TA'lim sifat samaradorligini oshirishda axborot texnologiyalarining o`rni



Download 85,61 Kb.
Sana08.09.2017
Hajmi85,61 Kb.
#19715
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TA’LIMI VAZIRLIGI


Samarqand viloyat xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti



TA'LIM SIFAT SAMARADORLIGINI OSHIRISHDA AXBOROT TEXNOLOGIYALARINING O`RNI
(barcha toifadagi malaka oshirish kurs tinglovchilari uchun)


Uslubiy ko’rsatma

Samarqand-2015

Abdiyev Sh. Ta'lim sifat samaradorligini oshirishda axborot texnologiyalarining o`rni. Uslubiy ko`rsatma. - VXTXQTMOI, Samarqand, 2015 yil. - ___ bet.



Uslubiy ko’rsatma umumta’lim maktablarining o’qituvchilari uchun mo’ljallangan bo’lib, unda ta'lim sifat samaradorligini opshirishda axborot texnologiyalarini, multimedia vositalarini foydalanish bo`yicha ko’nikma va malakalarini shakllantirish bo’yicha nazariy va amaliy bilimlarni o’z ichiga olgan.



Mas’ul muharrir:

S.Yuldasheva VXTXQTMOI Til va adabiyot ta’limi kafedrasi o`qituvchisi

Taqrizchilar:

I.Aminov, SamDU «Axborotlashtrish texnologiyalari» kafedrasi dotsenti

Sh. Hayitmuradov, VXTXQTMOI «Tabiiy va aniq fanlar ta’limi» kafedrasi o’qituvchisi.



Mazkur uslubiy ko`rsatmani Institut Ilmiy kengashining 2015-yil 30 dekabrdagi ____ sonli qaroriga asosan nashrga tavsiya etilgan.

So’z boshi

Hozirgi kunda umumiy o‘rta ta’limning biror o‘quv fanini to‘liq ravishda yoki uning qaysi qismini AKTdan foydalanib o‘tsa qanday samara berishini, yoki AKTni qo‘llashning pedagogik tamoyillarini, uning psixologik xususiyatlarini, uning bilish jarayoniga ta’sir qilish mexanizmi va omillarini, shuningdek yana boshqa ko‘p jihatlarini kompleks tadqiq qilish dolzarb bo‘lib bormoqda.

Bu esa ta’lim tizimida, xususan o’quv jarayonlarini tashkil etish va amalga oshirish, o’quv-uslubiy ta’minotni rivojlantirish, ayniqsa o’quv mashg’ulotlarini o’tish va o’zlashtirish samaradorligini oshirish borasida yangicha mazmun va mohiyat shakllanishiga asos yaratmoqda.

Bunday ulkan vazifani muvaffaqiyatli amalga oshirishda o’qituvchi va talabalarga davlat tilida kerakli o’quv adabiyotlarini yetkazish alohida ahamiyatga ega.

Uslubiy ko’rsatma umumta’lim maktablarida faoliyat ko`rsatayotgan o’qituvchilari uchun mo’ljallangan bo’lib, unda ta’lim tizimida, xususan o’quv jarayonlarini tashkil etish va amalga oshirish, o’quv-uslubiy ta’minotni rivojlantirish, ayniqsa o’quv mashg’ulotlarini o’tish va o’zlashtirish samaradorligini oshirish borasida yangicha mazmun va mohiyat shakllanishiga bilimlarni o’z ichiga olgan.

Ta’lim tizimida multimediali o’quv kurslarini yaratish va foydalanish samaradorligi
Ta’lim sohasidagi barcha islohatlarning asosiy maqsadi ma’naviy jihatdan mukammal rivojlangan insonlarni tarbiyalash, ta’lim tizimini takomillashtirish, dars jarayonlarini yangi pedagogik va axborot texnologiyalari asosida har tomonlama zamon talabiga mos ravishda amalga oshirishdan iboratdir. Shuning uchun ham bugungi kunda ta’lim - tarbiya tizimida kompyuter va axborot texnologiyalarining zamonoviy texnologiyalaridan samarali foydalanishga alohida e’tibor berilmoqda. Bu esa ta’lim jarayonida o’quvchilarga turli fanlardan bilim beruvchi pedagog kadrlarni axborot texnologiyalarining zamonaviy vositalalaridan foydalanishlari uchun, eng avvalo bu sohadagi bilim va malaka darajalarini oshirish, ta’lim tizimini texnik jihatdan ta’minlash, internetdan foydalanish imkoniyatlarini to’la yaratib berish orqaligina samarali natijaga erishish mumkin.

Ta’lim tizimi sifati va samaradorligini oshirishning asosiy usul-laridan biri o’quv jarayonida zamonaviy axborot kommunikasion texnologiyalarni, shu jumladan multimediyali o’quv kurslarini qo’llash, o’qituvchi va o’quvchining interfaol o’zaro aloqalarini ta’minlash, multimediali o’quv kurslari va darsliklarini ishlab chiqishda yuqori malakali kadrlarni jalb etishdan iborat bo’ladi.

Multimedia axborotlarni har xil ko’rinishlarda tasvirlash va dinamik obrazlarini yaratish, uni ko’rish va eshitish organlari orqali qabul qilish va tasavvur etish imkoniyatlarini yaratadi.

Multimedia texnologiyalarida an’anaviy texnologiyalarga qaraganda axborotlar matn ko’rinishda emas, balki tasvir, ovoz va harakatlar ko’rinishida ifodalanilishi o’quvchilarni darslarda faolroq, diqqatliroq intiluvchan va qiziquvchan bo’lishga o’rgatadi, chunki tavsiya qilinadigan har bir axborot ularning ishtiroki va harakati orqali amalga oshiriladi.

Ta’lim tizimida multimedia texnologiyalari nazariy, amaliy, ko’rgazmali, ma’lumotli, trenajyorli va nazorat qismlarini birlashtirish yo’li bilan o’quvchilarga ijobiy va samarali ta’sir etuvchi vosita hisoblanadi. Bundan tashqari ta’lim tizimida multimediali o’quv kurslaridan foydalanish nazariy materiallarning namoyishlarini sifatli video yozuvlari, virtual laboratoriya ishlari va amaliyotlarni, turli jarayonlarning imitasion animasiyali modellarini yaratish imkonini beradi, bu uchun o’quvchilarning o’quv sinflari, kompyuter sinflari, o’qitishning texnik vositalari xonasida, uslubiy xonalarda, kutubxonalarda amaliy shug’ullanishlarini tashkillashtirish lozim bo’ladi.

Ta’lim tizimida foydalaniladigan barcha multimediali o’quv kurslari amaliy tadbiqdan va tajribadan o’tgan bo’lishi bilan birga, o’ziga xos pedagogik-psixologik xususiyatlarga ham ega bo’lishi kerak.

Multimediali o’quv kurslarining pedagogik-psixologik xususiyatlari bilim va ko’nikmalarni shakllantirish uchun foydalaniladigan o’quv materiallarining tasvirlanish hamda ifodalanish formasiga va ko’rinishiga bog’liq bo’ladi. Ular faqatgina misol va masalalar yechish, amaliy va laboratoriya mashg’ulotlarini bajarish jarayonidagina emas, balki butun o’quv jarayonida o’quvchilarni bilim, malaka va ko’nikmalarini shakllantirishga qaratilishi lozim.

Ta’lim tizimida yaratilayotgan multimedia o’quv kurslarining asosiy xususiyatlaridan biri, shu mavzuni o’rganishning ma’lum bir nozik jihatlari bilan aniqlanadi, ular esa o’z navbatida katta sondagi ko’rgazmali materiallarni talab qiladi, chunki ularning ishtirokisiz jonli dunyoning turli tumanligini, uni qurishni zarurligini, biologik, ximik va fizika jarayonlarning hosil bo’lish mexanizmini va rivojlanishini to’liq namoyish qilib bo’lmaydi.

Ta’lim tizimi uchun multimediali o’quv kurslarini yaratishda shu sohaning asosiy didaktik masalalaridan biri – o’qitishni modellashtirish va tasavvurlash obyektlariga ta’sir qilishning umumiy metodlari muhim o’rinlardan birini egallaydi.

Multimedia o’quv kurslari avvalgi tradision o’quv qo’llanmalardan ko’p jihatlari bilan farq qiladi. Shu jumladan, o’quv materiallarini o’quvchilarga tavsiya etish multimediali: grafika, animasiya, video, ovozli va tovushli harakatlar, real voqyea va hodisalarni modellashtirish kabi boshqa ko’plab elementlar orqali amalga oshiriladi, chunki ular natural obyektlar va ko’rgazmali qurollarning kamchiliklarini ma’lum bir miqdorda yoki to’liq qoplash imkonini beradi. Bu esa o’quvchilarni o’rganayot-gan mavzular bo’yicha bilim va malakalarni shakllantirishda va mustahkamlashda muhim ahamiyatga ega bo’ladi. chunki ular natural obyektlar va ko’rgazmali qurollarning kamchiliklarini ma’lum bir miqdorda yoki to’liq qoplash imkonini beradi. Multimedia o’quv kurslarida o’quv materiallarini to’ldiruvchi va uning qabul qilish darajasini oshiruvchi ko’rgazmali vositalari alohida jadvallar, grafik sxemalar , rasmlar va boshqalardan iborat bo’lgan slaydlar, videofilmlar va boshqa shunga o’xshash ko’rgazmali nazariy materiallar orqali tasvirlanilishi mumkin.

Multimedia o’quv kurslarini yaratishda va ulardan foydalanish lokal kompyuter va Internet tarmog’i keng imkoniyatlarni ochib beradi. Multimediali o’quv kurslarini butun dune kompyuter tarmog’iga joylashtirilishi, ulardan o’quv jarayoni foydalanishda to’g’ridan-to’g’ri murojoat qilish, o’quvchilarga axborotlarni topish , izlash va o’rganish faoliyatini shakllantirish va kengaytirish imkoniyatlarini yaratadi.

Xulosa qilib aytganda, multimedia o’quv kurslarini yaratishda eng avvalo turli dasturiy vositalar bilan yaratiladigan interfaol komponentalarga asosiy e’tiborni qaratish lozim.


Barkamol avlodga ta’lim –tarbiya berish jarayonida masofadan o’qitish texnologiyasidan foydalanish asoslari
Bizga ma’lumki, bugungi kunda ta’lim sohasi sifat va samaradorligini oshirishni zamonaviy kompyuter va axborot texnologiyalari vositalarisiz tasavvur  qilish qiyin. Kadrlar tayyorlash milliy dasturida ta’lim jarayonini didaktik va axborot ta’minotining yangi avlodini ishlab chiqish va joriy etish bosqichida ta’lim-tarbiya mazmunini o’zlashtirishning muammolarini yechishga qaratilgan zamonaviy ta’lim-tarbiya texnologiyalarini yaratish dolzarb masala ekanligi ta’kidlangan. Shu jumladan, ta’lim-tarbiya jarayonida fan va ishlab chiqarish bilan integrasiyasi usullarini rivojlantirish, uni amaliyotga joriy etish, nazariy va amaliy mashg’ulotlar hamda mustaqil bilim olish jarayonini individuallashtirish, shu bilan birga masofali ta’lim tizimi texnologiyasini, uning vositalarini ishlab chiqish, o’zlashtirish, yangi pedagogik va axborot texnologiyalari hamda masofali o’qitish texnologiyalari asosida o’quvchilarni o’qitishni jadallashtirish ana shunday dolzarb vazifalar sirasiga kiradi.

Bu vazifalar o’z navbatida Prezident farmon va qarorlari, vazirlik va mutassaddi tashkilotlar qaror va buyruqlarida o’z aksini topmoqda. «Barkamol avlod yili” davlat dasturida ham “ ta’lim sohasida zamonaviy axborot va kompyuter texnologiyalari, internet tizimi, raqamli va keng formatli telekommunikasiyalarning zamonaviy usullarini o’zlashtirish” masalasi dolzarb vazifalar qatorida belgilanadi.

Shu maqsaddan kelib chiqib, barkamol avlodni shakllantirishda masofaviy o’qitish texnologiyalari asosida masofaviy ta’limni tashkil etish, ushbu vazifalarni amaliyotga tatbiq etilishining ijobiy natijasi sifatida e’tirof etish o’rinlidir.

   Internet texnologiyalar asosidagi masofaviy ta’lim, bu ta’limning zamonaviy universal shakli bo’lib, u o’quvchilarning individual so’rov-lariga shaxsiy ehtiyojlariga va ularning qiziqishlariga mo’ljallangan.

O’quv jarayonida axborot texnologiyalari asosida masofadan o’qitish tizimini tashkil etishni an’anaviy o’qitish tizimi bilan uyg’unlashgan holda samarali amalga oshirilishi quyidagi bir nechta omillarga bog’liq bo’ladi:


  • ta’lim muassasalarida zamonaviy axborot va kompyuter texnologiyalari bazasining mavjudligi va yetarliligi;

  • Internet tarmog’ida ishlashning uzluksizligi;

  • masofadan bilim olayotgan o’quvchilarning bilim olish ishtiyoqi, qiziqishi va o’zlashtirish darajasining yuqoriligi;

  • masofadan o’qitish tizimiga bilimli, malakali va tajribali mutaxassis va o’qituvchilarning jalb etilishi;

  • masofadan o’qitish tizimining kerakli va sifatli o’quv materiallari,

elektron darsliklar va o’quv kurslari bilan ta’minlanganligi va ularning yetarliligi;

  • masofadan o’qitish tizimida barcha mashg’ulotlarni tizimli tarzda olib borilishi.

O’quvchilarga ta’lim-tarbiya berish jarayonida masofadan o’qitish vositalariga an’anaviy o’qitish vositalardan tashqari quyidagilar ham kiradi:

  • elektron o’quv nashrlar;

  • kompyuter o’qitish tizimlari;

  • audio-vidio o’quv materiallari;

  • turli adabiyot va axborotlar manbalari tomonidan tavsiya etilgan o’quv-nazorat testlari;

  • kutubxona ma’lumotlar ba’zasi bilan aloqa;

  • virtual materiallar va laboratoriyalar;

  • o’quvchilar bilimlarini baholash mezonlari va materiallari.

Ta’lim tizimida axborot texnologiyalari asosida masofadan o’qitishning samaradorligini oshirish ko’p jihatdan yaratilayotgan va qo’llanilayotgan pedagogik dasturiy vositalar – o’quv dastur, elektron o’quv qo’llanma, avtomatlashtirilgan o’qitish kurslari va hokozalarning maqsadi, tarkibiy qismi, mazmuni va o’qitish sifatiga bog’liq bo’ladi.

O’quvchilar mustaqil bilim olishida, o’tilgan mavzularni takrorlashda, hamda olgan bilimlari asosida nazoratlar topshirishda o’rgatuvchi, axborot – ma’lumotli, nazorat qilish dasturlari axborot texnologiyalari asosida masofadan o’qitish samaradorligini oshirishda muhim ahamiyatga ega bo’ladi.

Ta’lim-tarbiya tizimida ana shu funksiyalarning hammasi o’zida mujassamlashtirgan elektron o’quv darsliklarini yaratish va undan foydalanish masofadan o’qitish tizimining eng dolzarb masalalaridan biri bo’lib hisoblanadi.

Masofadan o’qitish tizimida o’quv ma’lumotlarini olish va uzatish usullariga ko’ra masofaviy taxnologiya 2 xil bo’ladi: keysli va tarmoqli.

Keys uslubi va texnologiyasi ta’lim jarayonida amaliy mashg’ulotlar sifatini oshirishning ilg’or vositasidir. Keys ta’lim maqsadini amalga oshirish, amaliy muammoli vaziyatlarni taxlil etish va o’quv natijalariga kafolatli yetishishning optmial usul va vositalari majmuasidan iborat bo’lgan ta’lim texnologiyasidir.

Keys texnologiyasida o’quvchilarga o’quv va o’quv-amaliy materiallar «Keys» yoki portfel ko’rinishida beriladi. Bu materiallar kompakt-disk yoki boshqa axborot tashish vositalarida joylashgan bo’ladi.

O’quvchilarda unda berilgan nazariy ma’lumotlarni mustaqil o’rganish bilan birga, amaliy masalalar yechimiga nisbatan o’zlarining fikr mulohozalarini bildiradilar.

Masofadan o’qitishning tarmoq texnologiyasida o’quv dargohi va o’quvchi orasida ma’lumotlar almashinuvchi telekommunikasiyadan foydalanish bilan, ya’ni lokal yoki internet tarmog’ida ishlash orqali amalga oshiriladi.

Tarmoq texnologiyasidan foydalanish orqali virtual o’qitish formasiga o’tish asoslari va texnologiyalari yaratiladi.

Masofaviy  o’qitish  an’anaviy  o’qitish  shakllaridan  quyidagi  harakterli  xususiyatlar  bilan  ajralib  turadi: moslanuvchanligi, ya’ni chegaralanmagan ixtiyoriy vaqtda, ixtiyoriy  joyda  va  sur’atda  foydalanish  imkoniyati; modulliligi, ya’ni extiyojiga qarab ixtiyoriy fanni o’rganishi; parallellik, ya’ni asosiy o’qishidan ajralmagan holda ta’lim  olish; qamrab  olish, ya’ni bir  vaqtning  o’zida  o’quv  axboratlarining  bir  qancha  manbalariga murojaat  qilish va o’qituvchilar  bilan  muloqotda  bo’lish; iqtisodiyligi, ya’ni, o’quv xonalari va texnika  vositalaridan  samarali  bepul foydalanish; texnologiyaliligi, ya’ni ta’lim  jarayonida  axborot  va  telekommunikasiya  texnologiyalarining  erishgan  yangi  yutuqlaridan  foydalanish  o’quvchilarni  jahon  axborotlar  olamiga  kirib  berishini  ta’minlaydi.

 Masofaviy o’qitish barcha o’quvchilarga o’zlarining individual xususiyatlariga muvofiq bilim darajalarini oshirish imkoniyatini beradi. O’qitishning bunday usulida o’quvchi aniq bir vaqtlarda mustaqil tarzda interfaol tarzda o’quv – uslubiy materiallarni o’zlashtiradi, test sinovlaridan o’tadi, o’qituvchi rahbarligida nazorat ishlarini bajaradi va «virtual» o’quv guruhidagi boshqa shquchilar bilan o’zaro aloqa qiladi. Ma’lumotlarni matn ko’rinishda yetkazish asosidagi o’qitishning an’anaviy vositasi o’quvchilarni yangi o’quv materiali bilan tanishtirish uchun qo’llaniladi, interfaol audio va video konferensiyalar esa real vaqt rejimida o’zaro muloqot qilishni ta’minlaydi, kompyuterli anjuman va elektron pochta esa axborotlarni uzatish, o’quvchilar bilan o’zaro aloqa qilish va bir guruhda o’qiydigan o’quvchilarni o’zaro aloqalarini ta’minlash uchun qo’llaniladi. Oldindan yozib olingan video materiallar o’quvchilarga o’quv materiali mazmunini vizual tarzda yetkazish imkonini beradi.

Matematika fanlarini o’qitishda zamonaviy axborot texnologiyalari vositalaridan foydalanish
Bugungi kunda kompyuter texnologiyalari ta’lim tizimiga innova-sion texnologiyalarning zamonaviy metodlarini, usullarini va dasturiy vositalarini tatbiq etish bo’yicha yanada kengroq imkoniyatlarni yaratib berdi. Uzluksiz ta’lim tizimida bu imkoniyatlardan samarali foydalanish o’quvchilarga ta’lim va tarbiya berishning murakkab vazifalarini hal etish o’qituvchilarning bilimi, malakasi, kasbiy mahorati, iqtidori, iste’dodi va madaniyatiga hamda dars jarayonida yangi pedagogik va axborot texnologiya-laridan foydalana olish faolligiga bog’liqdir.

Shuning uchun ham bugungi kunda respublikamizda yangi zamonaviy ta’lim texnologiyalari tizimi yaratilib, uning asosiy vazifasi ta’lim tizimidagi ta’lim mazmuni uzluksizligi va uzviyligini ta’minlash, fanlarni o’qitish uslubiyatini takomillashtirish, o’quv jarayoniga yangi pedagogik va axborot texnologiyalarini joriy etishdan iborat bo’ladi.

Bugungi kunda barcha ta’lim muassasalarida ta’lim olayotgan barcha o’quvchilar kompyuter va axborot texnologiyalarini mukammal o’rgangan, o’zlashtirgan va amaliyotga tatbiq eta oladigan bo’lishi dolzarb masalalar-dan biriga aylanmoqda. Ayniqsa, dars jarayonida fanlarni bir-biri bilan bog’lab o’tish, o’tilgan mavzuni osonroq tushunishga va ularni o’zlashtirishga olib keladi.

Fan sohasining har qanday yangiligi, loyihasi va ishlab chiqarish tarmog’i murakkab matematik hisoblashlarsiz amalga oshirilmaydi. Bunday hisoblashlarni yengillashtirish maqsadida ko’plab zamonaviy va universal integrallashgan tizimlar, ya’ni amaliy dasturlar paketi yaratilmoqda. Amaliy dasturlar paketi amaliy va tizimli dasturlar bilan birgalikda foydalanish orqali kompyuterlarning amaliy darajasini oshirishga qaratilgan dasturiy ishlanmalarning keng doirasini o’z ichiga oladi.

Ana shunday zamonaviy dasturlar majmuasidan foydalanish ko’nikmalarini shakllantirish uchun matematika darslarini tashkil etishda ular bilan ko’proq muloqot qilish kerak bo’ladi. Matematika darslarini axborot texnologiyalari yordamida tashkil etish etish, bir tomondan dars sifati va samaradorligini oshirsa, ikkinchi tomondan o’quvchilarda shu vositalarni chuqur o’rganish bilim va ko’nikmalarini hosil qiladi.

Bizga ma’lumki, matematika fani ta’lim tizimida o’quvchilarning bilim doirasi, dunyokarashini, tasavvurlash qobiliyatini shakllantirishda alohida o’rin tutadi. Chunki matematika fani boshqa ko’plab predmetlarni o’rganishda, yangi texnika va texnologiyalarni, axborot vositalarini o’zlash-tirishda keng qo’llaniladi.

Hozirgi vaqtda matematika darslarida kompyuter va axborot texno-logiyalari vositalaridan keng qo’llanilmoqda. Kompyuter va axborot texnologiyalari vositalari o’quv materiallarini yaxshi o’zlashtirish va egallashga, ular mazmunini uzok vaqt esda saqlab qolishga, bilimlarni mustahkamlashga imkon beradi, o’quvchilarning predmetga bo’lgan qiziki-shini yanada orttiradi.

Matematika fanlarini o’qitishda zamonaviy axborot texnologiyalari vositalaridan foydalanish keng tarqalganlardan asosiylari MS Excel das-turi hamda Maple matematik paketi hisoblanib, ular o’zining keng imkoni-yatliligi va foydalanishning oddiyligi bilan boshqa vositalardan farq qiladi.

Excel dasturi matematika darslarida oddiy hisoblashlardan tartib murakkab hisoblashlarni bajarish, oddiy ifodalarni qiymatlarini hisob-lash, tarmoqlanuvchi va takrorlanuvchi jarayonlarga doir masalalarni yechish, funksiyalarning qiymatlar jadvali va grafigini hosil qilish, tenglama va tenglamalar sistemasini sonli va grafik usullarda yechish, tekisliklar va fazoviy sirtlarni hosil qilish kabi ko’plab imkoniyatlarni yaratadi.

Umumta’lim maktablarida matematika fanlarini o’qitishda Excel das-turidan foydalanish bir tomondan fanlararo integrasiyani amalga oshirsa

boshqa tomondan mavzularni o’zlashtirishda o’quvchilarning bilim darajasini, faolligini va ularni darsga bo’lgan qiziqishini hamda darsning ko’rgazmaligini oshiradi.

Maple muhitida matematik formula va ifodalarni analitik almash-tirishlarni o’tkazish uchun keng imkoniyatlar mavjud. Bu imkoniyatlarga ifodalarni soddalashtirish, qisqartirish, ko’paytuvchilarga ajratish, qavslarni ochish, rasional kasrlarni normal ko’rinishga keltirish va hokazo shunga o’xshash ko’plab ayniy almashtirishga doir amallarni keltirish mumkin. Maple muhitining ushbu imkoniyatlaridan umumta’lim maktablarining matematika darslarida ifodalarni ayniy almashtirishga doir mavzularni o’tishda kengroq foydalanish mumkin. Bu esa o’quvchilarni matematika darslarida ifodalarni soddalashtirish va qisqartirishga oid bilim va malakalarini shakllantirishda muhim omil bo’lib xizmat qiladi.

Maple muxitining mavjud imkoniyatlaridan foydalanish o’quvchilar, qolaversa, barcha foydalanuvchilarning amaliy masalalarni yechish ko’nikma-larini shakllanishtirish samaradorligini oshiradi, hamda matematika darslarini tashkil qilish va yangi mavzularni bayon qilishda matematik va texnik ta’limning fundamentalligini oshirishni ta’minlaydi. O’quvchi-larning nazariy bilimlarini amaliyotga qo’llash bilim, malaka va ko’nikmalarini oshiradi.

Matematika fanini o’rganish jarayonida zamonaviy kompyuter va axborot texnologiyalari vositalari bilan bevosita muloqot qilishda o’quv-chilar kompyuter texnologiyalarining amaliy masalalarni yechish vositasi ekanligini ko’radi, anglab yetadi va kelgusida o’zining amaliy faoliyatida undan foydalanish imkoniga ega bo’ladilar. Shu bilan birga o’quvchilarda yangi axborot texnologiyalari va ularning dasturiy vositalariga bo’lgan qiziqishi ancha sezilarli darajada ijobiy o’zgaradi. Bu esa o’z navbatida o’quvchilarning nafaqat matematika bo’yicha, balki kompyuter va axborot texnologiyalari bo’yicha ham yetarlicha chuqur bilimga ega bo’lishlariga imkon yaratadi..




Ta’lim jarayonini tashkil etishda multimedia kurslaridan foydalanish asoslari

Hozirgi ta’lim tizimini axborotlashtirish davrida hosil bo’ladigan va qayta ishlanayotgan axborotlar hajmi kun sayin ortib, zamonaviy kompyuter va telekommunakasion texnologiyalari vositalari tez sur’atlar bilan mukammalashib va takomillashib borayotgan sharoitda ta’lim tizimini kerakli axborot manbalari bilan ta’minlash, ularni to’plash, saqlash va qayta ishlash usullari bo’yicha kerakli bilim va malakalarini shakllantirish muhim vazifalardan biri hisoblanadi. Shu bilan birga axborot texnologiyalarining zamonaviy vositalari ta’lim jarayonining barcha imkoniyatlari va tashkillashtirish usullarini butunlay o’zgartirib yuborish bilan birga, yangi pedagogik texnologiyalarining zamonaviy metodlarini, usullarini va dasturiy vositalarini tatbiq etish bo’yicha yanada kengroq imkoniyatlarni yaratib bermokda.

Bugungi kunda o’quv jarayonining barcha jabhalarida zamonaviy elektron axborot resurslarining, ko’plab axborot va kommunikasion texnologiya-larining, shu jumladan dasturiy jihozlash vositalarining keng imkoniyatlaridan foydalanish maqsadga muvofiqdir.

Dasturiy jihozlash vositalari – amaliy dasturiy jihozlar bo’lib, ular ta’lim tizimining barcha sohalarida dasturiy tizimlarni yaratish, tayyorlash, tashkiliy materiallarni va ma’lumotlarni jamlash, grafik yoki animasiyalarni qo’shish va namoyish uchun mo’ljallangan. Bunday vositalar yordamida o’quv jarayonini tashkil etish uchun multimedia kurslarini yaratish ko’proq samara beradi.

Multimedia kurslari asosida o’quv jarayonini tashkil etishda mash-g’ulot o’tishning turli uslublari va texnologiyalaridan foydalanish lozim bo’ladi. Buning uchun talabalarning o’quv auditoriyalarida, kompyuter sinf-larida, o’qitishning texnik vositalari xonasida, uslubiy kabinetda amaliy

shug’ullanishlarini tashkil etish lozim.

Bundan tashkari barcha multimedia o’quv kurslari amaliy tadbiqdan va tajribadan o’tgan bo’lishi bilan birga, o’ziga xos xususiyatlarga ham ega bo’lish bilan birga, ularning xususiyatlari bilim va ko’nikmalarni shakllantirish uchun foydalaniladigan o’quv materiallarining tasvirlanish formasiga va ko’rinishiga bog’liq bo’lishi kerak. Ular faqatgina misol va masalalar yechish, amaliy va laboratoriya mashg’ulotlarini bajarish jarayonidagina emas, balki butun o’quv jarayonida talabalarni professional bilim, malaka va ko’nikmalarini shakllantirishga qaratilishi lozim. Bu esa interfaol ma’ruzaviy multimedia kurslarini va namoyish materiallarini to’ldiruvchi, tradision usulda chop etishga asoslangan elektron o’quv qo’llanmalari yaratish lozimligini ko’rsatadi.

Interfaol multimediali kurslar turli xil axborotlarni – matn, statik va dinamik grafika, video va audio yozuvlarni integrasiyalash imkonini beradi . Ulardan foydalanish ma’ruzaviy namoyishlarning sifatli video yozuvlarini, kompyuterli laboratoriya ishlari va amaliyotlarni, hodisa va jarayonlarning imitasion animasiyali modellarini yaratish imkonini beradi, bu esa ro’y berayotgan jarayonlarni ta’sirchanligini va haqqoniyligini ko’rsata oladi xamda talabani o’quv jarayonida faolroq va diqqatliroq bo’lishga o’rgatadi.

Multimedia kurslarini yaratishda shu sohaning asosiy didaktik masalalaridan biri – o’qitishni modellashtirish va tasavvurlash obyektlariga ta’sir qilishning umumiy metodlari muhim o’rinlardan birini egallaydi.

Kompyuter yordamida modellashtirish turli jarayonlar va obyektlarni asosiy xossalarini tekshirish va namoyish qilish, u yoki bu nazariy ma’lumotlarni qo’llanilish holatini va chegarasini aniqlash imkonini beradi.

Multimedia o’quv kurslarining asosiy xususiyatlaridan biri, shu fanni o’rganishning ma’lum bir nozik jihatlari bilan aniqlanadi, ular esa o’z navbatida katta sondagi ko’rgazmali materiallarni talab qiladi, chunki ularning ishtirokisiz jonli dunyoning turli tumanligini, uni qurishni zarurligini, biologik, ximik va fizika jarayonlarning hosil bo’lish mexanizmini va rivojlanishini to’liq namoyish qilib bo’lmaydi.

Multimedia o’quv kurslarida o’quv materiallarini to’ldiruvchi va uning qabul qilish darajasini oshiruvchi ko’rgazmali vositalari alohida ko’rgazmali jadvallar, grafik sxemalar , rasmlar va boshqalardan iborat bo’lgan slaydlar, videofilmlar va boshqa shunga o’xshash ko’rgazmali nazariy materiallar orqali tasvirlanilishi mumkin.

Multimediali o’quv kurslari asosida o’qitishda video-ma’ruzalar, animasion modellar, kompyuterli laboratoriya amaliyotlaridan foydalanish o’z samarasini beradi, chunki ular natural obyektlar va ko’rgazmali qurollarning kamchiliklarini ma’lum bir miqdorda yoki to’liq qoplash imkonini beradi.

Kompyuter texnologiyalari va multimedia o’quv kurslari asosida o’qitishning asosiy o’quv-uslubiy va dasturiy ta’minoti - gipermatn, video va audio-ilovalar, animasiyalar, katta sondagi namoyish materiallaridan foydalaniladigan multimediali o’quv qo’llanmalari hisoblanadi. Shuning uchun ularni yaratishda psixologik va pedagogik prinsiplarga asoslanish kerak bo’ladi.

Multimedia kurslarini yaratishda va ulardan foydalanish lokal kompyuter va Internet tarmog’i keng imkoniyatlarni ochib beradi. Multimediali o’quv kurslarini butun dune kompyuter tarmog’iga joylashtirilishi, ulardan o’quv jarayoni foydalanishda to’g’ridan-to’g’ri murojoat qilish imkonini beradi, bu esa o’quvchilarga informasiyalarni topish , izlash va o’rganish faoliyatini shakllantirish va kengaytirish imkoniyatlarini yaratadi.

Multimediya texnologiyalarining texnik jihozlarining imkoniyat-lari va rivojlanishlari natijasida o’quv jarayonining barcha sohalarida qo’llanilishi va o’z samarasini berishi mumkin .

Multimedia vositalaridan ta’lim sohasida foydalanish va ular yordamida o’qitish tajribalari multimediya texnololgiyalarini ta’lim sohasining turli xil pedagogik faoliyatlarda qo’llanilishining asosiy jihatlarini ajratib berdi.

Matematika darslarini tashkil etishda Maple muhitidan foydalanish
Bugungi kunda matematik paketlarning o’quv jarayonidagi o’rni va roli ancha sezilarli va samaraliroqdir. O’quvchilarda matematik paketlardan foydalanish ko’nikmalari va malakalarini shakllantirish orqali informatika fanining boshqa fanlar bilan o’zaro aloqadorligini, ya’ni integrasiya darajasini oshirish asosiy maqsadlardan biridir.

«Maple» eng ko’p tarqalgan va qo’llaniladigan keng imkoniyatli va samarali integrallashgan tizim bo’lib, u barcha foydalanuvchilar uchun ham sonli ham analitik hisoblashlarni amalga oshirish imkoniyatiga ega zamonaviy va universal matematik paket hisoblanadi. Maple tizimi foydalanish uchun ancha qulay bo’lib, undan foydalanuvchi dastur varag’i bilan xuddi qog’oz varag’i singari ishlaydi. Unga sonlarni, formulalarni, matematik ifodalarni va boshqa ma’lumotlarni bemalol yoza oladi.

Umumta’lim maktablarida matematika fanlarini o’qitishda zamona-viy kompyuter texnologiyalaridan foydalanish bir tomondan fanlararo integrasiyani amalga oshirsa, boshqa tomondan mavzularni o’zlashtirishda o’quvchilarning bilim darajasini oshiradi. Ana shuni hisobga olgan holda Maple muhitidan foydalangan holda ifodalar va ularni qiymatini hisob-lash jarayonini o’rganish mumkin.

Oddiy ifodalarni hisoblash

Maple muhitida oddiy ifodalar sonlar , arifmetik va mantiqiy amal belgilaridan iborat bo’ladi. Maple muhitida ham ifodalar xuddi dasturlash ( Paskal, Beysik) tillari kabi ostki hamda ustki indekslarsiz bitta satrga yoziladi. Masalan: ifoda quyidagicha yoziladi:



(56.6 +6.3*3.2) / (2.3^3 +2^4)

Har qanday sonli ifodani qiymatini chiqarish uchun, klaviatura orqa-li standart matematik yozuvdan foydalanib kerakli ifoda teriladi va oxi-

riga (;) belgisi qo’yilib enter tugmachasi bosiladi.

Rasional sonlarni aniq ko’rinishda emas, balki taqribiy qiymatini hosil qilish uchun butun sonlarni haqiqiy sonlar ko’rinishida yozish kerak bo’ladi. Masalan: 1) Quyidagini bajaring : > 75/4;



Endi shu ifodada 4 sonini haqiqiy son, ya’ni 4.0 ko’rinishida yozamiz. Natijani kuzating. > 75/4.;



2) ni hisoblang: > 345-34/678;



Bu yerda endi 34 sonini haqiqiy son , ya’ni 34.0 ko’rinishida yozamiz.

> 345-34./678;

Demak, amal bajarilish jarayonida sonlardan hyech bo’lmasa bittasi haqiqiy son ko’rinishida ifodalanishi kerak bo’ladi.

Bunday kasrlarning sonli qiymatlarini hosil qilish uchun evalf (ifoda) yoki evalf(%) buyruqlaridan foydalanish mumkin. Bu yerda % shu

satrdan oldingi satrdagi qiymatga ishora qilashni bildiradi.

3) ():31 ni hisoblang.

> ((45*63+10)-(44*84+25))/31;



> evalf(%);





4) ni hisoblang.

> evalf(((2*3+1)-(1*9+1))/4);





O’quvchilarning oddiy ifodalarni hisoblashga doir bilimini mustah-kash uchun bunday misollardan ko’plab keltirish mumkin.

Endi Maple muhiti yordamida arifmetik ifodalarni, ya’ni o’zgaruv-chilar ishtirok etgan ifodalarni hisoblash jarayonini ko’rib chiqamiz



Arifmetik ifodalarni hisoblash

Maple muhitida arifmetik ifodalarni yozish va ularni qiymatlarini hisoblash ham mumkin. Arifmetik ifodalarni belgilash va ularni qiyma-tini berish uchun o’zgaruvchilardan foydalaniladi. O’zgaruvchilardan foydalanish uchun ularga nom beriladi. O’zgaruvchilar nomi harflar, belgilar va raqamlar ketma-ketligidan iborat bo’lib, har doim harflardan boshlanishi lozim. Nom 524275 ta belgidan oshib ketmasligi kerak. Masalan: ab, tenglama, ifoda, xmin, ymax va boshqalar.

Masalan: a) y = a2 +bx +dc ifodani yozing : > y:= a^2+b*x+d*c;





b) a=2; b=4; c=5;x=6; d=7 qiymatlarda shu ifodaning qiymatini hi-

soblan: > a:=2: b:=4 : c:=5:x:=6: d:=8: y:= a^2+b*x+d*c;

Hisoblash jarayonida foydalanilgan o’zgaruvchilar qiymatlarini bekor qilish uchun restart: buyrug’i ishlatiladi



1-misol . Quyidagi ifodaning qiymatini x=4 va y=9 da hisoblang:



O’zgaruvchilarning berilgan qiymatlarida arifmetik ifodalarning

hisoblash uchun o’zruvchilarning qiymatlari := beriladi va ular : orqali bir-biridan ajratilib yoziladi. So’ngra ifoda yozilib ; belgisidan keyin enter tugmachasi bosiladi.

> x:=4:y:=9:d:= sqrt(sqrt(x+y)+2*x^3);



Chiqarish satrida oldingi qiymatni hosil qilish uchun % va sonli qiymatni hosil qilish uchun evalf(%) buyrug’ini ishlatamiz:

> evalf(%);



2-misol. Berilgan radius bo’yicha aylana uzunligi L=2 π R va doira yuzasi S = π R2 ni hisoblang.

Buning uchun eng avval aylana uzunlgi va doira yuzasini hisoblash formulalarini hosil qilib olamiz: > l:=2*Pi*r;s:=Pi*r^2;







So’ngra (: =) orqali r radiusga turli qiymatlar berib aylana uzunligi va doira yuzasini hisoblaymiz. Buning uchun radiusning qiymatidan keyin uzunlik va yuza o’zgaruvchilarini (;) orqali yozib enter tugmachasini bosamiz:

> r:=5:l;s;







Buni boshqacha ham yozish mumkin: > r:=5:l:=evalf(l);s:=evalf(s);



Matematika darslarida ifodalar qiymatini hisoblash asoslarini o’rganishda Maple muhitidan foydalanish dars jarayonida matematik va texnik ta’limning fundamentalligini oshirishni ta’minlaydi. O’quvchi-larning nazariy bilimlarini amaliyotga qo’llash bilim, malaka va ko’nikma-larini oshiradi.

Matematika fanini o’rganish jarayonida Maple dasturiy vositasi bilan bevosita muloqot qilishda o’quvchilar kompyuter texnologiyalarining professional masalalarni yechish vositasi ekanligini ko’radi, anglab yetadi va kelgusida o’zining amaliy faoliyatida undan foydalanish imkoniga ega bo’ladilar.

Shu bilan birga o’quvchilarda yangi axborot texnologiyalari va ularning dasturiy vositalariga bo’lgan qiziqishi ancha sezilarli darajada ijobiy o’zgaradi. Bu esa o’z navbatida o’quvchilarning nafaqat matematika bo’yicha balki informatika bo’yicha ham yetarlicha chuqur bilimga ega bo’lishlariga imkon yaratadi.



Maktabgacha ta’lim tizimida axborot texnologiyalaridan foydalanish samaradorligi

Hozirgi kunda maktabgacha ta’lim tizimining mazmuni va sifati bizning jamiyatimizning dolzarb masalalari va ustuvor yo’nalishlaridan biri bo’lib hisoblanmoqda va uni rivojlantirish hamda samaradorligini oshirish usullari va tadbirlari izlanmoqda, shu bilan birga maktabgacha ta’lim-tarbiya jarayonida yangi axborot kommunikasion texnologiyalarini joriy etish masalasi ommalashtirilmoqda. Ayni paytda Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida respublikamizda ta’lim tizimini tubdan isloh etish jarayonida ta’lim muassasalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash va undan samarali foydalanishni ta’minlash, ta’limga yangi axborot texnologiyalarini keng joriy etish, o’quv muassasalaridagi axborot-resurs markazlari faoliyatini zamonaviy talab va mezonlar asosida tashkil etish yuzasidan keng qamrovli ishlar amalga oshirilayotir.

Shuning uchun ham taraqqiyotimizning asosiy tarmoqlaridan biri bo’lgan maktabgacha ta’lim jarayonini jadal rivojlantirish va takomillashtirish jarayonida axborot kommunikasion texnologiyalarining o’rni va samaradorligi beqiyosdir.

Maktabgacha ta’lim muassasalarida ta’lim berishda axborot texnolo-giyalaridan foydalanish ancha nozik masala hisoblanib, ko’plab munozara va turli xil fikrlarni kelib chiqishiga sabab bo’lishiga qaramay, maktabgacha yoshdagi bolalarni tarbiyalash va ularni har tomonlama yetuk inson bo’lib rivojlanishida, mashg’ulot jarayonida tarbiyalanuvchilarning badiiy-musiqiy faoliyatini, matnlarni o’qish, rasmlarni ko’rish va ajrata bilish tasavvurlarini kengaytirish, kompyuterli o’yin dasturlari orqali fikrlash va mustaqil qarorlar qabul qilish bilim, malaka va ko’nikmalarini shakllantirishda axborot kommunikasion texnologiyalari vositalaridan foydalanish o’zining ijobiy samarasini bermoqda.

Maktabgacha yoshdagi bolalarning rivojlanishi uchun mo’ljallangan

barcha kompyuterli o’yin dasturlarining hammasi ham ta’lim jarayonida o’z samarasini beravermaydi. Shuning uchun ham kompyuter o’yinlarini tanlash va ulardan foydalanish uchun jiddiy yondoshuv va e’tibor kerak bo’ladi. Kompyuterli o’yin dasturlari shunday yaratilgan bo’lishi kerakki, unda bajariladigan har bir harakat bolalar tomonidan to’g’ri qabul qilinishi, bajarilishi va tasavvur etilishi lozim. O’yin dasturidagi har bir harakatni bola tushuna olish, uni qanday bajarish kerakligini o’ylash va amalga oshirish imkoniyatiga ega bo’lishi lozim.

Bundan tashqari maktabgacha ta’lim muassasalarida tarbiyalanuv-chilarni axborot texnologiyalari bo’yicha boshlang’ich savodxonligini ham oshirish mumkin, ya’ni kompyuterning umumiy tuzilishi, asosiy qurilmalari to’g’risida umumiy tushunchalarni, klaviaturadan foydalana olish malakalarini hosil qilish mumkin. Bu bolalarni kompyuter o’yinlaridan foydalana olish bilim va ko’nikmalarini shakllanishida asosiy omil bo’lib hisoblanadi.

Maktabgacha ta’lim muassasalarida kompyuterli o’yin dasturlaridan foydalanish bolalarda bir qancha pedagogik-psixologik funksiyalarni amalga oshiradi va shakllantiradi:



  • charchoq va quvvatsizlikni yo’qotadi; 

  • o’z qobiliyati va iqtidorini namoyish qilish ikonini beradi;

  • mustaqil harakat qilish imkonini beradi;

  • hamkorlik qilish usullarini ishlab chiqish imkonini beradi;

  • muloqot qilish ko’rinishlarini shakllantiradi;

  • insonlar bilan qanday munosabatda bo’lishni o’rgatadi;

  • o’z-o’zini nazorat qilishni shakllantiradi;

  • obrazli tasvvurlash va fikrlash rivojlanadt;

  • nutq, kreativ fikrlash va kognitiv qobiliyatlari rivojlanadi.

Bugungi kunda respublikamizda maktabgacha ta’lim tizimini kompyuter, multimediali elektron qo’llanmalar, internet, elektron ma’lumotlar bazasi va shu kabi yangi axborot texnologiyalari asosida tashkil etish hamda mashg’ulot va boshqarish jarayonida ulardan keng foydalanishga oid bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.

Maktabgacha ta’lim tizimida zamonaviy axborot kommunikasion texnologiyalari vositalari asosida tashkil etiladigan mashg’ulotlar quyidagi talablarga javob bera olishi lozim:



  1. mashg’ulotda pedagogik va axborot texnologiyalar yordamida barcha didak-tik tamoyil va qoidalarning optimal nisbatlarini ta’minlash;

  2. axborot texnologiyalar asosida tarbiyalanuvchilarning qiziqishlari, layoqati va talablarini hisobga olish asosida ular tomonidan bilim-larning puxta o’zlashtirilishi uchun kerakli  imkoniyatlarni yaratish;

  3. axborot kommunikasion texnologiyalari vositalari bolani har tomon-lama rivojlanishini motivasiyalash va faollashtirish;

  4. axborot kommunikasion texnologiyalari vositalari asosida ta’lim-tarbiya jarayonining barcha bosqichlari mantiqiyligi va emosionalligini oshirish;

Axborot kommunikasion texnologiyalaridan foydalanish orqali maktabgacha ta’lim tizimining samaradorligi quyidagi ikki asosiy omil bilan aniqlanadi:

  1. tatbiq etilayotgan axborot-kommunikasion texnologiyalari vositalari-ning sifati;

  2. axborot texnologiyalari vositalarining tarkibiy qismi hisoblangan zamonaviy dasturiy vositalari (multimediali elektron qo’llanmalar, internet, elektron ma’lumotlar bazasi, kompyuter o’yin) ning sifati.

Axborot-kommunikasion texnologiyalari asosida maktabgacha ta’lim tizimi samaradorligini oshirish uchun elektron ta’lim resurslarini ishlab chiqish, takomillashtirish va ta’lim jarayoniga joriy etish maqsadida kompyuterli nashrlar, virtual laboratoriya, ijodiy ishlanmalar, virtual sayohatlar va multimediali dasturlari yaratilmoqdaki, ular multimediali va internet o’qitish texnologiyalaridan foydalanish imkonini beradi.


Foydalanilgan adabiyotlar va elektron manbalar




1. Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat-yengilmas kuch.-T.: «Ma’naviyat», 2008 y.

2. UO‘T Davlat ta’lim stanlartlari: IHTA asoslari fani bo‘yicha o‘kuv dasturi. -Toshkent, 2006 y.

3. G‘ulomov S. Axborot tizimlari va texnologiyalari -T.: «Shark», 2000 y.

4. Maraximov A.R.. Raxmankulova SI. Internet va undan foydalanish,- Toshkent,


2001 y.

5. Oripov M., Haydarov A. Informatika asoslari.-T.: «O‘qituvchi», 2002 y.

6. Abdukodirov A., Xaitov A., Rashidov R. Axborot texnologiyalari.- T.:
«O‘qituvchi», 2002 y.

7. Murtazin E.V. Internet.Uchebnik - Moskva, 2002 g.

8. Qodirov T., Ernazarov A. Kompioterda ishlashni o‘rganamiz. Metodik kullanma. -A.Avloniy nomndagi XTXQTMOMI, 2006 y.

9. Nazirov Sh.A., Qobulov R.V. va boshkalar Kompyuter va ofis jihozlaridan foydalanish.-Toshkent, 2007 y.

10. Nazirov Sh.A , Kobulov R.V. Obektga muljallangan dasturlash.-Toshkent, 2007yil.

11. Maraximov A.R., Raxmonkulova SI. Internet va undan foydalanish asoslari -Toshkent, 2001 yil.

12. Nishonboyev T.N Windows, Word va Internet tizimlarida ishlash. (O‘quv qo‘llanma).- Toshkent, 2002 yil.

13. Eshkobulov S. Internet-axborot qidiruvi (O‘quv qo‘llanma).- Toshkent, 2006 yil.

14. Usmanov A.I. Zamonaviy axborot texnologiyalari,- T.: "Akademiya", 2007 yil-154 bet.

15. http://www.yahoo.com -eng ommabop qidiruv sistemasi;



16. http://www.ramler.ru /-Rossiyaning eng katga qidiruv sistemasi. 10500 dan ortiq Rossiya serverlarida qidiruv olib boradi;

  1. http://www.yanbex.ru /-9000 dan ortiq Rossiya serverlarini qamrab olgan;

  2. http://www.gov.uz /-O‘zbekiston Respublikasi hukumati sahifasi. Rasmiy axborot, Oliy majlis qarorlari haqida ma’lumot beradi;

19. http://www.uza.uz /-O‘zbekiston Milliy Axborot Agentligi sahifasi. Undan turli mavzudagi ma’lumotlar va axborot agentliklari haqidagi ma’lumotlarni, yangiliklarni olish mumkin.

MUNDARIJA


  1. So`z boshi--------------------------------------------------------------------------- 3

  2. Ta’lim tizimida multimediali o’quv kurslarini yaratish va foydalanish samaradorligi---------------------------------------------------------------------- 4

  3. Barkamol avlodga ta’lim –tarbiya berish jarayonida masofadan o’qitish texnologiyasidan foydalanish asoslari---------------------------------------- 7

  4. Matematika fanlarini o’qitishda zamonaviy axborot texnologiyalari vositalaridan foydalanish------------------------------------------------------- 11

  5. Ta’lim jarayonini tashkil etishda multimedia kurslaridan foydalanish asoslari-------------------------------------------------------------- 14

  6. Matematika darslarini tashkil etishda maple muhitidan

foydalanish------------------------------------------------------------------------- 17

  1. Maktabgacha ta’lim tizimida axborot texnologiyalaridan foydalanish samaradorligi---------------------------------------------------------------------- 20

  2. Foydalanilgan adabiyotlar va elektron manbalar------------------------- 24



Download 85,61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish