6-tajriba ishi
Mavzu : Konstruksion materiallarning cho`zilishdagi mustahkamligini zarbiy qovushoqligini aniqlash
Ishning maqsadi: Mayatnikli nayzaning ishi va tuzilishini o‘rganish. Turli po‘latlarning zarbiy qovushoqligini aniqlash va sinovlar o‘tkazish malakalarini egallash.
Topshiriq
Mayatnikli nayza ishi va tuzilishi bilan tanishish.
Zarbiy qovushoqlikni aniqlash uchun mo‘ljallangan namunalarni (o‘rganish) o‘lchash.
Mayatnikli nayzadagi namunalarni sinash va zarbiy qovushoqligini aniqlash.
Ish to‘risida hisobot tuzish.
Ishni bajarish uchun kerak bo‘ladigan
uskuna, materiallar va asboblar:
MK (Kopyor mayatnigi) tipidagi energiya zaxirasi 30 kGm li mayatnikli nayza (MK 30).
0.05 yoki 0.01 mm aniqlikdagi shtangentsirkul.
Sinovlar uchun konstruktsion po‘latlardan tayyorlangan standart namunalar (6-8 dona).
Namunalarni zarb markazi bo‘yicha o‘rganish uchun shablon.
Namunalarni markazlash uchun kern.
Nazariy ma‘lumotlar
Metallning zarb kuchlari ta’siriga sinmay qarshilik ko‘rsata olish xususiyati shu metallning zarbiy qovushoqligi deb ataladi.
Ma’lumki, ko‘pgina metallar statik kuchlar ta’siriga yaxshi chidasada, zarb kuchlari (dinamik kuchlar) ta’siriga yaxshi qarshilik ko‘rsata olmaydi. Shuning uchun zarb kuchlari ta’sirida ishlaydigan turli detallarning materiallari (masalan, tirsakli vallar, shatun, porshen, vagon o‘qlari va boshqalar) ham statik, ham dinamik kuchlar ta’sirida ishlagani sababli, ularning bu kuchlarga qarshilik ko‘rsatish xususiyatini bilish katta ahamiyatga ega.
Buning uchun sinaluvchi metalldan o‘rta beli bir tomonidan bir oz kertilgan kvadrat shaklidagi standart namuna yasalib, so‘ngra bu namuna mayatnikli kopyor yordamida sinaladi. 4.1-shaklda mayatnikli kopyorning umumiy ko‘rinishi tasvirlangan.
Namunani sinash tartibi: 1) kopyor mayatnigi ma’lum balandlikka ko‘tarilib, bu holda tutkich bilan mahkamlanadi; 2) sinaluvchi namuna kertilgan tomoni ichkariga qilinib, kopyor tayanchlari orasiga o‘rnatiladi, bunda e’tibor berish kerakki, mayatnik tig‘i namunaning kertilgan yerini orqa tomoniga aniq ursin; 3) mayatnikni ko‘tarilgan holatda tutib turgan tutgich bo‘shatiladi, bunda mayatnik erkin tushib, namunani sindiradi.
Bu sinashda metallning zarbiy qovushoqligini aniqlash uchun avval mayatnikning namunani sindirishga sarflangan ishini aniqlash kerak.
4.1.-shakl. Metal va qotishmalarni qattiqlikka sinash sxemasi
Agar kopyor mayatnigining erkin tushish balandligini H bilan, namunani sindirishdan keying ko‘tarilish balandligini h bilan belgilasak, bu balandliklar ayirmasi (H-h) ning mayatnik og‘irlig‘i (Q) ga ko‘paytmasi namunani sindirishga sarflangan ishning qiymati bo‘ladi, ya’ni:
Bu yerda
A- namunani sindirish uchun sarflangan ishning qiymati, kGm:
Q-mayatnikning og‘irligi, kG;
H-mayatnikning zarbgacha ko‘tarilgan balandligi, m.
h-mayatnikning zarbdan keying ko‘tarilish balandligi, m.
Agar mayatnikning zarbgacha va zarbdan keying ko‘tarilish burchaklarini α va β harflari bilan belgilasak, u holda mayatnikning zarbgacha ko‘tarilish balandligi:
Zarbdan keying ko‘tarilish balandligi esa:
bo‘ladi, bu yerda l- mayatnikning radiusi.
U holda namunani sindirishga sarflangan ishning qiymati quyidagicha bo‘ladi:
β burchak kopyorning maxsus shkalasidan qaraladi.
Agar namunani sindirish uchun sarflangan ishning qiymati namunaning singan yeri ko‘ndalang kesim yuzi (F) ga bo‘linsa, sinalgan metallning zarbiy qovushoqligi chiqadi:
Do'stlaringiz bilan baham: |