Talabalar turar joyi



Download 161 Kb.
Sana01.05.2017
Hajmi161 Kb.
#7943

Samarqand davlat chet tillar instituti



TALABALAR TURAR JOYI” TO’G’RISIDAGI

NIZOMI
I. Umumiy qoidalar


  1. Ushbu “Nizom” Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining 2006 yil
    17 yanvardagi “Talaba (o’quvchi)lar turar joyi faoliyatiga oid yangi tahrirdagi me’yoriy hujjatlarni tasdiqlash to’g’risida”gi 11-son buyrug’i asosida ishlab chiqildi.

  2. Institutga uzoq shahar va viloyatlardan kelib ta’lim olayotgan talabalarni vaqtincha yashash joyi bilan ta’minlash maqsadida “Talabalar turar joyi” tashkil etiladi.

  3. Talabalar turar joylari direksiyasi – mazkur Nizom asosida Institut rahbariyati tomonidan shakllantiriladi hamda o’z faoliyati yo’nalishiga, ish rejasi va dasturiga, maxsus muhriga, shtat birligiga ega bo’lib, talabalar turar joyining ma’muriy, xo’jalik, ma’naviy-axloqiy tarbiya ishlarini boshqaradi.

  4. Talabalar turar joyida talabalarning yashashi, o’z ustida mustaqil ishlashi, dam olishi hamda sport, san’at va boshqa klublarda qatnashishi uchun sharoitlar yaratiladi.

  5. Talabalar turar joyining moddiy-texnik ta’minoti, uni kapital va joriy ta’mirlash, binodagi qattiq va yumshoq krovat, mebel, xona jihozlari (ko’rpa-to’shak, yopinchiqlar, sochiqlar va boshqalar), texnika vositalarini saqlash, ta’mirlash, hududni obodonlashtirish, tozaligini ta’minlash, kommunal-xo’jalik xizmatlari (issiq va sovuq suv ta’minoti, kanalizasiya, suv quvurlarini ta’mirlash) va boshqa shart-sharoitlar Institut tomonidan ta’minlanadi.

  6. Talaba turar joyi olish uchun ma’naviy-axloqiy tarbiya ishlari bo’yicha prorektor nomiga ariza yozadi va unga pasport nusxasini ilova qiladi. Mazkur ariza o’rnatilgan tartibda ko’rib chiqilgach, talabani turar joyiga joylashtirish ma’naviy-axloqiy tarbiya ishlari bo’yicha prorektor va kasaba uyushmasi ruxsati bilan berilgan order asosida amalga oshiriladi.

  7. Talabalar turar joylarida istiqomat qiluvchi talabalar O’zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan ta’sis etilgan qoidalar asosida vaqtincha ro’yxatga olinadilar. Ro’yxatga olish ishlari direksiya boshlig’i va pasportist(ka) tomonidan amalga oshiriladi.

  8. Tarbiyaviy-madaniy, sport-sog’lomlashtirish ishlari va talabalar turar joyida yashovchilarga maishiy xizmat ko’rsatishni tashkil etish borasidagi umumiy rahbarlik Institut rektori zimmasiga yuklatiladi.

  9. Talabalar turar joylariga Institut ishchi-xizmatchilari, begonalar, talabalarning oila a’zolarini joylashtirish qat’iyan man etiladi.

  10. Talabalar turar joylarida yashash uchun to’lov miqdori Institut rektori buyrug’i bilan belgilanadi.


II. Talabalar turar joyida yashovchilarning huquq va majburiyatlari


  1. Talabalar turar joyiida yashovchilarning huquqlari quyidagilardan iborat:

  • o’ziga ajratilgan xonada o’rnatilgan ichki tartib-qoidalarga rioya qilgan holda yashash;

  • talabalar turar joyi binolaridagi madaniy-maishiy jihozlardan foydalanish;

  • foydalanish uchun yaroqsiz holga kelgan jihoz, mebel va boshqa mulklarni ta’mirlash, yangilash hamda maishiy xizmatlardan foydalanishda yuzaga kelgan kamchiliklarni bartaraf etishni so’rab rahbariyatga murojaat qilish;

  • talabalar turar joylarida o’tkaziladigan ommaviy madaniy, sport va tarbiyaviy tadbirlarda ishtirok etish;

  • yaratilgan shart-sharoitlar bo’yicha Institut ma’muriyatiga takliflar bilan chiqish;

  • “Talabalar kengashi”ning a’zolarini saylash va unga saylanish;

  • “Talabalar kengashi” orqali talabalar turar joyining maishiy ta’minotini takomillashtirish, tarbiyaviy ishlar va madaniy hordiqni tashkil etish, yashash xonalarini jihozlash bo’yicha masalalarni hal etishda ishtirok etish.

  1. Talabalar turar joyida yashovchilarga quyidagi majburiyatlar yuklanadi:

  • ichki tartib-qoidalarga qat’iy amal qilish;

  • ma’muriyat bilan tuzilgan o’zaro mas’uliyat to’g’risidagi shartnoma qoidalariga rioya qilish;

  • navbatchilik jadvaliga binoan xonalarda, qavat va kirish joylarida navbatchilik qilish, dam olish joylarida namunali tozalikni ta’minlash;

  • gaz va elektr asboblaridan unumli foydalanish va texnika xavfsizligi qoidalariga rioya qilish;

  • yashab turgan xona va umumiy foydalanish joylarini har doim saranjom tutish;

  • xonadoshlar hamda talabalar turar joyida yashayotgan talabalar bilan samimiy va ahil munosabatda bo’lish;

  • qavat va bo’lim sardorlari, talabalar kengashi raisi topshiriqlarini bajarish;

  • talabalar turar joyi va xonadagi mavjud hamma jihozlarni (shifonyer, krovat, tumbochka, stol, stul va h.k.) namunali darajada tutish;

  • talabalar turar joyi va xonadagi mebellarni, deraza va unga qo’yilgan oynalarni sindirmaslik, eshik qulflarini talabalar turar joyi mudir (komendant)ining ruxsatisiz almashtirmaslik;

  • umumiy foydalanish joylariga o’rnatilgan yoritgichlar, elektr va gaz plitalarini ehtiyot qilish, yuvinish xonasi, oshxona hamda ma’naviyat va ma’rifat xonalari jihozlaridan to’g’ri foydalanish;

  • elektr va gaz plitalaridan tejab foydalanish, qo’lbola elektr isitgich asboblaridan foydalanmaslik;

  • jadval bo’yicha navbatchilik qilish, belgilangan muddatda qavatni hamda umumiy foydalanish joylari (hojatxona, yuvinish xonalari, ovqat pishirish xonasi va boshqalar)ni tozalash, maishiy chiqindilarni maxsus belgilangan joylarga o’z vaqtida chiqarib tashlash;

  • talabalar turar joyida o’tkaziladigan hashar, ko’kalamzorlashtirish va obodonlashtirish ishlarida muntazam, faol qatnashish;

  • talabalar turar joyidan uzoq muddatga ketishdan oldin (yozgi va qishki ta’tilga, dam olishga, amaliyotga) xonadagi jihozlar va xona kalitini talabalar turar joyi mudir (komendant)iga topshirish.

  • bitiruv malakaviy ishlarini tugallagandan so’ng yoki Institutdan chetlashtirish to’g’risida buyruq chiqarilgan taqdirda xona va undagi jihozlarni bir hafta muddat ichida talabalar turar joyi mudir (komendant)iga topshirish.

  1. Talabalar turar joyida yashovchilarga quyidagilar man etiladi:

  • talabalar turar joyi direksiya boshlig’ining ruxsatisiz bir xonadan ikkinchi xonaga ko’chib o’tish;

  • yashash xonasida kir yuvish;

  • xonadagi anjomlarni boshqa xonaga ruxsatsiz ko’chirish;

  • xonadagi elektr tarmoqlarini o’z xohishicha o’zgartirish va qo’shimcha yoritgich o’rnatish;

  • devorlarga turli rasmlar chizish, har xil qog’ozlar yopishtirish;

  • ovoz chiqaruvchi qurilmalar ovozini xona tashqarisidan yuqori eshitilishi, yuqori ovozda ashula aytish va musiqa asboblarini chalish;

  • elektr isitgichlar va kerosindan foydalanib ishlaydigan asboblarni ishlatish;

  • begona odamga tunab qolish uchun joy berish;

  • spirtli ichimliklar va giyohvand moddalarni iste’mol qilish, saqlash, sotish taqiqlanadi.

  1. Talabalar turar joyi hayotida faol ishtirok etayotgan, namunaviy xulqli talabalar quyidagi tartibda rag’batlantiriladilar:

  • minnatdorchilik bildiriladi;

  • maqtov yorlig’i beriladi;

  • esdalik sovg’alari bilan taqdirlanadi;

  • moddiy rag’batlantiriladi.

  1. Talabalar turar joyi ichki tartib-qoidalarini buzganlarga nisbatan quyidagi choralar qo’llaniladi:

  • ogohlantiriladi;

  • talabaning ota-onasi bilan suhbat o’tkaziladi;

  • hayfsan e’lon qilinadi;

  • talabalar turar joyidan chiqariladi;

  • Institut rektoriga talabalar safidan chiqarish bo’yicha taklif kiritiladi;

  • talabalar o’z turar joylarida foydalanib kelayotgan mol-mulkka bevosita yetkazilgan haqiqiy zararni, agar zarar uni bartaraf etish mumkin bo’lmagan kuchlar, noreal xo’jalik tavakkalchiligi oqibatida, oxirgi zarurat yoki zaruriy mudofaa natijasida kelib chiqqan bo’lmasa to’lashi shart.


III. Institut ma’muriyatining majburiyatlari


  1. Rektor, prorektorlar, dekanlar, mudir (komendant)lar talabalar turar joyi tozaligi, sanitariya holati, talabalar turar joyida yashovchilarning daxlsizligi va tarbiyaviy ishlar samaradorligi uchun mas’uldirlar.

  2. Institut ma’muriyatining majburiyatlari:

  • talabalar turar joyida sanitariya va gigiyena qoidalariga rioya etilishini ta’minlash;

  • talabalar turar joyini tegishli choyshab, yostiq jildlari va boshqa zarur anjomlar bilan ta’minlash;

  • talabalar turar joyida tadbirlar, madaniy-ommaviy ishlar hamda sport musobaqalarining muntazam o’tkazilishini ta’minlash;

  • talabalar turar joyini joriy ta’mirlab turish;

  • talabalar turar joyida yashash sharoitlarini tegishli me’yorlar asosida jihozlar bilan ta’minlash;

  • talabalar turar joyida faoliyat yurituvchi shaxslarni zaruriy ish o’rinlari bilan ta’minlash;

  • talabalar turar joyida yuzaga kelgan maishiy xizmat tizimidagi kamchiliklarni o’z vaqtida bartaraf etish va qayta tug’ilmasligining oldini olishdan iborat.

  1. Institut ma’muriyati har bir talabalar turar joyiga alohida mas’ul etib, talabalar turar joylari mudir (komendant)ini tayinlaydi.


IV. Talabalar turar joyi faoliyati va boshqaruvini tashkil etish


  1. Talabalar turar joyining o’rnatilgan me’yoriy talablar asosida faoliyat yuritishi uchun shaxsan rektor mas’uldir.

  2. Talabalar turar joyida o’quv zali, ma’naviyat va ma’rifat xonasi, dam olish (ota-onalar) xonasi, gigiyena xonasi, tarbiyachilar xonasi, oshxona, hojatxona, yuvinish xonasi, dush tashkil etilishi lozim.

  3. Talabalar turar joyida kutubxona filiali tashkil etiladi va reja asosida o’z faoliyatini olib boradi.

  4. Talabalar turar joyidagi oshxonalar gaz yoki elektr plitalari, stol-stul, suv tarmog’i, sanitariya jihozlari bilan ta’minlanishi hamda yong’in xavfsizligi talablariga to’liq javob berishi shart.

  5. Talabalar turar joyidan foydalanish, me’yoriy-axloqiy tartiblarga rioya qilinishini ta’minlash, talabalarga qulay sharoitni yaratish maqsadida talabalar turar joylari direksiyasi tashkil etiladi. Direksiya tarkibi va xizmat ko’rsatuvchi xodimlar Institut shtat birliklari doirasida shakllantiriladi. Uning tarkibi quyidagilardan iborat bo’ladi:

  • boshliq;

  • xo’jalik ishlari bo’yicha mudir (komendant);

  • Talabalar Kengashi raisi (boshliq o’rinbosari);

  • pedagog-tarbiyachilar va boshqalar.

  1. Talabalar turar joylari direksiyasini tashkil etish, olib borilayotgan ishlarni muvofiqlashtirish va nazorat qilish mas’uliyati rektor zimmasiga yuklatiladi.

  2. Talabalar turar joylari direksiyasining shtatlar birligini ta’minlash, ish haqini belgilash, xodimlarni ishga jalb etish, ular tomonidan o’z xizmat vazifalarining bajarilishini nazorat qilish, talabalar uchun zarur shart-sharoitlarni yaratib berish va ijtimoiy himoya qilish hamda istiqomat qiluvchi talabalar o’rtasida tashkiliy, xo’jalik, huquqiy-tarbiyaviy ishlarni olib borish mas’uliyati tegishli prorektorlar tomonidan amalga oshiriladi.

  3. Talabalar turar joylari direksiyasi tarkibidagi barcha xodimlar rektor tomonidan tayinlanadi. Direksiyasining yillik ish rejasi Institut Ilmiy kengashi tomonidan tasdiqlanadi va har yarim yilda o’z faoliyati bo’yicha Ilmiy kengashga hisobot beradi.


V. Talabalar turar joyi direksiyasi boshlig’ining vazifalari


  1. Direksiya boshlig’i – talabalar turar joyi faoliyatini tashkil etishning barcha yo’nalishlari bo’yicha umumiy rahbarlikni olib boradi.

  2. Direksiya boshlig’i lavozimiga tayinlanadigan shaxs tajribali bo’lishi shart.

Talabalar turar joyi direksiyasi boshlig’i:

  • talabalar turar joyining faoliyatini tashkil etish dasturi va rejasini ishlab chiqadi;

  • joriy yilda olib borgan faoliyati bo’yicha har yarim yilda Institut Ilmiy kengashiga hisobot beradi;

  • talabalar turar joylari direksiyasidagi lavozimlarga shtat birliklari asosida xodimlar va ishchilarni tanlaydi, ishga qabul qilish va ishdan ozod etish bo’yicha o’z tavsiyalarini rahbariyatga rasmiylashtirish uchun taqdim etadi;

  • talabalarni xonalarga joylashtiradi;

  • sanitariya me’yorlarining bajarilishini ta’minlaydi;

  • o’rinlarni talabaning jinsi, fakultetlar bo’yicha taqsimotini belgilaydi, ular haqidagi umumiy ma’lumotlar banki, axborotlar, statistik jadvallarni tayyorlaydi, ushbu ma’lumotlar bilan Institut rahbarlarini doimo xabardor etib turadi;

  • talabalar turar joyining moddiy-texnik ta’minotini tahlil etadi, ehtiyoj va talablar asosida zarur materiallar, jihozlar uchun buyurtmalar beradi;

  • talabalarning yashashi, dars tayyorlashi va dam olishlari uchun zarur shart-sharoitlar yaratadi;

  • pasport tizimi, talabalar turar joyiga kirib-chiqish qoidalarining qat’iy bajarilishini ta’minlaydi;

  • pedagog-tarbiyachilar faoliyatini tashkil etadi;

  • doimiy navbatchilikning uzluksizligini ta’minlaydi;

  • haftalik yig’ilishlar, tadbirlarda ishtirok etadi, talabalar turar joyiga tegishli bo’lgan masalalar bo’yicha huquq-tartibot organlari, tashkilotlar, muassasalar bilan hamkorlikda ish olib boradi;

  • nazoratchilar guruhi faoliyatini tashkillashtiradi hamda “Mahalla posbonlari”, “Yosh posbonlar” bilan hamkorlikda ishlashni ta’minlaydi;

  • talabalar bo’sh vaqtini foydali mehnat bilan to’ldirishni amalga oshiradi.


VI. Xo’jalik ishlari bo’yicha mudir (komendant)ning vazifalari


  1. Har bir talabalar turar joyida Institut ma’muriyati tomonidan xo’jalik ishlari bo’yicha mudir (komendant) tayinlanadi.

  2. Xo’jalik ishlari bo’yicha mudir (komendant) faoliyatini bevosita direksiya boshlig’i yo’naltiradi, muvofiqlashtiradi va nazorat qiladi.

  3. Xo’jalik ishlari bo’yicha mudir (komendant) lavozimiga tayinlanadigan shaxs oliy ma’lumotli va kamida 3 yillik ish stajiga ega bo’lishi lozim.

  4. Xo’jalik ishlari bo’yicha mudir (komendant):

  • talabalar turar joyi va uning hududidagi xo’jalik ishlarini olib boradi;

  • talabalarni zarur bo’lgan qattiq va yumshoq mebellar, xona jihozlari, yuvinish vositalari bilan ta’minlaydi;

  • mavjud xo’jalik muammolari va kamchiliklarni direksiya boshlig’i bilan birgalikda bartaraf etadi;

  • xonalarni, o’quv xonasini zarur jihozlar va vositalar bilan ta’minlab turadi;

  • talabalar turar joyi hududini obodonlashtirish, ko’kalamzorlashtirish, sanitariya ishlarini amalga oshiradi;

  • talabalar turar joyining sovuq va issiq suv, gaz va elektr energiyasi bilan ta’minlanishini nazorat qiladi, yuzaga kelgan muammolar bo’yicha tegishli tashkilotlar bilan bog’lanadi, kamchiliklarni bartaraf etadi;

  • xona jihozlari (choyshablar, yostiq jildi, ko’rpa-to’shak, sochiqlar)ni davriy ravishda almashtirilishini amalga oshiradi;

  • tegishli hududdagi ekologiya, atrof-muhit tozaligi, daraxtlarni parvarishlash, ko’kalamzorlashtirish ishlarini olib boradi;

  • tegishli hududdagi elektr tarmoqlari, yoritgichlar ishlashini ta’minlaydi;

  • xavfsizlik va yong’in xavfsizligiga oid ishlarni amalga oshiradi;

  • sanitariya xonalari (gigiyena xonasi, dush, hojatxona) faoliyatini nazorat qiladi;

  • xo’jalik sohasida xizmat qiluvchi texnik xodimlar - farrosh, vaxtyor, elektrik, santexnik, bog’bon va boshqalarning faoliyatini tashkil etadi, nazorat qiladi.


VII. Jamoatchilik asosida jalb etiladigan pedagog-tarbiyachi

faoliyatini tashkil etish


  1. Pedagog-tarbiyachi Institut rektori buyrug’i asosida talabalar turar joylari direksiyasiga jalb etiladi.

  2. Pedagog-tarbiyachi vazifasiga jalb etiladigan shaxs oliy pedagogik ma’lumotli va kamida 5 yillik ish stajiga ega bo’lishi lozim.

  3. Pedagog-tarbiyachi ma’naviy-axloqiy tarbiya samaradorligi uchun mas’uldir. Pedagog-tarbiyachilarning ish vaqti smena asosida tashkil etiladi.

  4. Pedagog-tarbiyachilarning ish rejasi va dasturini ma’naviy-axloqiy tarbiya ishlari bo’yicha prorektor tasdiqlaydi va ularning faoliyatini muvofiqlashtiradi, yo’naltiradi hamda boshqaradi.

  5. Pedagog-tarbiyachilar o’z faoliyatini “Talabalar turar joyi pedagog-tarbiyachilarining huquqiy maqomi va qoidalari” to’g’risidagi hujjat asosida amalga oshiradi.

  6. Pedagog-tarbiyachi:

  • talabalarning bo’sh vaqtlarida talabalar ongi va qalbiga milliy istiqlol g’oyasini singdirish bo’yicha dolzarb ma’naviy, huquqiy, axloqiy mavzular bo’yicha davra suhbatlari, treninglar va boshqa turli tadbirlarni tashkil etadi;

  • talabalar uchun sport-sog’lomlashtirish seksiyalari faoliyatini tashkil qiladi;

  • sosiologik-psixologik so’rovlar o’tkazadi;

  • ijtimoiy-axloqiy muhitni nazorat qiladi;

  • talabalarning o’zini-o’zi boshqarish jarayonini tashkil etadi, ularning ishini muvofiqlashtiradi va boshqaradi;

  • milliy, umumbashariy qadriyatlarni targ’ib etadi;

  • sport (futbol, basketbol, shaxmat, shashka, stol tennisi va boshqa) turlari bo’yicha musobaqalar tashkil etadi;

  • ijtimoiy himoyaga muhtoj talabalarga moddiy yordamlar berish bo’yicha rahbariyatga takliflar kiritadi.


VIII. Talabalar turar joyida talabalarning o’zini-o’zi

boshqaruvini tashkil etish


  1. Talabalar turar joyida talabalarning o’zini-o’zi boshqaruvini shakllantirish va amalga oshirish maqsadida “Talabalar kengashi” (keyingi o’rinlarda “Kengash”) tashkil etiladi.

  2. Kengash tarkibi umumiy ovoz berish orqali, talabalar tomonidan saylanadi. Talabalar boshqaruvi a’zolari “yaxshi” va “a’lo” baholarga o’qiydigan, talabalar hayotini har tomonlama yaxshi biladigan, mustaqil fikrlovchi hamda jamoat ishlarida faol ishtirok etuvchi shaxslar bo’lishi lozim.

  3. Talabalarning o’zini-o’zi boshqaruvi demokratik asoslarga quriladi. Kengashning faoliyatini yo’naltirish, muvofiqlashtirish ishlarini pedagog-tarbiyachilar amalga oshiradi.

  4. Kengash raisi bir yil muddatga saylanadi.

  5. Kengashning ish rejasi va dasturi kengash raisi tomonidan ishlab chiqilib, boshqaruv a’zolari, pedagog-tarbiyachilar bilan muhokama qilinadi hamda o’rnatilgan tartibda ma’naviy-axloqiy tarbiya ishlari bo’yicha prorektor tomonidan tasdiqlanadi.

  6. Har bir qavatda sardorlar saylanadi. Sardorlar yashovchilarning xonadagi mulkni, tozalik va tartib-intizomni saqlashini nazorat qiladi. Sardorlar Kengash qarorlariga asoslangan holda faoliyat olib boradi.

  7. Kengash o’z faoliyatini “Talabalar kengashi” haqidagi Nizom asosida tashkil etadi va olib boradi.

  8. Quyidagi masalalar Kengash bilan kelishilgan holda hal etiladi:

  • ma’muriyat tomonidan yashovchining bir xonadan ikkinchi xonaga ko’chirilishi;

  • yashovchilarni rag’batlantirish yoki intizomiy choralar ko’rish.

  1. Institutda “Talabalar shaharchasi” direksiyasi tashkil etilgan hollarda “Talabalar birlashgan kengashi” tashkil etilishi mumkin. Mazkur kengash bir nechta talabalar turar joylari kengashlarini o’zida birlashtiradi va ularning faoliyatini muvofiqlashtiradi.



IX. Talabalar turar joylaridagi tarbiyaviy ishlar





  1. Talabalar turar joyida tarbiyaviy ishlar Institut faoliyatining ustuvor tarkibiy qismi sanalib, rektor rahbarligida tegishli bo’limlar, jamoat tashkilotlari hamkorligida amalga oshiriladi.

  2. Talabalar turar joyida tarbiyaviy ishlarni amalga oshirishda shaxsan ma’naviy-axloqiy tarbiya ishlari bo’yicha prorektor mas’ul sanaladi. U talabalar turar joyi ma’muriyati, dekanatlar, kafedralar hamda professor-o’kituvchilar tarkibi va kasaba uyushmasi bilan hamkorlikda tarbiyaviy ishlarni boshqaradi.

  3. Talabalar turar joyida amalga oshiriladigan tarbiyaviy ishlar Institutning maxsus ishlab chiqilgan rejasi asosida turli davlat va jamoat tashkilotlarini jalb qilgan holda olib boriladi.

Talabalar turar joylarida badiiy va texnik ijodiy havaskor to’garaklar, sport seksiyalar hamda qiziqishlar bo’yicha klublar, shuningdek, fan, san’at, adabiyot namoyandalari bilan uchrashuvlar, disputlar, tematik kechalar va bayram tadbirlari tashkil etiladi.

X. Talabalar turar joyida yashovchilarga ko’rsatiladigan xizmatlar





  1. Talabalar turar joyida vaqtincha foydalanilmay turgan xonalarda o’rnatilgan tartibda turli xil (pullik) xizmatlar tashkil etilishi mumkin.

  2. Talabalar turar joyida quyidagi xonalar faoliyati yo’lga qo’yiladi:

  • ma’naviyat va ma’rifat xonasi;

  • o’quv va dars tayyorlash xonasi;

  • kutubxona;

  • dam olish xonasi (ota-onalar xonasi);

  • gigiyena xonasi;

  • yuvinish xonasi;

  • buyumlarni saqlash xonasi;

  • oshxona;

  • sport zali va boshqalar.

XI. Talabalar turar joylari holatini nazorat qilish





  1. Talabalar turar joylari holati Institut rahbariyati va jamoat tashkilotlari tomonidan maxsus reja asosida o’rganib boriladi hamda uning natijalari Institut Ilmiy kengashida muhokama etiladi.

  2. Talabalar turar joylari faoliyati Institutning tegishli prorektorlari tomonidan doimiy nazorat etib boriladi. Prorektorlar o’z yo’nalishi bo’yicha vazifalarni amalga oshirish yuzasidan rektorga takliflar kiritadi.

  3. Har bir talabalar turar joyida bildirilgan mulohaza va fikrlarni yozish uchun qaydnoma daftari (1 nusxa, muhrlangan) bo’lishi lozim.

  4. Talabalar turar joylarida “Adolat qutisi” tashkil etiladi va yashovchilar tomonidan bildirilgan fikr-mulohazalar har haftada bir marta o’rganilib, muhokama qilinadi hamda tegishli chora-tadbirlar amalga oshiriladi.


XII. Talabalar turar joylarini moliyalashtirish


  1. Talabalar turar joyi Institutga ajratilgan mablag’, byudjet, byudjetdan tashqari, tadbirkorlik asosida ishlab topilgan hamda talabalar istiqomat qilishlari uchun to’lanadigan mablag’lar hisobidan moliyalashtiriladi.

  2. Talabalar turar joyi shtat birliklari Institutning amaldagi shtat birliklari asosida belgilanadi.


XIII. Nizomga o’zgartirish, qo’shimchalar kiritish va bekor qilish
57. Ushbu Nizomga o’zgartirish va qo’shimchalar kiritish, shuningdek kuchini yo’qotgan deb topish Institut rektori buyrug’i bilan amalga oshiriladi.

TASDIQLAYMAN”



SamDCHTI rektori

______________ I.M.Tuxtasinov

____”____________ 2016 yil

Talabalar turar joyiga kirish-chiqish tartibi


  1. Talabalar turar joyiga kirish va chiqish talabalik guvohnomasi asosida amalga oshiriladi.

  2. Talabalar turar joyiga kirish yoki chiqishda ruxsatnoma talabalik guvohnomasi bilan birgalikda navbatchi eshikbonga hamda navbatchi talabaga ko’rsatilishi shart.

  3. Talabalar turar joyida yashovchi talabalarga yozgi vaqtda kech soat 22.00 va qishki vaqtda kech soat 21.00 gacha talabalar turar joyiga kirishga ruxsat beriladi. Darsdan bo’sh vaqtlarda turli tashkilotlarda ishlaydigan talabalarning ro’yxati talabalar turar joylari direksiyasi tomonidan tuziladi va tasdiqlab qo’yiladi.

  4. Talabalar turar joyiga kelgan mehmonlar, ota-onalar, qarindoshlar, do’stlar va boshqa talabalarning kirish-chiqishiga faqat direksiya boshlig’i, mudir (komendant) yoki pedagog-tarbiyachi ruxsat berishi mumkin.

  5. Chetdan kelganlar haqidagi ma’lumotlar (kelish va ketish vaqti, pasport nomeri, xona raqami ko’rsatilgan holda) qaydnoma daftariga yozib qo’yiladi va ularning yotoqxonadan soat 20.00 gacha chiqib ketishi qat’iy nazorat ostida bo’lishi shart.

  6. Talabalar turar joyi ichki tartib-qoidalarini, kirish-chiqish qoidasini buzgan talabalar ogohlantiriladi hamda rasmiy qayd etiladi, agar bu holat yana qaytarilsa u talabalar turar joyida yashash huquqidan mahrum etiladi.

  7. Talabalar turar joyi eshikboni, xodimlar va yashovchilar atrofda shubhali kishilar va buyumlarni ko’rib yoki sezib qolganlarida zudlik bilan milisiya tayanch punktiga xabar berishlari lozim.

  8. Talabalar turar joyi eshikboni telefon tarmog’i bilan ta’minlanishi shart. Uning stolida tez yordam, milisiya, yong’in xavfsizligi, rektor, prorektorlar, fakultetlarning dekanlari, elektr, gaz tarmoqlarining telefon raqamlari hamda talabalar turar joylari direksiyasi boshlig’i va mudir (komendant)ning ish va uy telefon raqamlari bo’lishi shart.

TASDIQLAYMAN”

SamDCHTI rektori

______________ I.M.Tuxtasinov

____”____________ 2016 yil


Talabalar turar joylarida yashovchilar amal qiladigan

ichki tartib-qoidalar


  1. Talabalarning talabalar turar joylariga joylashishi order orqali amalga oshiriladi, order ma’naviy-axloqiy tarbiya ishlari bo’yicha prorektor va kasaba uyushmasi ruxsati bilan beriladi.

  2. Talabalar yashash davrida zarurat tug’ilsa, belgilangan tartibda talabalar turar joyining bir xonasidan ikkinchi xonasiga yoki bir talabalar turar joyidan boshqa talabalar turar joylariga ko’chib o’tishi mumkin.

  3. Talabalar turar joyida yashovchilar shaxsiy mulkdan foydalanishi maxsus qayd etish qog’ozi orqali amalga oshiriladi va ularni ehtiyotlash foydalanishga olgan shaxs zimmasiga yuklatiladi.

  4. Talabalar navbatchilik jadvaliga binoan xonalarda, qavat va kirish joylarida navbatchilik qiladilar, dam olish joylarida namunali tozalikni ta’minlaydilar.

  5. Gaz va elektr asboblaridan foydalanish qoidalariga qat’iy rioya qiladilar.

  6. Talabalar turar joyidan uzoq muddatga ketayotib (dam olishga, amaliyotga) talabalar turar joyi ma’muriyatini ikki kun oldin yozma ravishda ogohlantirib qo’yishlari kerak.

  7. Kundalik ehtiyojga ega bo’lmagan katta hajmdagi shaxsiy va qimmatbaho buyumlarni talabalar turar joyining buyumlar saqlash xonasiga topshirishlari kerak. Buyum saqlash xonasiga topshirilmagan buyumlar uchun talabalar turar joyi ma’muriyati javobgar bo’lmaydi.

  8. Talaba yashab turgan xonasi va boshqa umumiy foydalanish joylarini har doim toza va tartibli tutishi lozim.

  9. Hamxonalar va talabalar turar joyida yashovchilar bilan doimo samimiy, ahil munosabatda bo’lish kerak.

  10. Talabalardan turar joyi va xonadagi mavjud hamma jihozlarni (shifonyer, krovat, tumbochka, stol, stul va h.k.) namunali darajada tutish talab etiladi.

  11. Umumiy foydalanish joylariga o’rnatilgan yoritgichlar, elektr va gaz plitalarini buzmaslik, yuvinish xonasi, oshxona hamda ma’naviyat va ma’rifat xonalaridan to’g’ri foydalanish lozim.

  12. Elektr va gaz plitalaridan to’g’ri hamda tejamli foydalanish, qo’lbola elektr isitgich asboblaridan mutlaqo foydalanmaslik lozim.

  13. Talabalar turar joyida o’tkaziladigan hasharlarda, tevarak-atroflarni ko’kalamzorlashtirish va obodonlashtirish ishlarida muntazam ravishda qatnashishlari lozim.

  14. O’qishni bitirgan talabalar ikki hafta ichida yashab turgan xonalarini bo’shatishlari kerak.

TASDIQLAYMAN”

SamDCHTI rektori

______________ I.M.Tuxtasinov

____”____________ 2016 yil



Institut talabalar turar joylari pedagog-tarbiyachilari faoliyatining huquqiy maqomi va qoidalari
I. Umumiy qoidalar


  1. Talabalar turar joylarida pedagog-tarbiyachilar faoliyatini tashkil etishdan maqsad 1997 yil 29 avgustda qabul qilingan O’zbekiston Respublikasining “Ta’lim to’g’risida”gi Qonuni, Kadrlar tayyorlash milliy dasturida, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasi tomonidan ta’lim-tarbiya sohasiga oid qabul qilingan farmon va qarorlarda, Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi buyruqlarida belgilangan vazifalar bajarilishini ta’minlash hamda kelajak avlodni komil inson etib tarbiyalash, ma’naviy-ma’rifiy ishlarni takomillashtirish va ularning samaradorligini oshirish, Institutda yuqori malakali, zamon talablariga javob beradigan mutaxassislar tayyorlashdan iboratdir.

  2. Pedagog-tarbiyachi Institut, fakultetlar, talabalar turar joylarida talabalarning o’qish jarayoni va darsdan tashqari vaqtlardagi faoliyati tizimini takomillashtirish, yoshlar bilan olib borilayotgan tarbiyaviy ishlarning ta’sirchanligini ta’minlash, talabalar turar joylarida ularni ijtimoiy foydali ishlar, qiziqarli tadbirlar bilan qamrab olish, ularning ma’naviy va madaniy dam olishlarini tashkil etish, fanlarni o’zlashtirish va dars tayyorlash shart-sharoitlarini yaxshilash talabalar turar joylariga kirish va chiqish tartiblariga qat’iy rioya qilish, turli yot mafkuraviy oqimlarning maqsad va intilishlaridan ogoh etish, giyohvandlik, OITS kabi illatlardan saqlash bo’yicha tarbiyaviy ishlarni amalga oshiradi.

  3. O’zbekiston Qahramonlari, deputatlar, olimlar, yozuvchilar, shoirlar, huquqshunoslar va turli kasb egalari bilan uchrashuvlarni tashkil etish, mulk va jihozlarni avaylash, yigitlar va qizlar o’rtasida sog’lom turmush tarzi, o’zaro hurmat, yuksak ma’naviy fazilatlarni kamol toptirish kabi vazifalarni bajarish talabalar turar joylari pedagog-tarbiyachilari faoliyatining asosiy yo’nalishidir.


II. Talabalar turar joylari pedagog-tarbiyachilari

faoliyatining asosiy qoidalari


  1. Pedagog-tarbiyachining ish vaqti kech soat 20.00 dan ertalab soat 8.00 gacha bo’lgan vaqtni o’z ichiga oladi.

Pedagog-tarbiyachilar talabalar kengashi ishini tashkil etish va mas’uliyatini oshirishga ko’maklashadi. Zarurat tug’ilgan taqdirda talabalar xulq-atvorini talabalar kengashi muhokamasiga qo’yadi.

Biriktirilgan talabalar turar joyida ta’lim-tarbiya jarayonini, qavatlar va xonalar ozodaligini, qavat jihozlari soz yoki nosozligini nazorat qiladi, mavjud muammolarni talabalar turar joyi Direksiya boshlig’i va Institut rahbariyati e’tiboriga havola etadi.

Talabalar turar joyida “Namunali xona” ko’rigini o’tkazish, g’olib xonani rag’batlantirish va talabalarning ijtimoiy ahvolini yaxshilashga doir takliflar kiritadi.

Talabalar kengashi bilan hamkorlikda doimiy ravishda talabalar turar joyida pasport va kirish-chiqish tizimi, shuningdek, yong’in xavfsizligini ta’minlash bo’yicha xona jihozlaridan oqilona foydalanish borasida tushuntirish ishlarini olib boradi.

Talabalar turar joylarida joriy etilgan tartib-intizom va qoidalarni qo’pol ravishda buzib, axloq-odob qoidalariga zid ish qilgan talabalarni muhokama qilish, ularni talabalar turar joyidan chetlatish bo’yicha talabalar turar joyi ma’muriyati va fakultet dekanlari, prorektorlarga ma’lumotlar kiritadi.

Talabalar turar joylarida o’tkazilishi belgilangan tadbirlarni ta’minlamagan professor-o’qituvchilar va kafedralar faoliyati bo’yicha ularga ma’muriy-tashkiliy choralar ko’rish masalalarini qo’yish huquqlariga ega.

Talabalar turar joylarida o’tkaziladigan ma’naviy-ma’rifiy, huquqiy-tarbiyaviy tadbirlar ma’naviy-axloqiy tarbiya ishlari bo’yicha prorektor va “Ma’naviyat va ma’rifat bo’limi” tomonidan ishlab chiqilgan rejalar asosida amalga oshirilishini e’tiborda tutishi lozim.
III. Pedagog-tarbiyachilar faoliyatining asosiy mezonlari
Talabalar turar joyi pedagog-tarbiyachisi, avvalo, talabalarning hurmat-e’tiborlarini qozonishi, ularning eng yaqin sirdoshi va maslahatgo’yiga aylanishi, quvonch va tashvishlariga sherik bo’lishi lozim.

Talabalar turar joyi pedagog-tarbiyachilari hayotiy tajriba, ko’p qirrali bilimga, ma’naviy-ma’rifiy sohada yuksak salohiyatga ega bo’lishi, o’zi va o’zgalarni hurmat qila bilishi, ruhan tushkunlikka tushmaslik, qiyinchiliklardan cho’chimaslik, o’rnak bo’lish, talabalarni aniq maqsadlar sari yo’naltirish qobiliyatini namoyon qilishi zarur.



Pedagog-tarbiyachi o’zini o’ta mas’uliyatli va sharafli bo’lgan barkamol avlodni tarbiyalashga daxldor, uning kelajagi va kamolotiga hissa qo’shuvchi shaxs sifatida bilishi lozim.
IV. Pedagog-tarbiyachilarning vazifalari
Pedagog-tarbiyachilarning vazifalari quyidagilardan iborat:

  • talabalar ongiga insonparvarlik, vatanparvarlik, milliy-ma’naviy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat tuyg’usini singdirib borish;

  • talabalar turar joyi “Ma’naviyat va ma’rifat” xonalarida ma’naviy va ma’rifiy ishlar rejasiga binoan, davlatimiz, xalqimiz bayramlari va tantanali sanalarga bag’ishlab ko’zga ko’ringan jamoat arboblari, olimlar, yozuvchilar, shoirlar va san’at arboblari bilan uchrashuvlar, suhbatlar va savol-javob kechalarini o’tkazishda faol ishtirok etish, Institut ma’naviyat va ma’rifat bo’limi bilan kelishilgan holda talabalarning muzeylar, teatrlar va ko’rgazmalarga tashrifini tashkil etish;

  • talabalarning huquqiy ongini oshirish, qonunlarga rioya qilish va huquqbuzarlikning oldini olish maqsadida yilning har choragida huquq-tartibot organlari – prokuratura, sud va milisiya xodimlari bilan Institut rahbariyati tomonidan rejalashtirilgan uchrashuvlarni yuqori saviyada o’tkazilishini ta’minlash;

  • talabalarni Institut hayoti, boy tarixiy an’analari, jamoat tashkilotlari faoliyati, shuningdek, bo’lajak mutaxassislar sifatida qo’yilgan talablar bilan tanishtirib borish;

  • talabalar turar joyi mudir (komendant)i bilan hamkorlikda har bir qavatda qavat boshlig’ini tayinlash, tozalik, sanitariya hamda yong’in xavfsizligi qoidalariga rioya qilish haqida doimiy tushuntirish ishlarini olib borish;

  • talabalar yashaydigan xonalarni o’z vaqtida yumshoq jihozlar va choyshablar bilan ta’minlash, ularni belgilangan muddatda almashtirilishini nazorat qilish, ulardan asrab-avaylab foydalanish kerakligini tushuntirib borish;

  • talabalar turar joylarida joriy qonun-qoidalarning bajarilishi Institut, fakultetlar rahbarlari, talabalar turar joyi mudir (komendant)i ko’rsatmalariga qat’iy rioya etilishi borasida talabalar bilan davra suhbatlari o’tkazib borish;

  • talabalar turar joylaridagi “Ma’naviyat va ma’rifat” xonalarida turli gazeta va jurnallar bo’lishi, ularning saqlanishini nazorat qilish;

  • talabalar turmush hayotini doimiy kuzatib borish, jamoatchilik ishlarida faol ishtirok etgan talabalarni rag’batlantirish, ozoda va tartibli xonalarni mukofotlashga tavsiya etish;

  • talabalar turar joyi bo’yicha yashovchilar ro’yxati, ular haqida to’la ma’lumotlar banki bo’lishi, ularning sog’lig’i, ruhiy holati, ijtimoiy ahvolini o’rganib borish va kam ta’minlangan talabalarga moddiy yordam ko’rsatish lozimligini rahbariyat oldiga qo’yish, tegishli barcha ma’lumotlarni kompyuter tizimiga kiritilishi bo’yicha taqdimotlar tayyorlash;

  • ish jarayonida aniqlangan maishiy-xo’jalik sohasidagi kamchiliklar, ya’ni issiq va sovuq suv, yoritgichlar bilan ta’minlash, umumiy foydalanish joylaridagi nosozliklar va tartibbuzarliklar haqida talabalar turar joyidagi alohida navbatchilikni qayd etish daftariga yozish va talabalar turar joyi Direksiya boshlig’iga xabar berish kabi vazifalardan iborat.

TASDIQLAYMAN”

SamDCHTI rektori

______________ I.M.Tuxtasinov

____”____________ 2016 yil



Institut talabalar turar joylarida faoliyat ko’rsatadigan

Talabalar kengashi” Nizomi


I. Umumiy qoidalar
Talabalar kengashi talabalar turar joylarida yashovchi talabalar tomonidan saylanadigan yoshlarning o’zini-o’zi boshqarishga qaratilgan talabalar uyushmasi hisoblanadi.

Talabalar kengashi a’zolari talabalar turar joyida yashaydigan, “yaxshi” va “a’lo” baholarga o’qiydigan, jamoat ishlarida faol ishtirok etuvchi, talabalar hayotini har tomonlama yaxshi biladigan hamda bu sohada mustaqil fikr yurita oladigan, talabalar manfaatini himoya qilish salohiyatiga ega bo’lgan faollar safidan demokratik asoslarda saylanadi.

“Talabalarning birlashgan kengashi” talabalar turar joylarida tashkil etilgan “Talabalar kengashi” faoliyatini uyg’unlashtiradi va nazorat qiladi.

Talabalar turar joylarida yashovchilarning faoliyatlarini birgalikda boshqarish Institut “Talabalar turar joylari” direksiyasi hududida joylashgan barcha talabalar turar joylari mudir (komendant)lari bilan hamkorlikda ish olib borish, yashash va o’qish sharoitlarini yaxshilash, talaba-yoshlarning ijtimoiy-madaniy, huquqiy manfatlarini ro’yobga chiqarish va ularni ijtimoiy himoya qilish maqsadida tashkil etiladi hamda faoliyat ko’rsatadi.


II. Talabalar kengashining asosiy vazifalari
Talabalar kengashining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

  • Talabalar turar joyida talabalarning yashash va o’qish, ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tashkil etish, madaniy dam olishi, bo’sh vaqtlarini to’g’ri tashkil etish, darsdan bo’sh vaqtlarida ishlab o’z iqtisodiy sharoitini yaxshilashni istovchi talabalar uchun imkoniyatlar yaratishni tashkil etadi;

  • o’quv yili davomida talabalar turar joylarida uchrashuvlar, badiiy kechalar va talabalarning hayotiy faoliyatiga oid turli tadbirlar o’tkazishni ta’minlaydi;

  • Talabalar turar joyida rektor tomonidan tasdiqlangan normativ qoidalarga rioya qilish, tartib-intizom, ozodalikni yo’lga qo’yishni ta’minlaydi va Institut Nizomi qoidalarini buzuvchi talabalarga nisbatan qat’iy choralar qo’llanishini yo’lga qo’yadi;

  • talabalar turar joylariaro tozalik, obodonchilik va ko’kalamzorlashtirish ishlarini amalga oshirish uchun hasharlar uyushtiradi;

  • talabalar turar joylariaro sog’lomlashtirish va chiniqtirishga qaratilgan ommaviy sport tadbirlarini tashkil etadi;

  • talabalar turar joyi faoliyatidagi muammolarni ommaviy axborot vositalari orqali yoritib borishga erishadi;

  • boshqa oliy ta’lim muassasalari talabalar turar joylari bilan hamkorlik o’rnatadi;

  • talabalar turar joylari hududida bayramlarning shodiyona tarzda o’tkazilishi bo’yicha tashkilotchilik ishlarini olib boradi;

  • “Yosh posbonlar” hamda talabalar turar joylari joylashgan mahalla bilan hamkorlikda ishlashga, mahalla posbonlari ishining muntazam va samarali ishlashiga ko’maklashadi.


III. Talabalar kengashining tashkiliy tuzilishi

  1. Talabalar kengashining ishi o’zini-o’zi boshqarish asosida barcha yo’nalish bosqichlarida demokratik tashkil etiladi.

  2. Talabalar kengashi faoliyatini kengash a’zolari tomonidan bir yil muddatga saylangan Rais boshqaradi.

  3. Talabalar kengashi raisining faoliyat ko’rsatish maqomi ushbu Nizom asosida belgilanadi va talabalar turar joylari direksiyasi boshlig’i o’rinbosari hisoblanib, direksiyaning tadbirkorlik faoliyatidan tushgan mablag’lar hisobidan maosh bilan ta’minlanadi.

Kengash yig’ilishi bir oyda kamida bir marta o’tkaziladi, zarur hollarda navbatdan tashqari kengash yig’ilishlari direktor boshlig’i tomonidan chaqiriladi.

Kengash quyidagi masalalar doirasida faoliyat olib boradi:

a) Talabalar kengashi va fakultetlar talabalar kengashlarining faoliyatlarini yorituvchi hisobotlar yuzasidan qarorlar qabul qilish;

b) Talabalar kengashining Nizomiga qo’shimcha va o’zgartirishlar kiritish;

v) Talabalar kengashining navbatdagi vazifalari va ish rejalarini belgilash;

g) Talabalar kengashi raisi faoliyatining vazifalari va huquqiy normativ asoslarini belgilash, qo’shimchalar kiritish, zarur bo’lgan hollarda uni muddatidan oldin saylash, o’zgartirishlarni muhokama etish va qarorlar qabul qilish;

d) Talabalar kasaba uyushmasi, “Kamolot” YoIH va fakultetlar talabalar kengashlari qarorlari asosida, zarur bo’lgan holatlarda kengash a’zolarini a’zolikdan chiqarish, tavsiya etilgan nomzodlarni a’zolikka saylash;

ye) Talabalar kengashi mazkur Nizom asosida rektor tomonidan tasdiqlangan me’yoriy hujjatlar, ichki tartib-qoidalarga hamda ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmalari, “Kamolot” YoIH Nizomlarida belgilangan vazifalardan kelib chiqqan holda mavjud muammolarni o’rganadi.



Kengash tarkibida quyidagi bo’limlar tashkil etiladi:

  • ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’limi;

  • tashkiliy-ommaviy ishlar bo’limi;

  • maishiy-tozalik ishlar bo’limi;

  • sport-sog’lomlashtirish bo’limi;

  • qizlar bo’limi;


IV. Talabalar kengashi a’zolarining huquq va burchlari

  • Kengashning barcha yig’ilishlarida hal qiluvchi ovozga ega bo’lish;

  • Institut Ilmiy kengashining talabalar hayotiga oid majlislarida vakolatga ega bo’lish;

  • Institut hududida joylashgan umumiy ovqatlanish muassasalarining faoliyatini o’rganish va takliflar kiritish;

  • Institut hududining tozaligi va sanitar holati talab darajasida bo’lishini ta’minlash;

  • talabalar turar joylari hududida tartib-intizomni ta’minlashda milisiya tayanch punkti bilan hamkorlikda ish olib borish;

  • talabalar o’rtasida ma’naviy-ma’rifiy, axloqiy-tarbiyaviy mavzularda, O’zbekiston Qahramonlari, deputatlar, hokimliklar, prokuratura, sud, tuman va shahar ichki ishlar xodimlari, fan xodimlari ishtirokida davra suhbatlari, badiiy kechalar tashkil etish;

  • turli yuqumli kasalliklar, giyohvandlik, ichkilikbozlik va fohishabozlik kabi inson hayoti uchun xavfli, ayanchli oqibatlarga olib kelishi mumkin bo’lgan hodisalar, illatlarga qarshi talaba-yoshlar o’rtasida keng tushuntirish ishlarini olib borish;

  • talabalarning fan, adabiyot, san’at va kasb-hunar sohalardagi ijodiy iste’dodlarini namoyish etishlariga hamda tadbirkorlik ishlarini amalga oshirish uchun zarur sharoitlar yaratish bo’yicha takliflar kiritish.

Talabalar kengashining ushbu Nizomiga ish jarayonida to’plangan tajriba, muammolar, istak va takliflardan kelib chiqib, qo’shimcha hamda o’zgartirishlar kiritilishi mumkin.


Download 161 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish