimiy kitob - «Avesto»da shunday jumlalar bor: «Men o'z Vatanini himoya qila oladigan va ko'p tillarni egallagan farzandlarimni sharaflayman».

Ota-bobolarimiz «Til bilgan - el biladi», deb bejiz ay-tishmagan va ko'p til bilgan insonlarni qadrlashgan.

TIL HAQIDA HIKMATLAR

Nodonlardek yuzlab so'zni qilma qator, Donolardek bir so'z degil, lek ma'riodor. Sa'diy Sheroziy

Yaxshi so'z - jon ozig'i, Yomon so'z - bosh qozig'i. Xalq maqoli


Download 115,25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish