Talaba: Farxatov Azamat O’qituvchi: Shohista Azimova Toshkent 2021



Download 82,93 Kb.
bet1/6
Sana30.12.2021
Hajmi82,93 Kb.
#193624
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
ped.psixolog amaliy ish 1 Farxatov A


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA KOMMUNIKATSIYALARINI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI

MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI



Dasturiy injiniringi fakulteti

Fani nomi: Pedagogika – psixologiya.

1-Topshiriq.

Guruh: 310-18

Talaba: Farxatov Azamat

O’qituvchi: Shohista Azimova

Toshkent 2021

1-topshiriq.

  1. Shaxsiy rivojlanishning individual va yosh davrining xususiyatlari?

  2. Tarbiya jarayoni va tarbiya metodlari?

  3. Zamonaviy sharoitda pedagogik yo’nalishda tadqiqotlarni olib borishda qaysi metodlardan foydalanilmoqda?

  4. Tarbiyada oilaviy munosabatlar?

  5. Faoliyat – shaxs shakllanishining asosiy omili sifatida?

1. Shaxs rivojlanishining individual va yosh davrning xususiyatlari
Shaxs – psixologiya fanining asosiy ilmiy tushunchalaridan biri bo‘lib hisoblanadi. SHaxsning nimaligini tushunish va uning ruhiy tuzilishini ta’riflash imkonini beruvchi asosiy xossalarini ajratib olish uchun ushbu tushunchani «inson individ shaxs individuallik» qatorida ko‘rib chiqamiz.

Inson o‘ta murakkab mavjudot sifatida cheksiz murakkab dunyoda, aniqrog‘i, ko‘plab dunyolarda yashaydi, ularning ichidan zamonimizning mashhur faylasuflaridan biri Yurgen Xabermas asosiylari sifatida uch dunyoni: tashqi dunyo, ijtimoiy dunyo («bizning olam»), ichki dunyo («mening olamim», individuallik va betakrorlilik «mening mavjudligimning» betakrorligi) ajratishni taklif etdi.

Tashqi dunyo – bu insonning tabiat qonunlarini bilishda va ularni o‘z maqsadlarida tabiatni qayta tuzish uchun qo‘llashda egallaydigan tabiat olami. Bu fan, texnika, amaliyot olamidir. Bu barcha narsa isbot talab etuvchi maqsadga muvofiq faoliyat olamidir.

Ijtimoiy dunyo – bu insonni dunyoga kiritishning asosiy vositasi jismli faoliyat bo‘lgan olam. Insonni atrofdagi olamga va o‘ziga nisbatan munosabatlarining rang-barangligida tushunish, faolligining manbalarini topish va yo‘nalishini anglash uchun insonning olamda tutgan o‘rnini aniqlab olish zarur. Insonga shaxs sifatida yondoshish, avvalambor, insonga jamiyat tuzilishida tutgan o‘rni bilan aniqlanuvchi jamiyatning birligi sifatida qarash bilan bog‘liqdir. Insonni biologik organizm, tur birligi sifatida hayvondan farq qiluvchi tub negizli belgisi jamiyatga tegishlilik, ijtimoiylik hisoblanadi. Bundan kelib chiqadiki, shaxsni o‘rganishda dastlabki holat bo‘lib uning jamiyatdagi o‘rni, ijtimoiy munosabatlar tizimiga kiritilganligi xizmat qiladi .

Agar biz shaxs munosabatlari haqida insonning dunyoga shaxsiy tegishliligi va bu bilan bog‘liq kechinmalar ma’nosida so‘z yuritadigan bo‘lsak, u holda inson mavjud bo‘la oladigan keyingi – bu «mening» ichki olamim dunyosiga murojaat qilamiz. Bu dunyo kechinmalar, shaxsiy mohiyatlar, shaxsiy dahldorlikni his etish, u yoki bunga shaxsiy tegishlilik, boshqa odamlar bilan mavjudlikning «hodisaviyligi» bilan to‘la. Bu dunyoga jismli faoliyat o‘z shaklini o‘zgartirgan holda oddiy holatdagi foydali faoliyat, shaklini yo‘qotgan jismli harakat bo‘lib emas, balki, «shaxsiy» faoliyat, ijodiyot sifatida kiradi, ijtimoiy hulq-atvor esa «mening» dunyosiga shaxslararo munosabat, boshqa odamlarning ichki dunyosiga yaqinlashish, boshqalarga o‘zini ochishning vositasi, o‘zini namoyon etish sifatida kirib keladi. «Mening» dunyosida unga xos bo‘lgan maxsus faoliyat turlari: o‘yin, san’at, din, ichki dunyolar yaqinlashuvi sifatidagi muloqot paydo bo‘ladi.

«Individ» tushunchasini turlicha talqin qilish mumkin. Avvalambor, individ – bu yagona tabiat mavjudoti sifatidagi odam, Homo sapiens turiga mansub vakil. Ushbu holatda individ biologik turning umumiy irsiy xossalarini tashuvchi biologik organizm (har bir odam individ bo‘lib tug‘iladi) sifatida tushuniladi, ya’ni, insonning biologik mohiyati ta’kidlanadi. Lekin ba’zida «individ» tushunchasi odamni insoniy umumiylikning alohida vakili, mehnat qurollaridan foydalanuvchi ijtimoiy mavjudot sifatida belgilash uchun qo‘llaniladi.

Agar «inson» tushunchasi o‘z ichiga odamlarga xos bo‘lgan barcha insoniy sifatlarning yig‘indisini, ularning ma’lum insonda mavjudligi yoki mavjud emasligidan qat’iy nazar, jamlagan bo‘lsa, u holda «individ» tushunchasi aynan uni xarakterlaydi va qo‘shimcha sifatida shaxsiy xislatlar qatori psixologik va biologik xossalarni ham kiritadi. Bundan tashqari, ushbu tushunchaga ma’lum odamni boshqalardan ajratib turuvchi sifatlar bilan birga, aynan shu odamga va ko‘plab boshqa odamlarga tegishli bo‘lgan umumiy xossalar ham kiradi.

Shaxs tushunchasining mohiyatli tomonlarini belgilab beruvchi turli xil ta’riflar mavjud. A.N. Leontev ta’rifiga ko‘ra: «SHaxs – faoliyat sub’ekti», A.G. Kovalevning – «shaxs ijtimoiy munosabatlar sub’ekti va ob’ekti sifatida», K.K. Aflotunovning – «shaxs – o‘z o‘rnini anglovchi layoqatli jamiyat a’zosi», S.L. Rubinshteynning – «shaxs – tashqi ta’sirlarning oldini oluvchi ichki sharoitlar yig‘indisi», A.V. Petrovskiyning – «shaxs – individ tomonidan jismli faoliyat va muloqotda orttirilgan, unga ijtimoiy munosabatlarga kirishganlik nuqtai nazaridan ta’rif beruvchi tizimli sifat», G. Ollportning – «shaxs hayoti davomida shakllanib boruvchi o‘ziga xos psixofixiologik tizimlar – ushbu insonga xos bo‘lgan tafakkur va hulq-atvorni belgilab beruvchi shaxs qirralari yig‘indisi» va boshqalarning ta’riflari shulardan iborat.

Bizlar esa R.S. Nemov tomonidan shaxsga berilgan ta’rifni qo‘llaymiz: «Shaxs – bu ijtimoiy asoslangan, ijtimoiy tabiatga ega bo‘lgan aloqalar va munosabatlarda namoyon bo‘ladigan, barqaror, odamning o‘zi va atrofidagilar uchun ahamiyatli bo‘lgan ahloqiy harakatlarni belgilab beruvchi o‘zining psixologik xususiyatlari tizimidagi inson».

Shunday qilib, inson, birinchidan, tirik tabiat vakili, biologik ob’ekt sifatida, ikkinchidan, ongli faoliyat sub’ekti sifatida va, uchinchidan, ijtimoiy mavjudot sifatida o‘rganilishi mumkin, bu uch darajaning yaxlit uyushmaga birlashishi insonning yig‘indi xususiyatlarining individualligini shakllantiradi.

Individuallik – bu ma’lum insonning, uning noyobligi, betakrorligi nuqtai nazaridan o‘ziga xos bo‘lgan ruhiy, fiziologik va ijtimoiy xususiyatlar yig‘indisi.

Individuallik – bu ko‘rib chiqilgan tushunchalar ichida mazmuniga ko‘ra eng tor tushuncha hisoblanadi. U o‘zida insonning boshqa odamlardan farq qiluvchi o‘ziga xos va shaxsiy xossalarini jamlaydi. Individuallik turli xildagi tajriba, bilimlar, fikrlardagi tafovutlar, xarakter va temperamentlardagi farqlar, o‘zimiz isbotlaydigan, tasdiqlaydigan o‘ziga xos xususiyatlarimizda namoyon bo‘ladi. Motivlar, temperament, xarakter, layoqatlar – individuallikning asosiy ko‘rsatkichlari. «Individuallik» tushunchasi individning faqat o‘ziga xos ruhiy xususiyatlarini emas, balki morfofiziologik (bo‘y o‘lchami, tana tuzilishi, yuz tuzilishi va h.k.) xususiyatlarini ham aks ettiradi.

Individuallik – o‘z mohiyatiga ko‘ra, boshqalar tomonidan kuzatilishi mumkin bo‘lgan, tashqarida joylashgan narsa. Faqat boshqalar bir odamning boshqasidan farqini, ya’ni, uning individualligini aytib berishi mumkin.

Shunday qilib, bizlar ko‘rib chiqqan «odam, individ, shaxs va individuallik» tushunchalari hajmiga ko‘ra turlichadir. Bular orasida keng ma’no kasb etib, boshqa tushunchalarni ham o‘zida jo etadigan tushuncha «inson» atamasidir, eng tor atama esa – «individuallik» tushunchasi.


2. Tarbiya jarayoni va tarbiya metodlari
Tarbiya jarayonini ilmiy asoslangan tarzda olib borish uning qonuniyatlarini

chuqur urganishni talab qiladi. Bu qonuniyatlar voqie muayyan rivojlanishi uchun sharoit yaratuvchi sabab va oqibat urtasidagi muhim, zarur ichki aloqalarning ifodasi sifatida namoyon bo’ladi.

Tarbiya jarayonining asosini ijtimoiy xayotining ob`ektiv talabalarini, insonning

ijtimoiy mohiyatini va tabiatni aks ettiruvchi qonuniyatlar tashkil etadi.

Ijtimoiy tarbiya mazmuni moddiy ishlab chiqarish usuli, jamiyatning ijtimoiy tuzilishi, siyosiy tuzum hamda milliy mafkura g`oyalari asosida qaror topadi. Ijtimoiy jamiyatining ijtimoiy-iqtisodiy hamda siyosiy g`oyaviy asoslarini tashkil qiladigan tarbiyaning mazmuni va uning olib borilishiga kuchli ta`sir ko’rsatiladigan ijtimoiy jarayonlar tarbiyaning sub`ektiv omillari sirasiga tarbiya muassasalari, jamoat tashkilotlari, Oqituvchilar, tarbiyachilar, oila muhiti, jamotchilik dunyoqarashi, mafkura g`oyalari, shaxsni har tomonlama rivojlantirishga oid faoliyat kabilar kiradi.

Shaxsning rivojlanishi tarbiyaning g`oyaviy mazmuni va sifat darajasiga bog`liqdir. Ayni chog`da tarbiyaning mazmuni, shakl va metodlari, shaxsning

rivojlanish darajasiga ham bog`liq.Tarbiya jarayoni psixologiya fani asoslarini,shaxsning psixologik va fiziologik rivojlanish qonunlarini bilishni talab qilad.

Tarbiyachi (Oqituvchi) tarbiyalanuvchi (oquvchi) shaxsnini har tomonlama

urganishi va shu asosida ta`sir ko’rsatishi lozim. Tarbiyalanuvchining shaxsiy xususiyatlari va imkoniyatlari hisobga olinmas ekan, tarbiyaviy ta`sir bir

tomonlama yoki tasodifiy bo’lib qoladi. Shuningdek, ular boshqa tarbiyaviy

ta`sirlarga mos bo’lmay qoladi.

Tarbiyalanuvchilarning faoliyati jamiyat uchun qanchalik foydali ravishda

maqsadga muvofiq tashkil etilar, shaxs va jamiyat urtasidagi munosabatning

oqilona bo’lishi ta`minlar ekan, tarbiya jarayoni shunchalik samarali bo’ladi. Shaxs faoliyati ijtimoiy munosabatlar negizida yo’lga qo’yilib, tizimli tarzda kechadi. Sub`ekt (shaxs ) > ob`ekt (ijtimoiy borliq) > ijtimoiy munosabatlar tarzda tashkil etiladigan aloqa jarayoni shaxs faoliyati mazmuni va yo’nalishi-ni ham belgilashi mumkin. Ijtimoity munosabatlarni tashkil etish jarayonida shaxsga borliqni his etish, o’z- o’zini anglash, aloqa aralashuv va o’zlashtirish

sanaladi. Ijtimoiy munosabatlar mohiyatini anglash ehtiuyojini qondirishga qaratligan faoliyat jarayonida ijtimoiy bilimlarni uzlashtirishga nisbattan qiziqish hosil bo’ladi. Qiziqish o’z navbatida shaxsda muayyan hayotiy maqsadning qaror topishiga olib keladi. Maqsad asosida shaxs nafaqat ijtimoiy bilimlarni egallashga intiladi, balki o’zlashtirilgan bilimlarni egallash layoqatini ham nomayon eta borish maqsadga muvofiqdir. Maqsad mazmunini ifoda etuvchi g`oyalar amaliy harakatlarni tashkil etish borisidagi rag`batlar-ning yuzaga kelishi uchun zamin hozirlaydi. Rag`batlar o’zida quyidagi

xususiyatlarni aks ettiradi fuqoralik vatanparvarlik, insonparvarlik, ilmiy anglash, ahloqiylik, iqtisodiy, ekologik, jismoniy, estetik, huquqiy va boshqalar.

Qayd etilgan rag`batlar amaliy xarakatning tashkil etilishi uchun turtki beradi.

Ijtimoiy munosobatlar jarayonida shaxs faoliyati mazmunini tahlil etish, ularda o’z faoliyatlariga nisbatan tanqidiy yondashuvni qaror toptirish, shunung-dek o’z faoliyatiga borish talab etiladi.

Xulosa, oquvchi shaxsida shakllanadigan ijtimoiy-insoniy sifatlar quyidagi

tizim asosida kechadi:





  • Ehtiyojlar




  • Ijtimoiy munosabat




  • Qiziqish

Ijtimoiy-munosabatlarning yaxlit tizimida tarbiyachi, Oqituvchi, ota-onalar

hamda jamoaning tarbiyalanuvchi,oquvchi, farzandar va shaxs bilan buladigan o’zaro ta`siri jarayonida kelib chiqadigshan tarbiyalanuvchi munosabatlar alohida ahamiyatga ega.

Tarbiyachi (Oqituvchi)larning tarbiyalanuvchi (oquvchi) larning tarbiyalanuv (oquvchi)larga pedagog ta`siri ular faoliyati va munosabatlarini tizimli hamda rejali tarzda maqsadga muvofiq tashkil qilishni nazarda tutadi.

Rivojlantiruvchi (shaxsni rivojlantirish) tarbiyalovchi (tarbiya maqsadlarini

amalga oshirish) va tashkilotchilik,(faoliyat va munosabatlarni maqsadga muvofiq tashkil etish) vazifalari tarbiya jarayonida tarbiyalanuvchilarning asosiy vazifalari sanaladi.

Tarbiyalovchi ta`sirlar muayan shaxslarga turlicha ta`sir kursatadi. Shu bois tarbiyachi har bir tarbiyalanuvchining uziga xos shaxsiy xususiyatlarini hisobga olib, ta`sir ko’rsatishning individual yo’llarini qidirib topishi lozim. Tarbiya-chi aksariyat xollarda pedagogning ongliligi, axloqiy sifatlarga egaligi, odilligi, qat`iyatliligi va boshqalarni xususiyat bilishiga bog`liqdir.

Demak, tarbiya jarayonining qonuniyatlari quydagilardan iboratdir.

Tarbiya jarayonining qonuniyatlari

1. Tarbiyaning ijtimoiy muhitning ob`ektiv va sub`ektiv olimlarga bog`liqligi.

2. Tarbiyaning shaxs taraqikieti (rivojlanishi) bilan birligi uzaro aloqadorligi va

bog`liqligi

3. Faoliyat va sunosabat birligining shaqlda ijtimoiy ijobiy fazilatlarni

shaqlantirish negizi va asosiy manbai ekanligi

4. Tarbiyalanuvchilarning uzaro tarbiyaviy ta`siriga ega ekanliklari, ularning

uzro munosabatlari hamda faol faoliyatlari urtasidagi bog`lanish;


Tarbiya tamoyillari deb yosh avlodni tarbiyalash maqsadidan kelib

chiqadigan va komil insonni tarbiyalashning mazmuni, metodlari va yo’nali-shiga qo’yiladigan eng muhim talabalarni belgilab beruvchi asosiy g`oya va qoidalar yigindisiga aylanadi.

Tarbiya tamoyillari o’qituvchi, tarbiyalovchilarga yul-yuriq ko’rsatuvchi

qoidalar bo’lib, yosh avlodni tarbiyalash, barkamol insonni shakllantirish vazifalariga muvofiq belgilanadi,shuningdek ular shaxs tarbiyai borasidagi ilg`or ta`limotlar g`oyalriga hamda pedagogika fanida erishilgan yutuqlarga asos-lanadi.

Tarbiya tamoyillari tarbiya jarayoni qonuniyatlarini aks ettiradi.

Tarbiyaviy jarayonda ilg`or tamoyillarga amal qilinishi uning samarasini

ta`minlaydi.

Tarbiya tamoyillari quyidagilardan iborat.

-tarbiyaning maqsadga yo’naltirilganligi

-tarbiyada demokratik va insonparvarlik g`oyalar ustunligi

-tarbiyada milliy umumbashariyqadriyatlar ustunligi

-tarbiyada izchillik va tizimlilik

-tarbiyani ijtimoiy hayot bilan qo’shib olib borish

-tarbiyani mehnat bilan bog`lash

-tarbiyalanuvchi shaxsini xurmat qilish

-tarbiyada oquvchining esh va individual xususiyatlarini hisobga olish

-jamoa va jamoa erdamida tarbiyalash

-tarbiyada oquvchi xulqidagi ijobiy sifatlarga tayanib, salbiy tomonlarni yuqotish, tarbiyalangalik darajasiga. Tarbiya metodlarining qay darajada urinli va samarali tanlan-gani hamda mohirona qullanilganligiga bog`liq. Tarbiya metodlarini to’g`ri tanlash tarbiya vazifalarini ijobiy hal qilishda, oquvchilarning o’z-o’zini tarbiyalash va faoliyatini rag`batlantirishda yordam beradi.

Tarbiya metodlari
Ongni shaqllantirishga xizmat qiluvchi metodlar

- Odatlantirish va faoliyatda mashqlantirish metodlari

- Tarbiyada rag`batlantirish va jazolash metodlari
Tarbiya jarayonida ushbu qoida va me`yorlar shaxsning e`tiqodi, ishonch va hayotiy qarashlargi aylanadi. Ushbu guruhga ma`naviy (ahloqiy,estetik,
siyosiy,huquqiy, jismoniy, ekologik, iqtisodiy va h.k) mazmunidagi suhbatlar, hikoyalar ma`ruzalar hamda namuna kursatish metodlarini kiritish
mumkin.

Ikkinchi guruh metodlari yordamida oquvchida ma`naviy mazmunga ega odatlar

hosil qilinadi. oquvchi hulqida ijtimoiy tarbiyaning mazmuniga muvofiq ma`-naviy odatlar asosan faoliyat zaminida tarkib topadi.

Faoliyat oquvchilarning ijtimoiy munosabat va ijtimoiy xulq-atvor tajribasi

bilan boyituvchi muhim manba bulib hisoblanadi.

Ikkinchi guruh metodlari orasida pedagogik talab metodi ahamiyatlidir.

Pedagogik talab turli vazifalarning bajarilishi: ya`ni, ijtimoiy xulq atvor
ma`yorlarni ifodalash: u yoki bu faoliyatda qatnashib bajarilishi zarur
bo’lgan aniq bir vazifani amalga oshirish: u eki bu harakatni rag`batlantiruv-chi yoki to’xtatuvchi bo’lishi: oqilona harakatni olib borishga undovchi bo’lishi mumkin.

Tarbiyaning barcha metodlari sharoitni, joy vaqtini, shuningdek, ularning uzaro bir-biriga ta`siini hisobga olgan holda qullash maqsadiga muvofiqdir.

Tarbiya vositalaridan foydalanish doimo unga muvofiq keluvchi tarbiya metodlari va usullardan foydalanilish taqozo etiladi, chunki ular yordamida ong, xistuyg`u, xulq atvor tarkib toptiriladi, oquvchining turli ko’rinishidagi faoliyati uyushtiriladi.

Bugungi kunda tarbiya jarayonida axborot va texnik vositalardan foydalanishga alohida diqqat e`tibor qaratilmoqda.

Ulardan maqsadga muvofiq va samarali foydalanish oquvchining ma`naviy

kamol topishiga olib keladi.

Yuqorida bildirilgan mulohazalarga tayangan holda mavzu yuzasidan quyidagi

xulosalarga kelish mumkin.

1. Tarbiya jarayonining asosini ijtitmoiy-xayotning ob`ektiv talabalarini, shaxsning ijtimoiy mohiyatini hamda tabiatini aks ettiruvchi qonuniyatlar tashkil etadi.

Tarbiya jarayonini ilmiy asoslangan tarzda olib borish uning qonuniyatlrini chuqur urganishni talab etadi.

2. Tarbiya jarayonining muvaffaqiyati uni tashkil etishda qanday tamoyillarga

kura ish kurilayotaganligiga ham bog`liq. 3. Tarbiya jarayonini tashkil etishda o’quvchi tomonidan qo’llaniladigan metodlar ham muhim ahamiyatga ega bulib, ular ijtimoiy jamiyat tomonidan ta`lim muassasalari oldiga quyilgan esh avlodni har tomonlama barkamol, erkin, ijodkor, mustaqil fikr egasi etib tarbiyalash vazifalari bilan belgilanadiTarbiya metodlari o’zaro o’xshash jihatlariga kura uch guruxga bo’linadi.

Tarbiya jarayonida qo’llaniladigan tarbiya vositalari tariya metodjlari

ahamiyatini kuchaytirishga xizmat qiladi.



3. Zamonaviy sharoitda pedagogik yo’nalishda tadqiqotlarni olib borishda qaysi metodlardan foydalanilmoqda?
Zamonaviy sharoitda, pedagogik yo'nalishda, tadqiqotlarni olib oorishda quyidagi metodlardan foydalanilmoqda:
1- Pedagogik kuzatish metodi.
2.Suhbat metodi.
3.Anketa metodi.
4.Intervyu metodi.
5.Ta'lim muassasasi hujjatlarini tahlil qilish metodi.
6.Test metodi.
7.Pedagogik tahlil metodi.
8.Bolalar ijodini o'rganish metodi.
9. Pedagogik tajriba metodi.
10. Matematik-statistik metod.

Download 82,93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish