Tabiiy va aniq fanlar



Download 486.5 Kb.
bet7/13
Sana29.08.2021
Hajmi486.5 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13
M ultimedia - matn, tovushli ma`lumotlarni, tabiiy va grafik tasvirlarni birlashtiruvchi axborot texnologiyasi. Multimedia uchun zamonaviy CD - ROM texnologiyalar taqdimnomasi ilk marta 1987 yili Sietldagi konferensiyada (Second Microsoft CD - ROM Conference) bo'lib o'tdi va bu sana video va audioaxborotli to'laqonli multimedianing paydo bo'lishining boshlanishi deb hisoblanadi.

Shaxsiy kompyuterlarning dasturiy ta’minoti.

Shaxsiy kompyuter ikkita tashkiliy qismlardan iborat: apparat ta'minot (hardware) va dasturiy ta'minot (soft­ware)lardir.

Apparat ta'minoti — kompyuterning asosiy texnik qismlari va qo’shimcha (atrof) qurilmalaridir.

Dasturiy ta'minot-kompyuterning ikkinchi muhim qismi bo’lib, u ma'lumotlarga ishlov beruvchi dasturlar majmuasini va kompyuterni ishlatish uchun zarur bo’lgan hujjatlarni o’z ichiga oladi. Dasturiy ta'minotsiz har qanday kompyuter bamisoli bir parcha temirga aylanib qoladi.

Kompyuterning apparat va dasturiy ta'minoti orasida bog’lanish interfeys deyiladi Kompyuterning turli texnik qismlari orasidagi o’zaro bog’lanish — apparat interfeysi, dasturlar orasidagi o’zaro bog’lanish esa — dasturiy interfeys, apparat qismlari va dasturlar orasidagi o’zaro bog’lanish — apparat dasturiy interfeys deyiladi.

Shaxsiy kompyuterlar hakida kompyuter tizimi bilan ishlashda uchinchi ishtirokchini, ya'ni insonni (foydalanuvchini) ham nazarda tutish lozim. Inson kompyuterning xam apparat, xam dasturiy vositalari bilan muloqotda bo’ladi. Insonning dastur bilan va dasturni inson bilan o’zaro muloqoti — foydalanuvchi interfeysi deyiladi.

Barcha dasturiy ta'minotlarni uchta kategoriya bo’yicha tasniflash mumkin:

—Tizimli dasturiy ta'minot;

— amaliy dasturiy ta'minot;

— dasturlash texnologiyasining uskunaviy vositalari.

Tizimli dasturiy ta'minot (Sistem software) — kompyuterning va kompyuter tarmoqlarining ishini ta'minlovchi dasturlar majmuasidir.

Amaliy dasturiy ta'minot (Aplication program paskage) — bu aniq bir predmet sohasi bo’yicha ma'lum bir masalalar sinfini echishga mo’ljallangan dasturlar majmuasidir.

Dasturlash texnologiyasining uskunaviy vositalari — yangi dasturlarni ishlab chiqish jarayonida qullaniladigan maxsus dasturlar majmuasidan iborat vositalardir. Bu vositalar dasturchining uskunaviy vositalari bo’lib xizmat qiladi, ya'ni ular dasturlarni ishlab chiqish,saqlash va joriy etishga mo’ljallangan Tizimli dasturiy ta'minot (TDT) quyidagilarni bajarishga qaratilgan:

— kompyuterning va kompyuterlar tarmog’ining ishonch­li va samarali ishlashini ta'minlash;

— kompyuter va kompyuterlar tarmog’i apparat qismining ishini tashkil qilish va profilaktika ishlarini bajarish.

Tizimli dasturiy ta'minot ikkita tarkibiy qism­dan — asosiy dasturiy ta'minot va yordamchi(xiz­mat ko’rsatuvchi) dasturiy ta'minotdan iborat. Asosiy dasturiy ta'minot kompyuter bilan birgalikda etkazib berilsa, xizmat ko’rsatuvchi dasturiy ta'minot alohida, qo’shimcha tarzda olinishi mumkin.

Asosiy dasturiy ta'minot (baze software) — bu, kompyuter ishini ta'minlovchi dasturlarining minimal to’plamidan iborat.

Ularga quyidagilar kiradi:

— operatsion tizim (OT);

— tarmoq operatsion tizimi.



Yordamchi dasturiy ta'minotga asosiy dasturiy ta'minot imkoniyatlarini kengaytiruvchi va foydalanuvchining ish muhitini (interfeysni) qulayroq tashkil etuvchi dasturlar kiradi. Bular tashxis qiluvchi, kompyuterning ishchanligini oshiruvchi, antivirus, tarmoq ishini ta'minlovchi va boshqa dasturlardir.


Download 486.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
maxsus ta’lim
O’zbekiston respublikasi
zbekiston respublikasi
axborot texnologiyalari
o’rta maxsus
nomidagi toshkent
guruh talabasi
davlat pedagogika
texnologiyalari universiteti
xorazmiy nomidagi
toshkent axborot
pedagogika instituti
rivojlantirish vazirligi
haqida tushuncha
toshkent davlat
Toshkent davlat
vazirligi toshkent
tashkil etish
matematika fakulteti
ta’limi vazirligi
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
samarqand davlat
vazirligi muhammad
pedagogika universiteti
bilan ishlash
fanining predmeti
Darsning maqsadi
navoiy nomidagi
o’rta ta’lim
Ishdan maqsad
haqida umumiy
nomidagi samarqand
fizika matematika
sinflar uchun
fanlar fakulteti
maxsus ta'lim
Nizomiy nomidagi
ta'lim vazirligi
moliya instituti
universiteti fizika
Ўзбекистон республикаси
umumiy o’rta
Referat mavzu
respublikasi axborot
Toshkent axborot
таълим вазирлиги
Alisher navoiy
махсус таълим
Buxoro davlat