TALABALARDA IJTIMOIY FAOLLIKNI RIVOJLANTIRISHNING PSIXOLOGIK JIHATLARI
Ergasheva Surayyo Faxriddin qizi
Mirzo Ulug’bek nomidagi O’zbekiston Milliy Universiteti
Ijtimoiy fanlar fakulteti, Psixologiya (faoliyat turlari bo'yicha) yo'nalishi
1-kurs magistratura talabasi
ANNOTATSIYA
Mazkur maqolada talabalarda ijtimoiy faollikni rivojlantirishning psixologik jihatlari va ular hayotida motivatsiyaning o‘rni hamda ularni amaliyotga tatbiq etishning ahamiyati ilmiy asoslarga tayangan ravishda mulohazalar yuritilgan.
Kalit so’zlar: Talabalar, ijtimoiy faollik, muhit, motiv, oliy ta’lim muassasasi, o’quv jarayoni, ruhiy jarayonlar, tayyorgarlik, faoliyat.
Dunyoda oliy ta’lim muassasalari talabalarining ijtimoiy faolligini rivojlantirish texnologiyasini takomillashtirish, ularning ijtimoiy tashabbuskorligini qo‘llab-quvvatlashga doir yangi pedagogik-psixologik vositalarni ishlab chiqish, ijtimoiy-madaniy va kommunikativ faoliyatni samarali tashkil etish malakalarini rivojlantirishga doir qator ilmiy izlanishlar olib borilmoqda. Ijtimoiy faollikni rivojlantirishning asosiy omillari sifatida talabalarda axloqiy-estetik dunyoqarash va siyosiy ijtimoiylashuvni qaror toptirish alohida e’tirof qaratilmoqda. Shuningdek, ijtimoiy faollikning psixologik mexanizmlari sifatida talabalar axloqiy, kasbiy va kommunikativ tayyorgarligining psixologik asoslari, taraqqiyot g‘oyalariga ongli munosabati, texnokratik fikrlashini rivojlantirish muhim o‘rin tutadi. Ijtimoiy faol talaba va raqobatbardosh kadrlar tayyorlash jamiyatimizda milliy istiqlol g‘oyasi asosida olib borilayotganligi bilan demokratik va milliy xususiyat kasb etadi. Bu borada hukmronlikka, bo‘ysunishga va itoatkorlikka asoslangan pedagogika o‘rnini ta’limni insonparvarlashtirish, ijodkorlik, ilmiylik, hamkorlik, ijtimoiy faollik va do‘stona munosabatlar ustuvorligi tamoyillariga amal qilinmoqda. Buyruqbozlikdan xoli bo‘lgan boshqarish usuli yo‘lga qo‘yilmoqda. Jamoada inson omiliga e’tibor kuchaytirilmoqda, mehr-muruvvat, ijtimoiy himoya, sofdillik, haqqoniylik va adolat kabi insoniy fazilatlarga asoslangan ma’naviy-ruhiy muhit yaratilmoqda. Ijtimoiy faollik murakkab jarayon bo‘lib, insonda birdaniga vujudga kelmaydi. Olib borilgan tadqiqotlar talaba shaxsida ijtimoiy faollik shakllanishi uning ushbu kasbni tanlagan davriga to‘g‘ri kelishini ko‘rsatdi. O‘qituvchi o‘z kasbining mas’uliyati va qiyin tomonlarini, ayniqsa, xalq manfaati va Vatan ravnaqi yo‘lidagi o‘rnini qanchalik erta anglab yetsa, unda ijtimoiy faollik kurtaklari shunchalik tezshakllanadi. Bu holatni boshqa kasblar misolida ham aytish mumkin bo’ladi. Shu asosda aytish mumkinki, kasbiy faoliyatida INTILUVCHANLIK POZITSIYASIDA tura oladigan talabaga ijtimoiy faol talaba deyiladi. Pozitsiya deganda shaxs (ayni paytda mutaxass)ning faol o‘rni, maydoni, muayyan holati va vaziyatiga ega bo‘la olishi tushuniladi. Aksariyat holda bola oilasida ota-onasiga, o‘zidan kattalarga, o‘qituvchisiga, albatta, taqlid qila boshlaydi. Ijtimoiy faollikka undovchi “motiv” talabaning shaxsiy istagi, qiziqish va kelajak orzu-niyatlarini, kasbiga qiziqishi yo‘lidagi maqsadini belgilovchi omil vazifasini o‘tashi mumkin bo’ladi. Talabaningo‘quv-biluv jarayonidagi faolligiuning kasbiga bo‘lgan qiziqishi yo‘lidagi maqsadini yanada oydinlashtirishini ko‘rsatdi. Hozirgi taraqqiyotning jadal suratlar bilan ilgarilab ketishida inson omilining o’rni beqiyos hisoblanadi. Chunki, har qanday shaxsning mehnatga, shu jamiyat ma’naviy-siyosiy jarayonlariga, iqtisodiyotiga bo’lgan, kechayotgan ijtimoiy munosabatlarga bo’lgan qarashlari muhim ahamiyat kasb etadi. Sababi, har bir shaxs u yoki bu oilaning, biron-bir jamoa, guruh, tashkilot, idoraning, umuman olganda ushbu jamiyatning a’zosi hisoblanib o’z dunyoqarashi, faoliyati bilan ma’lum darajada ta’sir ko’rsatadi. Shu jihatdan olib qaralganda inson munosabatlari, qarashlari va faoliyatlarining qanchalik ijtimoiylashuvi, ya’ni uning oila, ushbu jamiyat manfaatlarini uzviy qo’shib olib borishligi o’ta muhim, dolzarb masaladir. Demak, insonni ijtimoiylashuvi, ijtimoiy muhitga monand tarbiyalanishi bugungi kunda, oila, jamiyat, davlat oldida turgan asosiy vazifa hisoblanadi. Ushbu vazifani to’laqonli hal etishda oila, ta’lim muassasalari, jamoat tashkilotlarining faoliyatini yagona tizim asosida yo’lga qo’yish zarur. Tarbiya amaliyotidan ma’lumki, har qanday ishlab chiqilgan ta’lim- tarbiya tizimi, agar muhit bilan, to’g’rirog’i mazkur ijtimoiy tuzum sharoiti bilan to’g’ri kelmasa, u holda bu tizim ko’zlangan maqsadni to’laqonli amalga oshira olmaydi.
Yuqoridagilarni hisobga olgan holda talabalarni ijtimoiy faol qilib tarbiyalash yuzasidan ishlab chiqilgan ta’lim-tarbiya tizimi birinchi navbatda mazkur ijtimoiy muhitni hisobga olgan holda shaxs tarbiyasiga muhitli yondoshuvni amalga oshirishni talab etadi. Keyingi yillarda ijtimoiylashtirish, ijtimoiy moslashish muammolari bilan bog’liq holda muhit fenomeniga ya’ni ayniqsa, bu o’rinda oila muhitiga bo’lgan qiziqishlar bir qator pedagog tadqiqotchilarning: B.N.Almazov, V.G.Bagapov, A.V.Mudrik, V.A.Slastenin va boshqalar e’tiborini o’ziga tortmoqda. Hozirda tadqiqotchilar tomonidan keng muhokama etilayotgan tarbiyaviy tizim va uni amalga oshirishdagi tarbiyaviy maydon, ijodiy labaratoriyalar ijtimoiy institutlar, birlashmalar ushbu muammolar yechimida muhitni ta’sirini boshqarishga va uning munosabatlari texnologiyasiga ko’proq e’tibor berish zarurligini aytmoqdalar.
Shu sababli muhitni ayniqsa, oila muhitining imkoniyatlarini to’laroq aniqlash, xalqimizning bu boradagi boy tarbiya merosini o’rganish va ulardan unumli foydalanish chora-tadbirlarini ishlab chiqishga, eng muhimi pedagogtashkilotchilar, jamoat tashkilotlari o’shanday muhitni, tarbiyaviy maydonni yaratish, uning mexanizmini ochib berish va bu o’rinda ta’lim muassasalari yetakchiligini ta’minlashning optimal variantlarini ishlab chiqish mazkur masalani hal etishni yanada oydinlashtiradi. Bunday tarzda hal etish esa talaba faoliyatini maqsadli yo’lga qo’yish, uning ijtimoiylashuvini tezlashtirish, unga ta’sir etishni samarali bo’lish imkoniyatlarini ko’rsatib beradi. Nazariy jihatdan olib qaralganda, ushbu masala talaba shaxsini shakllantirish va rivojlantiirsh jarayonini muhit vositasi ila boshqarishning texnologiyasini o’z ichiga oladi. Amaliy jihatdan esa, subyekt pedagogni muhit bilan birgalikda boshqarish, harakat tizimi, ya’ni tarbiya natijalarini tashxis qilish, loyihalash va natijali bo’lish vositasiga aylantirishga qaratilgan faoliyat tizimidir. Tabiiyki, shunga muvofiq tarzda, har bir toifa vakillari ishining muvaffaqiyat va faoliyatning samarasi turlicha bo’ladi. Bunga har bir shakldagi davogarlik darajasi yuqoriroq bo’lganlar bilgan-bilmaganini isbot qilishga urinsalar, ana shunday darajasi pastlar bor bilganini ham yaxshi aytib berolmay, yana o’qituvchi bilan tortishmaydilar ham. Shuning uchun ham har birimiz ijtimoiy motivlaridan tashqari shaxsiy xislatlarimizni ham bilishimiz va ongli tarzda xulqimizni boshqara olishimiz kerak. Motivlarning anglanganlik darajasi, ijtimoiy ustanovka va uni o’zgartirish muammosi, yuqorida ta’kidlaganimizdek, motivlar, ya’ni xatti-harakatlarimizning sabablari biz tomonimizdan anglanishi yoki anglanmasligi mumkin.Yuqorida keltirilgan barcha misollarda va holatlarda motiv aniq, ya’ni shaxs nima uchun u yoki bu turli faoliyatni amalga oshirayotganligini nima sababdan muvaffaqiyatga erishayotganligi yoki mag’lubiyatiga uchratganini biladi. Lekin har doim ham ijtimoiy tajriba xulq motivlari avval ta’kidlaganimizdek ijtimoiy ustanovka (inglizcha “attutud”) hodisasi orqali tushuniladi. Demak, ijtimoiy ustanovka, shaxsning ijtimoiy obyyektlar, hodisalar, guruhlar va shakllarni idrok qilish, baholash va qabul qilishga nisbatan shunday tayyorgarlik holatini u bu baho yoki munosabatning aslida qachon shakllanganligini aniq anglamaydi desak xato aytmagan bo’lamiz.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI:
Karimova V.M. Ijtimoiy psixologiya va ijtimoiy amaliyot. – T., 2000.
Ma`rasulov D. “Yoshlar istiqboli yo`lida g`amXo`rlik qilish, kelajak avlod tarbiyasi uchun qayg`urish, o`z ertasini o`Ylash mamlakat siyosatining ustuvor yo`nalishdir”. T. Inson va Qonun 2008 y.,10 iYul
J.G’.Yo’ldoshev “O’zbekiston ta’lim taraqqiyoti yo’lida” Toshkent. 1994.
Xalq ta’limi: “Ijtimoiy faollikka o’rgatish yo’llari” №6, 2008.
Ziyonet.uz
Do'stlaringiz bilan baham: |