"Tali-kemping" 1-bob. O’zbekistonning turizm sohasidagi imkoniyatlari



Download 15,94 Kb.
Sana02.07.2021
Hajmi15,94 Kb.
#107350
Bog'liq
talimarjon


“Tali-kemping”

1-bob. O’zbekistonning turizm sohasidagi imkoniyatlari.

O’zbekiston Respublikasi turizm sohasida o’ziga xos yo’nalishga va rivojlanish imkoniyatlariga ega.Tarixiy hamda ziyorat turizm maqsadida tashrif buyuruvchilar sonining ko’pligi O’zbekistonni qadim tarixga ega bo’lgan davlat sifatida tanilganligidan dalolat beradi.Shuningdek, Respublikadagi har bir viloyat, hudud va shaharlar ham o’ziga xos tabiati, turmush tarzi, marosimlari va urf – odatlariga ega.

Qashqadaryo zamini o‘zining boy tarixi, qadimiy osori-atiqalari, o‘tmish yodgorliklari, betakror tabiati bilan soha rivojida muhim o‘rin tutadi. Viloyatda bugungi kunda 1 ming 311 madaniy meros obyekti ro‘yxatga olingan bo‘lib, ularning 1 ming 41 tasi arxeologiya, 200 tasi arxitektura, 43 tasi haykal va 27 tasi diqqatga sazovor joylardir.

Qashqadaryo viloyatining eng chekka manzillaridan biri bо‘lgan Talimarjon shahri dastlab 1960-1970 yillarda Qarshi chо‘lining о‘zlashtirilishi, Talimarjon suv ombori qurilishi munosabati bilan odamlar kelib, yashay boshlagan. Shundan sо‘ng bu aholi punktida juda keng kо‘lamdagi bunyodkorlik ishlari amalga oshirildi. Ijtimoiy soha obyektlari, turar joylar qurildi. Yangi korxonalar tashkil etildi. 1975 yilda Talimarjonga shahar maqomi berildi va u bu maqomga chindan ham munosib kо‘rinishga kelgandi. 1988 yilda shaharga yaqin hududda mamlakatimizdagi eng yirik issiqlik elektr stansiyalaridan biri - Talimarjon IES qurilish ishlari boshlanishi bilan esa shahar yanada gavjumlashdi. Ayni paytda Talimarjonda 4 ta mahalla mavjud, ularda 2 ming 210 xonadon, 2 ming 533 oila bor, 10 ming 747 nafar aholi istiqomat qilmoqda.

2-bob. Loyihaning maqsadi va vazifalari

Talimarjonda “Tali-kemping” dam olish maskani mehmonlarni mavsumiy dam olib ketishlari uchun ixtisoslashgan mehmonxona turini (ya’ni kemping) tashkil etish va tashrif buyuradigan mehmonlar vaqtini mazmunli o’tkazish maqsadida Talimarjon suv ombori atrofida mavjud sharoitlardan foydalangan holda turizm xizmatlarini o’zida qamrab olgan turistik baza tashkil etish.

Loyihaning asosiy vazifalari:



  • Talimarjon suv ombori atrofini maqsadli o’zlashtirish va turizmga yo’naltirish;

  • Talimarjon aholisining turizmga oid bilim, ko’nikmalarini oshirish va turizm sohasiga tadbirkorlarni jalb qilish;

  • Talimarjon aholisi daromadini turizmda xizmat ko’rsatish sohalari orqali oshirish imkoniyatini yaratish;

  • Turistlarning vaqtlarini mazmunli o’tkazishlari kempingda dam olib ketishlari uchun qulay sharoitlar bilan ta’minlash;

  • Turizm infratuzilmasini yanada yaxshilash va unda ixtisoslashgan mehmonxona turlarining (ya’ni kemping) o’rnini yanada oshirish imkoniyatlarini yaratish;

  • Qashqadaryo viloyati chekka shahrining jozibadorligini oshirish va turizmga yo’naltirish;

  • Xorijiy mehmonlarni Talimarjon shahriga tashrifini ko’paytirish va shahar xududida ko’proq bo’lishlarini ta’minlash va mazmunli dam olishga qaratilgan.

Loyiha doirasida quyidagilar amalga oshirilishi nazarda tutiladi:

  • Qashqadaryoda mavjud barcha turizm marshrutlari va yo’l ko’rsatkich xaritalarini ishlab chiqish va bu xaritada Talimarjon shahridagi yaratiladigan dam olish maskanini kiritib o’tish.

  • Turizm marshrutlarida yangi ixtisoslashgan mehmonxona turini (ya’ni kemping) kiritish, ularda xizmat ko’rsatish sifatini oshirish chora-tadbirlarini ko’rib chiqish, yangi tashkil etiladigan ixtisoslashgan mehmonxona turi (ya’ni kemping)da milliyligimizni aks ettiruvchi yo’nalishlar asosida barpo etish va kunni to‘la qonli mazmunli o‘tkazish uchun dasturlar tayyorlash.

  • Tashrif buyuruvchi turistlarga Talimarjon suv ombori atrofida hushmanzara muhit (manzarali daraxtlar, gullar bilan ta’minlash)ni yaratish, xavfsizlik choralarini ishlab chiqish va mazmunli dam olishni tashkil etish.

  • Talimarjon shahar hayotiga turizm muhitini olib kirish va aholini turizmga jalb qilish.

  • Hududning o’ziga xos milliy choyxonalarini (asosan baliq mahsuloti taomlari) tashkil etish.

  • Oilaviy mehmon uylarini tashkil etish va turistlarga xizmat ko’rsatish bo’yicha shahar aholilariga tushunturish ishlarini olib borish va aholini turizm tadbirkorligiga jalb qilish.

  • Talimarjon shahar hududida tashrif buyuruvchi va mahalliy aholi uchun baliq ovlash uchun sharoitlar yaratish choralarini ko’rish.

  • “Tali-kemping” turizm konsepsiyasi doirasida Respublikada mavjud viloyatlarga targ’ib qilish bo’yicha videoroliklar, qo’llanmalar, yo’l ko’rsatkichlar, reklama materiallarini tayyorlash va tarqatish.

  • Loyiha doirasida viloyatning yo’l infratuzilmasini yaxshilash chora-tadbirlarini ko’rib chiqish.

  • Turistlar qiziqishini oshirish uchun mahalliy transport (ot, eshshak, tuya) turlarini tashkil etish choralarini ko’rish.

  • Talimarjon shahrida yangi temiryo’l vokzalini qurish chora-tadbirlarini ishlab chiqish.



3-bob. Kutilayotgan natijalar.

“Tali-kemping” dam olish maskani Qashqadaryo viloyatining turizm salohiyatini rivojlantirishga, Talimarjon shahrida ixtisoslashgan mehmonxona turini shakllantirish va zarur infratuzilmani rivojlantirish orqali ularning o’zaro bog’liqligini ta’minlashga, tashrif buyurgan turistlarni vaqtlarini mazmunli o’tkazishga, turistlarning uzluksiz sayohatlari uchun qulay shart-sharoitlar yaratishga, viloyat hududida turistlar vaqtini mazmunli va ko’proq vaqt sayohat qilishga, shaharning rang-barangligini namoyish etishga, turistlarning ixtisoslashgan mehmonxona turlariga qiziqishlarini orttirishga va Talimarjon shahar aholisining daromadlarini ko’paytirish imkoniyatlarini yaratadi.
Download 15,94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish